XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 406–413-m.

Sud muhokamasining umumiy shartlari (1/3)

To‘Qqizinchi Bo‘Lim

406-modda. Jinoyat ishini muhokama qilish chog‘ida sud tarkibining o‘zgarmasligi

Har bir jinoyat ishi bir tarkibdagi sud yoki bir sudya tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim.

407-modda. Zaxiradagi xalq maslahatchisi

Basharti ishni muhokama qilish uzoq vaqt talab qiladigan bo‘lsa, ishda zaxiradagi xalq maslahatchisi qatnashishi mumkin bo‘lib, u ishni muhokama qilish boshlangan paytdan e’tiboran sud majlisi zalida hozir bo‘ladi va sudyaning huquqlaridan foydalanadi, sud maslahatlashuvlarida va ish bo‘yicha qaror chiqarish vaqtida qatnashish huquqi bundan mustasno.

Xalq maslahatchisi sud tarkibidan chiqib ketgan taqdirda zaxiradagi xalq maslahatchisi uning o‘rnini egallaydi va ishni muhokama qilish davom etadi.

408-modda. Sud majlisida raislik qiluvchi

Sud majlisida shu sudning raisi, uning o‘rinbosari yoki sudya raislik qiladi.

Raislik qiluvchi sud majlisiga rahbarlik qiladi, ishning barcha holatlarini sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirish hamda haqiqatni aniqlash uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hamma choralarni ko‘radi, ko‘rilayotgan ishga aloqasi bo‘lmagan holatlarni sud muhokamasiga kiritmaydi.

Raislik qiluvchi sud majlisi zalida tartibga rioya qilinishini ta’minlaydi. Uning farmoyishlari taraflar va barcha hozir bo‘lganlar uchun majburiydir.

Taraflardan yoki boshqa shaxslardan birortasi raislik qiluvchining harakatlariga e’tiroz bildirgan taqdirda bu e’tirozlar sud majlisining bayonnomasiga yozib qo‘yiladi.

409-modda. Sud muhokamasida prokurorning ishtiroki

Prokuror birinchi instansiya sudlarida jinoyatlarga doir ishlarni ko‘rishda ishtirok etib, davlat ayblovini quvvatlaydi, dalillarni tekshirishda ishtirok etadi, sudlanuvchilarga, jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar va sudga taklif etilgan boshqa shaxslarga savollar beradi, Jinoyat kodeksining normalarini qo‘llash, sudlanuvchining harakatlarini tavsiflash, unga jazo turini va me’yorini tayinlash to‘g‘risida hamda sud hal etishi lozim bo‘lgan boshqa masalalar yuzasidan o‘z fikrini bayon qiladi, jinoyatning sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar haqida hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan choralar xususida o‘z fikrini bildiradi.

Prokuror davlat ayblovini quvvatlar ekan, ushbu Kodeksning, O‘zbekiston Respublikasi boshqa qonunlarining talablariga va ishning barcha holatlarini qarab chiqishga asoslangan o‘z ishonchiga amal qiladi.

Sud tergovi ma’lumotlari asosida prokuror sudlanuvchiga qo‘yilgan ayblovni o‘zgartirish zarur degan xulosaga kelsa, u bu haqda sudga asoslantirilgan bayonot berishi shart.

Sud muhokamasi natijasida prokuror sud tergovi ma’lumotlari sudlanuvchining aybsizligidan dalolat beradi degan ishonchga kelsa, u ayblovdan voz kechishi va voz kechish sabablarini sudga bayon qilishi shart. Prokurorning ayblovdan voz kechishi sud tomonidan jinoyat ishini reabilitatsiya asoslariga ko‘ra tugatishga sabab bo‘ladi.

Prokuror ayblovning mazmunini o‘zgartirish yoki ayblovdan voz kechish sabablari xususidagi fikrini sudga yozma ravishda taqdim etishi shart.

409-modda. Sud muhokamasida prokurorning ishtiroki (davomi)

Prokuror, basharti fuqarolarning huquqlarini va jamiyat manfaatlarini muhofaza etish maqsadlari talab qilsa, da’vo qo‘zg‘atadi yoki jabrlanuvchi tomonidan qo‘zg‘atilgan fuqaroviy da’voni quvvatlaydi.

Prokuror jinoyat ishlarini ko‘rishda yoki hukmni ijro etish bilan bog‘liq masalalarni yoxud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda boshqa masalalarni hal etishda apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudida ishtirok etadi.

410-modda. Sud muhokamasida sudlanuvchining ishtiroki

Birinchi instansiya sudining majlisida jinoyat ishi sudlanuvchining ishtirokida muhokama qilinadi, sudlanuvchining sudga kelishi shart.

Sudlanuvchi sud majlisiga kelmasa, ishni muhokama qilish keyinga qoldirilishi lozim, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Sudga kelmagan sudlanuvchini sud majburiy keltirishga, shuningdek unga nisbatan ehtiyot chorasini qo‘llashga yoki ehtiyot chorasini o‘zgartirishga haqlidir.

Ishning sudlanuvchi ishtirokisiz muhokama qilinishiga sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lgan va sudga kelishdan bo‘yin tovlagan, uning yo‘qligi ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga monelik qilmagan taqdirdagina yoxud u ushbu Kodeks 272-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisi zalidan chiqarib yuborilgan bo‘lsa, yo‘l qo‘yilishi mumkin.

411-modda. Jabrlanuvchining sud majlisiga kelmasligi oqibatlari

Jabrlanuvchi sud majlisiga kelmasa, sud jabrlanuvchining ishtirokisiz ishdagi barcha holatlarni to‘la aniqlash hamda uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish mumkin yoki mumkin emasligiga qarab, jinoyat ishini muhokama qilish yoki keyinga qoldirish masalasini hal etadi.

Jabrlanuvchi sud majlisiga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmagan taqdirda sud uni majburiy keltirish haqida ajrim chiqaradi.

412-modda. Prokurorning, himoyachining, jamoat ayblovchisining, jamoat himoyachisining sud majlisiga kelmasligi oqibatlari

Prokuror sud majlisiga kelmay qolgan taqdirda jinoyat ishini muhokama qilish keyinga qoldiriladi.

Himoyachi sud majlisiga kelmasa, uni boshqa himoyachi bilan almashtirishga faqat sudlanuvchining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Shu sud majlisida himoyachini almashtirish imkoniyati bo‘lmasa, ishni muhokama qilish keyinga qoldiriladi.

Jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi sudga kelmay qolsa, ishning holatlariga qarab, sud ishni ular ishtirokisiz ko‘rish mumkinligi yoki muhokamani keyinga qoldirish masalasini hal etadi.

Ishga yangi kirishgan prokurorga yoki himoyachiga sud muhokamasida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur vaqt berilishi lozim.

Prokuror yoki himoyachining uzrsiz sabablarga ko‘ra sudga kelmaganligi to‘g‘risida sud tegishlicha yuqori turuvchi prokurorga yoki O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga xabar qiladi. Jamoat ayblovchisi yoki jamoat himoyachisi uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmagan taqdirda sud bu haqda tegishli jamoat birlashmasiga yoki jamoaga xabar qiladi.

413-modda. Fuqaroviy da’vogar yoki fuqaroviy javobgarning sud majlisiga kelmasligi oqibatlari

Fuqaroviy da’vogar yoki uning vakili sud majlisiga kelmagan taqdirda, sud fuqaroviy da’voni ko‘rmaydi; bu holda mulkiy zarar ko‘rgan shaxsning fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida da’vo qilish huquqi saqlanadi.

Sud fuqaroviy da’voni fuqaroviy da’vogarning iltimosiga ko‘ra uning ishtirokisiz ko‘rishga haqlidir.

Basharti fuqaroviy da’voni prokuror quvvatlasa yoki sud uni ko‘rish zarur deb topsa, fuqaroviy da’vogar yoki uning vakili kelish-kelmasligidan qat’i nazar, sud fuqaroviy da’voni ko‘raveradi.

Fuqaroviy javobgar yoki uning vakilining sud majlisiga kelmasligi fuqaroviy da’voni ko‘rishni to‘xtatmaydi.

Bilimingizni sinang

Jinoyat-protsessual kodeksi — 406-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Jinoyat ishi bo‘yicha ish yuritishni to‘xtatib turish va qayta tiklash
  2. Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki eshituvni o‘tkazish tartibi
  3. Jinoyat ishini muhokama qilish chog‘ida sud tarkibining o‘zgarmasligi
  4. Jinoyat ishlarini bitta ish yurituvga birlashtirish

To‘g‘ri javob: Jinoyat ishini muhokama qilish chog‘ida sud tarkibining o‘zgarmasligi. 406-modda: Jinoyat ishini muhokama qilish chog‘ida sud tarkibining o‘zgarmasligi.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Jinoyat ishini muhokama qilish chog‘ida sud tarkibining o‘zgarmasligi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 406-modda
  2. 405¹³-modda
  3. 405⁶-modda
  4. 405⁷-modda

To‘g‘ri javob: 406-modda. 406-modda: Jinoyat ishini muhokama qilish chog‘ida sud tarkibining o‘zgarmasligi.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, har bir jinoyat ishi kim tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim?
  1. Har bir majlisda yangi tarkibdagi sud tomonidan
  2. Bir tarkibdagi sud yoki bir sudya tomonidan
  3. Faqat sud raisi tomonidan
  4. Prokuror ko‘rsatmasi bilan tayinlangan sudya tomonidan

To‘g‘ri javob: Bir tarkibdagi sud yoki bir sudya tomonidan. 406-moddaga ko‘ra har bir jinoyat ishi bir tarkibdagi sud yoki bir sudya tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 407-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Zaxiradagi xalq maslahatchisi
  2. Sud majlisida raislik qiluvchi
  3. Ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishini sudda muhokama qilish muddatlari
  4. Sud majlisida jinoyat ishini muhokama qilish muddati

To‘g‘ri javob: Zaxiradagi xalq maslahatchisi. 407-modda: Zaxiradagi xalq maslahatchisi.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Zaxiradagi xalq maslahatchisi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 405¹-modda
  2. 405-modda
  3. 407-modda
  4. 408-modda

To‘g‘ri javob: 407-modda. 407-modda: Zaxiradagi xalq maslahatchisi.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, ishda zaxiradagi xalq maslahatchisi qachon qatnashishi mumkin?
  1. Ishni muhokama qilish uzoq vaqt talab qiladigan bo‘lsa
  2. Har qanday ishda, murakkabligidan qat’i nazar, majburiy
  3. Faqat ayblanuvchi iltimos qilib, prokuror rozi bo‘lsa
  4. Faqat voyaga yetmaganlar ishi uzoq vaqt talab qilsa

To‘g‘ri javob: Ishni muhokama qilish uzoq vaqt talab qiladigan bo‘lsa. 407-moddaga ko‘ra ishni muhokama qilish uzoq vaqt talab qilsa, ishda zaxiradagi xalq maslahatchisi qatnashishi mumkin.

Sud muhokamasi davomida xalq maslahatchisi sud tarkibidan chiqib ketdi, ishda esa zaxiradagi xalq maslahatchisi qatnashib kelgan. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra nima sodir bo‘ladi?
  1. Muhokama yangidan boshlanadi, yangi sud tarkibi tuziladi va ish qayta ko‘riladi
  2. Ish boshqa sudga yuboriladi va u yerda muhokama yangidan boshlab o‘tkaziladi
  3. Zaxiradagi xalq maslahatchisi uning o‘rnini egallaydi va muhokama davom etadi
  4. Muhokama to‘xtatiladi va masalani prokuror hal qiladi, keyin ish davom etadi

To‘g‘ri javob: Zaxiradagi xalq maslahatchisi uning o‘rnini egallaydi va muhokama davom etadi. 407-moddaga ko‘ra zaxiradagi xalq maslahatchisi chiqib ketgan maslahatchining o‘rnini egallaydi va muhokama davom etadi.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 408-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Sud majlisida raislik qiluvchi
  2. Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki eshituv o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrim
  3. Sud muhokamasida prokurorning ishtiroki
  4. Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki eshituvni o‘tkazish

To‘g‘ri javob: Sud majlisida raislik qiluvchi. 408-modda: Sud majlisida raislik qiluvchi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiJinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayyorlash (3/3)Keyingi →Sud muhokamasining umumiy shartlari (2/3)