XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Jinoyat-protsessual kodeksi · 521¹⁵–521²¹-m.

Sudning hukmi va ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berish (protest bildirish) (6/6)

To‘Qqizinchi Bo‘Lim

521¹⁵-modda. Ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida ko‘rishda taraflarning sud majlisida ishtirok etishi

Jinoyat ishini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida sud majlisida ko‘rishda quyidagilar ishtirok etishi shart:

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning o‘rinbosari yoki ular tomonidan vakolat berilgan prokuror;

himoyachi — ushbu Kodeksning 51 va 52-moddalarida ko‘rsatilgan hollarda.

Mahkum, oqlangan shaxs, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ishni taftish tartibida ko‘rishda ishtirok etishga haqli. Jazoni ijro etish muassasasida bo‘lgan yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tayotgan mahkumning ishni ko‘rishda ishtirok etishi zarurligi to‘g‘risidagi masala sud tomonidan hal etiladi. Mazkur shaxslar sud majlisida bevosita yoxud videokonferensaloqa tizimidan foydalanish orqali ishtirok etishi mumkin.

Taftish tartibida ko‘rilayotgan ish bo‘yicha sud majlisining joyi, sanasi va vaqti to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ishni ko‘rishga monelik qilmaydi, bundan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar mustasno.

521¹⁶-modda. Jinoyat ishini taftish tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida jinoyat ishini taftish tartibida ko‘rishda sud majlisi raislik qiluvchi tomonidan ochiladi, u qanday jinoyat ishi va kimning taftish tartibidagi shikoyati (protesti) bo‘yicha ko‘rilayotganligini e’lon qiladi. Shundan keyin raislik qiluvchi sud tarkibini e’lon qiladi, prokurorning, himoyachining, sud majlisi kotibining, shuningdek, agar sud majlisida ishtirok etayotgan bo‘lsa, tarjimonning familiyasini, ismini va otasining ismini ma’lum qiladi.

Raislik qiluvchi hozir bo‘lgan jinoyat protsessi ishtirokchilariga ularning huquqlarini tushuntiradi va ularda rad qilishga oid arzlar hamda iltimosnomalar bor-yo‘qligini, ular taftish tartibidagi shikoyatda, protestda bayon etilgan iltimosnomalarni quvvatlashi-quvvatlamasligini aniqlaydi. Bunday iltimosnomalar mavjud bo‘lganda sud ular bo‘yicha ajrim chiqaradi.

Ishni ko‘rish sudyalardan biri tomonidan birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi hukmining, ajrimining, taftish tartibida berilgan shikoyatning yoki protestning mazmunini qisqacha bayon etish bilan boshlanadi.

Sudyaning ma’ruzasidan keyin sud taftish tartibida shikoyat (protest) bergan tarafning ma’ruzasini va boshqa tarafning e’tirozlarini eshitadi. Bir nechta shikoyat mavjud bo‘lgan taqdirda, so‘zga chiqish navbati taraflarning fikrlari hisobga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Agar taftish tartibida berilgan shikoyatlar bilan bir qatorda prokurorning taftish tartibida bildirilgan protesti mavjud bo‘lsa, so‘z birinchi navbatda unga beriladi.

521¹⁶-modda. Jinoyat ishini taftish tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rish tartibi (davomi)

Taftish instansiyasi sudining majlisida ishtirok etayotgan prokuror ko‘rib chiqilayotgan taftish tartibida berilgan shikoyatlar yuzasidan fikrini bildiradi, protestda ko‘rsatilgan vajlarni bayon etadi.

Taraflar o‘z vajlarini bayon etish bilan birga taftish tartibida berilgan shikoyatda (protestda) keltirilgan vajlarni tasdiqlab yoki rad etib sudga qo‘shimcha materiallarni taqdim etishga haqli.

Qo‘shimcha materiallar taqdim etilgan hollarda, sud taraflarga ular bilan tanishib chiqish va o‘z vajlarini bayon etish imkonini beradi.

Jinoyat ishini taftish tartibida ko‘rishda sud ushbu Kodeks 483-moddasining uchinchi qismiga amal qilgan holda to‘liq yoki qisman sud tergovini o‘tkazishga haqli.

Sud tergovi yakunlanganidan so‘ng sud taraflarning muzokaralariga o‘tadi.

Sud muzokaralari ushbu Kodeksning 449-moddasi qoidalari asosida o‘tkaziladi, bunda shikoyat (protest) bergan shaxs birinchi bo‘lib so‘zga chiqadi.

Taraflarning muzokaralari tamomlanganidan keyin raislik qiluvchi mahkumga (oqlangan shaxsga), agar u sud majlisida ishtirok etayotgan bo‘lsa, oxirgi so‘z beradi, shundan so‘ng sud qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kiradi.

Taftish instansiyasi sudining qarori ushbu Kodeksning 497³¹-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.

Taftish instansiyasi sudining qarorini e’lon qilish ushbu Kodeksning 473, 497³¹-moddalari qoidalariga ko‘ra amalga oshiriladi.

Taftish instansiyasi sudida sud majlisining bayonnomasi yuritiladi. Sud majlisining bayonnomasi ushbu Kodeksning 426-moddasida ko‘rsatilgan muddatlarda tayyorlanishi kerak. U bilan sud majlisining barcha ishtirokchilari tanishishga haqli. Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan ushbu Kodeksning 427-moddasida nazarda tutilgan tartibda mulohazalar bildirilishi mumkin.

521¹⁷-modda. Ishni taftish tartibida ko‘rib chiquvchi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining vakolatlari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati jinoyat ishini taftish tartibida ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

Ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida, 4 — 7-bandlarida nazarda tutilgan hollarda ishni taftish tartibida ko‘ruvchi sud ajrim chiqaradi.

Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan hollarda ishni taftish tartibida ko‘ruvchi sud hukm chiqaradi.

521¹⁷-modda. Ishni taftish tartibida ko‘rib chiquvchi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining vakolatlari (davomi)

Jinoyat ishini taftish tartibida ko‘ruvchi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati ushbu Kodeksning 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, shuningdek tegishli mansabdor shaxslarning e’tiborini surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga qaratish zarur bo‘lgan taqdirda xususiy ajrim chiqaradi.

521¹⁸-modda. Sud ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyatni (xususiy protestni) ko‘rib chiqish

Sudning ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) ushbu Kodeksning 521¹⁶-moddasida belgilangan qoidalar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.

Taftish instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya yoki tegishli taftish instansiyasi sudlarining ajrimlari ustidan berilgan xususiy shikoyat (xususiy protest) bo‘yicha ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra quyidagilarga haqli:

521¹⁸-modda. Sud ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyatni (xususiy protestni) ko‘rib chiqish (davomi)

521¹⁹-modda. Jinoyat ishini taftish tartibida ko‘rib chiquvchi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining hukmi, ajrimi

Jinoyat ishini taftish tartibida ko‘rib chiquvchi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining hukmi, ajrimi ushbu Kodeksning 521⁶-moddasida belgilangan talablarga muvofiq chiqariladi va sudning to‘liq tarkibi tomonidan imzolanadi. Ovoz berishda ozchilik tomonda qolgan sudya hukmga, ajrimga imzo qo‘yib, o‘zining alohida fikrini ushbu Kodeks 472-moddasining talablariga rioya etgan holda yozma shaklda qoldirishga haqli.

Jinoyat ishini taftish tartibida ko‘rib chiquvchi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining hukmi, ajrimi sud majlisi zalida o‘qib eshittiriladi va darhol qonuniy kuchga kiradi.

Ishni taftish tartibida ko‘rib chiquvchi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining hukmi, ajrimi ushbu Kodeks 521⁶-moddasining oltinchi va yettinchi qismlarida belgilangan tartibda ijro etiladi.

521²⁰-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga taftish tartibida protest (xususiy protest) bildirish to‘g‘risidagi iltimosnomaga qo‘yiladigan talablar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga taftish tartibida protest (xususiy protest) bildirish to‘g‘risidagi iltimosnomada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

521²¹-modda. Ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida taftish tartibida takroran ko‘rish

Taftish instansiyasi sudi jinoyat ishini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining, Bosh prokurorining ushbu Kodeksning 485-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra bildirilgan protesti (xususiy protesti) bo‘yicha taftish tartibida takroran ko‘rib chiqadi.

Ishni taftish instansiyasi sudida takroran ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatida ushbu bobda bayon etilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Ishni taftish tartibida takroran ko‘rib chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati ushbu Kodeksning 521¹⁷-moddasida nazarda tutilgan vakolatlarga ega bo‘lib, ishni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra hukm yoki qaror chiqaradi.

Ishni taftish tartibida takroran ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosati tomonidan chiqarilgan hukm, qaror uzil-kesildir, bundan ushbu Kodeks 485-moddasining 6 va 7-bandlarida hamda 521⁷-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Bilimingizni sinang

Jinoyat-protsessual kodeksi — 521¹⁵-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Ish taftish instansiyasi sudiga yuborilganligi to‘g‘risida xabardor qilish
  2. Ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida ko‘rishda taraflarning sud majlisida ishtirok etishi
  3. Sud qarorlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish uchun asoslar mavjud emasligi to‘g‘risidagi ajrim
  4. Jinoyat ishini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida tekshirish uchun talab qilib olish

To‘g‘ri javob: Ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida ko‘rishda taraflarning sud majlisida ishtirok etishi. 521¹⁵-modda: Ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida ko‘rishda taraflarning sud majlisida ishtirok etishi.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida ko‘rishda taraflarning sud majlisida ishtirok etishi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 521⁸-modda
  2. 521-modda
  3. 521¹¹-modda
  4. 521¹⁵-modda

To‘g‘ri javob: 521¹⁵-modda. 521¹⁵-modda: Ishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida ko‘rishda taraflarning sud majlisida ishtirok etishi.

Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ishni taftish tartibida ko‘rishda prokuror sifatida kimning ishtiroki shart?
  1. Bosh prokuror, uning o‘rinbosari yoki ular vakolat bergan prokuror
  2. Viloyat prokurori yoki uning o‘rinbosari, yoxud vakolat berilgan prokuror
  3. Tuman prokurori, uning o‘rinbosari yoki ular vakolat bergan prokuror
  4. Harbiy prokurorning yordamchisi yoki vakolat bergan prokuror

To‘g‘ri javob: Bosh prokuror, uning o‘rinbosari yoki ular vakolat bergan prokuror. 521¹⁵-modda: hay’at majlisida Bosh prokuror, uning o‘rinbosari yoki ular vakolat bergan prokuror ishtirok etishi shart.

Mahkum Karimov jazoni ijro etish muassasasida saqlanmoqda va Oliy sud hay’atida taftish ishini ko‘rishda ishtirok etishni xohlaydi. Uning ishtirok etishi zarurligi masalasini kim hal qiladi?
  1. Muassasa boshlig‘i
  2. Sud
  3. Prokuror
  4. Mahkumning himoyachisi

To‘g‘ri javob: Sud. 521¹⁵-modda: jazoni ijro etish muassasasidagi mahkumning ishtiroki zarurligi masalasini sud hal qiladi.

Oliy sudi hay’atining taftish majlisiga o‘z vaqtida xabardor qilingan prokuror kelmadi. Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Ish albatta ko‘rilaveradi, chunki prokurorning kelmasligi hech qachon monelik qilmaydi va istisnolar yo‘q
  2. Ishni ko‘rish faqat himoyachining roziligi bilan prokuror ishtirokisiz davom etishi mumkin
  3. Ishni ko‘rish prokuror ishtirokisiz davom etishi mumkin emas, chunki uning ishtiroki shart
  4. Prokuror kelmasa, taftish shikoyati berilmagan deb hisoblanadi va ish yuritish tugatiladi

To‘g‘ri javob: Ishni ko‘rish prokuror ishtirokisiz davom etishi mumkin emas, chunki uning ishtiroki shart. 521¹⁵-modda: xabardor qilingan shaxslarning kelmasligi monelik qilmaydi, ammo ishtiroki shart bo‘lgan shaxslar (prokuror) mustasno.

Jinoyat-protsessual kodeksi — 521¹⁶-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida jinoyat ishini ko‘rib chiqish uchun sud majlisini tayinlash va tayyorlash
  2. Jinoyat ishini taftish tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rish tartibi
  3. Ishni taftish tartibida ko‘ruvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmi, ajrimi
  4. Jinoyat ishini Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudida, viloyatlar, Toshkent shahar sudlarida, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida taftish tartibida ko‘rish tartibi

To‘g‘ri javob: Jinoyat ishini taftish tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rish tartibi. 521¹⁶-modda: Jinoyat ishini taftish tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rish tartibi.

Jinoyat-protsessual kodeksi: «Jinoyat ishini taftish tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rish tartibi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 521¹-modda
  2. 521⁶-modda
  3. 521³-modda
  4. 521¹⁶-modda

To‘g‘ri javob: 521¹⁶-modda. 521¹⁶-modda: Jinoyat ishini taftish tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rish tartibi.

Oliy sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida taftish tartibida ishni ko‘rishda sud majlisini kim ochadi?
  1. Sud majlisining kotibi
  2. Prokuror
  3. Hay’at a’zolaridan eng yoshi
  4. Raislik qiluvchi

To‘g‘ri javob: Raislik qiluvchi. 521¹⁶-modda: sud majlisi raislik qiluvchi tomonidan ochiladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSudning hukmi va ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berish (protest bildirish) (5/6)Keyingi →Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash