Sudning hukmi va ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berish (protest bildirish) (5/6)
To‘Qqizinchi Bo‘Lim
521⁶-modda. Ishni taftish tartibida ko‘ruvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmi, ajrimi
Ishni taftish tartibida ko‘ruvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmida, ajrimida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
- 1) sud ishining raqami, hukm, ajrim chiqarilgan sana va joy;
- 2) sudning nomi va tarkibi, ishni ko‘rishda ishtirok etgan prokuror va boshqa shaxslar;
- 3) taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bergan shaxs;
- 4) ustidan taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berilgan hukmning, ajrimning qaror qismi mazmuni;
- 5) shikoyatning, protestning (xususiy shikoyatning, xususiy protestning) taftish instansiyasi sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar e’tirozlarining va tushuntirishlarining mohiyati, shuningdek prokurorning fikri;
- 6) ishni taftish tartibida ko‘ruvchi sudning qarori.
Shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) qanoatlantirilmay qoldirilgan taqdirda, ishni taftish tartibida ko‘ruvchi sudning ajrimida birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining hukmi qonuniy, asosli va adolatli deb, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi qonuniy va asosli deb topilganligining, shikoyat yoki protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) esa qanoatlantirilmasdan qoldirilishining asoslari ko‘rsatilishi kerak.
Hukm, ajrim bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan taqdirda, ishni taftish tartibida ko‘ruvchi sudning ajrimida Jinoyat kodeksining va ushbu Kodeksning qaysi normalari talablari buzilganligi va bekor qilinayotgan yoki o‘zgartirilayotgan sud qarorining asossizligi nimadan iborat ekanligi ko‘rsatilishi kerak.
521⁶-modda. Ishni taftish tartibida ko‘ruvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmi, ajrimi (davomi)
Ishni taftish tartibida ko‘ruvchi sudning hukmi, ajrimi sudning to‘liq tarkibi tomonidan imzolanadi. Ovoz berishda ozchilik tomonda qolgan sudya hukmga, ajrimga imzo qo‘yib, o‘zining alohida fikrini ushbu Kodeksning 472-moddasi talablariga rioya etgan holda yozma shaklda qoldirishga haqlidir.
Ishni taftish tartibida ko‘ruvchi sudning hukmi, ajrimi sud majlisi zalida o‘qib eshittiriladi va darhol qonuniy kuchga kiradi.
Ishni taftish tartibida ko‘ruvchi sudning hukmi, ajrimi uni chiqargan sudga yoki boshqa sudga chiqarilgan kundan e’tiboran besh sutkadan kechiktirmay jinoyat ishi bilan birga ijro etish uchun yuboriladi.
Mahkumni darhol qamoqdan yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazodan ozod etish uchun asos bo‘ladigan hukm, ajrim, agar mahkum sud majlisida ishtirok etayotgan bo‘lsa, sud zalida ijro etiladi. Boshqa hollarda, hukmning, ajrimning ko‘chirma nusxasi hukm, ajrim chiqarilganidan keyin taftish instansiyasi sudi tomonidan jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyatiga yoki mahkumning yashash joyidagi ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni ijro etish o‘z zimmasiga yuklatilgan ichki ishlar organiga yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay yuboriladi.
521⁷-modda. Ishni taftish instansiyasi sudida qo‘shimcha tarzda ko‘rish
Agar ayrim mahkumlarga taalluqli taftish tartibida berilgan shikoyat yoki protest biror-bir sabablarga ko‘ra ishni taftish tartibida ko‘ruvchi sudga boshqa mahkumlarga taalluqli jinoyat ishi ko‘rib bo‘linganidan keyin kelib tushsa, shuningdek agar mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining taftish tartibida berilgan shikoyati, ushbu mahkumga taalluqli ish protsessning boshqa ishtirokchisining taftish tartibida berilgan shikoyati yoki protesti bo‘yicha ko‘rib chiqilganidan so‘ng kelib tushgan bo‘lsa, ishni taftish tartibida ko‘ruvchi sud bunday shikoyatni yoki protestni ko‘rib chiqishi va u bo‘yicha tegishli qaror chiqarishi shart.
Agar ishni qo‘shimcha tarzda ko‘rish chog‘ida ishni taftish tartibida ko‘ruvchi sud tomonidan chiqarilgan hukm, ajrim (qaror) ilgari chiqarilgan hukmga, ajrimga (qarorga) zid bo‘lsa, protest bildirish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun ish taftish tartibida protest bildirish vakolatiga ega bo‘lgan prokurorga yuboriladi.
Jinoyat ishini qo‘shimcha tarzda ko‘rish tartibi kechikib kelgan xususiy shikoyatlarga va xususiy protestlarga nisbatan ham taalluqlidir.
521⁸-modda. Jinoyat ishini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida tekshirish uchun talab qilib olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibida berilgan shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bo‘yicha jinoyat ishini suddan talab qilib olishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ularning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar taftish tartibida protest (xususiy protest) kiritish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun ishni suddan o‘z vakolatlari doirasida talab qilib olishga haqli. Ishlarni talab qilib olishga ushbu Kodeksning 511-moddasida ko‘rsatilgan shaxslarning shikoyatlari, shuningdek sudyaning taqdimnomasi, ommaviy axborot vositalarining xabarlari sabab bo‘ladi.
521⁹-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni, protestni (xususiy shikoyatni, xususiy protestni) ko‘rib chiqmasdan qaytarish
Taftish tartibida berilgan shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) quyidagi hollarda ko‘rib chiqilmasdan qaytariladi, agar:
- 1) taftish tartibida berilgan shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) ushbu Kodeksning 515-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa;
- 2) taftish tartibida berilgan shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) ushbu Kodeksning 511, 512-moddalarida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan berilmagan bo‘lsa;
- 3) ish Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan taftish tartibida ko‘rilmagan bo‘lsa;
- 4) Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida birinchi instansiya bo‘yicha ko‘rib chiqilgan ishlar apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilmagan bo‘lsa;
- 5) taftish tartibida berilgan shikoyatni, protestni (xususiy shikoyatni, xususiy protestni) qaytarib olish to‘g‘risida ariza kelib tushgan bo‘lsa.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bergan shaxs takroran umumiy asoslarda murojaat qilishga haqlidir.
521¹⁰-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga kelib tushgan taftish tartibida berilgan shikoyatlar (xususiy shikoyatlar) bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlar
Taftish tartibida berilgan shikoyat (xususiy shikoyat) unga ilova qilingan materiallar bilan birga, zarur bo‘lgan hollarda esa jinoyat ishi talab qilib olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi tomonidan o‘rganib chiqiladi.
Shikoyatni (xususiy shikoyatni) o‘rganib chiqish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi o‘z ajrimi bilan quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
- 1) sud qarorlarini taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to‘g‘risida;
- 2) shikoyatni (xususiy shikoyatni) ish bilan birga ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish haqida.
Taftish tartibida shikoyat (xususiy shikoyat) bergan shaxsga qabul qilingan qaror haqida uch sutka ichida xabar qilinadi.
521¹¹-modda. Sud qarorlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to‘g‘risidagi ajrim
Sud qarorlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to‘g‘risidagi ajrimda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
- 1) ajrim chiqarilgan joy va sana;
- 2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi;
- 3) taftish tartibida shikoyat (xususiy shikoyat) bergan shaxs haqidagi ma’lumotlar;
- 4) hukm, ajrim chiqargan birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudining nomi, birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudining hukmi, ajrimi chiqarilgan sana;
- 5) taftish tartibida berilgan shikoyatning (xususiy shikoyatning) mazmuni;
- 6) taftish tartibidagi shikoyatni (xususiy shikoyatni) ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazishni rad etish sabablari va asoslari.
Sud qarorlarini taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat (xususiy shikoyat) bergan shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga, uning o‘rinbosariga shikoyat qilinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, uning o‘rinbosari taftish tartibida shikoyat (xususiy shikoyat) bergan shaxsning shikoyatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining sud qarorlarini taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to‘g‘risidagi ajrimini bekor qilish haqida ajrim chiqarishga va shikoyatni (xususiy shikoyatni) jinoyat ishi bilan birga taftish tartibida ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazishga haqlidir.
521¹²-modda. Taftish tartibida berilgan shikoyatni (xususiy shikoyatni) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrim
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibida berilgan shikoyatni (xususiy shikoyatni) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazish to‘g‘risidagi ajrimida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
- 1) ajrim chiqarilgan joy va sana;
- 2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ismi, otasining ismi;
- 3) taftish tartibida shikoyatni (xususiy shikoyatni) bergan shaxs haqidagi ma’lumotlar;
- 4) hukm, ajrim chiqargan birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudining nomi, birinchi instansiya, apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudining hukmi, ajrimi chiqarilgan sana;
- 5) taftish tartibida berilgan shikoyatning (xususiy shikoyatning) mazmuni;
- 6) taftish tartibidagi shikoyatni (xususiy shikoyatni) ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish sabablari va asoslari;
- 7) ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘rib chiqish joyi va sanasi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi taftish tartibida berilgan shikoyatni (xususiy shikoyatni) o‘zi chiqargan ajrim bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga jinoyat ishi bilan birga o‘tkazadi.
521¹³-modda. Shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga taftish tartibida ko‘rib chiqish uchun kiritilganligi to‘g‘risida xabardor qilish
Mahkum, oqlangan shaxs, ularning himoyachilari, qonuniy vakillari, prokuror, jabrlanuvchi yoki uning vakili, shuningdek fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar yoki ularning vakillari ish taftish tartibida ko‘rib chiqish uchun yuborilganligi to‘g‘risida, agar shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) ularning manfaatlariga daxldor bo‘lsa, uch sutka ichida xabardor qilinadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarga shikoyatning, protestning (xususiy shikoyatning, xususiy protestning) ko‘chirma nusxasi yuboriladi yoxud taftish instansiyasi sudining internet-resursi orqali ularning elektron nusxalari bilan tanishish mumkinligi to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi. Bunda taraflarga ularning shikoyatga, protestga (xususiy shikoyatga, xususiy protestga) doir e’tirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida berish huquqi, e’tirozlarni taqdim etish muddati ko‘rsatilgan holda, tushuntiriladi. Shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) yuzasidan kelib tushgan e’tirozlar jinoyat ishi materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.
Taraflar taftish tartibida berilgan shikoyatga, protestga (xususiy shikoyatga, xususiy protestga) doir e’tiroz bilan birga yangi materiallarni alohida taqdim etishga yoxud ularni talab qilib olish va tekshirish to‘g‘risida, shuningdek o‘zlari ko‘rsatgan jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni sudga chaqirish va so‘roq qilish haqida iltimosnoma berishga haqli.
521¹⁴-modda. Jinoyat ishini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida ko‘rib chiqish uchun tayyorlash
Jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ajrimi shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) bilan birga kelib tushganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati taftish tartibida shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) berilganligi to‘g‘risida mahkumni, oqlangan shaxsni, uning himoyachisini, qonuniy vakilini, prokurorni, jabrlanuvchini, uning vakilini, shuningdek fuqaroviy da’vogarni, fuqaroviy javobgarni, ularning vakillarini, agar shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) ularning manfaatlariga daxldor bo‘lsa, ishni ko‘rib chiqish boshlanishidan kamida uch sutka oldin xabardor qiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarga shikoyatning, protestning (xususiy shikoyatning, xususiy protestning) ko‘chirma nusxasi yuboriladi yoxud taftish instansiyasi sudining internet-resursi orqali ularning elektron nusxalari bilan tanishish mumkinligi to‘g‘risida xabar qilinadi. Bunda taraflarga ularning shikoyatga, protestga (xususiy shikoyatga, xususiy protestga) doir o‘z e’tirozlarini yozma shaklda yoxud elektron hujjat tarzida taqdim etish huquqi, e’tirozlarni taqdim etish muddati ko‘rsatilgan holda, tushuntiriladi. Shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) yuzasidan kelib tushgan e’tirozlar jinoyat ishi materiallariga qo‘shib qo‘yiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talablar bajarilganidan keyin mahkum, oqlangan shaxs, uning himoyachisi, qonuniy vakili, prokuror, jabrlanuvchi, uning vakili, shuningdek fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari, agar shikoyat, protest (xususiy shikoyat, xususiy protest) ularning manfaatlariga daxldor bo‘lsa, ish taftish tartibida ko‘riladigan vaqt haqida ishni ko‘rib chiqish boshlanishidan kamida uch sutka oldin xabardor qilinadi.
Bilimingizni sinang
Ishni taftish tartibida ko‘ruvchi sudning hukmida, ajrimida ustidan shikoyat, protest berilgan qaror haqida qanday ma’lumot ko‘rsatilishi kerak?
- Ustidan shikoyat, protest berilgan hukmning, ajrimning qaror qismi mazmuni
- Faqat shikoyat bergan shaxsning yashash joyi va ish joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar
- Faqat guvohlarning ko‘rsatuvlari va ularning shaxsiy ma’lumotlari mazmuni
- Faqat ayblov xulosasining mazmuni va ayblanuvchining oldingi sudlanganligi
To‘g‘ri javob: Ustidan shikoyat, protest berilgan hukmning, ajrimning qaror qismi mazmuni. 521⁶-modda 4-band: shikoyat berilgan hukm, ajrimning qaror qismi mazmuni ko‘rsatiladi.
Taftish sudi mahkum Ergashevning shikoyatini qanoatlantirmay qoldirdi. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra ajrimda nima ko‘rsatilishi kerak?
- Faqat shikoyatni rad etish haqidagi qisqa jumla, hukm qonuniy, asosli va adolatli ekanligining asoslari ko‘rsatilmasdan
- Hukm qonuniy, asosli va adolatli deb topilganligining hamda shikoyat qanoatlantirilmasdan qoldirilishining asoslari
- Faqat jazoni yengillashtirish sabablari va hukm adolatsizligining asoslari, shikoyat qanoatlantirilmasligi asoslarisiz
- Faqat shikoyat berilgan sana hamda uni ko‘rib chiqqan sudyaning ismi va muhri, hukm asoslari ko‘rsatilmasdan
To‘g‘ri javob: Hukm qonuniy, asosli va adolatli deb topilganligining hamda shikoyat qanoatlantirilmasdan qoldirilishining asoslari. 521⁶-modda: shikoyat qanoatlantirilmasa, hukm qonuniy, asosli, adolatli deb topilganligining va shikoyat qanoatlantirilmasligining asoslari ko‘rsatiladi.
Ishni taftish tartibida ko‘ruvchi sudning hukmi, ajrimi kim tomonidan imzolanadi?
- Faqat raislik qiluvchi tomonidan
- Raislik qiluvchi va kotib tomonidan
- Sudning to‘liq tarkibi tomonidan
- Prokuror va raislik qiluvchi tomonidan
To‘g‘ri javob: Sudning to‘liq tarkibi tomonidan. 521⁶-modda: taftish sudining hukmi, ajrimi sudning to‘liq tarkibi tomonidan imzolanadi.
Taftish tartibida ishni ko‘ruvchi sudning hukmi, ajrimi ijro etish uchun jinoyat ishi bilan birga qancha muddatdan kechiktirmay yuboriladi?
- Uch sutkadan
- O‘n sutkadan
- Yigirma to‘rt soatdan
- Besh sutkadan
To‘g‘ri javob: Besh sutkadan. 521⁶-modda: hukm, ajrim chiqarilgan kundan besh sutkadan kechiktirmay ijro uchun yuboriladi.
Taftish sudi mahkum Bobirovni darhol qamoqdan ozod etish uchun asos bo‘ladigan ajrim chiqardi. Bobirov sud majlisida ishtirok etib turibdi. Ajrim qanday ijro etiladi?
- Ajrim sud zalida ijro etiladi
- Ajrim ijro uchun muassasaga yuboriladi, mahkum bir hafta ichida ozod qilinadi
- Ajrimning ko‘chirma nusxasi o‘n kun ichida yuboriladi
- Mahkum faqat prokuror ruxsati bilan ozod qilinadi
To‘g‘ri javob: Ajrim sud zalida ijro etiladi. 521⁶-modda: ozod etish asosi bo‘lgan ajrim, mahkum zalda ishtirok etsa, sud zalida ijro etiladi.
Taftish sudiga ayrim mahkumlarga taalluqli shikoyat boshqa mahkumlarga taalluqli ish ko‘rib bo‘linganidan keyin kelib tushdi. Sud nima qilishi shart?
- Shikoyatni ko‘rmasdan qaytaradi va bu haqda shikoyat bergan shaxsga xabar qilib, ishni arxivga topshiradi
- Bunday shikoyatni yoki protestni ko‘rib chiqishi va u bo‘yicha tegishli qaror chiqarishi shart
- Shikoyatni faqat apellyatsiya sudiga yuboradi va u bo‘yicha o‘zi hech qanday qaror chiqarmaydi
- Shikoyatni ikki yil kutadi va keyin yangi sud majlisida uni qayta ko‘rib chiqib, tegishli qaror chiqaradi
To‘g‘ri javob: Bunday shikoyatni yoki protestni ko‘rib chiqishi va u bo‘yicha tegishli qaror chiqarishi shart. 521⁷-modda: kech kelib tushgan shikoyat yoki protestni sud ko‘rib chiqishi va qaror chiqarishi shart.
Ishni qo‘shimcha tarzda ko‘rish chog‘ida taftish sudi chiqargan qaror ilgari chiqarilgan qarorga zid bo‘lsa, ish qanday yuboriladi?
- Ish qaytadan birinchi instansiya sudiga, ishni yangidan ko‘rish uchun yuboriladi
- Ish dastlabki tergov organiga, qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun yuboriladi
- Taftish tartibida protest bildirish vakolatiga ega bo‘lgan prokurorga
- Ish Konstitutsiyaviy sudga, qarorlar zidligini bartaraf etish uchun yuboriladi
To‘g‘ri javob: Taftish tartibida protest bildirish vakolatiga ega bo‘lgan prokurorga. 521⁷-modda: zid bo‘lsa, ish protest bildirish vakolatiga ega bo‘lgan prokurorga yuboriladi.
Jinoyat-protsessual kodeksi — 521⁸-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ishni taftish tartibida ko‘ruvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmi, ajrimi
- Jinoyat ishini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida tekshirish uchun talab qilib olish
- Jinoyat ishini taftish tartibida ko‘rib chiquvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining vakolatlari
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida jinoyat ishini ko‘rib chiqish uchun sud majlisini tayinlash va tayyorlash
To‘g‘ri javob: Jinoyat ishini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida tekshirish uchun talab qilib olish. 521⁸-modda: Jinoyat ishini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida tekshirish uchun talab qilib olish.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash