XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 518–521⁵-m.

Sudning hukmi va ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berish (protest bildirish) (4/6)

To‘Qqizinchi Bo‘Lim

518-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudlariga, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berilganligi to‘g‘risida xabardor qilish

Hukm, ajrim chiqargan sud taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berilishi to‘g‘risida mahkumni, oqlangan shaxsni, ularning himoyachilarini, qonuniy vakillarini, prokurorni, jabrlanuvchini, uning vakilini, shuningdek fuqaroviy da’vogarni, fuqaroviy javobgarni, ularning vakillarini, agar shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) ularning manfaatlariga daxldor bo‘lsa, uch sutka ichida xabardor qiladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarga shikoyatning, protestning (xususiy shikoyatning, xususiy protestning) ko‘chirma nusxalari yuboriladi yoxud hukmni, ajrimni chiqargan sudning internet-resursi orqali ularning elektron nusxalari bilan tanishish mumkinligi to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi. Bunda taraflarga ularning shikoyatga, protestga (xususiy shikoyatga, xususiy protestga) doir e’tirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida berish huquqi, e’tirozlarni taqdim etish muddati ko‘rsatilgan holda, tushuntiriladi. Shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) yuzasidan kelib tushgan e’tirozlar jinoyat ishi materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.

Taraflar taftish tartibida beriladigan shikoyatga, protestga (xususiy shikoyatga, xususiy protestga) doir e’tiroz bilan birga yangi materiallarni alohida taqdim etishga yoki ularni talab qilib olish va tekshirish, shuningdek o‘zi ko‘rsatgan jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni sudga chaqirish va so‘roq qilish haqida iltimosnoma berishga haqli.

519-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni, protestni (xususiy shikoyatni, xususiy protestni) o‘zgartirish va unga qo‘shimcha kiritish

Taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bergan shaxs jinoyat ishini taftish tartibida sud majlisida ko‘rish boshlanguniga qadar uni o‘zgartirishga yoki yangi vajlar bilan to‘ldirishga haqli.

Taftish tartibidagi protestga (xususiy protestga), jabrlanuvchining yoki uning vakilining taftish tartibidagi shikoyatiga (xususiy shikoyatiga) mahkumning ahvolini og‘irlashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga, agar bunday talab taftish tartibida berilgan dastlabki shikoyatda, protestda (xususiy shikoyatda, xususiy protestda) ko‘rsatilmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yilmaydi.

Taftish tartibidagi shikoyat (xususiy shikoyat) berilganidan keyin jinoyat ishini yuritishga kirishgan himoyachi shikoyatni (xususiy shikoyatni) o‘zgartirishi yoki yangi vajlar bilan to‘ldirishi, ilgari ishda ishtirok etgan himoyachi tomonidan berilgan shikoyat (xususiy shikoyat) vajlarining qo‘shimcha asoslarini taqdim etishi mumkin.

520-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni, protestni (xususiy shikoyatni, xususiy protestni) qaytarib olish

Taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bergan shaxs o‘z shikoyatini, protestini (xususiy shikoyatini, xususiy protestini) qaytarib olishga haqlidir. Yuqori turuvchi prokuror ham protestni (xususiy protestni) qaytarib olishga haqli. Mahkum o‘z himoyachisining shikoyatini (xususiy shikoyatini) qaytarib olishga haqli.

Mahkumning himoyachisi, qonuniy vakili o‘z shikoyatini (xususiy shikoyatini) faqat mahkumning roziligi bilan qaytarib olishga haqli.

Taftish tartibida berilgan shikoyatni, protestni (xususiy shikoyatni, xususiy protestni) qaytarib olishga sud maslahatxonaga kirguniga qadar yo‘l qo‘yiladi.

Shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest), shuningdek uni qaytarib olish to‘g‘risidagi hujjat ishda qoldiriladi.

521-modda. Ish taftish instansiyasi sudiga yuborilganligi to‘g‘risida xabardor qilish

Hukm chiqargan sud jinoyat ishi taftish instansiyasi sudiga yuborilganligi to‘g‘risida ushbu Kodeksning 511-moddasida ko‘rsatilgan shaxslarni uch sutka ichida xabardor qiladi.

521¹-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida jinoyat ishini ko‘rib chiqish uchun sud majlisini tayinlash va tayyorlash

Sudya taftish tartibidagi shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bilan kelib tushgan jinoyat ishini o‘rganib, sud majlisini tayinlash to‘g‘risida yetti sutkadan kechiktirmay ajrim chiqarib, unda quyidagi masalalarni hal etadi:

Ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran uch sutka ichida jinoyat protsessi ishtirokchilariga sud majlisining joyi, sanasi va boshlanish vaqti tayinlanganligi to‘g‘risida xabar yuboriladi.

Agar jinoyat ishini o‘rganish chog‘ida birinchi instansiya sudi tomonidan ushbu Kodeks 503-moddasi ikkinchi qismining talablari bajarilmaganligi aniqlansa, sudya ishni taftish tartibida ko‘rib chiqishga monelik qiluvchi holatlarni bartaraf etish uchun ishni shu sudga qaytaradi.

521²-modda. Ishni Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida ko‘rishda taraflarning sud majlisida ishtirok etishi

Jinoyat ishini taftish tartibida sud majlisida ko‘rishda quyidagilar ishtirok etishi shart:

Mahkum, oqlangan shaxs, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ishni taftish tartibida ko‘rishda ishtirok etishga haqli. Jazoni ijro etish muassasasida bo‘lgan yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tayotgan mahkumning ishtirok etishi zarurligi to‘g‘risidagi masala sud tomonidan hal etiladi. Mazkur shaxslar sud majlisida bevosita yoxud videokonferensaloqa tizimidan foydalanish orqali ishtirok etishi mumkin.

Taftish tartibida ko‘rilayotgan ish bo‘yicha sud majlisining joyi, sanasi va vaqti to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishni ko‘rishga monelik qilmaydi, bundan sud majlisida ishtirok etishi shart bo‘lgan shaxslar mustasno.

521³-modda. Jinoyat ishini Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida ko‘rish tartibi

Jinoyat ishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida ko‘rilayotganda sud majlisi raislik qiluvchi tomonidan ochiladi, u qanday ish va kimning shikoyati, protesti (xususiy shikoyati, xususiy protesti) bo‘yicha ko‘rilayotganligini e’lon qiladi. Shundan keyin raislik qiluvchi sud tarkibini e’lon qiladi, prokurorning, himoyachining, sud majlisi kotibining, shuningdek agar sud majlisida ishtirok etayotgan bo‘lsa, tarjimonning familiyasini, ismini va otasining ismini ma’lum qiladi.

Raislik qiluvchi hozir bo‘lgan jinoyat protsessi ishtirokchilariga ularning huquqlarini tushuntiradi va ularda rad qilishga oid arzlar hamda iltimosnomalar bor-yo‘qligini, taftish tartibidagi shikoyatda, protestda (xususiy shikoyatda, xususiy protestda) bayon etilgan iltimosnomalarni ular quvvatlashi-quvvatlamasligini aniqlaydi. Bunday iltimosnomalar mavjud bo‘lgan taqdirda sud ular bo‘yicha ajrim chiqaradi.

Ishni ko‘rish sudyalardan biri tomonidan birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi hukmining, ajrimining, taftish tartibida berilgan shikoyatning, protestning (xususiy shikoyatning, xususiy protestning) mazmunini qisqacha bayon etish bilan boshlanadi.

Sudyaning ma’ruzasidan keyin sud taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bergan tarafning ma’ruzasini va boshqa tarafning e’tirozlarini eshitadi. Bir nechta shikoyat (xususiy shikoyat) mavjud bo‘lgan taqdirda so‘zga chiqish navbati taraflarning fikrlari hisobga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Agar berilgan taftish tartibidagi shikoyatlar (xususiy shikoyatlar) bilan bir qatorda prokurorning taftish tartibida bildirilgan protesti (xususiy protesti) mavjud bo‘lsa, so‘z birinchi navbatda unga beriladi.

521³-modda. Jinoyat ishini Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida ko‘rish tartibi (davomi)

Taftish instansiyasi sudining majlisida ishtirok etayotgan prokuror ko‘rib chiqilayotgan taftish shikoyatlari (xususiy shikoyatlar) yuzasidan fikrini bildiradi, protestda (xususiy protestda) ko‘rsatilgan vajlarni bayon etadi.

Sud taraflarning fikrlarini eshitib, birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudlari hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi lozim darajada tekshirilishini ta’minlash zaruratidan kelib chiqib, bevosita sud majlisida tekshirilishi lozim bo‘lgan dalillar hajmini aniqlash to‘g‘risida, sud majlisiga mahkumni (oqlangan shaxsni), jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni va, zarurat bo‘lganda, boshqa shaxslarni chaqirish haqida qaror qabul qiladi. Shundan keyin sud sudning majlisiga chaqirilgan mahkumni (oqlangan shaxsni), jabrlanuvchilarni, guvohlarni so‘roq qilish yo‘li bilan dalillarni tekshirishga, shuningdek taraflarning iltimosnomasiga ko‘ra hamda o‘z tashabbusi bilan hujjatlarni, bayonnomalarni va ishga aloqador boshqa materiallarni o‘qib eshittirishga kirishadi.

Dalillarni tekshirish tartibi taraflarning fikrlari inobatga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Taraflar taftish instansiyasi sudiga taftish tartibida berilgan shikoyatda, protestda (xususiy shikoyatda, xususiy protestda) keltirilgan vajlarni tasdiqlab yoki inkor etib, qo‘shimcha materiallar taqdim etishga haqli.

Birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida so‘roq qilingan guvohlar, agar sud zarur deb topsa, ishni taftish tartibida ko‘rish chog‘ida so‘roq qilinadi.

521³-modda. Jinoyat ishini Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida ko‘rish tartibi (davomi)

Taraflarning dalillarni, shu jumladan birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tekshirilmagan dalillarni tekshirish to‘g‘risidagi va sud majlisiga guvohlarni, ekspertlarni hamda boshqa shaxslarni chaqirish haqidagi iltimosnomalari ushbu Kodeks 438-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi. Bunda sud iltimosnomani qanoatlantirishni faqat u birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qanoatlantirilmaganligiga asoslanib rad etishga haqli emas.

Birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tekshirilmagan dalillar (yangi dalillar) sud tomonidan qabul qilinadi, bunda ularni tekshirish to‘g‘risida iltimosnoma bergan shaxs bu dalillarni o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan qanday sabablarga ko‘ra birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga taqdim etish imkoniyati bo‘lmaganligini tushuntirib berishi kerak.

Ishni taftish tartibida ko‘rayotgan sud dalillarni tekshirishga, shu jumladan videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda tekshirishga haqli.

Sud tergovi tugallangach, sud taraflardan ularda sud tergoviga qo‘shimcha qilish yuzasidan iltimosnomalari bor-yo‘qligini surishtiradi. Sud bu iltimosnomalarni hal etadi, shundan keyin taraflarning muzokaralariga o‘tadi.

Sud muzokaralari ushbu Kodeks 449-moddasining qoidalari asosida o‘tkaziladi, bunda shikoyat (protest) bergan shaxs birinchi bo‘lib so‘zga chiqadi.

521³-modda. Jinoyat ishini Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida ko‘rish tartibi (davomi)

Taraflarning muzokaralari tamom bo‘lganidan keyin raislik qiluvchi mahkumga (oqlangan shaxsga), agar u sud majlisida ishtirok etayotgan bo‘lsa, oxirgi so‘z beradi, shundan keyin sud qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kiradi.

Ishni taftish tartibida ko‘rayotgan sudning qarori ushbu Kodeksning 497³¹-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.

Taftish instansiyasi sudining qarorini e’lon qilish ushbu Kodeksning 473, 497³¹-moddalari qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Taftish instansiyasi sudida sud majlisining bayonnomasi yuritiladi. Sud majlisining bayonnomasi ushbu Kodeksning 426-moddasida ko‘rsatilgan muddatlarda tayyorlanishi kerak. U bilan sud majlisining barcha ishtirokchilari tanishishga haqli. Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan ushbu Kodeksning 427-moddasida nazarda tutilgan tartibda mulohazalar bildirilishi mumkin.

521⁴-modda. Jinoyat ishini taftish tartibida ko‘rib chiquvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining vakolatlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi jinoyat ishini taftish tartibida ko‘rib chiqib, uning natijalariga ko‘ra quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida, 4 — 7-bandlarida nazarda tutilgan hollarda ishni taftish tartibida ko‘ruvchi sud ajrim chiqaradi.

521⁴-modda. Jinoyat ishini taftish tartibida ko‘rib chiquvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining vakolatlari (davomi)

Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda, ishni taftish tartibida ko‘ruvchi sud hukm chiqaradi.

Jinoyat ishini taftish tartibida ko‘ruvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi ushbu Kodeksning 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning e’tiborini surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga qaratish zarur bo‘lgan taqdirda xususiy ajrim chiqaradi.

521⁵-modda. Sudning ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyatni (xususiy protestni) ko‘rib chiqish

Sudning ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat, xususiy protest ushbu Kodeksning 521³-moddasida belgilangan qoidalar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.

Taftish instansiyasining sudi ishni birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) bo‘yicha ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra quyidagilarga haqli:

Bilimingizni sinang

Jinoyat-protsessual kodeksi — 518-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Taftish tartibida berilgan shikoyatni, protestni (xususiy shikoyatni, xususiy protestni) qaytarib olish
  2. Jinoyat ishini taftish tartibida ko‘rib chiquvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining vakolatlari
  3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudlariga, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berilganligi to‘g‘risida xabardor qilish
  4. Sudning ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyatni (xususiy protestni) ko‘rib chiqish

To‘g‘ri javob: Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudlariga, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berilganligi to‘g‘risida xabardor qilish. 518-modda: Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudlariga, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berilganligi to‘g‘risida xabardor qilish.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudlariga, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berilganligi to‘g‘risida xabardor qilish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 521⁵-modda
  2. 518-modda
  3. 521⁴-modda
  4. 520-modda

To‘g‘ri javob: 518-modda. 518-modda: Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudlariga, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudiga taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berilganligi to‘g‘risida xabardor qilish.

Hukm, ajrim chiqargan sud taftish tartibida shikoyat, protest berilganligi haqida manfaatdor shaxslarni necha sutka ichida xabardor qiladi?
  1. Uch sutka ichida
  2. Besh sutka ichida
  3. O‘n sutka ichida
  4. Bir oy ichida

To‘g‘ri javob: Uch sutka ichida. 518-modda: xabardor qilish uch sutka ichida amalga oshiriladi.

Taraflarga taftish shikoyati yoki protestiga doir e’tirozlarini qanday shaklda berish huquqi tushuntiriladi?
  1. Faqat og‘zaki shaklda yoki telefon orqali
  2. Yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida
  3. Faqat notarial tasdiqlangan yozma shaklda
  4. Faqat prokuror orqali, og‘zaki shaklda

To‘g‘ri javob: Yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida. 518-modda: taraflarga e’tirozlarni yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida berish huquqi tushuntiriladi.

Taftish tartibida shikoyat (protest) bergan shaxs shikoyatini qachongacha o‘zgartirishga yoki yangi vajlar bilan to‘ldirishga haqli?
  1. Hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar, shundan keyin shikoyatni to‘ldirish mumkin emas
  2. Taftish sudi hukm chiqarishga kirishguniga qadar, shundan keyin esa mumkin emas
  3. Jinoyat ishini taftish tartibida sud majlisida ko‘rish boshlanguniga qadar
  4. Faqat shikoyat berilgan kundan e’tiboran o‘n sutka ichida, undan keyin mumkin emas

To‘g‘ri javob: Jinoyat ishini taftish tartibida sud majlisida ko‘rish boshlanguniga qadar. 519-modda: shikoyatni sud majlisida ko‘rish boshlanguniga qadar o‘zgartirish yoki to‘ldirish mumkin.

Jabrlanuvchi taftish shikoyatiga mahkumning ahvolini og‘irlashtirishga qaratilgan qo‘shimcha kiritmoqchi, ammo dastlabki shikoyatda bunday talab ko‘rsatilmagan edi. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Qo‘shimcha kiritish mumkin, chunki jabrlanuvchining huquqi cheklanmagan
  2. Qo‘shimcha faqat sud raisining roziligi bilan kiritiladi
  3. Qo‘shimcha faqat himoyachi bilan kelishilgan taqdirda kiritiladi
  4. Bunday qo‘shimchaga yo‘l qo‘yilmaydi

To‘g‘ri javob: Bunday qo‘shimchaga yo‘l qo‘yilmaydi. 519-modda: dastlabki shikoyatda ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ahvolni og‘irlashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga yo‘l qo‘yilmaydi.

Taftish shikoyati berilganidan keyin ishni yuritishga kirishgan himoyachi Tolipov oldingi himoyachi bergan shikoyatga yangi asoslar qo‘shmoqchi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. U shikoyatni o‘zgartirishi yoki yangi vajlar bilan to‘ldirishi mumkin
  2. U shikoyatni faqat qaytarib olishi mumkin, o‘zgartirishi mumkin emas
  3. U buning uchun taftish sudi raisining yozma ruxsatini olishi shart
  4. Yangi himoyachi shikoyatga hech narsa qo‘sha olmaydi, uni faqat qaytarib oladi

To‘g‘ri javob: U shikoyatni o‘zgartirishi yoki yangi vajlar bilan to‘ldirishi mumkin. 519-modda: shikoyat berilgach ishga kirishgan himoyachi shikoyatni o‘zgartirishi yoki yangi vajlar bilan to‘ldirishi mumkin.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 520-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Taftish tartibida berilgan shikoyatni, protestni (xususiy shikoyatni, xususiy protestni) qaytarib olish
  2. Ishni Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida ko‘rishda taraflarning sud majlisida ishtirok etishi
  3. Sud qarorlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to‘g‘risidagi ajrim
  4. Ishni taftish tartibida ko‘ruvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmi, ajrimi

To‘g‘ri javob: Taftish tartibida berilgan shikoyatni, protestni (xususiy shikoyatni, xususiy protestni) qaytarib olish. 520-modda: Taftish tartibida berilgan shikoyatni, protestni (xususiy shikoyatni, xususiy protestni) qaytarib olish.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSudning hukmi va ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berish (protest bildirish) (3/6)Keyingi →Sudning hukmi va ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berish (protest bildirish) (5/6)