Musa Jalil hayoti va «Ishonma» she’ri; xalq qo‘shiqlari
Mavzular
Ikkinchi jahon urushi

1939-yilning 1-sentabrida Gitler boshchiligidagi fashistlarning Polshaga hujum qilishi, 3-sentabrda esa Angliya va Fransiyaning Germaniyaga urush e’lon qilishi bilan Yevropa qit’asida Ikkinchi jahon urushi alangasi yoqildi. Olti yil davom etgan bu dahshatli urush olovi Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarini, Ukraina, Belorussiya, Rossiya, AQSh, Yaponiya singari davlatlarni o‘z komiga tortdi.
Ikkinchi jahon urushining asosiy janglari Germaniya va sobiq Sho‘rolar davlati (SSSR) o‘rtasida bo‘lib o‘tgandi. U 1941-yilning 22-iyun kuni saharda Germaniyaning hujumi bilan boshlanib, 1945-yilning 9-may kuni Berlin shahrining olinishi bilan yakuniga yetgan.
Ana shunday lagerlardan biri Germaniya poytaxti Berlindagi Moabit turmasi sanalgan. Shu qamoqxonaga 1942-yilning iyun oyidagi janglarda yaralanib, fashistlar qo‘liga asirlikka tushgan iste’dodli tatar shoiri Musa Jalil ham keltiriladi...
Jalilning hayoti va o‘qishi
Musa Mustafo o‘g‘li Jalilov – Musa Jalil 1906-yilning 15-fevralida Rossiyaning Orenburg gubernasida dehqon oilasida dunyoga keladi. U, dastlab, ovuldagi boshlang‘ich maktabda savod chiqaradi. Oilasi shaharga ko‘chib kelgach, Orenburgdagi mashhur «Husayniya» madrasasida tahsilini davom ettiradi. Uning ilk she’ri Turkiston fronti nashri hisoblangan «Qizil yulduz» gazetasida 1919-yilda bosilib chiqadi.
O‘z bilimi va tajribalarini oshirish maqsadida Moskva davlat universitetining adabiyot fakultetiga o‘qishga kirgan Musa Jalil 1931-yilda uni muvaffaqiyatli bitiradi.
Jalilning kitoblari va operasi
Musa Jalil 1925-yilgacha yozgan asarlarini jamlab, «Biz boramiz!» nomi ostida she’rlar va dostonlardan iborat dastlabki to‘plamini o‘quvchilarga hadya etadi. 1929-yilda «O‘rtoqqa», 1934-yilda esa «Ordenli millionerlar» nomli kitoblari chop etiladi.
Shoir 1940-yilda yaratilgan «Xat tashuvchi» nomli poemasida xat tashuvchi yigit Temirbulat bilan dehqon qiz Fayro‘zaning sof muhabbatini, samimiy insoniy kechinmalarini yorqin she’riy bo‘yoqlarda aks ettirgandi.
Uning bastakor Jiganov bilan hamkorlikda yaratgan «Oltin soch» operasi butun mamlakatda katta dovruq qozongani, davlat mukofoti bilan taqdirlangani buning yorqin dalilidir.
Urush va asirlik
O‘z o‘rnini urush maydonlarida deb bilgan Musa Jalil jangchilar o‘rtasida ma’rifiy targ‘ibot ishlarini olib borar, front gazetalarida harbiy muxbir sifatida turli xabar, maqola va badiiy asarlari bilan faol ishtirok etardi. Shoirning shu yillari nashr etilgan «Okopdan xatlar» nomli kitobiga jamlangan she’rlarida bo‘layotgan urushning butun dahshati ro‘yirost tasvirlangandi.
1942-yilning yozida Volxov daryosi bo‘yida kechayotgan shiddatli janglar paytida Musa Jalil og‘ir yaralanadi va dushman qurshoviga tushib qoladi. U fashistlar qo‘liga tirik taslim bo‘lishni sira istamasdi. Biroq:
Taqdir kuldi, o‘lim tegmasdan / O‘tib ketdi, qilmadi jur’at. / Netay, axir so‘nggi minutda / Pistoletim qildi xiyonat...— Musa Jalil, «Kechir, yurtim!» she’ridan
«Moabit daftari» va vasiyat
Uning bu faoliyatidan xabar topgan fashistlar, nihoyat, shoirni Berlinga olib kelishib, Moabit turmasining zax va qorong‘i bir kishilik xonasiga tashlashadi...
Urushdan keyin Moabit turmasidan qutulib chiqqan belgiyalik partizan Andre Timmermans ismli kishi Brussel (Belgiya)dagi konsulxonaga she’rlar bilan to‘lgan bir yon daftarni olib keladi. U mazkur daftar qamoqxonadagi yaqin do‘sti, tatar shoiri Musa Jalilga tegishli ekanini aytib, ijodkorning o‘zi fashistlar tomonidan vahshiylarcha o‘ldirilganini so‘zlab beradi.
«Ishonma» she’ri
Musa Jalilning «Moabit daftari»ga kirgan bu she’ri 1943-yilning 20-noyabrida, o‘limidan ikki oygina oldin yozilgan.
Senga mendan xabar bersalar, / «U yiqildi charchab», – desalar, / Yo‘q, ishonma, jonim! / Bu so‘zni – / Do‘stlar aytmas yaqin ko‘rsalar.— Musa Jalil, «Ishonma» she’ri
Tuproq ko‘mar tanni, ko‘molmas / O‘tli qo‘shiq to‘lgan ko‘nglimni. / «O‘lim» deyish mumkinmi, axir, / Yengib o‘lgan bunday o‘limni?— Musa Jalil, «Ishonma» she’ri
Bilasizki, har bir askar harbiy xizmatga kirar ekan, ont – qasamyod qabul qiladi. She’r qahramonining bu qasamga qanchalar sodiqligini ontga berilgan ta’rif orqali bilib olamiz: «Bayrog‘imga qon bilan yozgan ontim...»
«Qushcha» va o‘zbek kitobxoni
Shu daftardan o‘rin olgan «Qushcha» nomli she’rida qamoqxonaning tikanli simiga kelib qo‘ngan erkin qushchaga murojaat qilib, shoir:
Uch, qushcha, hur / Qo‘shig‘im bo‘lib! – / Shudir sendan so‘nggi tilagim. / Tanim qolsin bunda (Tan nima?) / Ona yurtga borsin yuragim,— Musa Jalil, «Qushcha» she’ri
Jumladan, o‘zbek kitobxoni Musa Jalilning «Moabit daftari» to‘plamini (tarjimon – Mamarasul Boboyev) va boshqa asarlarini o‘z ona tilida o‘qib, ko‘ngliga jo qildi.
Qo‘shiq – qadimiy lirik janr
Qo‘shiq – qadimiy lirik janr hisoblanib, kuyga solib aytishga mo‘ljallab yoziladi. Qo‘shiq, odatda, ikki xil bo‘ladi: xalq qo‘shiqlari va yozma adabiyot namunasi bo‘lgan qo‘shiqlar. Xalq qo‘shiqlari juda qadimiy tarixga ega. Ular dastlab mehnat jarayonida paydo bo‘lgan.
Tariximizda xalq qo‘shiqlarining ko‘plab turlari mavjud bo‘lgan: ov qo‘shiqlari, mavsum qo‘shiqlari, to‘y qo‘shiqlari («Yor-yor»), aza qo‘shiqlari (marsiya) kabi. Bundan tashqari, bolalarga mo‘ljallangan alla, ovunchoq qo‘shiqlar, o‘yin qo‘shiqlari («Boychechak», «Oq terakmi, ko‘k terak») ham keng tarqalgan.
Marosim qo‘shiqlarida to‘y, aza va boshqa marosimlar bilan bog‘liq holatlar tasvirlanadi («Yor-yor», «Kelinsalom», «Kuyovsalom» kabi). Mehnat qo‘shiqlari esa turli mehnat jarayonlari bilan bog‘liq.
«Boychechak» qo‘shig‘i
«Boychechak» qo‘shig‘i, odatda, bahor faslida ijro etilgan. Boychechak gulining qo‘shiqqa solib aytilishi tasodifiy emas. Chunki bu gul – bahor darakchisi. Qishloq bolalari ushbu gulni ko‘tarib uyma-uy qo‘shiq bilan suyunchi so‘rab borishgan, xonadon sohiblari bolalarga hadyalar berishgan.
Boychechagim boylandi, / Qozon to‘la ayrondi. / Ayroningdan bermasang, / Qozonlaring vayrondir.— «Boychechak» xalq qo‘shig‘i
Qattiq yerdan qatalab chiqqan boychechak, / Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak.— «Boychechak» qo‘shig‘ining naqorati
Boychechak – ijobiy obraz, u yoshlik, jo‘shqinlik ramzi. U bolalarning bahor faslidagi birinchi qo‘shig‘i hisoblanadi. Bu ifodalarning barchasida boychechak mehnatkash inson ramzi ekaniga ishora qilinadi.
«Chittigul» va «Boshginam og‘riydi»
Siz o‘rganishingiz kerak bo‘lgan «Chittigul» qo‘shig‘i ham bolalar ijodiga xos bo‘lib, kichik yoshdagi qizaloqlar ijro etishadi. Bu qo‘shiq bahorni eslatgani uchun ham mavsum qo‘shig‘i hisoblanadi. Qizlar bu qo‘shiqni ijro etganda uning ohangiga mos harakatli o‘yin o‘ylab topadilar.
Chittigul-e, chittigul, / Etagingga gul bosay. / Hay-yu, chittigul, / Hay-yu, chittigul.— «Chittigul» xalq qo‘shig‘i
Bilimingizni sinang
Angliya va Fransiya Germaniyaga qaysi sanada urush e’lon qildi?
- 1941-yil 22-iyun
- 1939-yil 3-sentabr
- 1939-yil 1-sentabr
- 1945-yil 9-may
To‘g‘ri javob: 1939-yil 3-sentabr. Angliya va Fransiya 1939-yil 3-sentabrda urush e’lon qilgan.
Ikkinchi jahon urushi olovi qancha vaqt davom etdi?
- besh yil
- olti yil
- yetti yil
- to‘rt yil
To‘g‘ri javob: olti yil. Urush olti yil davom etgan.
Tatar shoiri Musa Jalil (Musa Mustafo o‘g‘li Jalilov) qaysi yili va qaysi hududda dehqon oilasida tug‘ilgan?
- 1919-yil, Moskva viloyati
- 1914-yil, Orenburg gubernasi
- 1906-yil, Orenburg gubernasi
- 1906-yil, Qozon gubernasi
To‘g‘ri javob: 1906-yil, Orenburg gubernasi. Musa Jalil 1906-yilning 15-fevralida Orenburg gubernasida tug‘ilgan.
Musa Jalilning ilk she’ri Turkiston fronti nashri bo‘lgan qaysi gazetada, qaysi yili bosilib chiqqan?
- «Qizil yulduz», 1919-yil
- «Qizil bayroq», 1929-yil
- «Sharq haqiqati», 1919-yil
- «Qizil yulduz», 1925-yil
To‘g‘ri javob: «Qizil yulduz», 1919-yil. Ilk she’ri «Qizil yulduz» gazetasida 1919-yilda bosilgan.
Musa Jalil Moskva davlat universitetining adabiyot fakultetini qaysi yili muvaffaqiyatli bitirgan?
- 1934-yil
- 1925-yil
- 1929-yil
- 1931-yil
To‘g‘ri javob: 1931-yil. Jalil universitetni 1931-yilda bitirgan.
Musa Jalilning vasiyati qaysi oyda yozilgan?
- 1943-yil dekabr
- 1942-yil iyun
- 1944-yil yanvar
- 1943-yil noyabr
To‘g‘ri javob: 1943-yil dekabr. Vasiyat 1943-yil dekabrda yozilgan.
Musa Jalil vasiyatida asirlikda va tutqunlikda yozgan nechta she’ri borligini ta’kidlagan?
- 115 ta
- 150 ta
- 215 ta
- 75 ta
To‘g‘ri javob: 115 ta. Vasiyatda 115 she’r haqida aytilgan.
Musa Jalilning «Ishonma» she’ri qachon yozilgan?
- 1943-yil 20-dekabr, o‘limidan bir oy oldin
- 1942-yil 20-noyabr, o‘limidan ikki yil oldin
- 1943-yil 20-noyabr, o‘limidan ikki oy oldin
- 1944-yil 20-yanvar, o‘limidan bir kun oldin
To‘g‘ri javob: 1943-yil 20-noyabr, o‘limidan ikki oy oldin. «Ishonma» 1943-yil 20-noyabrda, o‘limidan ikki oy oldin yozilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash