XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 389–394-m.

Sudlovga tegishlilik

To‘Qqizinchi Bo‘Lim

389-modda. Jinoyat ishlarining sudlovga tegishliligi

Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining sudloviga harbiy sudlarning sudloviga tegishli bo‘lgan ishlardan tashqari hamma jinoyat ishlari tegishlidir.

Agar bir sudda ko‘rib chiqilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha sud muhokamasi paytida sudlanuvchi tomonidan boshqa sud sudloviga tegishli jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlansa, ishni ko‘rib chiqish sud muhokamasini boshlagan sud tomonidan davom ettiriladi.

Ushbu Kodeksning 31¹-moddasida nazarda tutilgan protsessual majburlov choralarini sudga qadar ish yuritish bosqichida qo‘llash, shuningdek protsessual harakatlarni amalga oshirish masalalari tergov sudyalari sudloviga tegishlidir.

Harbiy sudlarning sudloviga tegishli ishlar qonunchilik bilan belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining yoki O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudloviga o‘ta murakkab va ahamiyatli ishlar tegishlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi jinoyat ishini, agar u mazmunan o‘ta murakkab va ahamiyatli bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudiga, viloyat, Toshkent shahar sudiga, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga ko‘rish uchun topshirishga haqli.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining raisi, viloyat, Toshkent shahar sudining raislari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi jinoyat ishini, agar u mazmunan o‘ta murakkab bo‘lmasa, jinoyat ishlari bo‘yicha tegishli tuman (shahar) sudiga, shuningdek hududiy harbiy sudga ko‘rish uchun topshirishga haqli.

390-modda. Yuqori sudning o‘zi ko‘rishi uchun quyi sud sudloviga tegishli jinoyat ishini olish huquqi

Yuqori sud quyi sud sudloviga tegishli har qanday jinoyat ishini birinchi instansiya sudi tariqasida o‘zi ko‘rish uchun olishga haqlidir.

391-modda. Jinoyat ishining hududiy jihatdan sudlovga tegishliligi

Jinoyat ishi jinoyat sodir etilgan joydagi sudda ko‘riladi.

Jinoyat sodir etilgan joyni aniqlash imkoniyati bo‘lmasa, ish dastlabki tergov yoki surishtiruv tamom bo‘lgan hududdagi sud tomonidan ko‘riladi.

Uzoqqa cho‘zilgan yoki davomli jinoyatlarga doir ishlar jinoyat qaysi hududda tamomlangan yoki to‘xtatilgan bo‘lsa, shu hududdagi sudning sudloviga tegishli bo‘ladi.

392-modda. Jinoyat ishlari birlashtirilganda ularning sudlovga tegishliligi

Bir necha shaxsni turli hududlarda sodir etgan jinoyatlari uchun ayblash to‘g‘risidagi jinoyat ishlari, shuningdek bir shaxsni bir necha jinoyatni sodir etishda ayblash to‘g‘risidagi jinoyat ishlari birlashtirilganda, agar bu ishlar bir xil darajadagi ikki yoki bir necha sudning sudloviga tegishli bo‘lsa, ish dastlabki tergov yoki surishtiruv qaysi hududda tamomlangan bo‘lsa, shu hududdagi sud tomonidan ko‘riladi.

Bir shaxs yoki bir guruh shaxslar turli darajadagi sudlarning sudloviga tegishli bir necha jinoyatni sodir etishda ayblangan bo‘lsa, bunday ishlar yuqori sud tomonidan ko‘riladi.

Basharti ish bo‘yicha bir shaxs yoki bir guruh shaxslar bir necha jinoyatni sodir etishda ayblansalar va bu shaxslardan loaqal biri yoki jinoyatlardan biri haqidagi ish harbiy sudning sudloviga tegishli bo‘lsa, barcha jinoyatlar va barcha shaxslarga doir ish harbiy sud tomonidan ko‘riladi.

393-modda. Jinoyat ishining sudlovga tegishliligiga ko‘ra o‘tkazilishi

Jinoyat ishi to‘la, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rilishini ta’minlash maqsadida ishni bir suddan boshqa sudga yuqori sud raisi qarori bilan o‘tkazish mumkin.

Ishni boshqa viloyatdagi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sudga o‘tkazish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi tomonidan hal etiladi.

Basharti sudya jinoyat ishini sudda muhokama qilish uchun tayinlash masalasini hal qilish chog‘ida ish mazkur sudning sudloviga tegishli emasligini aniqlasa, ishni sudlovga tegishliligiga ko‘ra o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.

Ishning o‘tkazilishiga faqat ish sud majlisida ko‘rila boshlangunga qadar yo‘l qo‘yiladi.

Ish shu darajadagi boshqa sudning sudloviga tegishli ekani sud majlisida ma’lum bo‘lib qolsa, ishning holatlarini to‘la tekshirishga zarar yetkazmaydigan bo‘lsa, sud ishni ko‘rishni davom ettiraveradi, aks holda sud ishni sudlovga tegishliligiga ko‘ra boshqa sudga yuborib, bu haqda ajrim chiqaradi.

Sud o‘z majlisida ishning yuqori sud yoki harbiy sud sudloviga tegishliligini aniqlagach, uni tegishli sudga yuborib, bu xususda ajrim chiqaradi.

Yuqori sudning sud majlisida ko‘rila boshlangan ishni quyi sudga yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi.

394-modda. Sudlovga tegishlilik xususida tortishuvga yo‘l qo‘yilmasligi

Sudlovga tegishlilik xususida sudlar o‘rtasida bahs bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda bir suddan boshqa sudga yuborilgan jinoyat ishi albatta ko‘rib chiqish uchun qabul qilinishi lozim.

Bilimingizni sinang

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, qaysi jinoyat ishlari tuman (shahar) sudining sudloviga tegishli?
  1. Harbiy sudlarning sudloviga tegishli ishlardan tashqari hamma jinoyat ishlari
  2. Faqat og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar haqidagi ishlar, boshqalari viloyat sudiga
  3. Faqat voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyat ishlari, boshqa ishlar Oliy sudga
  4. Faqat o‘ta murakkab va ahamiyatli ishlar, qolgan ishlar harbiy sudga

To‘g‘ri javob: Harbiy sudlarning sudloviga tegishli ishlardan tashqari hamma jinoyat ishlari. 389-moddaga ko‘ra harbiy sudlar sudloviga tegishli ishlardan tashqari hamma jinoyat ishlari tuman (shahar) sudiga tegishli.

Tuman sudida sudlanuvchi Qodirov ishi ko‘rilayotgan paytda, uning boshqa sud sudloviga tegishli jinoyat sodir etganligi ko‘rsatuvchi holatlar aniqlandi. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra ish qanday ko‘riladi?
  1. Ish darhol tegishli viloyat sudiga yuboriladi va u yerda ko‘rib chiqiladi
  2. Ishni ko‘rib chiqish sud muhokamasini boshlagan sud tomonidan davom ettiriladi
  3. Ish tugatilib, tegishli sudlovga ega sudda yangidan boshlab ko‘riladi
  4. Sud muhokamasi to‘xtatilib, ish qo‘shimcha tekshirish uchun prokurorga qaytariladi

To‘g‘ri javob: Ishni ko‘rib chiqish sud muhokamasini boshlagan sud tomonidan davom ettiriladi. 389-moddaga ko‘ra bunday holda ishni ko‘rish sud muhokamasini boshlagan sud tomonidan davom ettiriladi.

Viloyat sudining raisi o‘ziga kelgan jinoyat ishini mazmunan o‘ta murakkab emas deb topdi. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra u nima qilishga haqli?
  1. Ishni mazmunan o‘ta murakkab bo‘lmasa ham, ko‘rish uchun Oliy sudga topshirishga
  2. Ishni tuman (shahar) sudiga bildirmasdan, o‘zi birinchi instansiya sifatida ko‘rishga
  3. Ishni prokurorga qaytarib, qo‘shimcha tergov va ayblov xulosasini yangilash uchun yuborishga
  4. Ishni tegishli tuman (shahar) sudiga yoki hududiy harbiy sudga ko‘rish uchun topshirishga

To‘g‘ri javob: Ishni tegishli tuman (shahar) sudiga yoki hududiy harbiy sudga ko‘rish uchun topshirishga. 389-moddaga ko‘ra viloyat sudi raisi mazmunan o‘ta murakkab bo‘lmagan ishni tuman (shahar) sudiga yoki hududiy harbiy sudga topshirishga haqli.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 390-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishi yuzasidan prokuror hal etishi lozim bo‘lgan masalalar
  2. Yuqori sudning o‘zi ko‘rishi uchun quyi sud sudloviga tegishli jinoyat ishini olish huquqi
  3. Jinoyat ishlari birlashtirilganda ularning sudlovga tegishliligi
  4. Jinoyat ishini sudga yuborish

To‘g‘ri javob: Yuqori sudning o‘zi ko‘rishi uchun quyi sud sudloviga tegishli jinoyat ishini olish huquqi. 390-modda: Yuqori sudning o‘zi ko‘rishi uchun quyi sud sudloviga tegishli jinoyat ishini olish huquqi.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Yuqori sudning o‘zi ko‘rishi uchun quyi sud sudloviga tegishli jinoyat ishini olish huquqi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 384-modda
  2. 388-modda
  3. 392-modda
  4. 390-modda

To‘g‘ri javob: 390-modda. 390-modda: Yuqori sudning o‘zi ko‘rishi uchun quyi sud sudloviga tegishli jinoyat ishini olish huquqi.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 391-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Jinoyat ishining hududiy jihatdan sudlovga tegishliligi
  2. Kelib tushgan jinoyat ishi bo‘yicha sudyaning harakatlari
  3. Jinoyat ishlari birlashtirilganda ularning sudlovga tegishliligi
  4. Sudga kelib tushgan jinoyat ishi bo‘yicha aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar

To‘g‘ri javob: Jinoyat ishining hududiy jihatdan sudlovga tegishliligi. 391-modda: Jinoyat ishining hududiy jihatdan sudlovga tegishliligi.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Jinoyat ishining hududiy jihatdan sudlovga tegishliligi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 391-modda
  2. 395-modda
  3. 392-modda
  4. 396-modda

To‘g‘ri javob: 391-modda. 391-modda: Jinoyat ishining hududiy jihatdan sudlovga tegishliligi.

Jinoyat sodir etilgan joyni aniqlash imkoniyati yo‘q. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra jinoyat ishi qaysi hududdagi sudda ko‘riladi?
  1. Ayblanuvchi tug‘ilgan joyi bo‘lgan hududdagi tuman sudida
  2. Jabrlanuvchi doimiy yashaydigan joy bo‘lgan hududdagi sudda
  3. Dastlabki tergov yoki surishtiruv tamom bo‘lgan hududdagi sudda
  4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoki poytaxtdagi tegishli sudda

To‘g‘ri javob: Dastlabki tergov yoki surishtiruv tamom bo‘lgan hududdagi sudda. 391-moddaga ko‘ra jinoyat joyi aniqlanmasa, ish dastlabki tergov yoki surishtiruv tamom bo‘lgan hududdagi sud tomonidan ko‘riladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSurishtiruv va dastlabki tergov organlari shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarning qonunlarning ijro etishi ustidan nazoratKeyingi →Jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayyorlash (1/3)