XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 462–469-m.

Hukm (2/3)

To‘Qqizinchi Bo‘Lim

462-modda. Hukm turlari

Sud ayblov yoki oqlov hukmi chiqarishi mumkin. Sudlanuvchiga nisbatan qanday turda hukm chiqarish masalasini hal qilish vaqtida sud ushbu Kodeksning 23-moddasida nazarda tutilgan aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi talablariga amal qilishi shart.

463-modda. Ayblov hukmi chiqarish asoslari

Ayblov hukmi taxminlarga asoslangan bo‘lishi mumkin emas va faqat sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybli ekanligi sud muhokamasi davomida isbot qilingan taqdirdagina chiqariladi. Ayblov hukmiga jinoyat sodir etilishining ish bo‘yicha barcha mumkin bo‘lgan holatlarini tekshirish, ish materiallarida ma’lum bo‘lib qolgan barcha kam-ko‘stni to‘ldirish, yuzaga kelgan hamma shubha va qarama-qarshiliklarga barham berish natijasida yig‘ilgan ishonchli dalillargina asos qilib olinishi lozim.

Sud quyidagi hollarda jazodan ozod qilib, ayblov hukmini chiqaradi, basharti:

Sud quyidagi hollarda jazo tayinlamasdan ayblov hukmini chiqaradi, basharti:

463-modda. Ayblov hukmi chiqarish asoslari (davomi)

464-modda. Oqlov hukmini chiqarish asoslari

Oqlov hukmi quyidagi hollarda chiqariladi, basharti:

Jinoyat boshqa shaxs tomonidan sodir etilganligi aniqlansa, shuningdek sudlanuvchiga qo‘yilgan ayblov ish holatlari batafsil tekshirilgandan keyin ishonarli tarzda o‘z tasdig‘ini topmasa, sud ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan asosga ko‘ra sudlanuvchini oqlaydi.

465-modda. Hukmni tuzish

Ushbu Kodeksning 457 — 459-moddalarida nazarda tutilgan masalalar hal etilganidan so‘ng sud hukmni tuzishga kirishadi. Sudda ish qaysi tilda ko‘rilgan bo‘lsa, hukm shu tilda, aniq va tushunarli iboralarda bayon qilinadi va kirish, tavsif hamda qaror qismlaridan iborat bo‘ladi.

Hukm uni chiqarishda qatnashgan sudyalardan biri yoki hukmni yakka o‘zi chiqargan sudya tomonidan qo‘lda yoki texnik vositalardan foydalangan holda yozilishi lozim. Hukmga kiritilgan tuzatishlar hukm e’lon qilinishidan oldin izohlanishi va sudyaning (sudyalarning) imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.

466-modda. Hukmning kirish qismi

Hukmning kirish qismida:

467-modda. Ayblov hukmining tavsif qismi

Ayblov hukmining tavsif qismida sud isbot etilgan deb e’tirof etgan jinoiy qilmishning tavsifi, sodir etilgan joyi, vaqti, usuli, aybning shakli, jinoyatning sabablari, maqsadlari va oqibatlari ko‘rsatilishi lozim. Hukmda sudning har bir sudlanuvchiga nisbatan xulosalariga asos bo‘lgan dalillar va sudning boshqa dalillarni rad etish sabablari yoziladi. Javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki og‘irlashtiruvchi holatlar, aybning bir qismi asossiz deb topilgan taqdirda yoki jinoyatning tavsifi noto‘g‘riligi aniqlanganda esa ayblovni o‘zgartirish asoslari va sabablari ko‘rsatiladi.

Sud, shuningdek Jinoyat kodeksi moddasining jazo qismida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jazo choralari ham nazarda tutilgan bo‘lsa, ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo nimaga asoslanib tayinlaganini; ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilinganga koloniyada saqlash tartibining muayyan turini belgilashni yoki ozodlikdan mahrum etish jazosini turmada o‘tashni tayinlashni; sudlanuvchi o‘ta xavfli retsidivist deb topilganligini; shartli hukm qo‘llanilganini; Jinoyat kodeksining moddasida xuddi shunday jinoyat uchun nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo tayinlanganligini; boshqa yengilroq jazoga o‘tilganligini; umumiy qoidalardan chekinib koloniya turi tayinlanganligini; boshqa ta’sir choralarini qo‘llab yoki qo‘llamasdan sudlanuvchi jazodan ozod etilganligini asoslab berishi shart.

467-modda. Ayblov hukmining tavsif qismi (davomi)

Sud qonunchilikka muvofiq sudlanuvchiga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llash yoki uning ustidan homiylik tayinlash lozim deb topsa, bunday qarorga kelish sabablarini ko‘rsatishi shart.

Jamoat birlashmasining yoki jamoaning sudlanuvchini shartli hukm qilib, u bilan tarbiyaviy ish olib borish uchun o‘zlariga berishni so‘ragan iltimosnomalari bo‘lsa, sud bu iltimosnomalarni qanoatlantirish yoki rad etish sabablarini hukmda ko‘rsatadi.

Sud, shuningdek qo‘zg‘atilgan fuqaroviy da’vo to‘g‘risida yoki jinoyat oqibatida keltirilgan mulkiy zararni undirish to‘g‘risida o‘z tashabbusi bilan chiqargan qarorning asoslarini ham ko‘rsatishi lozim.

468-modda. Ayblov hukmining qaror qismi

Ayblov hukmining qaror qismida:

4¹) ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm etilgan shaxs uchun belgilanadigan taqiqlar (cheklashlar);

Basharti sudlanuvchiga Jinoyat kodeksining bir necha moddasi bilan ayblov qo‘yilgan bo‘lsa, hukmning qaror qismida sudlanuvchi qaysi moddalar bo‘yicha oqlanganligi va qaysi moddalar bo‘yicha hukm qilinganligi ko‘rsatilishi lozim.

468-modda. Ayblov hukmining qaror qismi (davomi)

Sudlanuvchi jazoni o‘tashdan ozod qilingan bo‘lsa, bu haqda hukmning qaror qismida ko‘rsatiladi.

Barcha hollarda tayinlangan jazo shunday ifodalanishi lozimki, toki hukmni ijro etishda sud tayinlagan jazo turi va me’yori xususida hech qanday shubha tug‘ilmasin.

469-modda. Oqlov hukmining tavsif qismi

Oqlov hukmining tavsif qismida quyidagilar ko‘rsatiladi: sudlanuvchiga qo‘yilgan ayblovning mohiyati; sud aniqlagan ish holatlari; sudlanuvchining aybsizligi to‘g‘risidagi sud xulosasini tasdiqlovchi dalillar; sudlanuvchining jinoyat sodir etishda aybi bor deb da’vo qilishga asos bo‘lgan dalillarni sud nima uchun ishonarli emas yoki yetarli emas deb hisoblashi yoki nima uchun sud jinoiy hodisaning o‘zi yuz bermagan yoxud sudlanuvchi sodir etgan qilmishni jinoyat emas deb hisoblashi; fuqaroviy da’voga oid qarorning asoslari.

Bilimingizni sinang

Sud sudlanuvchiga nisbatan qanday turda hukm chiqarishni hal qilishda qaysi prinsip talablariga amal qilishi shart?
  1. Aybsizlik prezumpsiyasi
  2. Sud muhokamasining og‘zakiligi
  3. Taraflarning tortishuvi
  4. Sudyalarning mustaqilligi

To‘g‘ri javob: Aybsizlik prezumpsiyasi. 462-modda: sud hukm turini hal qilishda aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi talablariga amal qilishi shart.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 463-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Sud tergovini yana davom ettirish
  2. Ayblov hukmi chiqarish asoslari
  3. Sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi
  4. Ayblov hukmining tavsif qismi

To‘g‘ri javob: Ayblov hukmi chiqarish asoslari. 463-modda: Ayblov hukmi chiqarish asoslari.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Ayblov hukmi chiqarish asoslari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 461-modda
  2. 456-modda
  3. 467-modda
  4. 463-modda

To‘g‘ri javob: 463-modda. 463-modda: Ayblov hukmi chiqarish asoslari.

Sudya Nazarov sudlanuvchi aybli bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas, degan taxminga asoslanib ayblov hukmi chiqarmoqchi. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Taxminga asoslangan ayblov hukmi mumkin, agar sudlanuvchi o‘zining aybsizligini oqlovchi dalillar bilan isbotlay olmasa va ishda ayblov dalillari mavjud bo‘lsa
  2. Ayblov hukmi taxminlarga asoslangan bo‘lishi mumkin emas, u faqat aybli ekanligi sud muhokamasi davomida isbot qilingan taqdirdagina chiqariladi
  3. Taxmin ayblov hukmiga asos bo‘lishi mumkin, agar davlat ayblovchisi shuni talab qilsa va aybli ekanligi sud muhokamasida isbot qilinmagan bo‘lsa ham
  4. Taxminga asoslangan hukm chiqarilishi mumkin, ammo bunda aybli ekanligi isbotlanmaganligi sababli jazo yengillashtiriladi va shartli qilinadi

To‘g‘ri javob: Ayblov hukmi taxminlarga asoslangan bo‘lishi mumkin emas, u faqat aybli ekanligi sud muhokamasi davomida isbot qilingan taqdirdagina chiqariladi. 463-modda: ayblov hukmi taxminlarga asoslanmaydi va aybdorlik isbotlangandagina chiqariladi.

Sudlanuvchi Ergashev hukm chiqquniga qadar qamoqda bo‘lgan. Hisobga olish qoidalarini nazarda tutganda, bu vaqt sud tayinlagan jazo chorasidan ortiq chiqdi. Sud qanday hukm chiqaradi?
  1. Oqlov hukmini chiqaradi
  2. Ayblov hukmini chiqarib, jazoni to‘liq o‘tashga qoldiradi
  3. Ayblov hukmini jazo tayinlamasdan chiqaradi
  4. Jazodan ozod qilib, ayblov hukmini chiqaradi

To‘g‘ri javob: Jazodan ozod qilib, ayblov hukmini chiqaradi. 463-modda: qamoqda bo‘lgan vaqt tayinlangan jazo chorasiga teng yoki ortiq bo‘lsa, sud jazodan ozod qilib ayblov hukmini chiqaradi.

Quyidagi holatlardan qaysi birida sud jazo tayinlamasdan ayblov hukmini chiqaradi?
  1. Ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish muddati o‘tib ketgan bo‘lsa
  2. Sudlanuvchi sud majlisida ayblovga to‘liq iqror bo‘lib, tavba qilganligini bildirgan bo‘lsa
  3. Sudlanuvchi ilgari sudlanmagan va jabrlanuvchi unga nisbatan hech qanday da’vo qilmagan bo‘lsa
  4. Sudlanuvchi voyaga yetmagan bo‘lib, uning ota-onasi jazo tayinlamaslikni so‘ragan bo‘lsa

To‘g‘ri javob: Ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish muddati o‘tib ketgan bo‘lsa. 463-modda: jinoyat uchun ayblanuvchi tariqasida jalb qilish muddati o‘tib ketgan bo‘lsa, sud jazo tayinlamasdan ayblov hukmini chiqaradi.

Hukm chiqarilgunga qadar sudlanuvchi Hamidov vafot etdi. Jinoyat-protsessual kodeksining 463-moddasiga ko‘ra bu holatda sud nima qiladi?
  1. Oqlov hukmini chiqaradi
  2. Jazo tayinlamasdan ayblov hukmini chiqaradi
  3. Jazodan ozod qilib, ayblov hukmini chiqaradi
  4. Ishni dastlabki tergovga qaytaradi

To‘g‘ri javob: Jazo tayinlamasdan ayblov hukmini chiqaradi. 463-modda: hukm chiqarish vaqtigacha sudlanuvchi vafot etgan bo‘lsa, sud jazo tayinlamasdan ayblov hukmini chiqaradi.

Shaxsni o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi tufayli jazodan ozod qilish asoslari bo‘lgan holatda sud hukm chiqarishda Jinoyat kodeksining qaysi moddasiga tayanadi?
  1. 69-moddasiga
  2. 70-moddasiga
  3. 71-moddasiga
  4. 72-moddasiga

To‘g‘ri javob: 71-moddasiga. 463-modda: amalda pushaymon bo‘lganlik tufayli jazodan ozod qilish Jinoyat kodeksining 71-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiHukm (1/3)Keyingi →Hukm (3/3)