XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Konstitutsiya · 105–113-m.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti

Beshinchi Bo‘Lim. Davlat Hokimiyatining Tashkil Etilishi

105-modda.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi.

106-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bo‘lishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan yetti yil muddatga saylanadi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidentini saylash tartibi qonun bilan belgilanadi.

107-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z vazifasini bajarib turgan davrda boshqa haq to‘lanadigan lavozimni egallashi, vakillik organining deputati bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi.

108-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yig‘ilishida quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab o‘z lavozimiga kirishgan hisoblanadi:

“O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman”.

109-modda.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti:

109-modda. (davomi)

109-modda. (davomi)

109-modda. (davomi)

24¹) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z vakolatlarini amalga oshirishni tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini shakllantiradi hamda uning Rahbarini tayinlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, faoliyatini tashkil etish tartibi va vakolatlari qonun bilan belgilanadi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z vakolatlarini bajarishni davlat organlariga yoki mansabdor shaxslarga topshirishga haqli emas.

110-modda.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

111-modda.

Qonunchilik palatasi yoki Senat tarkibida ularning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda yoxud ular bir necha marta O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda, shuningdek Qonunchilik palatasi bilan Senat o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan bamaslahat qabul qilgan qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov uch oy mobaynida o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati favqulodda holat amal qilishi davrida tarqatib yuborilishi mumkin emas.

112-modda.

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida qonunga to‘liq muvofiq holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkaziladi.

113-modda.

Vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti umrbod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi lavozimini egallaydi.

Bilimingizni sinang

Konstitutsiyaga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti kim hisoblanadi?
  1. Davlat boshlig‘i va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan faoliyatini ta’minlovchi shaxs
  2. Hukumat boshlig‘i va ijro etuvchi hokimiyat organlarining kelishilgan faoliyatini ta’minlovchi shaxs
  3. Oliy Majlis palatalari faoliyatini boshqaruvchi va qonunlarni qabul qiluvchi oliy vakillik organi rahbari
  4. Sud hokimiyati boshlig‘i va sudyalar faoliyatining mustaqilligini ta’minlovchi shaxs

To‘g‘ri javob: Davlat boshlig‘i va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan faoliyatini ta’minlovchi shaxs. 105-moddaga ko‘ra Prezident davlat boshlig‘i bo‘lib, davlat hokimiyati organlarining kelishilgan faoliyatini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanish uchun nomzod kamida necha yoshda bo‘lishi kerak?
  1. qirq yoshdan
  2. o‘ttiz yoshdan
  3. o‘ttiz besh yoshdan
  4. yigirma besh yoshdan

To‘g‘ri javob: o‘ttiz besh yoshdan. Prezident lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan fuqaro saylanishi mumkin.

Prezidentlikka nomzod bevosita saylovgacha kamida qancha vaqt O‘zbekiston hududida muqim yashagan bo‘lishi shart?
  1. 20 yil
  2. 5 yil
  3. 10 yil
  4. 15 yil

To‘g‘ri javob: 10 yil. Nomzod saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashashi kerak.

Konstitutsiyaga ko‘ra Prezident lavozimiga saylanish uchun nomzod necha yoshdan kichik bo‘lmasligi kerak?
  1. 30 yoshdan
  2. 35 yoshdan
  3. 40 yoshdan
  4. 25 yoshdan

To‘g‘ri javob: 35 yoshdan. 106-moddada nomzod o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmasligi belgilangan.

Prezident lavozimiga nomzod bevosita saylovgacha O‘zbekiston hududida kamida qancha vaqt muqim yashagan bo‘lishi shart?
  1. Kamida 5 yil
  2. Kamida 15 yil
  3. Kamida 10 yil
  4. Kamida 20 yil

To‘g‘ri javob: Kamida 10 yil. 106-moddaga muvofiq nomzod saylovgacha kamida 10 yil muqim yashagan bo‘lishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti qanday muddatga saylanadi?
  1. Besh yil muddatga
  2. Olti yil muddatga
  3. To‘rt yil muddatga
  4. Yetti yil muddatga

To‘g‘ri javob: Yetti yil muddatga. 106-moddada Prezident yetti yil muddatga saylanishi yozilgan.

Anvar ketma-ket ikki muddat Prezident bo‘lib ishlagan va uchinchi marta nomzodini qo‘ymoqchi. Konstitutsiyaga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. U nomzodini qo‘yishi mumkin emas, chunki ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Prezident bo‘la olmaydi
  2. U nomzodini qo‘yishi mumkin, agar Senat ruxsat bersa va Konstitutsiyaviy sud ham xulosa bergan bo‘lsa
  3. U nomzodini qo‘yishi mumkin, agar yoshi 35 dan oshgan bo‘lsa va uzoq muddat davlatda yashagan bo‘lsa
  4. U nomzodini qo‘yishi mumkin, chunki Konstitutsiyada muddatlar soniga nisbatan hech qanday cheklov o‘rnatilmagan

To‘g‘ri javob: U nomzodini qo‘yishi mumkin emas, chunki ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Prezident bo‘la olmaydi. 106-modda ikki muddatdan ortiq surunkasiga Prezident bo‘lishni taqiqlaydi.

Prezidentning shaxsiga nisbatan Konstitutsiyada qanday qoida belgilangan?
  1. Uning shaxsi daxlsiz va qonun bilan muhofaza etiladi
  2. Uning shaxsi faqat Senat roziligi bilan daxlsiz hisoblanadi
  3. U faqat vakolat muddati tugagach daxlsizlikka ega bo‘ladi
  4. Uning shaxsi daxlsiz, ammo jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin

To‘g‘ri javob: Uning shaxsi daxlsiz va qonun bilan muhofaza etiladi. 107-moddaga ko‘ra Prezidentning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiO‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi (2/2)Keyingi →O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi