XotirAI logotipiXotirAI
📖 6-sinf · Adabiyot · 40–52-b.

Turob To‘la hayoti, ijodi va «Do‘nan» hikoyasi

Mavzular

Turob To‘la hayoti va ish joylari

Turob To‘la
Turob To‘la

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri Turob To‘la 1918-yilning 24-dekabrida hozirgi Janubiy Qozog‘iston viloyatining Turbat qishlog‘ida tug‘ilgan. Ota-onasidan erta ayrilgan Turobjon bolalar uyida ta’lim-tarbiya oladi.

1934–1938-yillarda Toshkent teatr bilim yurtida, 1938–1941-yillar oralig‘ida Toshkent pedagogika instituti til va adabiyot fakultetining kechki bo‘limida o‘qiydi, kunduzi esa ishlab, ijodiy va hayotiy tajribalarini boyitadi.

Dastlabki to‘plamlar va urushdan keyingi kitoblar

Turob To‘la ijodiy faoliyatini 15–16 yoshidan boshlagan. Uning dastlabki to‘plami 1939-yilda «She’rlar» nomi bilan chop etilgan.

zamondosh o‘zbek adabiyoti va san’ati namoyandalariga bag‘ishlangan «Nafosat» (1967-yil), «Kamalak» (1972-yil) nomli adabiy portret va xotiralar kitobi

Qo‘shiqlar, kino va sahna

Jumladan, shoirning «Qanotlan, qo‘shiqlarim» to‘plamidan o‘rin olgan aksariyat she’rlari («Hayo bilan», «Sumbula», «Ko‘chalar», «Do‘ppi tikdim», «Sartarosh qo‘shig‘i» va boshqalar) respublikamizning ko‘plab iste’dodli san’atkorlari tomonidan qo‘shiq qilib kuylanib, xalqimiz qalbidan chuqur o‘rin egalladi.

Ular orasida «Maftuningman», «Shashmaqom», «Furqat» singari mashhur filmlar bor.

Uning qalamiga mansub «Qizbuloq», «Nodirabegim», «Momo yer» pyesalari, «Zulmatdan ziyo», «Malikayi ayyor» opera librettolari hamda «Samarqand afsonasi» baleti librettolari respublikamiz teatrlari repertuaridan munosib o‘rin egalladi.

Tarjimalar va vafoti

Turob To‘la Shekspirning «Qiyiq qizning quyulishi» komediyasini, Pushkin, Lermontov, Nekrasov, Shevchenko, To‘qay asarlarini ona tilimizga mahorat bilan o‘girgan.

Taniqli shoir, nosir, tarjimon va dramaturg Turob To‘la 1990-yil 20-aprelda olamdan o‘tgan.

«Yetti zog‘ora qissasi» (1981)

U yosh o‘quvchi do‘stlariga ajoyib tortiq sifatida 1981-yilda «Yetti zog‘ora qissasi» nomli o‘ziga xos nasriy asarini e’lon qiladi.

Bu kitobni shuning uchun ham o‘ziga xos deyapmizki, unda bir necha nasriy janrlarda yaratilgan katta-kichik hikoyalar yagona syujet ipiga mohirlik bilan tizilgan.

Ular orasida shoirning o‘z bolaligi bilan bog‘liq hayotiy hikoyalar, keksalardan eshitgan rivoyat, afsona, ertak va cho‘pchaklar, o‘zi to‘qigan ibratli voqealar bayoni bor.

Asardagi badiiy lavhalarni bir-biriga mazmunan va ruhan bog‘lab turuvchi qahramonlar sifatida ko‘z o‘ngimizda «o‘ziga to‘q, tinch oilada katta bo‘lgan yolg‘iz o‘g‘il» – Toshtemir hamda unga «nihoyatda qiziq, ajoyib hikoyalarini, boshidan kechirganlarini» aytib berib charchamaydigan buvasi – Baxshilla maxsum gavdalanadi.

Qissaning mazmuni va tarixiy shaxslar

«Yetti zog‘ora qissasi» shoir Turob To‘laning nasriy yo‘nalishda yozgan dastlabki asari edi.

O‘qishidan ta’tilga chiqqan Siz tengi bola Toshtemir buvasi Baxshilla maxsumdan Turbat qishlog‘iga olib borishni iltimos qilishi bilan boshlangan bu qissa o‘nlab hikoya, afsona, rivoyat va ertaklarni o‘z ichiga oladi. Asosiy hikoyachi Baxshilla maxsumdir.

Qissada, jumladan, buyuk sohibqiron bobomiz Amir Temur, diniy ma’rifatning ulug‘ namoyandalari, «xalqparvar siymolar» Ismoil ota, Avliyo ota, «sharq adabiyotining vallamatlaridan biri, butun Osiyoni aqlidroki bilan tebratgan» Xo‘ja Ahmad Yassaviy, «Navoiyni mahliyo qilgan donishmand», mashhur shoir Otoyi singari ulug‘lar hayoti va faoliyati chuqur ehtirom bilan tilga olinadi.

Do‘nan: ot va bola do‘stligi

Qisqacha: Baxshilla bolaligida chiroyli, kelishgan do‘nanni onasining tagidan buvasi bilan birga qabul qilib olgan va uni faqat o‘zi minadi. Do‘nanning oyoqlarining to‘pig‘ida olasi, peshanasida qashqasi bo‘lgan. Matansoyda Baxshilla uxlab qolganda, Do‘nan oldingi oyog‘iga o‘ralgan chipor cho‘lilonning boshini o‘ng oyog‘i bilan ezib, egasini ilondan asrab qoladi.
Mana do‘st, bolam, mana o‘rtoq!— Baxshilla maxsum Do‘nan haqida, «Do‘nan» hikoyasidan

Mehmon va Do‘nanning yo‘qolishi

Qisqacha: Uyga allaqaysi qishloqdan mehmon keladi; Fayzi dasturxonchi uni hammaga mashhur boyvachcha, ko‘zi yomon odam deydi. Mehmon kirib, otxonada bog‘log‘liq turgan Do‘nanga tikilib qoladi. Baxshilla Do‘nanni jilovidan tutib bog‘ga olib chiqib ketadi, ammo ertalab Do‘nan yo‘q bo‘ladi. Baxshilla uni yoshligidan yomon ko‘rgan akasi bog‘lagan deb o‘ylaydi.

Baxshillaning kasalligi va Do‘nanning qaytishi

Qisqacha: Baxshilla Chorpo‘lat tomonga borib, mehmon va Do‘nanni topolmaydi. U uch kunda qiltiriq bo‘lib, kasal yotib qoladi. Qishloq oqsoqoli fatvo beradi, ammo dadasi otni qaytarib olishni qilolmayman deydi. Tushida Do‘nan ozib, yostig‘i ustida yig‘laganini ko‘radi — bu tush emas, o‘ngi ekan. Mehmonning rahmi kelib, Do‘nanni olib kelib tashlab ketadi.

Do‘nan tahlili: ot va odam

Avvalo, do‘nan otiga xuddi o‘z jigaridek o‘rganib-bog‘lanib qolgan bola Baxshilla qalbidagi jonivorlarga shafqat va muhabbat hissi o‘quvchiga ham tezda yuqadi.

Agar Do‘nanga Baxshillaning ko‘zi bilan qaralsa, uning «ot emas, odam» ekaniga bemalol ishonsa bo‘ladi. Do‘nanning uxlab yotgan egasini chaqmoqchi bo‘lgan ilon boshini majaqlashi ham, boshqa otlardek o‘rta ariqdan suv ichib ketavermay, Toshloqdagi buloq suvinigina ichishi ham, xuddi odamlarga o‘xshab yo‘lning o‘ng tomonidan yurishi ham shundan dalolat.

Birgina farqi – agar Baxshilla bir kecha-yu bir kunduz yig‘lagan bo‘lsa, Do‘nan tinimsiz kishnaydi.

Aybdor kim? Hikoyaning maqsadi

Otaning o‘z qadrdon do‘sti – mehmoniga otni berib yuborib, qanchalar iztirob chekkanini hammamiz his qilib turibmiz.

Chunki o‘rtada ajdodlardan qolgan udum bor. Bu qishloqda aziz mehmonning ko‘ngliga yoqqan narsani unga berib yuborish – avvaldan kelayotgan, barcha amal qiladigan qattiq odat sanaladi.

Ko‘ryapmizki, hikoyaning maqsadi kimnidir qoralash yoxud fosh etish emas ekan. Muallifning asl niyati – turli sabablar jamuljam bo‘lib yuzaga kelgan murakkab vaziyatga tushib qolgan odamlar va ... hayvonlarning nozik kechinmalarini Siz-u bizga yuqtirishdir.

Hikoyachi tili va xulosa

«Do‘nan» asari, yuqorida ta’kidlanganidek, ko‘pni ko‘rgan qariya Baxshilla maxsum tilidan hikoya qilinadi. Shunga ko‘ra, yozuvchi qahramonining yoshi, tajribasi, o‘ziga xos gapirish uslubiga mos so‘zlar, iboralar tanlaydi, gaplarni og‘zaki nutqqa mos tarzda tuzadi.

Matansoy degan soyimiz bo‘lardi, juda bug‘doy bitkuchiydi. Go‘ja olib chiqdim-u, birozgina mashoq tersin deb boshini qo‘yib yubordim.— Baxshilla maxsum, «Do‘nan» hikoyasidan

Chunki badiiy til har doim ham adabiy tilga to‘liq mos tushavermaydi.

Bilimingizni sinang

Turob To‘la qaysi yil va sanada tug‘ilgan?
  1. 1918-yil 24-dekabrda
  2. 1928-yil 4-dekabrda
  3. 1908-yil 24-dekabrda
  4. 1918-yil 20-aprelda

To‘g‘ri javob: 1918-yil 24-dekabrda. Turob To‘la 1918-yil 24-dekabrda tug‘ilgan.

Turob To‘la qayerda tug‘ilgan?
  1. Samarqand viloyatidagi Matansoy qishlog‘ida
  2. Janubiy Qozog‘istondagi Turbat qishlog‘ida
  3. Toshkent shahridagi bolalar uyida
  4. Farg‘ona vodiysidagi Toshloq qishlog‘ida

To‘g‘ri javob: Janubiy Qozog‘istondagi Turbat qishlog‘ida. Shoir hozirgi Janubiy Qozog‘iston viloyatining Turbat qishlog‘ida tug‘ilgan.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri unvonlariga sazovor bo‘lgan adib kim?
  1. G‘afur G‘ulom
  2. Oybek
  3. Hamid Olimjon
  4. Turob To‘la

To‘g‘ri javob: Turob To‘la. Bu unvonlar Turob To‘laga tegishli.

Turob To‘la nima sababdan bolalar uyida ta’lim-tarbiya olgan?
  1. Teatr bilim yurtiga o‘qishga kirgani uchun
  2. Oilasi Toshkentga ko‘chib kelgani uchun
  3. Ota-onasidan erta ayrilgani uchun
  4. Urush boshlanib, uyi vayron bo‘lgani uchun

To‘g‘ri javob: Ota-onasidan erta ayrilgani uchun. Turobjon ota-onasidan erta ayrilgani sababli bolalar uyida tarbiyalangan.

Turob To‘la 1934–1938-yillarda qaysi o‘quv yurtida o‘qigan?
  1. Toshkent teatr bilim yurtida
  2. Toshkent pedagogika instituti kechki bo‘limida
  3. Toshkent davlat universitetida
  4. Samarqand teatr bilim yurtida

To‘g‘ri javob: Toshkent teatr bilim yurtida. 1934–1938-yillarda Toshkent teatr bilim yurtida o‘qigan.

Turob To‘la 1938–1941-yillar oralig‘ida Toshkent pedagogika institutining qaysi fakultetida va qaysi bo‘limida o‘qigan?
  1. Til va adabiyot fakultetining kunduzgi bo‘limida
  2. Fizika-matematika fakultetining kechki bo‘limida
  3. Tarix fakultetining kunduzgi bo‘limida
  4. Til va adabiyot fakultetining kechki bo‘limida

To‘g‘ri javob: Til va adabiyot fakultetining kechki bo‘limida. U til va adabiyot fakultetining kechki bo‘limida o‘qigan, kunduzi ishlagan.

Turob To‘la ish joylarini lavozimlari bilan moslang: 1) «O‘zbekfilm» kinostudiyasi; 2) O‘zbekiston Davlat radioeshittirish qo‘mitasi; 3) Madaniyat vazirligi; a) san’at ishlari boshqarmasi boshlig‘i; b) ssenariy bo‘limi mudiri; c) muharrir va suxandon.
  1. 1-a, 2-b, 3-c
  2. 1-b, 2-a, 3-c
  3. 1-c, 2-b, 3-a
  4. 1-b, 2-c, 3-a

To‘g‘ri javob: 1-b, 2-c, 3-a. Kinostudiyada ssenariy bo‘limi mudiri, radioda muharrir va suxandon, vazirlikda boshqarma boshlig‘i bo‘lgan.

Turob To‘laning dastlabki to‘plami qaysi yilda va qanday nom bilan chop etilgan?
  1. 1948-yilda «Baxt tongotari» nomi bilan
  2. 1944-yilda «Tabassum» nomi bilan
  3. 1941-yilda «Shodligim» nomi bilan
  4. 1939-yilda «She’rlar» nomi bilan

To‘g‘ri javob: 1939-yilda «She’rlar» nomi bilan. Dastlabki to‘plam 1939-yilda «She’rlar» nomi bilan chop etilgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiAlisher Navoiy va «Mahbub ul-qulub» asariKeyingi →Muhammadsharif Gulxaniy va «Zarbulmasal» asari