Sudning hukmi va ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berish (protest bildirish) (3/6)
To‘Qqizinchi Bo‘Lim
509¹⁴-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi ustidan shikoyat (protest) berish
Kassatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.
56²-bob. Sudning hukmi, ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berish
510-modda. Taftish tartibida qayta ko‘rilishi mumkin bo‘lgan sud hukmlari, ajrimlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarining, hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek ushbu sudlarning tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha apellyatsiya va kassatsiya instansiyasida chiqarilgan hukmlari, ajrimlari ko‘rib chiqiladi.
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida ko‘rib chiqiladi:
jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudlarining, hududiy harbiy sudlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida ko‘rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek ushbu sudlar tomonidan tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida chiqarilgan hukmlari va ajrimlari;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining birinchi instansiya bo‘yicha chiqarilgan va ayni shu sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek ushbu sudlar tomonidan birinchi instansiya tariqasida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida chiqarilgan hukmlari va ajrimlari.
510-modda. Taftish tartibida qayta ko‘rilishi mumkin bo‘lgan sud hukmlari, ajrimlari (davomi)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida chiqarilgan hukmlar, ajrimlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida takroran ko‘rib chiqilishi mumkin.
511-modda. Hukm va ajrim ustidan taftish tartibida shikoyat berish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, jabrlanuvchi, uning vakili birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish tartibida ko‘rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlarining hukmlari, ajrimlari ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqlidir.
Fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish tartibida ko‘rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlari hukmlarining, ajrimlarining fuqaroviy da’voga daxldor qismi ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqlidir.
Sudda oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish tartibida ko‘rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlari hukmlarining, ajrimlarining oqlash sabablari va asoslariga daxldor qismi ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqlidir.
Ishda taraf bo‘lmagan shaxslar ham birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish tartibida ko‘rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudlari hukmlarining, ajrimlarining o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qismi ustidan taftish tartibida shikoyat berishga haqlidir.
512-modda. Hukmlar, ajrimlar ustidan taftish tartibida protest bildirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, shuningdek ularning o‘rinbosarlari jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari ustidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudlariga, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga taftish tartibida protest bildirishga haqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlari jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish tartibida ko‘rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek tuman (shahar) sudlari, hududiy harbiy sudlar tomonidan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha chiqarilgan apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudlarining hukmlari va ajrimlari ustidan — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga taftish tartibida protest bildirishga haqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan birinchi instansiya bo‘yicha chiqarilgan hukmlar, ajrimlar hamda ular bo‘yicha apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasining chiqarilgan hukmlari, ajrimlari ustidan — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga taftish tartibida protest bildirishga haqlidir.
512-modda. Hukmlar, ajrimlar ustidan taftish tartibida protest bildirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar (davomi)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Bosh prokurori O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining taftish tartibida ko‘rib chiqilgan ishlar bo‘yicha sud qarorlari ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga taftish tartibida protest bildirishga haqlidir.
513-modda. Sudning ajrimi ustidan taftish tartibida xususiy shikoyat (xususiy protest) berish
Birinchi instansiya sudining apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasida ko‘rib chiqilgan ajrimi, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudining ajrimi ustidan ushbu Kodeksning 511 va 512-moddalarida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan taftish tartibida xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin.
514-modda. Sud hukmlari, ajrimlarini taftish tartibida qayta ko‘rib chiqishga yo‘l qo‘yiladigan muddat
Agar shikoyatda yoki protestda og‘irroq jinoyat to‘g‘risidagi qonunni qo‘llash zarurligi haqidagi, jazoni kuchaytirish to‘g‘risidagi yoki mahkumning ahvoli yomonlashishiga olib keladigan boshqa o‘zgarishlar haqidagi masala qo‘yilgan bo‘lsa, sudning ayblov hukmini yoxud ajrimini taftish tartibida qayta ko‘rib chiqishga, shuningdek sudning oqlov hukmini yoki ishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimini taftish tartibida qayta ko‘rib chiqishga faqat u qonuniy kuchga kirganidan keyin bir yil ichida yo‘l qo‘yiladi.
515-modda. Taftish tartibida shikoyat berish va protest bildirish tartibi
Quyidagilar ustidan taftish tartibida shikoyat beriladi yoki protest bildiriladi:
- 1) tuman (shahar) sudlarining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari ustidan, shuningdek tuman (shahar) sudlari tomonidan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida chiqarilgan hukmlari, ajrimlari ustidan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudlariga;
- 2) hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari ustidan, shuningdek hududiy harbiy sudlar tomonidan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining hukmlari, ajrimlari ustidan — O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga:
tuman (shahar) sudlarining, hududiy harbiy sudlarning apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida ko‘rib chiqilgan hukmlari, ajrimlari ustidan;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan birinchi instansiya bo‘yicha chiqarilgan hukmlar, ajrimlar va ular yuzasidan chiqarilgan apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasining hukmlari, ajrimlari ustidan shikoyat (protest) berilishi mumkin.
515-modda. Taftish tartibida shikoyat berish va protest bildirish tartibi (davomi)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining taftish tartibida chiqarilgan hukmlari, ajrimlari ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga taftish tartibida takroran ko‘rib chiqish uchun protest bildiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga protest bildirish uchun ushbu Kodeksning 511-moddasida ko‘rsatilgan shaxslarning arizalari (iltimosnomalari), shuningdek sudyaning taqdimnomasi, ommaviy axborot vositalarining xabarlari sabab bo‘ladi.
Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida nazarda tutilgan taftish tartibidagi shikoyatlar va protestlar hukmni, ajrimni chiqargan sud orqali beriladi. Shikoyat yoki protest bevosita Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudiga, viloyat, Toshkent shahar sudiga, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga berilgan taqdirda, sud ularni hukmni, ajrimni chiqargan sudga ushbu Kodeksning 479-moddasida bayon etilgan talablarni bajarish uchun yuboradi.
Ushbu moddada belgilangan tartib taftish tartibida xususiy shikoyat berish va xususiy protest bildirish tartibiga nisbatan ham tatbiq etiladi.
516-modda. Taftish tartibida beriladigan, bildiriladigan shikoyatning, protestning (xususiy shikoyatning, xususiy protestning) mazmuni
Taftish tartibida beriladigan (bildiriladigan) shikoyatda, protestda (xususiy shikoyatda, xususiy protestda) quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
- 1) shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) yuborilayotgan, ishni taftish tartibida ko‘radigan sudning nomi;
- 2) shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bergan shaxs, uning protsessual mavqeyi, uning yashash joyi yoki turgan joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- 3) hukm, ajrim chiqargan sudning nomi, hukm, ajrim chiqarilgan sana, sud ishining raqami, shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berilayotgan hukm, ajrim kimga nisbatan chiqarilgan bo‘lsa, o‘sha shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining nomi;
- 4) shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berayotgan shaxsning fikriga ko‘ra hukmning, ajrimning noto‘g‘riligi nimadan iborat ekanligiga doir vajlari, sudga qadar ish yuritishni yoki sud muhokamasini amalga oshirish chog‘ida qaror qabul qilishga ta’sir ko‘rsatgan qonunning qaysi normalari buzilganligi to‘g‘risidagi vajlari, shuningdek uning iltimosining mazmuni;
- 5) shaxs o‘z talablarini asoslayotgan dalillar;
- 6) shikoyatga, protestga (xususiy shikoyatga, xususiy protestga) ilova qilinayotgan materiallar ro‘yxati;
- 7) shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berilgan sana, shikoyat (xususiy shikoyat) bergan, protest (xususiy protest) bildirgan shaxsning imzosi.
517-modda. Hukm, ajrim ustidan taftish tartibida shikoyat (xususiy shikoyat) berish, protest (xususiy protest) bildirish oqibatlari
Hukm, ajrim chiqargan sud ushbu Kodeks 479-moddasining ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarni bajarib, bir oy ichida jinoyat ishini shikoyatlar, protestlar (xususiy shikoyatlar, xususiy protestlar) va ularga doir e’tirozlar, shuningdek taqdim etilgan qo‘shimcha materiallar bilan birga taftish tartibida ko‘ruvchi sudga yuboradi. Mazkur muddat alohida hollarda yuqori sud raisi yoki uning o‘rinbosari tomonidan ko‘pi bilan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin.
Bilimingizni sinang
Jinoyat-protsessual kodeksi — 509¹⁴-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Kassatsiya instansiyasi sudining majlisini tayinlash va tayyorlash
- Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rish tartibi
- Kassatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi ustidan shikoyat (protest) berish
- Kassatsiya instansiyasi sudining xususiy ajrimi
To‘g‘ri javob: Kassatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi ustidan shikoyat (protest) berish. 509¹⁴-modda: Kassatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi ustidan shikoyat (protest) berish.
Jinoyat-protsessual kodeksi: «Kassatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi ustidan shikoyat (protest) berish» qaysi moddada belgilangan?
- 509¹¹-modda
- 509⁷-modda
- 509⁵-modda
- 509¹⁴-modda
To‘g‘ri javob: 509¹⁴-modda. 509¹⁴-modda: Kassatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi ustidan shikoyat (protest) berish.
Kassatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi ustidan qaysi tartibda shikoyat (protest) berilishi mumkin?
- Taftish tartibida
- Apellyatsiya tartibida
- Nazorat tartibida
- Qayta ko‘rish tartibida
To‘g‘ri javob: Taftish tartibida. 509¹⁴-modda: kassatsiya sudining hukmi, ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Jinoyat-protsessual kodeksi — 510-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Taftish tartibida qayta ko‘rilishi mumkin bo‘lgan sud hukmlari, ajrimlari
- Ishni kassatsiya tartibida ko‘rishda taraflarning sud majlisida ishtirok etishi
- Taftish tartibida shikoyat berish va protest bildirish tartibi
- Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida ko‘rish tartibi
To‘g‘ri javob: Taftish tartibida qayta ko‘rilishi mumkin bo‘lgan sud hukmlari, ajrimlari. 510-modda: Taftish tartibida qayta ko‘rilishi mumkin bo‘lgan sud hukmlari, ajrimlari.
Jinoyat-protsessual kodeksi: «Taftish tartibida qayta ko‘rilishi mumkin bo‘lgan sud hukmlari, ajrimlari» qaysi moddada belgilangan?
- 509⁷-modda
- 515-modda
- 509⁶-modda
- 510-modda
To‘g‘ri javob: 510-modda. 510-modda: Taftish tartibida qayta ko‘rilishi mumkin bo‘lgan sud hukmlari, ajrimlari.
Tuman sudining hukmi apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan. Shu hukm taftish tartibida qaysi sudlarda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin?
- Faqat ayni shu tuman sudining boshqa tarkibida yoki qo‘shni tuman sudida
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida
- Faqat Konstitutsiyaviy sudda yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumida
- Faqat Oliy sud Rayosatida yoki Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha hay’atida
To‘g‘ri javob: Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarida. 510-modda: Qoraqalpog‘iston sudi, viloyat, Toshkent shahar sudlarida tuman sudlarining apellyatsiya yoki kassatsiyada ko‘rilgan hukmlari taftishda ko‘riladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati taftish tartibida qaysi hukmlarni ko‘rib chiqadi?
- Faqat tuman sudlarining birinchi instansiya bo‘yicha chiqarilgan hamda ayni shu sudlar apellyatsiya yoki kassatsiyada ko‘rgan hukmlarini, boshqa sudlarning hukmlarini esa ko‘rmaydi
- Faqat Oliy sud Rayosatining qarorlarini hamda viloyat sudlarining birinchi instansiya bo‘yicha chiqarilgan, ammo kassatsiyada ko‘rilmagan hukmlarini
- Oliy sudi, viloyat va shunga o‘xshash sudlarning birinchi instansiya bo‘yicha chiqarilgan hamda ayni shu sudlar apellyatsiya yoki kassatsiyada ko‘rgan hukmlarini
- Faqat ma’muriy va iqtisodiy sudlarning birinchi instansiya bo‘yicha chiqarilgan hamda ayni shu sudlar apellyatsiya yoki kassatsiyada ko‘rgan qarorlarini
To‘g‘ri javob: Oliy sudi, viloyat va shunga o‘xshash sudlarning birinchi instansiya bo‘yicha chiqarilgan hamda ayni shu sudlar apellyatsiya yoki kassatsiyada ko‘rgan hukmlarini. 510-modda: hay’at Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston sudi, viloyat, Toshkent shahar va Harbiy sudlarning birinchi instansiya hukmlari va ularning apellyatsiya, kassatsiya hukmlarini ko‘radi.
Fuqaro Aliyev Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati taftish tartibida chiqargan ajrimidan norozi. Bu hukm, ajrim qaysi organda takroran ko‘rib chiqilishi mumkin?
- Tuman sudida
- Viloyat sudida
- Konstitutsiyaviy sudda
- Oliy sudining Rayosatida
To‘g‘ri javob: Oliy sudining Rayosatida. 510-modda: sudlov hay’atining taftish hukmlari, ajrimlari Oliy sud Rayosatida takroran ko‘rib chiqilishi mumkin.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash