Dastlabki tergovning umumiy shartlari (1/2)
To‘Qqizinchi Bo‘Lim
344-modda. Dastlabki tergovni olib borishga vakolatli mansabdor shaxslar
Dastlabki tergovni prokuratura, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, ichki ishlar organlari va davlat xavfsizlik xizmati tergovchilari olib boradi.
Dastlabki tergovni prokurorlar ham olib borishlari mumkin.
345-modda. Jinoyat ishining tergovga tegishliligi
Ushbu moddaning ikkinchi — sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergov o‘tkazilishi shart.
Jinoyat kodeksining 97 — 103¹, 108, 116, 132, 137, 141 — 149³-moddalarida, 169-moddasi ikkinchi qismining “d” va “e” bandlarida hamda uchinchi qismining “g” bandida, 175-moddasida, 192¹ — 192¹², 197¹, 205 — 215, 218 — 222, 229¹-moddalarida, 229³-moddasi oltinchi qismida, 229⁴, 229⁵, 230 — 230², 231-moddalarida, 232-moddasi ikkinchi qismida, 232¹ — 236, 241¹ — 242, 265-moddalarida, 276¹¹-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha, shuningdek qonunda ko‘rsatilgan ayrim toifadagi mansabdor shaxslarning jinoyatlariga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov prokuratura organlarining tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Jinoyat kodeksining 279 — 302-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha, shuningdek harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov harbiy prokuratura tergovchilari tomonidan olib boriladi.
Jinoyat kodeksining 150 — 163, 182, 223, 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov davlat xavfsizlik xizmati tergovchilari tomonidan olib boriladi.
Jinoyat kodeksining 104-moddasida, 105-moddasi ikkinchi qismida, 106, 107-moddalarida, 110-moddasi ikkinchi qismida, 114-moddasi uchinchi qismida, 115¹-moddasida, 117-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 118, 119-moddalarida, 121-moddasi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 122¹-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 124-moddasida, 126¹-moddasi beshinchi — sakkizinchi qismlarida, 127-moddasida, 127¹-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128, 128¹-moddalarida, 129-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 131-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 133-moddasi ikkinchi qismida, 133¹, 133², 134, 135-moddalarida, 138-moddasi ikkinchi qismida, 164, 165, 166-moddalarida, 168-moddasi ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida, 169-moddasi ikkinchi qismining “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida, uchinchi qismining “a”, “b” va “v” bandlarida hamda to‘rtinchi qismida, 171-moddasi uchinchi qismida, 173-moddasi uchinchi qismida, 176-moddasida, 193 — 196-moddalarida, 196¹-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 196²-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 197-moddasida, 198 — 204, 216-moddalarida, 216¹-moddasining ikkinchi qismida, 217-moddasida, 225-moddasi uchinchi qismida, 226-moddasi ikkinchi qismida, 228-moddasi ikkinchi qismida, 228²-moddasi uchinchi qismida, 229⁶, 244, 244³-moddalarida, 244⁴-moddasi ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida, 245, 247, 248-moddalarida, 248¹-moddasi ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida, 249, 250-moddalarida, 250¹-moddasi ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida, 252 — 255¹-moddalarida, 255²-moddasi ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida, 256, 257, 258-moddalarida, 259-moddasi ikkinchi qismida, 260-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 260¹-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 262-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 262¹-moddasi ikkinchi qismida, 263-moddasida, 263¹-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 264-moddasida, 266-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 267-moddasida, 268-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 269-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 270-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 271-moddasida, 273-moddasi ikkinchi — oltinchi qismlarida, 274-moddasi to‘rtinchi va beshinchi qismlarida, 275-moddasida, 276-moddasi ikkinchi qismida, 276¹ — 276⁴-moddalarida, 276⁶, 276⁷-moddalarida, 276⁸-moddasi ikkinchi qismida, 276⁹-moddasi uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida, 276¹⁰-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 276¹³-moddalarida, 277-moddasi uchinchi qismida, 278-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 278⁷-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha, shuningdek voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlarga doir barcha ishlar bo‘yicha (qasddan odam o‘ldirish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar bundan mustasno) dastlabki tergov ichki ishlar organlarining tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi.
345-modda. Jinoyat ishining tergovga tegishliligi (davomi)
Jinoyat kodeksining 177-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 180 — 181¹-moddalarida, 184-moddasi uchinchi qismida, 186¹-moddasida, 276¹¹-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Jinoyat kodeksining 129¹-moddasi ikkinchi qismida, 167-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 178-moddasida, 186²-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 188, 188¹, 243, 244¹, 244², 276¹²-moddalarida, 278⁸-moddasi uchinchi qismida, 278⁹-moddasi to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha dastlabki tergov ish qo‘zg‘atgan dastlabki tergov organi tomonidan amalga oshiriladi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organ yoki surishtiruv organi tomonidan ushbu qismda nazarda tutilgan jinoyatlar bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan taqdirda, ish bo‘yicha tergovni amalga oshiruvchi dastlabki tergov organi prokuror tomonidan belgilanadi.
Jinoyat kodeksining 237 — 241-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergov ushbu ish qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘lgan jinoyat qaysi organning tergoviga tegishli bo‘lsa, o‘sha organ tomonidan olib boriladi.
Agar tergovni olib borishda boshqa dastlabki tergov organi tergoviga tegishli yangi jinoyat aniqlansa, ishni yuritayotgan dastlabki tergov organi faqat tegishli prokurorning roziligi bilan tergovni to‘liq hajmda tamomlashi mumkin.
345-modda. Jinoyat ishining tergovga tegishliligi (davomi)
Agar tergovni olib borishda surishtiruv organiga tegishli bo‘lgan va tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bog‘liq bo‘lmagan yangi jinoyat aniqlansa, jinoyat ishini ajratish va boshqalarga o‘tkazish ushbu Kodeksning 332 va 381²-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda agar mazkur yangi jinoyat ushbu Kodeks 381²-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar turkumiga kirsa, ajratilgan jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruvni amalga oshirish prokuror tomonidan surishtiruvchiga topshiriladi.
Turli dastlabki tergov organlari tergoviga tegishli jinoyat ishlari bitta ish yurituviga birlashtirilganda, prokuror tergovni olib borishni og‘irroq jinoyat to‘g‘risidagi jinoyat ishining tergovi qaysi organga tegishli bo‘lsa, shu organga, jinoyatlarning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi teng bo‘lganda esa, jinoyat ishini uzoqroq muddat davomida tergov qilayotgan organga topshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning o‘rinbosarlari yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari, shuningdek ularga tenglashtirilgan prokurorlar tergovning har tomonlama, to‘liq va xolisona olib borilishini ta’minlash maqsadida jinoyat ishini, tergovga tegishlilik qoidalaridan qat’i nazar, quyidagi hollarda asoslantirilgan qarorga binoan bir dastlabki tergov organidan boshqasiga o‘tkazishga haqli:
- 1) agar jinoyat ishining tergovi tegishli bo‘lgan organ jinoyatni hisobga olishdan ilgari yashirgan bo‘lsa;
345-modda. Jinoyat ishining tergovga tegishliligi (davomi)
- 2) agar jinoyat ishining tergovi tegishli bo‘lgan organning rahbari yoki rahbarning yaqin qarindoshi ish yuzasidan jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoxud ayblanuvchi, fuqaroviy da’vogar yoki fuqaroviy javobgar deb topilgan bo‘lsa;
- 3) aybsizligi ayon bo‘lgan shaxs ayblanuvchi tariqasida jalb etilganda yoki qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida oldindan bila turib qonunga xilof ravishda iltimosnoma qo‘zg‘atilganda;
- 4) dastlabki tergovni olib borishda qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlari qo‘llanilganda;
- 5) tergovning natijalariga va ish bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tarzda ushbu Kodeks talablari buzilganda.
346-modda. Hududiy jihatdan tergovga tegishlilik
Jinoyat qayerda sodir etilgan bo‘lsa, jinoyat ishi o‘sha tuman (shahar) tergovchisining tergoviga tegishli bo‘ladi.
Dastlabki tergov, basharti ish holatlarini ancha tez, puxta, to‘la, xolisona, har tomonlama tekshirishga yordam bersa, ish qo‘zg‘atilgan joyda yoki gumon qilinuvchi yoxud ayblanuvchi yoki guvohlarning ko‘pchiligi turgan yerda o‘tkazilishi ham mumkin.
Yuqori turuvchi prokuror yoki yuqori tergov bo‘linmasi boshlig‘ining farmoyishiga asosan dastlabki tergov hududiy jihatdan tergovga tegishlilik qoidalariga rioya qilinmagan holda olib borilishi ham mumkin.
347-modda. Tergovchining topshiriqlarini bajarish
Har bir tergovchi o‘z yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining hududida istalgan joyda biror tergov harakatini shaxsan o‘zi bajarishga yoxud uni o‘tkazishni boshqa tergovchiga yoki surishtiruvchiga topshirishga haqlidir.
Tergovchining topshirig‘ida ijro etuvchi uchun majburiy bo‘lgan ijro muddati ko‘rsatiladi. Tergovchining topshirig‘ini bu muddat ichida ijro etishning iloji bo‘lmasa, topshiriq olgan shaxs topshiriq bergan tergovchiga topshiriq qachon bajarilishi mumkinligi to‘g‘risida yozma ravishda, telegramma yoki telefonogramma orqali xabar qiladi va uning ko‘rsatmalariga binoan topshiriqni bajarishni davom ettiradi.
348-modda. Jinoyat ishini boshqalarga o‘tkazish
Jinoyat ishini bir tergov bo‘linmasi doirasida bir tergovchidan boshqa tergovchiga o‘tkazish shu tergov bo‘linmasining rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
Ishni bir tergov bo‘linmasidan boshqasiga o‘tkazish yuqori tergov bo‘linmasining boshlig‘i tomonidan prokuror roziligi bilan amalga oshiriladi.
Ishni bir dastlabki tergov organidan boshqasiga o‘tkazishga prokurorning qaroriga binoan yo‘l qo‘yiladi.
348¹-modda. Yo‘qolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash
Yo‘qolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash prokurorning qaroriga ko‘ra, jinoyat ishi yoxud uning materiallari sudda yo‘qolgan taqdirda esa ijro etish uchun prokurorga yuboriladigan sud ajrimiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Yo‘qolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash jinoyat ishi hujjatlarining ushbu Kodeksda belgilangan tartibda dalillar deb topilishi mumkin bo‘lgan saqlab qolingan ko‘chirma nusxalari bo‘yicha va protsessual harakatlarni bajarish orqali amalga oshiriladi.
Jinoyat ishi tiklanayotganda surishtiruv, dastlabki tergov ishlarini yuritish, qamoqda saqlash va uy qamog‘i muddatlari ushbu Kodeksning 245, 351 va 381⁷-moddalarida belgilangan tartibda hisoblanadi.
Agar yo‘qolgan jinoyat ishi bo‘yicha qamoqda saqlashning yoki uy qamog‘ining oxirgi muddati tugagan bo‘lsa, ayblanuvchi darhol ozod qilinishi kerak.
349-modda. Dastlabki tergovda jamoatchilikning ishtiroki
Tergovchi jinoyatlarning oldini olish va ularni fosh etish uchun jamoatchilikni jalb qilishga haqlidir. Shu maqsadda u jamoat birlashmalariga, jamoalarga, aholiga jinoyat ishi uchun ahamiyatga molik ma’lumotlar haqida xabar qilishni, qidirilayotgan shaxslar yoki narsalar turgan joyni ko‘rsatishni so‘rab murojaat qiladi.
Jamoat birlashmalari va jamoalar tergovchining iltimosiga ko‘ra, ayrim tergov harakatlarida ishtirok etish uchun o‘z oralaridan xolislar, tarjimonlar, mutaxassislarni tavsiya qilishlari mumkin. Jamoatchilik vakillari bo‘lmish xolislarga, tarjimonlarga, mutaxassislarga nisbatan ushbu Kodeksning tegishli protsess ishtirokchilarining huquqlari va burchlari to‘g‘risidagi qoidalari to‘liq tatbiq etiladi.
350-modda. Dastlabki tergovning boshlanishi
Tergovchi jinoyat ishini qo‘zg‘atib, uni o‘z ish yurituviga oladi va bu haqda ish qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risidagi qarorga yozib qo‘yadi. Basharti tergovchiga oldin qo‘zg‘atilgan ish berilgan bo‘lsa, u ishni o‘z yurituviga olganligi to‘g‘risida qaror chiqaradi, shundan so‘ng dastlabki tergovni boshlaydi.
Bilimingizni sinang
Jinoyat-protsessual kodeksi — 344-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Dastlabki tergovni olib borishga vakolatli mansabdor shaxslar
- Hududiy jihatdan tergovga tegishlilik
- Jinoyat ishini qo‘zg‘atishning qonuniyligi ustidan prokuror nazorati
- Jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilish
To‘g‘ri javob: Dastlabki tergovni olib borishga vakolatli mansabdor shaxslar. 344-modda: Dastlabki tergovni olib borishga vakolatli mansabdor shaxslar.
Jinoyat-protsessual kodeksi: «Dastlabki tergovni olib borishga vakolatli mansabdor shaxslar» qaysi moddada belgilangan?
- 346-modda
- 338-modda
- 337-modda
- 344-modda
To‘g‘ri javob: 344-modda. 344-modda: Dastlabki tergovni olib borishga vakolatli mansabdor shaxslar.
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, dastlabki tergovni qaysi organlarning tergovchilari olib boradi?
- Prokuratura, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, ichki ishlar organlari va davlat xavfsizlik xizmati
- Faqat sud va prokuratura organlari, shuningdek Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tergovchilari
- Prokuratura, soliq organlari, bojxona xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tergovchilari
- Ichki ishlar organlari, advokatura va notariat organlari hamda davlat xavfsizlik xizmati tergovchilari
To‘g‘ri javob: Prokuratura, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, ichki ishlar organlari va davlat xavfsizlik xizmati. 344-moddaga ko‘ra dastlabki tergovni prokuratura, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, ichki ishlar organlari va davlat xavfsizlik xizmati tergovchilari olib boradi.
Prokuror Karimov o‘zi ish yuritayotgan jinoyat ishida dastlabki tergovni shaxsan olib bormoqchi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
- Prokuror faqat tergovchilar ustidan nazorat qiladi, tergov olib bora olmaydi
- Dastlabki tergovni prokurorlar ham olib borishlari mumkin
- Prokuror faqat sud ruxsati bilan tergov olib boradi
- Prokuror faqat surishtiruv olib borishi mumkin
To‘g‘ri javob: Dastlabki tergovni prokurorlar ham olib borishlari mumkin. 344-moddaga ko‘ra dastlabki tergovni prokurorlar ham olib borishlari mumkin.
Jinoyat-protsessual kodeksi — 345-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Dastlabki tergov muddatlari
- Yo‘qolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash
- Jinoyat ishini ish qo‘zg‘atilganidan keyin yuborish
- Jinoyat ishining tergovga tegishliligi
To‘g‘ri javob: Jinoyat ishining tergovga tegishliligi. 345-modda: Jinoyat ishining tergovga tegishliligi.
Jinoyat-protsessual kodeksi: «Jinoyat ishining tergovga tegishliligi» qaysi moddada belgilangan?
- 348¹-modda
- 345-modda
- 336-modda
- 351-modda
To‘g‘ri javob: 345-modda. 345-modda: Jinoyat ishining tergovga tegishliligi.
16 yoshli Davron o‘g‘rilik sodir etdi (qasddan odam o‘ldirish bilan bog‘liq emas). Dastlabki tergovni qaysi organ tergovchisi olib boradi?
- Davlat xavfsizlik xizmati tergovchisi
- Harbiy prokuratura tergovchisi
- Ichki ishlar organlari tergovchisi
- Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tergovchisi
To‘g‘ri javob: Ichki ishlar organlari tergovchisi. 345-moddaga ko‘ra voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlarga doir ishlar (qasddan odam o‘ldirishdan tashqari) bo‘yicha dastlabki tergov ichki ishlar organlari tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha dastlabki tergovni kim olib boradi?
- Ichki ishlar organlari tergovchilari
- Davlat xavfsizlik xizmati tergovchilari
- Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tergovchilari
- Harbiy prokuratura tergovchilari
To‘g‘ri javob: Harbiy prokuratura tergovchilari. 345-moddaga ko‘ra harbiy xizmatchilar jinoyatlari bo‘yicha dastlabki tergov harbiy prokuratura tergovchilari tomonidan olib boriladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash