XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 497⁹–497²⁶-m.

Hukmlarning, ajrimlarning, qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirishning umumiy shartlari (4/5)

To‘Qqizinchi Bo‘Lim

497⁹-modda. Apellyatsiya shikoyatiga, protestiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish

Apellyatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs apellyatsiya instansiyasi sudining majlisi boshlanguniga qadar uni o‘zgartirishga yoki yangi vajlar bilan to‘ldirishga haqli.

Hukm ustidan shikoyat (protest) berish muddati o‘tganidan keyin berilgan apellyatsiya protestiga, jabrlanuvchining yoki uning vakilining apellyatsiya shikoyatiga o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritishda mahkumning ahvolini og‘irlashtirish to‘g‘risida masala, agar bunday talab dastlabki shikoyatda, protestda mavjud bo‘lmasa, qo‘yilishi mumkin emas.

Hukm ustidan shikoyat qilish muddati o‘tganidan keyin ishga kirishgan himoyachi apellyatsiya shikoyatini o‘zgartirishi yoki uni yangi vajlar bilan to‘ldirishi, ilgari ishda ishtirok etgan himoyachi tomonidan berilgan shikoyat vajlariga qo‘shimcha asoslar taqdim etishi mumkin.

497¹⁰-modda. Apellyatsiya shikoyatini yoki protestini qaytarib olish

Hukm ustidan shikoyat bergan yoki protest bildirgan shaxs o‘z shikoyatini yoki protestini qaytarib olishga haqli. Yuqori turuvchi prokuror ham protestni qaytarib olish huquqiga ega.

Mahkumning himoyachisi, qonuniy vakili o‘z shikoyatini faqat mahkumning roziligi bilan qaytarib olishga haqli.

Mahkum himoyachi tomonidan berilgan shikoyatni qaytarib olishga haqli.

Apellyatsiya shikoyatini yoki protestini qaytarib olishga apellyatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar yo‘l qo‘yiladi.

497¹¹-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish

Ish bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda ushbu Kodeksning 497²-moddasida nazarda tutilgan shaxslar tomonidan xususiy shikoyat berilishi yoki xususiy protest bildirilishi mumkin.

Hukm chiqarish bilan yakunlangan sud muhokamasi chog‘ida chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda, ish faqat hukm ustidan xususiy shikoyat (xususiy protest) berish uchun belgilangan muddat tugaganidan keyin apellyatsiya instansiyasi sudiga yuboriladi.

Sud muhokamasi chog‘ida chiqarilgan va dalillarni tekshirish tartibiga, jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomalariga, ehtiyot chorasini tanlashga, uni o‘zgartirishga yoki bekor qilishga, shuningdek sud majlisi zalida tartib saqlashga taalluqli ajrimlar ustidan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda shikoyat berish va protest bildirish mumkin emas. Ularga qarshi e’tirozlar apellyatsiya shikoyatiga yoki apellyatsiya protestiga kiritilishi mumkin.

Ushbu ish bo‘yicha taraf hisoblanmagan shaxslar ham sud ajrimi ustidan, agar ajrim ularning manfaatlariga daxldor bo‘lsa, shikoyat berishga haqlidir.

497¹²-modda. Ishni apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborish to‘g‘risida xabar berish

Birinchi instansiya sudi jinoyat ishi apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborilganligi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 497²-moddasida ko‘rsatilgan shaxslarni xabardor qiladi.

55²-bob. APELLYATSIYA INSTANSIYASI SUDIDA ISH YURITISH

497¹⁵-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudi majlisini tayinlash va tayyorlash

Sudya apellyatsiya shikoyati, protesti bilan kelib tushgan jinoyat ishini o‘rganib, sud majlisini tayinlash to‘g‘risida yetti sutka ichida ajrim chiqaradi va unda quyidagi masalalar hal etiladi:

Ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran uch sutka ichida protsess ishtirokchilariga sud majlisi tayinlanganligi haqida xabarnoma yuboriladi.

Agar jinoyat ishini o‘rganish chog‘ida birinchi instansiya sudi tomonidan ushbu Kodeks 497⁶-moddasi ikkinchi qismining talablari bajarilmaganligi aniqlansa, sudya apellyatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rib chiqishga monelik qiluvchi holatlarni bartaraf etish uchun jinoyat ishini shu sudga qaytaradi.

497¹⁶-modda. Taraflarning apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida ishtirok etishi

Apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida quyidagilar ishtirok etishi shart:

Qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlanayotgan va apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko‘rib chiqishda hozir bo‘lish istagini bildirgan mahkumga sud majlisida bevosita yoki videokonferensaloqa tizimidan foydalanish orqali ishtirok etish huquqi ta’minlanadi.

497¹⁷-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudida jinoyat ishini ko‘rish tartibi

Apellyatsiya instansiyasi sudida jinoyat ishi birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha, ushbu bobda nazarda tutilgan qoidalar inobatga olingan holda ko‘riladi.

Raislik qiluvchi sud majlisini ochadi hamda qanday jinoyat ishi va kimning apellyatsiya shikoyati, protesti bo‘yicha ko‘rilishini e’lon qiladi.

Raislik qiluvchi sud tarkibini e’lon qiladi, prokurorning, himoyachining, sud majlisi kotibining va, agar sud majlisida ishtirok etayotgan bo‘lsa, tarjimonning familiyasi, ismini va otasining ismini ma’lum qiladi.

Apellyatsiya instansiyasi sudi majlisining joyi, sanasi va vaqti to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi jinoyat ishini ko‘rishga monelik qilmaydi, bundan sud majlisida ishtirok etishi shart bo‘lgan shaxslar mustasno.

Raislik qiluvchi hozir bo‘lgan jinoyat protsessi ishtirokchilariga ularning huquqlarini tushuntiradi va ularda rad qilishga oid arzlar va iltimosnomalar bor-yo‘qligini, apellyatsiya shikoyatida, protestida bayon etilgan iltimoslarni quvvatlashini yoki quvvatlamasligini aniqlaydi. Bunday iltimoslar mavjud bo‘lganda sud ular bo‘yicha ajrim chiqaradi.

Sud muhokamasi sudyalardan birining ma’ruzasi bilan boshlanadi. U birinchi instansiya sudi hukmining yoki ajrimining mazmunini, apellyatsiya shikoyatining, protestining mazmunini va unga qarshi e’tirozlarning mohiyatini qisqacha bayon etadi.

Raislik qiluvchi apellyatsiya shikoyati bergan shaxsga, apellyatsiya shikoyati va protesti kimga nisbatan berilgan bo‘lsa o‘sha shaxsga, ularning himoyachilari va vakillariga, so‘ngra esa prokurorga so‘z beradi. Ish bo‘yicha bir nechta shikoyat mavjud bo‘lgan taqdirda, so‘zga chiqish navbati sud tomonidan taraflarning fikri inobatga olingan holda belgilanadi. Agar berilgan apellyatsiya shikoyatlari orasida prokurorning apellyatsiya protesti bo‘lsa, so‘z birinchi navbatda unga beriladi.

497¹⁷-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudida jinoyat ishini ko‘rish tartibi (davomi)

Sud taraflarning so‘zlarini eshitib, hukmning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini lozim darajada tekshirib ko‘rishni ta’minlash zaruratidan kelib chiqib, bevosita sud majlisida tekshiriladigan dalillar hajmini aniqlash to‘g‘risida; sud majlisiga sudlanuvchini, jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlar va zarurat bo‘lsa, boshqa shaxslarni chaqirish haqida; sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini saqlab qolish, tanlash, bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Shundan keyin sud sud majlisiga chaqirilgan sudlanuvchini, guvohlarni, jabrlanuvchilarni so‘roq qilish yo‘li bilan dalillarni tekshirishga, shuningdek taraflarning iltimosi bo‘yicha hamda o‘zining tashabbusi bilan hujjatlarni, bayonnomalarni va ishga oid boshqa materiallarni o‘qib eshittirishga kirishadi. Dalillarni tekshirish tartibi taraflarning fikrlari inobatga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Taraflar apellyatsiya instansiyasi sudiga apellyatsiya shikoyatida, protestida keltirilgan vajlarni tasdiqlab yoki inkor etib, qo‘shimcha materiallar taqdim etishga haqli.

Birinchi instansiya sudida so‘roq qilingan guvohlar, agar sud buni zarur deb topsa, apellyatsiya instansiyasi sudida so‘roq qilinadilar.

Taraflarning dalillarni, shu jumladan birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillarni tekshirish to‘g‘risidagi va sud majlisiga guvohlar, ekspertlarni hamda boshqa shaxslarni chaqirish to‘g‘risidagi iltimosnomalari ushbu Kodeks 438-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi. Bunda sud iltimosnomani qanoatlantirishni faqat u birinchi instansiya sudi tomonidan qanoatlantirilmaganligiga asoslanib rad etishga haqli emas.

497¹⁷-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudida jinoyat ishini ko‘rish tartibi (davomi)

Birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillar (yangi dalillar) sud tomonidan qabul qilinadi, bunda ularni tekshirish to‘g‘risida iltimosnoma bergan shaxs o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bu dalillarni birinchi instansiya sudiga taqdim etishga imkoniyati bo‘lmaganligini asoslab berishi kerak.

Apellyatsiya instansiyasi sudi dalillarni videokonferensaloqa tizimlaridan foydalangan holda tekshirishga haqli.

Sud tergovi tugallangach, sud taraflardan sud tergoviga qo‘shimcha qilish yuzasidan iltimoslari bor-yo‘qligini surishtiradi. Sud bu iltimoslarni hal etadi va shundan keyin taraflarning muzokaralariga o‘tadi.

497¹⁸-modda. Taraflarning muzokaralari va sudlanuvchining oxirgi so‘zi

Sud muzokaralari ushbu Kodeksning 449-moddasi qoidalari asosida o‘tkaziladi, bunda shikoyat, protest bergan shaxs birinchi bo‘lib so‘zga chiqadi.

Taraflarning muzokaralari tamom bo‘lganidan keyin raislik qiluvchi sudlanuvchiga, agar u sud majlisida ishtirok etayotgan bo‘lsa, oxirgi so‘z beradi, shundan keyin sud qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kiradi.

497²⁶-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining vakolatlari

Apellyatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini ko‘rish natijalariga ko‘ra quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida, 5 — 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda apellyatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi.

Ushbu modda birinchi qismining 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya hukmini chiqaradi.

Apellyatsiya instansiyasi sudining qarorini e’lon qilish ushbu Kodeksning 473-moddasi qoidalariga ko‘ra amalga oshiriladi.

Bilimingizni sinang

Jinoyat-protsessual kodeksi — 497⁹-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Hukmlar ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish tartibi
  2. Apellyatsiya tartibida shikoyat beriladigan va protest bildiriladigan qarorlar
  3. Apellyatsiya shikoyati, protesti berilganligi to‘g‘risida xabar berish
  4. Apellyatsiya shikoyatiga, protestiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish

To‘g‘ri javob: Apellyatsiya shikoyatiga, protestiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish. 497⁹-modda: Apellyatsiya shikoyatiga, protestiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Apellyatsiya shikoyatiga, protestiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 497¹-modda
  2. 497⁶-modda
  3. 497³-modda
  4. 497⁹-modda

To‘g‘ri javob: 497⁹-modda. 497⁹-modda: Apellyatsiya shikoyatiga, protestiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish.

Apellyatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs shikoyatini qachongacha o‘zgartirishga yoki yangi vajlar bilan to‘ldirishga haqli?
  1. Apellyatsiya instansiyasi sudi majlisi boshlanguniga qadar
  2. Faqat hukm e’lon qilingan kundan o‘n sutka ichida
  3. Faqat apellyatsiya sudi maslahatxonaga kirguniga qadar
  4. Apellyatsiya sudi hukm chiqarganidan keyin ham

To‘g‘ri javob: Apellyatsiya instansiyasi sudi majlisi boshlanguniga qadar. 497⁹-modda: shikoyat bergan shaxs apellyatsiya sudi majlisi boshlanguniga qadar uni o‘zgartirishga yoki to‘ldirishga haqli.

Prokuror shikoyat berish muddati o‘tganidan keyin apellyatsiya protestiga qo‘shimcha kiritib, mahkum Sodiqovning jazosini kuchaytirishni so‘radi; dastlabki protestda bunday talab yo‘q edi. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Bunday talabni qo‘yish mumkin, chunki prokurorning huquqi cheklanmagan va dastlabki protestda bo‘lmasa ham bo‘ladi
  2. Dastlabki protestda bunday talab bo‘lmasa, mahkum ahvolini og‘irlashtirish masalasini qo‘yish mumkin emas
  3. Talab faqat sud raisining roziligi bilan, dastlabki protestda bunday talab bo‘lmasa ham qo‘yilishi mumkin
  4. Talab qo‘yilishi mumkin, ammo faqat jazo yengillashtirilgan taqdirda va dastlabki protestda mavjud bo‘lsa

To‘g‘ri javob: Dastlabki protestda bunday talab bo‘lmasa, mahkum ahvolini og‘irlashtirish masalasini qo‘yish mumkin emas. 497⁹-modda: muddatdan keyingi qo‘shimchada, dastlabki protestda bo‘lmagan ahvolni og‘irlashtirish talabini qo‘yib bo‘lmaydi.

Shikoyat berish muddati o‘tganidan keyin ishga kirishgan himoyachi Tolipov oldingi himoyachi bergan apellyatsiya shikoyatiga yangi asoslar qo‘shmoqchi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Muddatdan keyin ishga kirgan himoyachi shikoyatni o‘zgartirishi yoki yangi vajlar bilan to‘ldirishi mumkin emas
  2. Muddatdan keyin ishga kirgan himoyachi faqat shikoyatni qaytarib olishi mumkin, uni o‘zgartirishi mumkin emas
  3. Muddatdan keyin ishga kirgan himoyachi shikoyatni o‘zgartirishi yoki yangi vajlar bilan to‘ldirishi mumkin
  4. Buning uchun sud raisining maxsus ajrimi talab qilinadi, ajrimsiz himoyachi shikoyatni to‘ldira olmaydi

To‘g‘ri javob: Muddatdan keyin ishga kirgan himoyachi shikoyatni o‘zgartirishi yoki yangi vajlar bilan to‘ldirishi mumkin. 497⁹-modda: muddatdan keyin ishga kirgan himoyachi shikoyatni o‘zgartirishi yoki yangi vajlar bilan to‘ldirishi mumkin.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 497¹⁰-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Sudning hukmi va ajrimi ijro etilishini to‘xtatib turish
  2. Apellyatsiya shikoyatini yoki protestini qaytarib olish
  3. Hukm ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
  4. Hukm ustidan apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini) berish muddatlari

To‘g‘ri javob: Apellyatsiya shikoyatini yoki protestini qaytarib olish. 497¹⁰-modda: Apellyatsiya shikoyatini yoki protestini qaytarib olish.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Apellyatsiya shikoyatini yoki protestini qaytarib olish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 497²-modda
  2. 497¹⁰-modda
  3. 497-modda
  4. 497⁴-modda

To‘g‘ri javob: 497¹⁰-modda. 497¹⁰-modda: Apellyatsiya shikoyatini yoki protestini qaytarib olish.

Himoyachi Nurov mahkum Valiyevning apellyatsiya shikoyatini qaytarib olmoqchi, ammo Valiyev bunga rozi emas. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Himoyachi shikoyatni mahkum roziligisiz ham qaytarib olishga haqli, shikoyat uning huquqi
  2. Himoyachi shikoyatni faqat prokurorning roziligi bilan qaytarib olishga haqli
  3. Himoyachi shikoyatni faqat sud raisining ruxsati bilan qaytarib olishga haqli
  4. Himoyachi o‘z shikoyatini faqat mahkumning roziligi bilan qaytarib olishga haqli

To‘g‘ri javob: Himoyachi o‘z shikoyatini faqat mahkumning roziligi bilan qaytarib olishga haqli. 497¹⁰-modda: mahkumning himoyachisi o‘z shikoyatini faqat mahkumning roziligi bilan qaytarib olishga haqli.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiHukmlarning, ajrimlarning, qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirishning umumiy shartlari (3/5)Keyingi →Hukmlarning, ajrimlarning, qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirishning umumiy shartlari (5/5)