Hikmat durdonalari: maqollar (B. Qosimov)
Mavzular
Maqol – xalq ijodi xazinasi
Har bir xalqning og‘zaki ijodi uning fe’l-atvori, urf-odat va an’analari, orzu-intilishlari va tabiatini aks ettiruvchi o‘ziga xos ko‘zgudir. Xalq og‘zaki ijodining bir qismi bo‘lmish maqollar asrlar davomida misqollab to‘plangan, ne-ne sinovlardan o‘tgan, insonlarga hamisha madad bo‘lib kelgan noyob xazinadir.
Maqol ibratli so‘zdir. Shunday so‘zki, gapga husn beradi, fikrni tushunib olishni osonlashtiradi, uni yorqin, ta’sirchan qiladi.
Zarbulmasal va so‘zlar eskirishi
Maqollar badiiy adabiyotda ham ko‘p ishlatiladi. Hatto boshidan oxirigacha maqol bilan yozilgan asarlar ham bor. Masalan, shoir Gulxaniy butun bir asarini «Zarbulmasal» deb nomlagan. Unda Yapaloqqush va Boyo‘g‘lining quda-andachilik mojarolari tasvirlangan bo‘lib, ular tilidan 400 dan ortiq maqol keltiriladi.
Zamonlar o‘tishi bilan ko‘p so‘zlar eskiradi. Masalan, «qo‘l»ni bir vaqtlar «al» deyishgan. «Dunyo»ni «ochun», «kitob»ni «bitik» der edilar. Maqollar ham o‘zgaradi, lekin juda sekin o‘zgaradi. So‘zlari o‘zgarganda ham maqsadi, mazmun-mohiyati o‘zgarmaydi.
Maqol tajriba xulosasi
Maqol ota-bobolarimizning uzoq yillar davomida ko‘rgan-kechirganlari, tajribalari asosida yuzaga kelgan xulosalaridir. Masalan, «Ona yurting omon bo‘lsa, rangi ro‘ying somon bo‘lmas», – deymiz. Bu so‘zlar zamirida vatanidan ayrilib, musofirlikning achchiq alamlarini tortgan kishining iztiroblari yotibdi.
«O‘zgalar yurtida sulton bo‘lguncha, o‘z elingda cho‘pon bo‘l» maqolida beixtiyor shoh va shoir bobomiz Bobur Mirzo yodga tushadi. Hindistonday katta mamlakatga podshohlik qilgan kishi yurtdoshlari Andijondan qovun olib borganlarida yig‘lagan edi.
Maqol va topishmoq farqi
«Pakpakana bo‘yi bor, yetti qavat to‘ni bor» – bu yerda ham «bo‘yi» va «to‘ni» qofiyadosh, shunga qaramay, u maqol emas. Chunki unda xulosa yo‘q. Hukm yo‘q. Unda sirlilik bor. Maqolda esa, aksincha, xulosa beriladi.
So‘z ko‘rki – maqol— xalqimizda aytiladigan ibora (maqol haqida)
Maqol ta’rifi va nomi
Maqolda mazmun aniq, xulosa tugal, ifoda ravon bo‘lib, unda ibratli fikr aytiladi. Bu fikr rad etib bo‘lmaydigan hukm shaklida keltiriladi. Masalan, «Ona yurting – oltin beshiging», «Olim bo‘lsang, olam seniki!» kabi maqollarni hech bir e’tirozsiz qabul qilamiz.
«Maqol» so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, «so‘z» degan ma’noni bildiradi. Uni «otalar so‘zi» ham deydilar.
«Oltovlon ola bo‘lsa» tahlili
Oltovlon ola bo‘lsa, / Og‘zidagini oldirar.— xalq maqoli
To‘rtovlon tugal bo‘lsa, / Tepadagini endirar.— xalq maqoli (davomi)
Bu maqol birlik, o‘zaro ittifoqlik haqida. Ahillik bo‘lsa, oz odam bilan ham katta ishlar qilish mumkin. Ahillik bo‘lmasa, ko‘p kishi bilan ham hech ish qila olmaysan. Ifodaga kelsak, «oltovlon» ko‘pchilikni, «to‘rtovlon» ozchilikni anglatyapti. «Ola bo‘lmoq» noahillikni, «tugal bo‘lmoq» ahillikni bildirmoqda.
Mavzu va ko‘chma ma’no
Maqollar xilma-xil mavzularda bo‘lishi mumkin. Masalan, do‘stlik, vatan, mehnat, ilm-hunar egallash, botirlik, saxovat, adolat va hokazo. Maqollarda ko‘pincha so‘zlar ko‘chma ma’noda ishlatilgan bo‘ladi.
«Yer haydasang, kuz hayda, kuz haydamasang, yuz hayda» maqolidagi so‘zlar o‘z ma’nosida qo‘llangan. Lekin «Qazisan, qartasan, axir aslingga tortasan», «Olmaning tagiga olma tushadi», «Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi» maqollarida gap aslida «qazi-qarta», «olma», «qarg‘a» haqida emas, odam va uning fe’l-atvori haqida.
Maqollardan namunalar
Ona yurting – oltin beshiging.— xalq maqoli
Birlashgan o‘zar, / Birlashmagan to‘zar.— xalq maqoli
Ilmsiz – bir yashar, / Ilmli – ming yashar.— xalq maqoli
Avval o‘yla, keyin so‘yla!— xalq maqoli
Aytilgan so‘z – otilgan o‘q.— xalq maqoli
Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi.— xalq maqoli
Bilimingizni sinang
Xalq og‘zaki ijodi qaysi xususiyatlarni aks ettiruvchi o‘ziga xos ko‘zgu hisoblanadi?
- Xalqning savdo-sotiq va hunarlarini
- Xalqning jang va g‘alabalar sanalarini
- Xalqning davlat tuzumi va qonunlarini
- Xalqning fe’l-atvori va urf-odatlarini
To‘g‘ri javob: Xalqning fe’l-atvori va urf-odatlarini. Og‘zaki ijod xalqning fe’l-atvori, urf-odat va an’analarini aks ettiradi.
Maqol qanday so‘z deb ta’riflanadi?
- Ibratli so‘z
- Sirli so‘z
- Hazil so‘z
- Tarixiy so‘z
To‘g‘ri javob: Ibratli so‘z. Maqol ibratli so‘zdir.
Butun bir asarini «Zarbulmasal» deb nomlagan shoir kim?
- Muqimiy
- Bobur Mirzo
- Gulxaniy
- Alisher Navoiy
To‘g‘ri javob: Gulxaniy. «Zarbulmasal»ni shoir Gulxaniy yozgan.
Gulxaniyning «Zarbulmasal» asarida quda-andachilik mojarolari qaysi qahramonlar o‘rtasida tasvirlanadi?
- Yapaloqqush va Boyo‘g‘li
- Bulbul va Chumchuq
- Qarg‘a va Burgut
- Tulki va Bo‘ri
To‘g‘ri javob: Yapaloqqush va Boyo‘g‘li. Asarda Yapaloqqush va Boyo‘g‘lining quda-andachilik mojarolari tasvirlangan.
Gulxaniyning «Zarbulmasal» asarida Yapaloqqush va Boyo‘g‘li tilidan nechtadan ortiq maqol keltiriladi?
- 40 dan
- 1000 dan
- 100 dan
- 400 dan
To‘g‘ri javob: 400 dan. Ular tilidan 400 dan ortiq maqol keltiriladi.
Zamonlar o‘tishi bilan eskirgan so‘zlardan biri: bir vaqtlar «qo‘l» so‘zini qanday atashgan?
- Bitik
- Ochun
- Al
- Tamg‘a
To‘g‘ri javob: Al. Qadimda «qo‘l»ni «al» deyishgan.
Qadim zamonlarda «kitob» so‘zi o‘rnida qaysi so‘z ishlatilgan?
- Bitik
- Al
- Ochun
- Tamg‘a
To‘g‘ri javob: Bitik. «Kitob»ni qadimda «bitik» deyishgan.
Maqollar vaqt o‘tishi bilan qanday o‘zgaradi?
- Hech qachon o‘zgarmaydi
- Har yili yangilanadi
- Tezda butunlay o‘zgaradi
- Juda sekin o‘zgaradi
To‘g‘ri javob: Juda sekin o‘zgaradi. Maqollar ham o‘zgaradi, lekin juda sekin.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash