Jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo. boshqa mulkiy undirishlar (1/2)
Beshinchi Bo‘Lim
275-modda. Jinoyat protsessida ko‘riladigan fuqaroviy da’volar
Bevosita jinoyat tufayli yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, shuningdek jabrlanuvchini dafn etish yoki uning statsionarda davolanish xarajatlarini hamda sug‘urta tariqasida unga to‘langan pul, nafaqa yoki pensiya pulini undirish to‘g‘risidagi fuqaroviy da’volar jinoyat protsessida ko‘riladi.
Fuqaroviy da’voning sudlovga tegishliligi bu da’vo qo‘zg‘atilgan jinoyat ishining qaysi sudlovga tegishliligiga qarab aniqlanadi.
276-modda. Fuqaroviy da’voni qo‘zg‘atish
Jinoyat tufayli yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida o‘zini mulkiy ziyon ko‘rgan deb hisoblovchi shaxs yoxud uning vakili jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan paytdan boshlab to sud tergovi boshlangunga qadar fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atishga haqlidir.
Jinoyat sodir etish yoki aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida mol-mulki yo‘qolgan yoki shikastlangan shaxs vafot etgan taqdirda uning merosxo‘rlari jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atish va uni quvvatlash huquqiga ega bo‘ladi.
Fuqaroviy da’vo yozma shaklda ham, og‘zaki shaklda ham qo‘zg‘atilishi mumkin. Og‘zaki da’vo arizasi bayonnomaga yozib qo‘yiladi.
Jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atish, uni ko‘rib chiqish va hal qilish uchun davlat boji undirilmaydi.
Jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atmagan shaxs, shuningdek da’vosi ko‘rilmasdan qoldirilgan shaxs uni fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida qo‘zg‘atishga haqlidir.
277-modda. Fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etish
Fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atilgan hollarda sodir etilgan qilmish oqibatida shaxsga mulkiy ziyon yetkazilgan deb hisoblasa, uni fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Qarorning yoki ajrimning nusxasi da’voni qo‘zg‘atgan shaxsga yoki uning vakiliga taqdim etiladi. Bunda fuqaroviy da’vogarga ushbu Kodeksning 57-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar, fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etish rad qilingan shaxsga esa, qaror ustidan shikoyat qilish tartibi tushuntiriladi.
278-modda. Ishda fuqaroviy javobgar tariqasida ishtirok etishga jalb qilish
Ariza beruvchi fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etilgach va ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilishi to‘g‘risidagi masala qo‘yilgan shaxsning qilmishlari oqibatida yetkazilgan ziyon uchun qonunga ko‘ra boshqa shaxslar mulkiy javobgar ekanligi aniqlangach, tegishli fuqaroni yoki yuridik shaxsni ishda fuqaroviy javobgar tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Qaror yoki ajrim fuqaroviy javobgarga yoki uning vakiliga e’lon qilinadi. Bunda ularga ushbu Kodeksning 59 va 63-moddalarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar tushuntiriladi.
279-modda. Prokurorning fuqaroviy da’voni qo‘zg‘atishi va uni quvvatlashi
Prokuror fuqaroviy da’voni qo‘zg‘atishi yoki qo‘zg‘atilgan fuqaroviy da’voni quvvatlashi yoxud, basharti davlat yoki jamiyat manfaatlarini yoxud fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish taqozo etsa, da’voga qarshi e’tiroz bildirishi shart.
280-modda. Jinoyat protsessida fuqaroviy-protsessual qonunchilikdagi qoidalarning qo‘llanishi
Surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida va sudda fuqaroviy da’vo bo‘yicha ish yuritish ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda olib boriladi. Fuqaroviy da’vo bo‘yicha yuzaga keladigan protsessual munosabatlar ushbu Kodeks bilan tartibga solinmagan bo‘lsa, unda jinoyat protsessi prinsiplariga xilof bo‘lmagan fuqaroviy-protsessual qonunchilikning qoidalari qo‘llanadi.
Bilimingizni sinang
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, quyidagi talablardan qaysi biri jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo sifatida ko‘riladi?
- Mehnat nizosi bo‘yicha ish haqini undirish to‘g‘risidagi da’vo
- Nikohni bekor qilish hamda nafaqa undirish va mol-mulkni bo‘lish haqidagi da’vo
- Jinoyat tufayli yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash to‘g‘risidagi da’vo
- Meros ulushini ajratish va merosxo‘rlik huquqini tan olish haqidagi da’vo
To‘g‘ri javob: Jinoyat tufayli yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash to‘g‘risidagi da’vo. 275-moddaga ko‘ra, bevosita jinoyat tufayli yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash haqidagi fuqaroviy da’vo jinoyat protsessida ko‘riladi.
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, fuqaroviy da’voning sudlovga tegishliligi nimaga qarab aniqlanadi?
- Da’vo qo‘zg‘atilgan jinoyat ishining qaysi sudlovga tegishliligiga qarab
- Da’vogarning yashash joyiga qarab, ya’ni u qayerda yashasa, o‘sha sudga
- Javobgarning yoshi va fuqaroligiga qarab, jinoyat ishiga bog‘liq bo‘lmagan holda
- Da’vo summasiga qarab, jinoyat ishining sudlovga tegishliligidan qat’i nazar
To‘g‘ri javob: Da’vo qo‘zg‘atilgan jinoyat ishining qaysi sudlovga tegishliligiga qarab. 275-moddaga ko‘ra, fuqaroviy da’voning sudlovga tegishliligi jinoyat ishining sudlovga tegishliligiga qarab aniqlanadi.
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, mulkiy ziyon ko‘rgan shaxs fuqaroviy da’voni qaysi muddat oralig‘ida qo‘zg‘atishga haqli?
- Faqat sud tergovi davomida, sud tergovi boshlangandan keyin hukm chiqarilgunga qadar
- Hukm chiqarilgandan keyin bir yil ichida, hukm qonuniy kuchga kirgan vaqtdan boshlab
- Faqat dastlabki tergov tugagandan keyin, ish sudga yuborilgunga qadar bo‘lgan muddatda
- Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan paytdan boshlab to sud tergovi boshlangunga qadar
To‘g‘ri javob: Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan paytdan boshlab to sud tergovi boshlangunga qadar. 276-moddaga ko‘ra, fuqaroviy da’vo jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan paytdan boshlab to sud tergovi boshlangunga qadar qo‘zg‘atilishi mumkin.
Jabrlanuvchi Rahimning mol-mulki jinoyat natijasida yo‘qoldi, keyin Rahim vafot etdi. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, jinoyat protsessida fuqaroviy da’voni kim qo‘zg‘atishi va quvvatlashi mumkin?
- Faqat tergovchi
- Hech kim, da’vo bekor bo‘ladi
- Uning merosxo‘rlari
- Faqat prokuror
To‘g‘ri javob: Uning merosxo‘rlari. 276-moddaga ko‘ra, mol-mulki yo‘qolgan yoki shikastlangan shaxs vafot etgan taqdirda uning merosxo‘rlari fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atish va uni quvvatlash huquqiga ega bo‘ladi.
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atish, ko‘rib chiqish va hal qilish uchun davlat boji bilan bog‘liq qaysi hukm to‘g‘ri?
- Davlat boji yarmi undiriladi
- Davlat boji faqat yuridik shaxslardan undiriladi
- Davlat boji to‘liq undiriladi
- Davlat boji undirilmaydi
To‘g‘ri javob: Davlat boji undirilmaydi. 276-moddaga ko‘ra, jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo uchun davlat boji undirilmaydi.
Jabrlanuvchi Zokirova jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo qo‘zg‘atmadi. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, u keyinroq da’vo qo‘zg‘ata oladimi?
- Ha, fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida qo‘zg‘atishga haqli
- Faqat bir yil ichida fuqaroviy sud tartibida qo‘zg‘atishga haqli
- Yo‘q, huquqi tugaydi, chunki jinoyat protsessida da’vo qo‘zg‘atmagan
- Faqat prokuror orqali fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida
To‘g‘ri javob: Ha, fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida qo‘zg‘atishga haqli. 276-moddaga ko‘ra, jinoyat protsessida da’vo qo‘zg‘atmagan yoki da’vosi ko‘rilmasdan qoldirilgan shaxs uni fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida qo‘zg‘atishga haqli.
Jinoyat-protsessual kodeksi — 277-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ziyonni undirish asoslari, shart-sharoiti, hajmi va usuli to‘g‘risidagi qoidalarning qo‘llanilishi. Da’vo muddati
- Jinoyat protsessida ko‘riladigan fuqaroviy da’volar
- Fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etish
- Pul undirish va jarima solish to‘g‘risidagi masalani sud tomonidan hal qilish tartibi
To‘g‘ri javob: Fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etish. 277-modda: Fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etish.
Jinoyat-protsessual kodeksi: «Fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etish» qaysi moddada belgilangan?
- 275-modda
- 277-modda
- 274-modda
- 281-modda
To‘g‘ri javob: 277-modda. 277-modda: Fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etish.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash