Janni Rodari ertaklari: Hurishni eplolmagan kuchukcha
Mavzular
Rodarining bolaligi va oilasi

Italiyalik ertakchi Janni Rodari o‘zining mo‘jizali, o‘quvchini hayratga soluvchi ertaklari bilan jahon bolalarining qalbini rom etgan adibdir. Janni Rodari 1920-yilning 23-oktabrida Italiya shimolidagi Omenya shahrida hunarmand oilasida tavallud topdi. Jannining bolalik yillari mashaqqatli kechdi.
Uning otasi Juzeppe Rodarining kasbi novvoy bo‘lib, Jannining bolaligi, adibning o‘zi ta’kidlaganidek, «olov jizillab turadigan tandir yonida, un va ko‘mir solingan qoplar orasida» kechdi. Jannining otasi nisbatan erta vafot etadi. Tirikchilik og‘irlashgach, ularning oilasi boshqa shaharga ko‘chib ketadi.
Janni bolaligida qo‘g‘irchoq yasovchi usta yoki rassom bo‘lishni orzu qilgan edi. Biroq kambag‘allik tufayli o‘zi orzu qilmagan diniy maktabga o‘qishga kirishga majbur bo‘ladi. Chunki bu yerda o‘quvchilarga ovqat va kiyim-kechak tekin berilar edi. Rodari bu maktabda ikki yildan ortiq o‘qiy olmaydi.
O‘qituvchilik va ilk to‘plam
Yosh Janni universitetga o‘qishga kiradi. Ayni vaqtda boshlang‘ich maktabda o‘qituvchilik bilan shug‘ullanadi. Maktabdagi o‘quv jarayoni, bolalar bilan yaqindan muloqotda bo‘lish, ularning fe’l-atvori, qiliqlari, qiziqishlarini chuqur o‘rganish Rodarining bolalar yozuvchisi sifatida shakllanishida jiddiy omil bo‘ldi.
Yosh o‘qituvchi o‘quvchilari bilan uzoq suhbat qurar, ularning savollariga javob berish uchun turli xil voqealarni hikoya qilib berardi. J. Rodari bu jarayonda o‘zi ham bilmagan holda kichik ertaklar to‘qir, ularni yosh do‘stlariga aytib berar edi. Keyinchalik u o‘zi to‘qigan ertaklarni qog‘ozga tushira boshlaydi. Ana shu tarzda yozuvchining ilk to‘plami – «Quvnoq she’rlar kitobi» yuzaga keladi.
Asarlari, mukofoti, vafoti
- «Chippolinoning sarguzashtlari»
- «Telefonda aytilgan ertaklar»
- «Jelsamino yolg‘onchilar mamlakatida»
- «Osmondagi tort»
- «Televizorga kirib qolgan Jip»
- «Rim ertaklari»
- «Uchtadan oxiri bor ertaklar»
Bu asarlarning ko‘pchiligi o‘zbek tilida ham nashr etilgan. Janni Rodari ahamiyati jihatidan Nobel mukofotiga teng bo‘lgan Hans Kristian Andersen mukofotiga sazovor bo‘lgan adib edi. Mashhur yozuvchi 1980-yil 14-aprelda vafot etdi.
Kuchukcha va xo‘roz, tulki
Kakku, ovchi va o‘q
Ertakning uch xil tugashi
Qutbdagi gunafsha
Qachonlardir bu yerda million-million gunafsha ochilib yotadi. Muzlar eriydi, orollar hosil bo‘ladi— «Qutbdagi gunafsha» ertagida gunafshaning oxirgi o‘y-fikrlari
Kuchukcha ertagining mazmuni
Janni Rodari «Uchtadan oxiri bor ertaklar» turkumi bilan jahon ertakchiligida yangi bir usulni yaratdi. Bu yangilik shundan iborat ediki, ularda voqealar yechimi uch xil yakun topadi. Bunda har bir yakun o‘zining boshqasidan tubdan farq qiladigan mazmun-mohiyatiga ega bo‘ladi.
Men astoydil ertakning uchinchi tugashini yoqlayman. Inson uchun, avvalo, yaxshi bir ustoz darkor— Janni Rodari, «Hurishni eplolmagan kuchukcha» ertagi haqida
Shahzoda Plombir ertagi
Adibning «Rim ertaklari» turkumiga kirgan «Shahzoda Plombir» ertagining qahramoni senyor Molteni «Qo‘shaloq qutb» firmasidan kreditga, ya’ni qarzga xolodilnik (muzlatkich) olgan. Senyor Molteni bu qarzni ikki oydan beri to‘lay olmayapti, firma uning xolodilnigini qaytarib oladi.
Bilimingizni sinang
Italiyalik ertakchi Janni Rodari qaysi sanada tug‘ilgan?
- 1923-yilning 14-oktabrida
- 1920-yilning 23-oktabrida
- 1920-yilning 14-aprelida
- 1980-yilning 23-oktabrida
To‘g‘ri javob: 1920-yilning 23-oktabrida. Rodari 1920-yil 23-oktabrda tug‘ilgan.
Mashhur italiyalik ertakchi Janni Rodari qachon vafot etgan?
- 1980-yil 23-oktabrda
- 1980-yil 14-aprelda
- 1920-yil 14-aprelda
- 1978-yil 14-aprelda
To‘g‘ri javob: 1980-yil 14-aprelda. Rodari 1980-yil 14-aprelda vafot etgan.
Janni Rodarining otasi Juzeppe Rodari qanday kasb egasi bo‘lgan?
- Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
- Novvoy
- Qo‘g‘irchoq yasovchi usta
- Rassom
To‘g‘ri javob: Novvoy. Otasi novvoy bo‘lgan, bolalik yillari tandir yonida o‘tgan.
Janni Rodari o‘zi orzu qilmagan diniy maktabga o‘qishga nima sababdan majbur bo‘lgan?
- Oilasining kambag‘alligi tufayli
- Ertak yozishni o‘rganish istagi tufayli
- Otasining vasiyati tufayli
- Ustozlarining maslahati tufayli
To‘g‘ri javob: Oilasining kambag‘alligi tufayli. Kambag‘allik tufayli diniy maktabga kirishga majbur bo‘lgan.
Janni Rodari diniy maktabda necha yildan ortiq o‘qiy olmagan?
- Bir yildan
- Ikki yildan
- To‘rt yildan
- Uch yildan
To‘g‘ri javob: Ikki yildan. Rodari diniy maktabda ikki yildan ortiq o‘qiy olmagan.
Yosh Janni Rodari universitetda o‘qigan paytida qaysi maktabda o‘qituvchilik qilgan?
- San’at maktabida
- Diniy maktabda
- Boshlang‘ich maktabda
- O‘rta maktabda
To‘g‘ri javob: Boshlang‘ich maktabda. Universitet davrida boshlang‘ich maktabda o‘qituvchi bo‘lgan.
Janni Rodarining ilk to‘plami qanday nomlanadi?
- «Quvnoq she’rlar kitobi»
- «Telefonda aytilgan ertaklar»
- «Rim ertaklari»
- «Osmondagi tort»
To‘g‘ri javob: «Quvnoq she’rlar kitobi». Ilk to‘plami «Quvnoq she’rlar kitobi».
Janni Rodari ahamiyati jihatidan qaysi mukofotga teng bo‘lgan Hans Kristian Andersen mukofotiga sazovor bo‘lgan?
- Pulitser mukofotiga
- Gonkur mukofotiga
- Nobel mukofotiga
- Oskar mukofotiga
To‘g‘ri javob: Nobel mukofotiga. Andersen mukofoti Nobelga teng deyiladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash