XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 405⁸–405¹⁵-m.

Jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayyorlash (3/3)

To‘Qqizinchi Bo‘Lim

405⁸-modda. To‘xtatib turilgan jinoyat ishini prokurorga o‘tkazish

Ushbu Kodeks 405⁷-moddasining birinchi qismiga muvofiq yuritilishi to‘xtatib turilgan jinoyat ishi ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga ayblanuvchini qidirish choralarini ko‘rish uchun o‘tkaziladi.

405⁹-modda. Jinoyat ishini to‘xtatib turish muddatlari

Jinoyat ishi quyidagi hollarda to‘xtatib turiladi:

ushbu Kodeks 405⁷-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan taqdirda — ayblanuvchi topilguniga qadar;

ushbu Kodeks 405⁷-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan taqdirda — ayblanuvchi sog‘ayguniga qadar.

405¹⁰-modda. Jinoyat ishini tugatish

Ushbu Kodeksning 83-moddasida, 84-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lganda sud jinoyat ishini tugatadi.

Sud ajrimida:

jinoyat ishini tugatish asoslari ko‘rsatiladi;

ehtiyot choralarini, shuningdek fuqaroviy da’voni ta’minlash choralarini bekor qilish haqidagi masalalar hal etiladi;

ashyoviy, yozma va raqamli dalillar to‘g‘risidagi masala hal etiladi.

Sud ushbu Kodeks 84-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha ishni tugatishga haqlidir.

Jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran besh sutka ichida prokurorga yuboriladi, o‘ziga nisbatan ish tugatilgan shaxsga va jabrlanuvchiga topshiriladi.

405¹¹-modda. Nomaqbul dalillarni chiqarib tashlash to‘g‘risidagi iltimosnoma

Ayblanuvchi, himoyachi va davlat ayblovchisi jinoyat ishi materiallaridagi har qanday dalilni, agar ularni nomaqbul dalillar deb hisoblasa, chiqarib tashlash to‘g‘risida iltimosnoma berishga haqli.

Iltimosnoma jinoyat ishi sudga ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasi bilan birga yuborilganidan keyin, ayblov dalolatnomasining yoki ayblov xulosasining ko‘chirma nusxasi olingan kundan e’tiboran uch sutka ichida berilishi mumkin.

Iltimosnomaning ko‘chirma nusxasi ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga, shuningdek jabrlanuvchiga iltimosnoma sudga taqdim etilgan kunda yuboriladi.

Iltimosnomada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

Dalillar qonunga xilof usullar bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilgan yoki ularning huquqlarini cheklagan yoxud ushbu Kodeks talablarini buzgan holda olinganligiga asoslangan holda ularni chiqarib tashlash to‘g‘risida himoya tarafi tomonidan berilgan iltimosnomani ko‘rib chiqish chog‘ida himoya tarafi taqdim etgan vajlarni rad etish prokurorning zimmasida bo‘ladi. Qolgan hollarda buni isbotlash vazifasi iltimosnoma bergan tarafning zimmasida bo‘ladi.

Agar sud dalilni chiqarib tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilsa, mazkur dalil yuridik kuchini yo‘qotadi va u hukmga yoki boshqa sud qaroriga asos bo‘lishi, shuningdek sud muhokamasi jarayonida bu dalilni tekshirish va undan foydalanish mumkin emas.

405¹¹-modda. Nomaqbul dalillarni chiqarib tashlash to‘g‘risidagi iltimosnoma (davomi)

Ishni mazmunan ko‘rish davomida ilgari nomaqbul deb topilgan va chiqarib tashlangan dalilni maqbul deb topish masalasi taraflarning iltimosnomasiga asosan ko‘rib chiqilishi mumkin.

405¹²-modda. Jinoyat ishini ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini, tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlagan prokurorga yuborish uchun asoslar

Sudya jinoyat ishining sud tomonidan ko‘rib chiqilishiga doir to‘sqinliklarni bartaraf etish uchun uni taraflarning iltimosnomasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan quyidagi hollarda prokurorga yuboradi, agar:

405¹²-modda. Jinoyat ishini ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini, tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlagan prokurorga yuborish uchun asoslar (davomi)

Ushbu modda birinchi qismining 5-bandida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra jinoyat ishini prokurorga yuborishda sud ayblanuvchining, o‘ziga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash to‘g‘risida ish yuritilayotgan shaxsning xatti-harakatlarini og‘irroq jinoyat, ijtimoiy xavfli qilmish sifatida tavsiflash uchun asos bo‘lgan holatlarni ko‘rsatishi shart. Bunda sud jinoyatni yoki ijtimoiy xavfli qilmishni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining qaysi moddasi bilan tavsiflash lozimligini ko‘rsatishga, shuningdek dalillarni baholash to‘g‘risida, ayblanuvchining aybdorligi haqida xulosa qilishga haqli emas.

Sudya jinoyat ishini prokurorga yuborishda ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi to‘g‘risidagi masalani hal etadi. Zarur bo‘lgan taqdirda sudya ayblanuvchini qamoqda saqlash muddatini tergov ishlarini yuritish va boshqa protsessual harakatlarni bajarish uchun ushbu Kodeksning 245-moddasida nazarda tutilgan muddatlarni inobatga olgan holda uzaytiradi.

405¹³-modda. Jinoyat ishlarini bitta ish yurituvga birlashtirish

Dastlabki eshituv vaqtida ushbu Kodeksning 392-moddasida nazarda tutilgan, jinoyat ishi kelib tushganidan keyin yuzaga kelgan asoslar aniqlangan taqdirda, sudya o‘z tashabbusi bilan yoki taraflarning iltimosnomasiga ko‘ra jinoyat ishlarini bitta ish yurituvga birlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.

405¹⁴-modda. Sud ajrimi

Sudya dastlabki eshituvni o‘tkazish natijalari bo‘yicha quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:

Ajrim chiqarilgan yoki ish apellyatsiya instansiyasi sudidan qaytgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay uni chiqargan sud tomonidan ijro etiladi.

405¹⁵-modda. Sud ajrimi ustidan shikoyat berish va protest keltirish

Sudyaning ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan e’tiboran yetmish ikki soat ichida apellyatsiya tartibida xususiy shikoyat, xususiy protest berilishi mumkin.

Xususiy shikoyat, xususiy protest ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, sud uni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yigirma to‘rt soat ichida yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudi mazkur materiallarni kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay xususiy shikoyat, xususiy protest bilan birga ko‘rib chiqishi kerak.

Apellyatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyat, xususiy protestni ko‘rib chiqib, o‘z ajrimi bilan:

sudyaning ajrimini o‘zgarishsiz, shikoyatni, protestni esa — qanoatlantirmay qoldirishga;

sudyaning ajrimini o‘zgartirishga;

sudyaning ajrimini bekor qilishga va ishni mohiyatan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborishga haqli.

Jinoyat ishi ajrimni chiqargan sudga apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi chiqarilgan paytdan e’tiboran yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay qaytarilishi kerak.

Birinchi instansiya sudining ajrimi bekor qilingan hollarda ish birinchi instansiya sudi tomonidan ishni sud muhokamasiga tayinlash bosqichidan boshlab umumiy qoidalarga asosan ko‘rib chiqiladi.

Bilimingizni sinang

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, dastlabki eshituvda ayblanuvchi yashiringanligi aniqlanib, ish yuritishi to‘xtatib turilgan jinoyat ishi nima uchun va kimga o‘tkaziladi?
  1. Ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga, ayblanuvchini qidirish choralarini ko‘rish uchun
  2. Ichki ishlar organiga, ishni tugatish va ayblanuvchini qidirishni to‘xtatish uchun
  3. Oliy sudga, ishni apellyatsiya tartibida qayta ko‘rish va hukm chiqarish uchun
  4. Surishtiruvchiga, qo‘shimcha ekspertiza tayinlash va guvohlarni so‘roq qilish uchun

To‘g‘ri javob: Ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga, ayblanuvchini qidirish choralarini ko‘rish uchun. 405⁸-moddaga ko‘ra bunday ish ayblovni tasdiqlagan prokurorga ayblanuvchini qidirish choralarini ko‘rish uchun o‘tkaziladi.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 405⁹-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki eshituvni o‘tkazish uchun asoslar
  2. Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki eshituv o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrim
  3. Jinoyat ishini to‘xtatib turish muddatlari
  4. Jinoyat ishini ayblov dalolatnomasini yoki ayblov xulosasini, tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlagan prokurorga yuborish uchun asoslar

To‘g‘ri javob: Jinoyat ishini to‘xtatib turish muddatlari. 405⁹-modda: Jinoyat ishini to‘xtatib turish muddatlari.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Jinoyat ishini to‘xtatib turish muddatlari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 405⁹-modda
  2. 405³-modda
  3. 405¹²-modda
  4. 405⁴-modda

To‘g‘ri javob: 405⁹-modda. 405⁹-modda: Jinoyat ishini to‘xtatib turish muddatlari.

Sud jinoyat ishini yashiringan ayblanuvchi Soliyevga nisbatan to‘xtatib turdi. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra ish qachongacha to‘xtatib turiladi?
  1. Bir oy o‘tguncha
  2. Ayblanuvchi sog‘ayguniga qadar
  3. Ayblanuvchi topilguniga qadar
  4. Javobgarlik muddati o‘tguncha

To‘g‘ri javob: Ayblanuvchi topilguniga qadar. 405⁹-moddaga ko‘ra ayblanuvchi yashiringan holatda ish uning topilguniga qadar to‘xtatib turiladi; kasallik holatida esa sog‘ayguniga qadar.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi qancha muddat ichida prokurorga yuboriladi?
  1. Uch sutka ichida
  2. O‘n sutka ichida
  3. Besh sutka ichida
  4. Yetmish ikki soat ichida

To‘g‘ri javob: Besh sutka ichida. 405¹⁰-moddaga ko‘ra ko‘chirma nusxa ajrim chiqarilgan kundan besh sutka ichida prokurorga yuboriladi.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, sud jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi ajrimda quyidagilardan qaysi masalani hal etadi?
  1. Jabrlanuvchiga to‘lanadigan kompensatsiya miqdori va uni to‘lash tartibi masalalarini
  2. Ayblanuvchiga tayinlanadigan jazo muddati va uni o‘tash tartibi masalalarini
  3. Guvohlarning ko‘rsatuvlari to‘g‘riligi va ularning ishonchliligini baholash masalalarini
  4. Ehtiyot choralarini va fuqaroviy da’voni ta’minlash choralarini bekor qilish masalalarini

To‘g‘ri javob: Ehtiyot choralarini va fuqaroviy da’voni ta’minlash choralarini bekor qilish masalalarini. 405¹⁰-moddaga ko‘ra ajrimda ehtiyot choralari va fuqaroviy da’voni ta’minlash choralarini bekor qilish masalalari hal etiladi.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, jinoyat ishi materiallaridagi dalilni nomaqbul deb hisoblab, uni chiqarib tashlash to‘g‘risida iltimosnoma berishga kimlar haqli?
  1. Ayblanuvchi, himoyachi va davlat ayblovchisi
  2. Faqat sudya, o‘z tashabbusi bilan va kotib
  3. Faqat jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar va vakil
  4. Guvohlar, ekspertlar, tarjimonlar va mutaxassis

To‘g‘ri javob: Ayblanuvchi, himoyachi va davlat ayblovchisi. 405¹¹-moddaga ko‘ra bunday iltimosnoma berishga ayblanuvchi, himoyachi va davlat ayblovchisi haqli.

Himoyachi Ortiqov nomaqbul dalilni chiqarib tashlash to‘g‘risida iltimosnoma bermoqchi. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra u iltimosnomani qancha muddat ichida bera oladi?
  1. Ayblov xulosasining ko‘chirma nusxasi olingan kundan e’tiboran besh sutka ichida
  2. Ayblov xulosasining ko‘chirma nusxasi olingan kundan e’tiboran uch sutka ichida
  3. Ayblov xulosasi tasdiqlangan paytdan e’tiboran yetmish ikki soat ichida
  4. Ayblov xulosasining ko‘chirma nusxasi olingan kundan e’tiboran o‘n sutka ichida

To‘g‘ri javob: Ayblov xulosasining ko‘chirma nusxasi olingan kundan e’tiboran uch sutka ichida. 405¹¹-moddaga ko‘ra iltimosnoma ayblov xulosasining ko‘chirma nusxasi olingan kundan e’tiboran uch sutka ichida berilishi mumkin.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiJinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayyorlash (2/3)Keyingi →Sud muhokamasining umumiy shartlari (1/3)