Ma’naviyat xazinasi: adabiyotning inson va millat hayotidagi o‘rni
Mavzular
Karimov: adabiyot – insonshunoslik
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘zining «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida adabiyotning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyatiga alohida to‘xtalar ekan, jumladan, shunday degandi:
Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo‘lsa, so‘z san’ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari deb ta’riflanishi bejiz emas, albatta— Islom Karimov, «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch»
Adabiyot nima ekani, odamlar badiiy asar o‘qishga nega qiziqishlari, adabiy asarlar qanday turlarga ajralishi-yu uning ayrim mumtoz namunalaridan xabardor bo‘ldingiz.
Xo‘sh, inson ma’naviyatining, ruhiyatining yuksalishida adabiyot, kitob mutolaasi qanday o‘rin tutadi?
Ma’naviy oziq va kitob
Inson hayvondan farqli o‘laroq, nafaqat moddiy ozuqaga, balki ma’naviy-ruhiy oziqqa ham muhtojlik sezadi. Agar Siz iste’mol qiladigan oziq-ovqatlar jismingiz ehtiyojlarini qondirib, uni holsizlanishdan asrab, doimiy quvvatlantirib tursa, ma’naviy oziqlanish Sizni ruhiy boyitib, tetiklashtirib, ma’naviy qashshoqlashishdan asraydi.
Odamning moddiy boyliklari ko‘payishi uni o‘z-o‘zidan ma’naviy boy qilib qo‘ymaydi.
Ma’naviy yuksalishning eng samarali yo‘llaridan biri esa kitobga oshno tutinish, jumladan, adabiy asarlar mutolaasiga ixlos qo‘yishdir.
Adabiyot – ma’naviyat xazinasi
Adabiyotning aynan ma’naviyat xazinasi ekanining yana bir sababi shundaki, uning bag‘rida hozirga qadar insoniyat ardoqlab kelayotgan eng noyob hislar – insonparvarlik (gumanizm), adolat, shafqat, o‘zaro hamjihatlik, do‘stlik, mehr va muruvvat, sevgi-muhabbat, go‘zallikka tashnalik singari o‘lmas insoniy tuyg‘ular jamuljamdir.
Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyni quyidagicha ta’riflaydi:
Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir— Islom Karimov Alisher Navoiy haqida
Ma’rifat – kitobsevarlar kuchi
Kitob orqali, adabiy asarlarni o‘qib-o‘rganish tufayli orttirilgan bebaho boylik – ma’naviyat va ma’rifat! Ko‘p kitob o‘qiydigan, adabiyotga chin dildan qiziqadigan do‘stlaringiz yurish-turishiga, odob-axloqiga razm solib qarasangiz, ular boshqalardan ancha ajralib turishini sezmaslik, ko‘rmaslik ham mumkin emas.
Ularning gap-so‘zlari salmoqli, mazmunli bo‘lib boradi, bu bolalar ko‘cha changitib yurishdan ko‘ra biror foydali mehnat bilan shug‘ullanishga harakat qilishadi. Uyatsiz so‘zlar bilan lafzini bulg‘ashdan tiyilishlarini ham sezsangiz kerak.
Adabiyot so‘zi – odobdan
Qolaversa, adabiyot so‘zi aslida odob so‘zidan olingan bo‘lib, qadimdan Sharq mamlakatlarida adabiyotga insonni odob va axloqqa yo‘naltiruvchi ruhiy-ma’naviy manba sifatida qaralgan.
Ya’ni odob tushunchasi insonni inson qilib turadigan barcha ijobiy fazilatlarni o‘zida jamuljam etadi. Vatanga muhabbat, ajdodlar xotirasiga ehtirom, ota-ona va yaqinlariga mehr-oqibat, o‘zgalar dard-u tashvishi bilan yashash, inson tuyg‘ulariga hurmat va e’tibor, shafqatga muhtoj kishilar ko‘nglini ko‘tarish – bularning bari inson odobi degan yuksak tushunchani tashkil etadi.
Adabiyot tarixidagi jamiki buyuk asarlarning bosh mazmun-mohiyatini esa ayni qadriyatlar tashkil qiladi.
Asarni his qilib o‘qish
Shuni ham ta’kidlash kerakki, o‘qishda ham o‘qish, uqish va his qilish bor. Falon asarni o‘qidingmi-o‘qidim qabilida ish tutish mutlaqo yaramaydi. Asarni his qilib o‘qimaslik chinakam gul bilan sun’iy gulning farqiga bormagandek gap.
Bilasizki, har qanday badiiy asarda insonga xos bo‘lgan fazilat va illatlar ifoda etiladi. Hatto hayvonlar to‘g‘risida bitilgan ertaklarning ham tagzaminida insoniy tuyg‘ular yotadi. Tuyg‘ular esa faqat aql orqali emas, balki ko‘ngil, yurak orqali seziladi.
Farzandlar va Vatan kelajagi
Mamlakatni mamlakat, millatni millat qiladigan uning o‘g‘il-qizlari, bag‘rida o‘stirayotgan farzandlaridir. Agar bu farzandlar faqat bugungi kunini, qorin g‘aminigina o‘ylab yashaydigan, yurtdoshlari taqdiriga befarq, o‘z manfaati yo‘lida insof, adolat, iymon tuyg‘ularini toptab o‘tadigan kimsalar bo‘lib yetishsa, bunday yurtning holiga voy.
Farzandlari ma’rifatli, ma’naviyatli, o‘zligini tanigan xalqning esa, albatta, iqboli kuladi. Komil farzandlar o‘zini tug‘ib katta qilgan ona Vatanining qadrini har narsadan yuksak qo‘yadi.
Adabiyot – millat tarixi, Cho‘lpon
Zero, adabiyot tarixi – millat va mamlakat tarixining jonli ifodasidir. Adabiyotini anglagan millat o‘zligini anglaydi.
Birinchi Prezidentimiz milliy adabiyotimizning ertangi kuni, uning kelajakdagi rivoji ma’naviyat sohasidagi ustuvor vazifa ekanini uqtirdi:
Agar biz O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug‘ kelajagini ulug‘lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo‘lsak, avvalambor, buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak. Nega deganda, ulug‘ adib Cho‘lpon aytganidek, adabiyot yashasa – millat yashaydi— Islom Karimov, «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch»
Adabiyot Sizni nafaqat olim, balki ODAM bo‘lishingizga ko‘maklashadigan eng yaqin do‘stingizga aylanishi qanchalar muhim.
Bilimingizni sinang
Quyidagi fikr kimga mansub va qaysi asardan olingan: «Agar biz O‘zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug‘ kelajagini ulug‘lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo‘lsak, avvalambor, buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak»?
- Islom Karimov, «Mening o‘g‘rigina bolam»
- Cho‘lpon, «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch»
- Islom Karimov, «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch»
- Alisher Navoiy, «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch»
To‘g‘ri javob: Islom Karimov, «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch». Bu fikr Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asaridan.
Islom Karimov adabiyotning qanday nom bilan ta’riflanishi bejiz emasligini aytadi?
- tarixshunoslik
- tilshunoslik
- insonshunoslik
- vatanshunoslik
To‘g‘ri javob: insonshunoslik. Adabiyot insonshunoslik deb ta’riflanadi.
Islom Karimov keltirgan ta’rifga ko‘ra, shoir va yozuvchilar nima deb ataladi?
- inson qalbining tarjimonlari
- so‘z mulkining sultonlari
- millat ruhining qo‘riqchilari
- inson ruhining muhandislari
To‘g‘ri javob: inson ruhining muhandislari. Shoir va yozuvchilar inson ruhining muhandislari deb ta’riflanadi.
Moddiy boyliklarning ko‘payishi odamning ma’naviy holatiga qanday ta’sir qiladi?
- uni kitobdan butunlay uzoqlashtiradi
- uni o‘z-o‘zidan ma’naviy boy qilib qo‘ymaydi
- uni albatta ma’naviy yuksaltiradi
- uni ma’naviy jihatdan kamolga yetkazadi
To‘g‘ri javob: uni o‘z-o‘zidan ma’naviy boy qilib qo‘ymaydi. Moddiy boylik o‘z-o‘zidan ma’naviy boylikka aylanmaydi.
Quyidagi hukmlardan qaysilari to‘g‘ri? I. Adabiyot so‘zi aslida odob so‘zidan olingan. II. Kitob orqali orttirilgan bebaho boylik – ma’naviyat va ma’rifatdir. III. Insonparvarlik so‘zining qavs ichidagi muqobili «ma’rifat»dir.
- I va III
- I va II
- II va III
- I, II va III
To‘g‘ri javob: I va II. Insonparvarlikning muqobili «gumanizm», III hukm noto‘g‘ri.
Adabiyotda jamlangan o‘lmas insoniy tuyg‘ular qatoridagi «insonparvarlik» tushunchasining qavs ichida berilgan muqobili qaysi?
- muruvvat
- hamjihatlik
- adolat
- gumanizm
To‘g‘ri javob: gumanizm. Insonparvarlik (gumanizm).
Islom Karimov fikricha, adabiyotning aynan ma’naviyat xazinasi ekanining yana bir sababi nimada?
- uning bag‘rida insoniyat ardoqlagan eng noyob hislar jamuljam
- u faqat olimlar uchun mo‘ljallangan bilimlarni jamlaydi
- u faqat qadimiy tarixiy voqealarni saqlab qoladi
- u moddiy boyliklarni ko‘paytirishga xizmat qiladi
To‘g‘ri javob: uning bag‘rida insoniyat ardoqlagan eng noyob hislar jamuljam. Adabiyot bag‘rida insoniyat ardoqlab kelayotgan eng noyob hislar jamlangan.
Kitob orqali, adabiy asarlarni o‘qib-o‘rganish tufayli orttirilgan bebaho boylik nima?
- mansab va shon-shuhrat
- jismoniy quvvat va chaqqonlik
- ma’naviyat va ma’rifat
- moddiy farovonlik va obro‘
To‘g‘ri javob: ma’naviyat va ma’rifat. Kitob orqali orttirilgan bebaho boylik – ma’naviyat va ma’rifat.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash