XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 478–486-m.

Hukmlarning, ajrimlarning, qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirishning umumiy shartlari (1/5)

To‘Qqizinchi Bo‘Lim

478-modda. Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish turlari

Sud hukmlarining, ajrimlarining, qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida tekshirilishi mumkin.

Ishni yuqori instansiya sudi tomonidan ko‘rish:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan — ushbu Kodeksning 511 va 512-moddalarida ko‘rsatilgan shaxslarning shikoyatlariga va protestlariga binoan;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan:

jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida ko‘rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek ushbu sudlarning tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida chiqarilgan hukmlari va ajrimlari ustidan ushbu Kodeksning 511-moddasida ko‘rsatilgan shaxslarning shikoyatlarini o‘rganish natijalariga ko‘ra chiqarilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, uning o‘rinbosarlarining protestiga yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ajrimiga binoan;

478-modda. Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish turlari (davomi)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek ushbu sudlar tomonidan birinchi instansiya tariqasida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida chiqarilgan hukmlari va ajrimlari ustidan ushbu Kodeksning 511-moddasida ko‘rsatilgan shaxslarning shikoyatlariga yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, uning o‘rinbosarlarining protestiga binoan;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatida — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining taftish tartibida chiqarilgan qarorlari ustidan ushbu Kodeksning 511-moddasida ko‘rsatilgan shaxslarning arizasiga (iltimosnomasiga), sudyaning taqdimnomasiga, ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining protestiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining protestiga binoan amalga oshiriladi.

479-modda. Sud qarorlari ustidan shikoyat berish va protest bildirish huquqi hamda uning ta’minlanishi

Ushbu Kodeksning 497², 499 va 511-moddalarida nazarda tutilgan protsess ishtirokchilari birinchi instansiya sudining hukmi va ajrimi ustidan belgilangan tartibda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berishga yoki protest bildirishga, shuningdek taftish tartibida shikoyat (iltimosnoma) berishga yoxud protest bildirishga haqlidir. Bunda ular o‘z vajlarini tasdiqlash uchun qo‘shimcha materiallarni taqdim etishi mumkin.

Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida shikoyat yoki protest tushganligi to‘g‘risida sud ushbu shikoyat yoki protest kimning manfaatlariga taalluqli bo‘lsa, o‘sha protsess ishtirokchilarini uch sutka ichida xabardor qiladi va bir vaqtning o‘zida ularga ushbu hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini pochta orqali yoxud hukm, ajrim chiqargan sudning internet-resursi orqali yuboradi. Bunda taraflarga ularning shikoyatga, protestga doir e’tirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida berish huquqi, e’tirozlarni taqdim etish muddati ko‘rsatilgan holda, tushuntiriladi. Shikoyat, protest yuzasidan kelib tushgan e’tirozlar jinoyat ishi materiallariga qo‘shib qo‘yiladi. Protsess ishtirokchilari ish bilan, shu jumladan qo‘shimcha taqdim etilgan materiallar bilan tanishishga va sudga o‘z e’tirozlarini xabar qilishga haqlidir.

Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida shikoyat yoki protest bergan shaxs, shuningdek shikoyat yoki protest kimning manfaatlariga taalluqli bo‘lsa, o‘sha protsess ishtirokchilari ish apellyatsiya, kassatsiya yoxud taftish tartibida ko‘riladigan vaqt va joy to‘g‘risida sud tomonidan xabardor qilinadi.

479-modda. Sud qarorlari ustidan shikoyat berish va protest bildirish huquqi hamda uning ta’minlanishi (davomi)

Mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ishni apellyatsiya instansiyasida ko‘rish chog‘ida ishtirok etishga haqlidir. Mazkur shaxslar ishni kassatsiya yoki taftish tartibida ko‘rish chog‘ida ham ishtirok etishga haqli, bundan jazoni ijro etish muassasasida bo‘lgan yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tayotgan mahkum mustasno. Jazoni ijro etish muassasasida bo‘lgan yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tayotgan mahkumning kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining majlisida ishtirok etishi, shuningdek mahkumni sud majlisiga olib kelish zarurligi to‘g‘risidagi masala sud tomonidan hal qilinadi. Ish ko‘riladigan vaqt va joy haqida o‘z vaqtida xabardor qilingan mazkur shaxslarning uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmaganligi ishni ko‘rishga monelik qilmaydi. Biroq sud mahkumni, oqlangan shaxsni, shuningdek jabrlanuvchini, fuqaroviy da’vogarni, fuqaroviy javobgarni va ularning vakillarini tushuntirishlar berish uchun chaqirishi mumkin.

Mahkumning yoki oqlangan shaxsning himoyachilari va qonuniy vakillari ishni taftish tartibida ko‘rish chog‘ida ishtirok etishi shart.

480-modda. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati va protestining mazmuniga qo‘yiladigan talablar

Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati va protestida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

Agar apellyatsiya, kassatsiya shikoyatining (protestining) mazmuni ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan talablarga javob bermasa va bu ishni keyinchalik mazmunan ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilsa, birinchi instansiya sudining sudyasi apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini (protestini) uni bergan shaxsga qaytarish to‘g‘risida uch kunlik muddatda ajrim chiqarib, apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini yoki protestini qayta tuzish uchun muddat belgilaydi.

480-modda. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati va protestining mazmuniga qo‘yiladigan talablar (davomi)

Sudyaning apellyatsiya, kassatsiya shikoyatini, protestini qaytarish to‘g‘risidagi ajrimining talablari bajarilmagan va apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) belgilangan vaqtda kelib tushmagan hollarda, u berilmagan deb hisoblanadi.

481-modda. Jinoyat ishini yuqori sud tomonidan ko‘rishda prokurorning ishtirok etishi

Jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida ko‘rishda prokuror ishtirok etadi.

Jinoyat ishining ko‘rilishida:

482-modda. Yuqori instansiya sudi muhokamasining predmeti

Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha ishning haqiqiy holatlari to‘liq aniqlanganligini va Jinoyat kodeksining normalari to‘g‘ri qo‘llanilganligini, ish yuritishni amalga oshirish chog‘ida ushbu Kodeks normalariga rioya etilgan-etilmaganligini, birinchi instansiya sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini ishda mavjud bo‘lgan hamda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qo‘shimcha ravishda tekshirilgan dalillar bo‘yicha tekshiradi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi hay’atlarida taftish tartibida ishni ko‘rishda taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo‘yicha ishning haqiqiy holatlari to‘liq aniqlanganligi va Jinoyat kodeksining normalari to‘g‘ri qo‘llanilganligi, ish yuritishni amalga oshirish chog‘ida ushbu Kodeks normalariga rioya etilgan-etilmaganligi, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi ishda mavjud bo‘lgan hamda taftish instansiyasi sudi tomonidan qo‘shimcha ravishda tekshirilgan dalillar bo‘yicha tekshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarining apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida ko‘rib chiqilgan hukmlarini, ajrimlarini, shuningdek tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha chiqarilgan apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining hukmlarini va ajrimlarini taftish tartibida ko‘rishda shikoyat yoxud protest bo‘yicha ishning haqiqiy holatlari to‘liq aniqlanganligi va Jinoyat kodeksining normalari to‘g‘ri qo‘llanilganligi, ish yuritishni amalga oshirish chog‘ida ushbu Kodeks normalariga rioya etilgan-etilmaganligi, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi ishda mavjud bo‘lgan hamda taftish instansiyasi sudi tomonidan qo‘shimcha ravishda tekshirilgan dalillar bo‘yicha tekshiriladi.

482-modda. Yuqori instansiya sudi muhokamasining predmeti (davomi)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan hukmlarini, ajrimlarini taftish tartibida ko‘rishda taftish tartibidagi shikoyat (protest) bo‘yicha ishning haqiqiy holatlari to‘liq aniqlanganligi va Jinoyat kodeksining normalari to‘g‘ri qo‘llanilganligi, ish yuritishni amalga oshirish chog‘ida ushbu Kodeks normalariga rioya etilgan-etilmaganligi, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi ishda mavjud bo‘lgan hamda taftish instansiyasi sudi tomonidan qo‘shimcha ravishda tekshirilgan dalillar bo‘yicha tekshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati ishni taftish tartibida ko‘rishda protest bo‘yicha ishning haqiqiy holatlari to‘liq aniqlanganligini va Jinoyat kodeksining normalari to‘g‘ri qo‘llanilganligini, ish yuritishni amalga oshirish chog‘ida ushbu Kodeks normalariga rioya etilgan-etilmaganligini, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini ishda mavjud bo‘lgan hamda taftish instansiyasi sudi tomonidan qo‘shimcha ravishda tekshirilgan dalillar bo‘yicha tekshiradi.

483-modda. Jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida ko‘rish doirasi

Sud jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida ko‘rishda shikoyat yoki protest vajlari bilan chegaralanmaydi va ishni barcha mahkumlarga, shu jumladan tegishli shikoyatni bermagan shaxslarga yoki o‘ziga nisbatan shikoyat (protest) berilmagan mahkumlarga nisbatan ham to‘la hajmda tekshiradi.

Jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida ko‘rib chiqayotgan sud qaror qabul qilish chog‘ida quyi instansiya sudlari tomonidan tekshirilgan dalillarni ham, ishni ko‘rishda apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi yoki tegishli taftish instansiyasi sudiga taraflar tomonidan taqdim etilgan yoki ular tomonidan talab qilib olingan va tekshirilgan, e’tiborga olinadigan yangi dalillarni ham tekshiradi.

Agar quyi instansiya sudi tomonidan sud tergovining to‘liq emasligiga yoki bir yoqlamaliligiga yoki protsessual buzilishlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, apellyatsiya, kassatsiya yoxud taftish tartibida jinoyat ishini ko‘rib chiqayotgan sud to‘liq yoki qisman sud tergovini o‘tkazish yo‘li bilan bo‘shliqlarning o‘rnini to‘ldirish, protsessual buzilishlarni bartaraf etish choralarini ko‘radi. Ishni apellyatsiya, kassatsiya yoxud taftish tartibida ko‘rib chiqayotgan sud shu maqsadda:

483-modda. Jinoyat ishini apellyatsiya, kassatsiya, taftish tartibida ko‘rish doirasi (davomi)

Jinoyat ishi bo‘yicha bir necha shaxs hukm qilingan yoki oqlangan taqdirda, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi o‘ziga nisbatan shikoyat (protest) berilmagan mahkumlarga yoki oqlangan shaxslarga taalluqli hukmni, ajrimni bekor qilishga, agar hukmning, ajrimning bekor qilinishi ularning ahvolini og‘irlashtirsa, haqli emas.

484-modda. Jinoyat ishini yuqori sud tomonidan ko‘rish muddatlari

Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi va jinoyat ishini taftish tartibida ko‘rib chiqayotgan sud ish shikoyat yoki protest bilan kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh sutkadan kechiktirmay ishni ko‘rib chiqishga kirishishi kerak. Ish o‘ta murakkab bo‘lgan taqdirda va boshqa alohida hollarda tegishli sud raisi bu muddatni ko‘pi bilan bir oyga uzaytirishi mumkin, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mustasno.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati jinoyat ishi shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay ishni ko‘rib chiqishga kirishishi kerak. Ish o‘ta murakkab bo‘lgan taqdirda va boshqa alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning o‘rinbosari bu muddatni ko‘pi bilan ikki oyga uzaytirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati jinoyat ishi protest bilan birga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay ishni ko‘rib chiqishga kirishishi kerak. Ish o‘ta murakkab bo‘lgan taqdirda va boshqa alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi bu muddatni ko‘pi bilan ikki oyga uzaytirishi mumkin.

Jinoyat ishini ko‘rish muddati uzaytirilganligi to‘g‘risida protsessning manfaatdor ishtirokchilari xabardor qilinishi kerak.

Apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi va ishni taftish tartibida ko‘rib chiqayotgan sud tomonidan jinoyat ishini ko‘rib chiqish davomiyligi uni ko‘rib chiqish boshlangan kundan e’tiboran uch oydan oshmasligi kerak. Mazkur muddat ish murakkab bo‘lgan yoki uning hajmi katta bo‘lgan, shuningdek boshqa uzrli sabablar mavjud bo‘lgan taqdirda, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining va ishni taftish tartibida ko‘rib chiqayotgan sudning ajrimiga ko‘ra ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

484-modda. Jinoyat ishini yuqori sud tomonidan ko‘rish muddatlari (davomi)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati va Rayosati tomonidan taftish tartibida ko‘rilishi lozim bo‘lgan jinoyat ishi oqilona muddatlarda, biroq uni ko‘rib chiqish boshlangan kundan e’tiboran ko‘pi bilan uch oyda ko‘rib chiqilishi kerak. Ushbu muddat ishning murakkabligi yoki hajmi kattaligi tufayli, shuningdek boshqa uzrli sabablar mavjud bo‘lgan taqdirda, tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati va Rayosatining ajrimi (qarori) bilan uzaytirilishi mumkin. Bunda jinoyat ishini ko‘rib chiqish davomiyligi uni ko‘rib chiqish boshlangan kundan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak.

485-modda. Hukmni, ajrimni bekor qilish yoki o‘zgartirish asoslari

Apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida hukmni, ajrimni bekor qilish yoki o‘zgartirish asoslari quyidagilardan iborat:

486-modda. Sud tergovining to‘liq emasligi va bir yoqlamaligi

Sud tergovi quyidagi hollarda to‘liq emas va bir yoqlama deb e’tirof etiladi, agar ish bo‘yicha:

Bilimingizni sinang

Jinoyat-protsessual kodeksi — 478-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Yuqori instansiya sudi muhokamasining predmeti
  2. Hukmning imzolanishi va sudyaning alohida fikri
  3. Hukm chiqarish bilan bir vaqtda sud tomonidan hal qilinadigan boshqa masalalar
  4. Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish turlari

To‘g‘ri javob: Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish turlari. 478-modda: Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish turlari.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish turlari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 478-modda
  2. 482-modda
  3. 476-modda
  4. 472-modda

To‘g‘ri javob: 478-modda. 478-modda: Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish turlari.

Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, sud hukmlari, ajrimlari va qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi qaysi tartiblarda tekshirilishi mumkin?
  1. Apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida
  2. Faqat apellyatsiya va kassatsiya tartibida
  3. Apellyatsiya, taftish va nazorat tartibida
  4. Faqat taftish va nazorat tartibida

To‘g‘ri javob: Apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida. 478-modda: qarorlar apellyatsiya, kassatsiya va taftish tartibida tekshiriladi.

Oliy sudi Rayosatida Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining taftish tartibida chiqargan qarorlari ustidan ish qaysi protestlarga binoan ko‘riladi?
  1. Viloyat sudi raisi va viloyat prokurorining protestiga binoan
  2. Oliy sudi raisining va Bosh prokurorning protestiga binoan
  3. Oliy sudi sudyasining ajrimi va tuman prokurorining protestiga binoan
  4. Faqat Bosh prokurorning o‘rinbosarlari protestiga binoan

To‘g‘ri javob: Oliy sudi raisining va Bosh prokurorning protestiga binoan. 478-modda: Rayosatda ish Oliy sudi raisining protestiga hamda Bosh prokurorning protestiga binoan ko‘riladi.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 479-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Sudlanuvchini qamoqdan yoki uy qamog‘idan ozod qilish
  2. Apellyatsiya, kassatsiya shikoyati va protestining mazmuniga qo‘yiladigan talablar
  3. Sud qarorlari ustidan shikoyat berish va protest bildirish huquqi hamda uning ta’minlanishi
  4. Jinoyat ishini yuqori sud tomonidan ko‘rishda prokurorning ishtirok etishi

To‘g‘ri javob: Sud qarorlari ustidan shikoyat berish va protest bildirish huquqi hamda uning ta’minlanishi. 479-modda: Sud qarorlari ustidan shikoyat berish va protest bildirish huquqi hamda uning ta’minlanishi.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Sud qarorlari ustidan shikoyat berish va protest bildirish huquqi hamda uning ta’minlanishi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 474-modda
  2. 480-modda
  3. 481-modda
  4. 479-modda

To‘g‘ri javob: 479-modda. 479-modda: Sud qarorlari ustidan shikoyat berish va protest bildirish huquqi hamda uning ta’minlanishi.

Apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida shikoyat yoki protest tushganligi to‘g‘risida sud manfaatdor protsess ishtirokchilarini necha sutka ichida xabardor qiladi?
  1. Bir sutka ichida
  2. Besh sutka ichida
  3. Uch sutka ichida
  4. O‘n sutka ichida

To‘g‘ri javob: Uch sutka ichida. 479-modda: sud shikoyat yoki protest tushgani haqida ishtirokchilarni uch sutka ichida xabardor qiladi.

Mahkum Soliyev jazoni ijro etish muassasasida saqlanmoqda va kassatsiya sudi majlisida ishtirok etmoqchi. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, uni sud majlisiga olib kelish masalasini kim hal qiladi?
  1. Jazoni ijro etish muassasasining boshlig‘i
  2. Davlat ayblovchisi
  3. Mahkumning himoyachisi
  4. Sud

To‘g‘ri javob: Sud. 479-modda: jazoni ijro etish muassasasidagi mahkumni sud majlisiga olib kelish zarurligi masalasini sud hal qiladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiHukm (3/3)Keyingi →Hukmlarning, ajrimlarning, qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirishning umumiy shartlari (2/5)