XotirAI logotipiXotirAI
📖 11-sinf · Adabiyot · 63–71-b.

Alp Er To‘nga marsiyasi, qadimgi maqollar, Yusuf Xos Hojib

Mavzular

Alp Er To‘nga kim edi

Alp Er To‘nga – turklarning qadimiy qahramoni. Yusuf Xos Hojib tojiklar uni Afrosiyob deb atashlarini yozgan. Mahmud Koshg‘ariy Afrosiyobni Qashqarda – O‘rdukent shahrida turar edi, deb ko‘rsatadi. To‘nga Alp Er – yo‘lbars kabi kuchli bahodir demakdir. «Devon»da uning Barman, Barsg‘an degan o‘g‘illari hamda Qaz ismli qizi haqida ham ma’lumotlar bor.

Shuningdek, Mahmud Koshg‘ariy Afrosiyobning bolalari xoqon, xon deb atalganini eslatadi.

Qaz, Qazvin va Siyovush

«Qaz – Afrosiyob qizining nomidir. Qazvin shahrini shu qurgandir. Bu so‘zning asli qaz o‘yini – g‘oz o‘ynaydigan joy demakdir. Chunki u shu yerda turar va shu yerda o‘ynar edi.

Chunki Qazning otasi To‘nga Alp Er – Afrosiyobdir. U Tahmuraspdan uch yuz yil keyin Marvni bino qilgan.

Bu yerda Afrosiyobning qizi – Qazning eri Siyovush o‘ldirilgan. Majusiy-otashparastlar har yili bir kuni bu yerga kelib, Siyovush o‘lgan joy atrofida yig‘laydilar.

Marsiya mazmuni tahlili

«Devon»da ana shu buyuk tarixiy shaxs – Alp Er To‘nga haqidagi bir necha to‘rtliklar saqlanib qolgan. Ular, asosan, Alpning vafotiga bag‘ishlangan. U tom ma’nodagi marsiya namunasidir.

Marsiyada esiz (yomon, yaramas, manfur), ajun (olam, dunyo), o‘dlak (vaqt, zamon taqdir) so‘zlarigina biroz eskirgan.

Aksincha, uning o‘limi yovuz va yaramaslarning bosh ko‘tarishiga, ezgu ishlarning kamayishiga, bilimdonlarning ezilib, axloq-odobning zaiflashuviga sabab bo‘lganligi ta’kidlanadi.

Xalqning qayg‘usi

Alp Er To‘nga – xalq sevgan qahramon. Shunga ko‘ra uning oradan ketishi beklarning oti charchashiga, ularning g‘am ostida qolishiga, yuzlarning sarg‘ayishiga sabab bo‘ladi.

Xalqning bo‘ridek ulishi, ya’ni haddan tashqari iztirobi, hatto yoqalarini yirtib yig‘lashi, uning ustiga bu iztirobning davomi bo‘lishi (yig‘lab-siqtab yurdilar) xalqning Alp Er To‘ngaga bo‘lgan kuchli muhabbatini samimiy, ishonarli va ta’sirchan chizib bera oladi.

Amirlar otlarining horishi uzoq va mashaqqatli yo‘l oqibatidir. Yuzda sariqlik, za’faronlikning bo‘lishi ham qayg‘uning kuchiga ishoradir.

Marsiya haqida tushuncha

Biror kishining vafoti munosabati bilan g‘am-alam, hasrat va qayg‘uni ifodalagan lirik she’r yoki qo‘shiq marsiya deb ataladi.

Alp Er To‘nga haqidagi marsiya shu janrning bizgacha yetib kelgan eng qadimiy namunalaridan biridir. Alp Er To‘nga haqidagi marsiya – og‘zaki ijod mahsuli.

Afrosiyob faqat bek emas, balki «beklar begi». Adabiyotimizning keyingi bosqichlarida g‘azal, qasida, muxammas, musaddas, tarjiband, tarkibband shakllarida yozilgan marsiyalar uchraydi.

Alp Er To‘nga haqidagi marsiya murabba’ shaklidadir. Uning har bir bandi to‘rt misradan iborat. Alp Er To‘nga marsiyasi esa barmoq vaznidadir. Uning har bir misrasi yetti bo‘g‘indan tuzilgan. Turoqlar, asosan, 4 + 3 shaklida.

Qadimgi maqollar: tulki, qurol

Tulku o‘z iniga ursa, ujuz bo‘lur. / Tulki o‘z uyasiga qarab ulisa, qo‘tir bo‘ladi.— Qadimgi maqol («Devonu lug‘ot at-turk»)
Tulum anutsa, qulun bulur, / Tulum unutsa, bolun bo‘lur. / Dushmanga [qarshi] qurol hozirlagan kishi qulun [toy]ga ega bo‘ladi, / Qurol hozirlashni unutgan kishi asir bo‘ladi.— Qadimgi maqol
Qul savi qalmas, / Qag‘il bag‘i yazilmas. / Keksalar so‘zi, nasihati bekor ketmaydi, / Tolning ho‘l novdasining bog‘i yozilmaydi.— Qadimgi maqol

Maqollar: zamon, mehnat, qish

O‘d kechar, kishi to‘ymas, yalinguq o‘g‘li mangu qalmas. / Zamon o‘tar, kishi to‘ymas, inson bolasi mangu qolmas.— Qadimgi maqol
Erik erni yag‘lig‘, ermagu bashi qanlig‘. / Tirishqoqning labi yog‘liq, erinchog‘ning boshi qonliq.— Qadimgi maqol
Qish qo‘niqi – o‘t. / Qishning ziyofati – olov[dir].— Qadimgi maqol
Yazmas atim – yag‘mir, / Yangilmas bilga – yangqu. / Xato qilmaydigan mergan – yomg‘ir, / Yanglishmaydigan dono – aks sado.— Qadimgi maqol

Maqollar: so‘z, kur, mehnat

Ko‘b sukutga qush qo‘nar, / Ko‘rkluk kishiga so‘z kelar. / Shoxi ko‘p, shoxlari o‘ralib ketgan daraxtga qush qo‘nadi, / Yaxshi kishiga so‘z – maqtov keladi.— Qadimgi maqol
Kim kur bo‘lsa, kuvaz bo‘lur. / Dovyurak [alp] odam mag‘rur bo‘ladi.— Qadimgi maqol
Ko‘k ko‘rdi, keragu yazti. / Mehnat va mashaqqatni ko‘rdi-yu, o‘tovini orqasiga yuklab oldi.— Qadimgi maqol
Emgak ekinda qolmas. / Mehnat bekor ketmaydi.— Qadimgi maqol

Maqollar: maslahat, mehmon

Kengashlik bilik uzlashur, kengashsiz bilik o‘prashur. / Maslahatli ish [borgan sari] yaxshilanib boradi, bemaslahat ish [borgan sari] buzilishga yuz tutadi.— Qadimgi maqol
Qush qanatin, er atin. / Qush qanoti bilan, er oti bilan.— Qadimgi maqol
Kur o‘g‘li kuvaz bo‘lur. / Botir, mard kishining farzandi mag‘rur bo‘ladi.— Qadimgi maqol
Uma kelsa, qut kelar. / Mehmon kelsa, qut kelar.— Qadimgi maqol

Qadimgi maqollar haqida

Qadimgi maqollar ham mavzu qamrovigagina emas, tuzilishiga ko‘ra ham xilma-xildir. Ularda vatan, vatanparvarlik, adolat, mehnatsevarlik, inson tafakkurini ulug‘lash, mardlik va jasorat, vafodorlik, ezgulik, rostgo‘ylik, kamtarlik, sabr va chidam ulug‘lanadi, salbiy xususiyatlar qoralanadi.

«Ardam bashi – til» [«San’at, fazilatlarning boshi til(da)dir], «Qut belgusi – bilig» («Bilim – baxt belgisi») singari maqollar sodda, ixcham, lo‘ndaligi bilan e’tiborni tortadi.

Yusuf Xos Hojib hayoti

Yusuf Xos Hojib jahonning ulug‘ adiblari bilan bir qatorda turadigan, jahondagi ijtimoiy-siyosiy hamda badiiy-estetik tafakkur tarixi va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan ijodkordir. Adibning nodir iste’dodi natijasi bo‘lgan «Qutadg‘u bilig» faqat XI asrning emas, balki butun turkiy adabiyot tarixining ham eng nodir va porloq badiiy durdonasidir. U yozma adabiyotimiz tarixidagi ilk yirik asar namunasidir.

Adib haqidagi ma’lumotlar, asosan, dostonning o‘zidagina saqlangan. U o‘zi tug‘ilgan joyni Quz O‘rdu deb ko‘rsatgan. Bu manzil qadimgi Yettisuvning markazi – Bolosog‘unning ko‘plab nomlaridan biridir. Adib Bolosog‘undan Qashqarga ko‘chib borgan. Dostonni shu yerda tugatgan.

Qutadg‘u bilig yozilishi

Doston nihoyasiga yetganida adibning yoshi ellikdan yuqori («Tegurdi manga algi ellik yashim») bo‘lgan.

Kitob so‘ngida ilova qilingan qasidalarda ham qiziqarli ma’lumotlar saqlanib qolgan. Jumladan: asar yozilgan muddat («Tugal o‘n sakkiz ayda aydim bu so‘z»), yozib tugatilgan sana («Yil altmish eki erdi to‘rt yuz bila»), shuningdek, o‘z nomining keltirilishi («E Yusuf, kerak so‘zni so‘zla ko‘ni»).

Umumiy hajmi olti ming olti yuz baytdan ortiq bo‘lgan dostonning bir yarim yilda yozilishi adibning juda katta tajribasi va ulkan mahoratidan dalolatdir. Asar Qashqarda tugatiladi va mamlakat eligi – hukmdori Tavg‘ach ulug‘ Bug‘roxonga tortiq qilinadi. Buning evaziga esa u xos hojiblik lavozimi bilan taqdirlanadi.

Bilimingizni sinang

Mahmud Koshg‘ariy turklarning qadimiy qahramoni Afrosiyobni (Alp Er To‘ngani) qayerda turar edi, deb ko‘rsatadi?
  1. Qazvin shahrida
  2. Bolosog‘un shahrida
  3. Qashqarda – O‘rdukent shahrida
  4. Marv shahrida

To‘g‘ri javob: Qashqarda – O‘rdukent shahrida. Mahmud Koshg‘ariy Afrosiyobni Qashqarda, O‘rdukent shahrida turgan deb ko‘rsatadi.

Turklarning qadimiy qahramoni nomidagi «To‘nga Alp Er» so‘z birikmasi qanday ma’noni bildiradi?
  1. G‘oz o‘ynaydigan joy egasi
  2. Uzoq yo‘lga chiqqan sarkarda
  3. Yo‘lbars kabi kuchli bahodir
  4. Beklar begi, xoqonlar xoqoni

To‘g‘ri javob: Yo‘lbars kabi kuchli bahodir. To‘nga Alp Er – yo‘lbars kabi kuchli bahodir demakdir.

Turklarning qadimiy qahramoni Alp Er To‘ngani tojiklar Afrosiyob deb atashlarini kim yozgan?
  1. Siyovush
  2. Yusuf Xos Hojib
  3. Mahmud Koshg‘ariy
  4. Tavg‘ach ulug‘ Bug‘roxon

To‘g‘ri javob: Yusuf Xos Hojib. Tojiklar uni Afrosiyob deb atashlarini Yusuf Xos Hojib yozgan.

Mahmud Koshg‘ariyning «Devon»iga ko‘ra, Alp Er To‘nganing o‘g‘illari kimlar?
  1. Siyovush va Barsg‘an
  2. Tahmurasp va Siyovush
  3. Qaz va Barman
  4. Barman va Barsg‘an

To‘g‘ri javob: Barman va Barsg‘an. «Devon»da Alp Er To‘nganing Barman, Barsg‘an degan o‘g‘illari va Qaz ismli qizi haqida ma’lumot bor.

Afrosiyobning qizi Qaz qaysi shaharni qurgan?
  1. Qazvin
  2. Marv
  3. Qashqar
  4. O‘rdukent

To‘g‘ri javob: Qazvin. Qaz – Afrosiyob qizining nomi; Qazvin shahrini shu qurgan.

Afrosiyob Marv shahrini qaysi shaxsdan necha yil keyin bino qilgan?
  1. Qazdan to‘rt yuz yil keyin
  2. Tahmuraspdan ikki yuz yil keyin
  3. Siyovushdan uch yuz yil keyin
  4. Tahmuraspdan uch yuz yil keyin

To‘g‘ri javob: Tahmuraspdan uch yuz yil keyin. Afrosiyob Marvni Tahmuraspdan uch yuz yil keyin bino qilgan.

Majusiy-otashparastlar har yili bir kuni kim o‘ldirilgan joy atrofida yig‘lashadi?
  1. Barman
  2. Siyovush
  3. Barsg‘an
  4. Tahmurasp

To‘g‘ri javob: Siyovush. Otashparastlar har yili Siyovush o‘lgan joy atrofida yig‘laydilar.

Quyidagi hukmlardan qaysilari to‘g‘ri? I. Siyovush Afrosiyobning qizi Qazning eri bo‘lgan. II. Qaz Afrosiyobning qizi hisoblanadi. III. Afrosiyob Marvni Tahmuraspdan oldin bino qilgan.
  1. Faqat I
  2. I va II
  3. II va III
  4. I, II va III

To‘g‘ri javob: I va II. Siyovush Qazning eri, Qaz Afrosiyobning qizi; Marv Tahmuraspdan keyin bino qilingan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiCho‘lpon «Kecha va kunduz» romani tahliliKeyingi →Erkin Vohidov: «Ruhlar isyoni», «Inson», «Yaxshidir achchiq haqiqat»