Dastlabki tergovni to‘xtatish va qayta tiklash
To‘Qqizinchi Bo‘Lim
364-modda. Dastlabki tergovni to‘xtatish asoslari va tartibi
Dastlabki tergov:
- 1) ish bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim bo‘lgan shaxs aniqlanmagan;
- 2) ayblanuvchining qayerda ekanligi noma’lum bo‘lgan;
- 3) ayblanuvchi O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketgan, basharti uning tergovga kelishini ta’minlash imkoniyati bo‘lmasa;
- 4) ayblanuvchi ishni yuritishda uning ishtirok etishini istisno etadigan og‘ir va davomli, lekin davolab bo‘ladigan kasallikka chalingan hollarda to‘xtatiladi.
Dastlabki tergov ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar yuzaga kelgan vaqtdan boshlab to‘xtatiladi. Lekin dastlabki tergov to‘xtatilgunga qadar tergovchi ayblanuvchi yo‘qligida bajarish mumkin bo‘lgan barcha tergov harakatlarini bajarishi shart.
Dastlabki tergovni to‘xtatish to‘g‘risida tergovchi qaror chiqaradi va uning nusxasini prokurorga yuboradi.
365-modda. Qidiruv e’lon qilish
Ayblanuvchining turgan joyi noma’lum bo‘lganda tergovchi uning turgan joyini aniqlash uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishi, zarur hollarda esa, unga nisbatan qidiruv e’lon qilishi shart.
Tergovchi faqat ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi to‘g‘risida qaror chiqarilgan shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilishga haqli.
Qidiruv dastlabki tergov o‘tkazilayotganida ham, shuningdek dastlabki tergov to‘xtatilganidan keyin ham e’lon qilinishi mumkin.
Ushbu Kodeksning 242 va 243-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda qidirilayotgan ayblanuvchi topilgan taqdirda, sudning ajrimi bilan unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilishi mumkin
Qidirilayotgan ayblanuvchi ushlangan taqdirda u ushlangan joydagi prokuror ushlangan shaxsning qidirilayotgan ayblanuvchi ekanligini aniqlashi va qamoqqa olish uchun qonuniy asoslar mavjudligiga ishonch hosil qilishi lozim.
366-modda. Ayblanuvchi kasal bo‘lib qolganida dastlabki tergovni to‘xtatish
Sud-tibbiyot eksperti yoki psixiatr-ekspert ayblanuvchining kasalini jinoyat ishini yuritishda uning ishtirok etishini istisno etadigan og‘ir va davomli, lekin davolab bo‘ladigan kasallik deb topsa, ish bo‘yicha dastlabki tergov ayblanuvchi sog‘aygunga qadar to‘xtatiladi.
Bunday holda ayblanuvchiga nisbatan tanlangan ehtiyot chorasi tergovchi tomonidan ushbu Kodeksning 236 — 254-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilingan holda saqlab qolinishi, o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
367-modda. Jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim bo‘lgan shaxs aniqlanmagan hollarda dastlabki tergovni to‘xtatish
Barcha tergov harakatlari bajarib bo‘linganidan keyin ham jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinishi lozim bo‘lgan shaxs aniqlanmasa, ish yuritishni to‘xtatish mumkin.
Bunday hollarda tergovchi tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ orqali ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi lozim bo‘lgan shaxsni aniqlash va uni javobgarlikka tortish choralarini ko‘rishi shart.
Ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi lozim bo‘lgan shaxs aniqlanmaganligi sababli to‘xtatilgan ish Jinoyat kodeksining 64-moddasida belgilangan javobgarlikka tortish muddati o‘tib ketgach, tugatilishi lozim.
368-modda. Ayblanuvchi O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketgan taqdirda dastlabki tergovni to‘xtatish
Ayblanuvchining O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketganligi aniqlangan bo‘lsa va bu hol dastlabki tergov harakatlarida uning hozir bo‘lishini ta’minlash imkonini bermasa, barcha tergov harakatlari bajarilganidan keyin ish bo‘yicha dastlabki tergovni o‘tkazish to‘xtatiladi.
369-modda. Dastlabki tergovni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror
Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov tergovchining qarori bilan to‘xtatiladi. Bu qarorda ishning mohiyati hamda tergovni to‘xtatish asoslari, ushbu Kodeks 364-moddasining birinchi qismidagi 2, 3 va 4-bandlarda nazarda tutilgan hollarda esa, ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxs ham ko‘rsatiladi.
Tergovchi dastlabki tergovni to‘xtatgach, bu haqda jabrlanuvchini, fuqaroviy da’vogarni, fuqaroviy javobgarni va ularning vakillarini xabardor qiladi.
370-modda. Tergovchining dastlabki tergov to‘xtatilgandan keyingi harakatlari
Tergovchi dastlabki tergovni to‘xtatish asoslariga qarab ichki ishlar organlari va boshqa vakolatli organlardan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi lozim bo‘lgan shaxslarni aniqlash, yashirinib yurgan ayblanuvchilarni qidirib topish uchun ko‘rilayotgan choralardan muntazam xabardor bo‘lib turadi va shu maqsadda o‘zi so‘rov xatlari yuboradi, ma’lumotlar va tushuntiruvlar oladi, jamoatchilikning yordamidan foydalanadi yoxud ayblanuvchining dastlabki tergovning to‘xtatilishiga sabab bo‘lgan kasalligidan vaqti-vaqti bilan xabardor bo‘lib turadi. Ayblanuvchi O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketgan hollarda tergovchi jinoyat sodir etishda ayblanayotgan va boshqa davlatlar hududida yashirinib yurgan shaxslarni ushlab berishni tartibga soluvchi qonunchilikka va xalqaro shartnomalarga muvofiq choralar ko‘radi.
Dastlabki tergov to‘xtatilgandan keyin va u qayta tiklangunga qadar tergov harakatlari o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
371-modda. To‘xtatilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni qayta tiklash
To‘xtatilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov:
- 1) tergovni to‘xtatish uchun asos tariqasida ushbu Kodeksning 364-moddasida nazarda tutilgan holatlar bartaraf etilganda;
- 2) ish bo‘yicha ayblanuvchining ishtirokisiz bajarilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha tergov harakatlarini o‘tkazish zarurati tug‘ilganda qayta tiklanadi.
Dastlabki tergovni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror qonunga nomuvofiq bo‘lsa, prokuror uni bekor qilishi va dastlabki tergovni qayta tiklash to‘g‘risida qaror chiqarishi mumkin.
Tergovchi dastlabki tergovning qayta tiklanganligi haqida prokurorga darhol xabar qiladi.
Ish yuzasidan dastlabki tergov qayta tiklanishi bilan bir paytda dastlabki tergovning o‘tish muddati ham tiklanadi. Tergov muddatining keyinchalik uzaytirilishi dastlabki tergovni to‘xtatishdan oldin o‘tgan tergov muddatini e’tiborga olgan holda ushbu Kodeksning 351-moddasiga binoan amalga oshiriladi.
Bilimingizni sinang
Jinoyat-protsessual kodeksi — 364-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Shaxsni jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish asoslari
- Dastlabki tergovni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror
- Qidiruv e’lon qilish
- Dastlabki tergovni to‘xtatish asoslari va tartibi
To‘g‘ri javob: Dastlabki tergovni to‘xtatish asoslari va tartibi. 364-modda: Dastlabki tergovni to‘xtatish asoslari va tartibi.
Jinoyat-protsessual kodeksi: «Dastlabki tergovni to‘xtatish asoslari va tartibi» qaysi moddada belgilangan?
- 364-modda
- 369-modda
- 359-modda
- 365-modda
To‘g‘ri javob: 364-modda. 364-modda: Dastlabki tergovni to‘xtatish asoslari va tartibi.
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, quyidagilardan qaysi biri dastlabki tergovni to‘xtatish asosi hisoblanmaydi?
- Ayblanuvchining qayerda ekanligi noma’lum bo‘lishi
- Ayblanuvchi davolab bo‘ladigan og‘ir va davomli kasallikka chalinishi
- Ayblanuvchi O‘zbekiston hududidan chiqib ketgan va uning kelishini ta’minlab bo‘lmasligi
- Guvohlardan birining chet elga ketib qolishi
To‘g‘ri javob: Guvohlardan birining chet elga ketib qolishi. 364-moddada to‘xtatish asoslari ayblanuvchiga oid holatlar sifatida sanalgan; guvohning ketishi ular qatorida yo‘q.
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, dastlabki tergov to‘xtatilgunga qadar tergovchi qanday majburiyatga ega?
- Ayblanuvchi yo‘qligida bajarish mumkin bo‘lgan barcha tergov harakatlarini bajarishi
- Ishni darhol prokurorga topshirishi va bajarish mumkin bo‘lgan tergov harakatlarini to‘xtatishi
- Faqat ayblanuvchini qidiruvga berishi, boshqa tergov harakatlarini esa bajarmasligi
- Jabrlanuvchi bilan yarashuv o‘tkazishi va ayblanuvchi yo‘qligida ishni to‘xtatishi
To‘g‘ri javob: Ayblanuvchi yo‘qligida bajarish mumkin bo‘lgan barcha tergov harakatlarini bajarishi. 364-moddaga ko‘ra tergovchi to‘xtatishdan oldin ayblanuvchi yo‘qligida bajarish mumkin bo‘lgan barcha tergov harakatlarini bajarishi shart.
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, dastlabki tergovni to‘xtatish haqidagi qaror chiqarilgach, uning nusxasi kimga yuboriladi?
- Sudyaga
- Prokurorga
- Ichki ishlar organi boshlig‘iga
- Jabrlanuvchining vakiliga
To‘g‘ri javob: Prokurorga. 364-moddaga ko‘ra tergovchi qaror chiqaradi va uning nusxasini prokurorga yuboradi.
Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, tergovchi qidiruvni qaysi shaxsga nisbatan e’lon qilishga haqli?
- Guvoh sifatida chaqirilgan va tergovga kelmay yashirinib yurgan shaxsga
- Jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxsga, qaror chiqarilmagan bo‘lsa ham
- Ayblanuvchi tariqasida jalb qilinishi to‘g‘risida qaror chiqarilgan shaxsga
- Jabrlanuvchining turgan joyi noma’lum bo‘lsa, tergovga kelmagan jabrlanuvchiga
To‘g‘ri javob: Ayblanuvchi tariqasida jalb qilinishi to‘g‘risida qaror chiqarilgan shaxsga. 365-moddaga ko‘ra qidiruv faqat ayblanuvchi sifatida jalb etish haqida qaror chiqarilgan shaxsga nisbatan e’lon qilinadi.
Jinoyat-protsessual kodeksi — 366-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Jinoyat ishini tugatish
- Ayblanuvchi O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketgan taqdirda dastlabki tergovni to‘xtatish
- Ayblanuvchi kasal bo‘lib qolganida dastlabki tergovni to‘xtatish
- Ayblovni o‘zgartirish, tugatish va to‘ldirish
To‘g‘ri javob: Ayblanuvchi kasal bo‘lib qolganida dastlabki tergovni to‘xtatish. 366-modda: Ayblanuvchi kasal bo‘lib qolganida dastlabki tergovni to‘xtatish.
Jinoyat-protsessual kodeksi: «Ayblanuvchi kasal bo‘lib qolganida dastlabki tergovni to‘xtatish» qaysi moddada belgilangan?
- 366-modda
- 368-modda
- 362-modda
- 373-modda
To‘g‘ri javob: 366-modda. 366-modda: Ayblanuvchi kasal bo‘lib qolganida dastlabki tergovni to‘xtatish.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash