Saida Zunnunova va Shuhrat: hayoti va ijodi
Mavzular
Ilk she’r va to‘plamlar
Saida Zunnunovaning ilk she’ri – «Salom senga» 1945-yili Andijon viloyatining «Paxta fronti» gazetasida bosilgan. Uning birinchi she’riy to‘plami talabalik yillari nashr etilgan. «Saidaning birinchi kitobini o‘qib, «Qizingiz yozdi» deb nom qo‘yib berganman, – deb yozgan edi akademik shoir G‘afur G‘ulom.
Ustozlar ishonchini oqlagan shoiraning birin-ketin «Yangi she’rlar», «Gullar vodiysi», «Qizlarjon», «She’rlar», «Bir yil o‘ylari», «Nilufar» she’riy to‘plamlari bosmadan chiqdi.
Dostonlar: Surat bilan suhbat
Shoira go‘zal lirik she’rlar bilan bir vaqtda «Sodiq va Anor», «Xayrixon», «Surat bilan suhbat», «Qo‘shnilarim» singari dostonlar ham yaratdi. «Surat bilan suhbat» dostoni shoira ijodida alohida mavqega ega. Bu asari bilan shoira iymoni butun onalarga, ayollarga madhiya bitadi.
Dostonda onaning urush tufayli ota mehridan benasib bo‘lgan, ne mashaqqatlar bilan o‘stirgan o‘g‘lining nikoh kechasidan keyingi iztirobli o‘y-xotiralari tasvirlanadi. Onaning qalbida ikki qarama-qarshi kechinma – farzandining kamolga yetgani, to‘yini ko‘rganidan quvonch, shukronalik hamda shu kunlarga yetolmaganlar haqidagi g‘am-anduhli xotiralar kurashadi.
Hikoya, qissa, pyesa va Said Ahmad
Saida Zunnunova o‘zbek xotin-qizlari hayotini o‘rganish, ular turmushidagi mashaqqatli jihatlar va murakkabliklarga jamoatchilik e’tiborini jalb etish niyatida oila va muhabbat mavzusida bir qancha hikoya va qissalar yozdi. Uning «Gulbahor», «Povest va hikoyalar», «Gulxan», «Do‘stlik» kabi kitoblari xalqimizning ma’naviy mulkiga aylangan. Adibaning «Ona», «Ko‘zlar» nomli pyesalari ham bor.
Saida Zunnunova sevimli adibimiz Said Ahmadning turmush o‘rtog‘idir. Said Ahmad tuhmat bilan «xalq dushmani» sifatida qamalganda, Saida opa uning hayotga, ijodga qaytishiga madad bo‘ldi. Shoira ezgulik, adolat uchun kurashni, halol mehnatni o‘zining hayotiy maslagi deb bilgan.
Vafoti va she’rlaridan namunalar
Saida Zunnunova uzoq umr ko‘rmadi. U ayni ijodiy kamolot pallasida – 1977-yilning 20-martida 51 yoshida vafot etdi. Shoira shaxsiga ehtirom sifatida Toshkent va Andijon shaharlaridagi bittadan ko‘cha hamda Andijon viloyatining Bo‘z tumanidagi akademik litseyga uning nomi berilgan. Shuningdek, Toshkent shahrida Said Ahmad va Saida Zunnunovalarga muhtasham haykal ham qo‘yilgan.
Jahon mening bag‘rimdami yo men jahon bag‘rida, / Yuz bahorning yellarimi sochlarimni silagan?!— Saida Zunnunova, «Qizimga» she’ri
Dunyoda ne yaxshi xislatlar bor, / Hammasi, hammasi senda mujassam.— Saida Zunnunova, «Mening Vatanim» she’ri
Boshi toshdan bo‘lsin jigarlaringiz, / Ammo tosh bo‘lmasin ko‘ksida yurak.— Saida Zunnunova she’ridan
Shuhrat: tug‘ilishi va o‘qishi
Asl ot-u nasabi G‘ulom Aminjon o‘g‘li Alimov bo‘lgan shoir Shuhrat 1918-yilning 19-aprelida Toshkent shahrining Hastimom (Hazrati Imom) mahallasida tug‘ilgan. Bo‘lajak ijodkor oldin mahalladagi otinoyi maktabida, keyin sho‘ro maktabida o‘qigan. Adabiyot o‘qituvchisi Yunus Latifning ta’sirida badiiy adabiyotga mehr qo‘yib, she’rlar yoza boshlagan.
Shuhratning birinchi she’ri 1935-yilda 17 yoshida e’lon qilindi. Kasbiga ko‘ra transport injeneri bo‘lishiga qaramay, adabiyotga qiziqishi katta bo‘lganligi sababli Yozuvchilar uyushmasiga ishga kirdi. U 1930-yillarning ikkinchi yarmidan e’tiboran bitgan she’rlarida «Shuhrat» taxallusini qo‘llay boshladi. O‘sha yillarda Shuhratning «Orzu va qasos» dostoni, «Mehrol» nomli ertakdostoni chop etildi.
Shuhrat: urush va balladalar
1941-yilda Ikkinchi jahon urushi boshlangach, shoir Shuhrat urushga safarbar qilindi va u yerda 1943-yilda og‘ir yarador bo‘lgunga qadar janglarda qatnashdi. Frontdan qaytgach, urush mavzusida «Shinelli yillar daftari» she’rlar turkumini yozdi, «Farzand», «So‘lmas chechaklar» kabi dostonlar yaratdi.
Shuhrat: qamoq, romanlar, vafot
1958-yilda birinchi romani «Shinelli yillar»ni yozdi. 1965-yilda adibni elga mashhur qilgan «Oltin zanglamas» romani bosilib chiqdi. 1968-yilda «Jannat qidirganlar» romani chop etildi. Yozuvchining tarixiy mavzudagi «Mashrab» romani vafoti sababli tugallanmay qoldi. Shuhrat 1993-yilning 20-iyunida uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan vafot etdi.
Bilimingizni sinang
Saida Zunnunova qaysi sanada, qayerda va qanday oilada dunyoga kelgan?
- 1926-yil 15-fevralda Toshkent shahrida dehqon oilasida
- 1926-yil 15-fevralda Andijon shahrida xizmatchi oilasida
- 1926-yil 5-martda Farg‘ona shahrida xizmatchi oilasida
- 1928-yil 15-fevralda Andijon shahrida xizmatchi oilasida
To‘g‘ri javob: 1926-yil 15-fevralda Andijon shahrida xizmatchi oilasida. Shoira 1926-yil 15-fevralda Andijonda xizmatchi oilasida tug‘ilgan.
Saida Zunnunova O‘rta Osiyo davlat universiteti filologiya fakultetida qaysi yillarda tahsil olgan?
- 1945–1950-yillarda
- 1943–1947-yillarda
- 1950–1955-yillarda
- 1947–1952-yillarda
To‘g‘ri javob: 1947–1952-yillarda. U universitetda 1947–1952-yillarda o‘qigan.
Saida Zunnunovaning ilk she’ri «Salom senga» qaysi gazetada bosilgan?
- «Yosh leninchi»
- «Sovet O‘zbekistoni»
- «Paxta fronti»
- «Qizil O‘zbekiston»
To‘g‘ri javob: «Paxta fronti». Ilk she’ri 1945-yili Andijon viloyatining «Paxta fronti» gazetasida bosilgan.
Saida Zunnunovaning birinchi she’riy kitobiga «Qizingiz yozdi» deb nom qo‘yib bergan kim?
- Adib Said Ahmad
- Shoir Shuhrat
- Akademik shoir G‘afur G‘ulom
- Shoir Cho‘lpon
To‘g‘ri javob: Akademik shoir G‘afur G‘ulom. Kitobga «Qizingiz yozdi» deb nomni G‘afur G‘ulom qo‘yib bergan.
Saida Zunnunovaning «Surat bilan suhbat» asari qaysi adabiy janrga mansub?
- Roman
- Ballada
- Doston
- Pyesa
To‘g‘ri javob: Doston. «Surat bilan suhbat» – shoira ijodida alohida mavqega ega doston.
«Surat bilan suhbat» dostoni bilan Saida Zunnunova kimlarga madhiya bitadi?
- Yosh olimlarga
- Vatan himoyachilariga
- Qahramon askarlarga
- Iymoni butun onalarga, ayollarga
To‘g‘ri javob: Iymoni butun onalarga, ayollarga. Shoira bu doston bilan iymoni butun onalarga, ayollarga madhiya bitadi.
«Surat bilan suhbat» dostonida kimning iztirobli xotiralari tasvirlanadi?
- Qamalgan adibning
- Yosh kelinning
- Urushdan qaytgan askarning
- Ota mehridan benasib o‘g‘lini o‘stirgan onaning
To‘g‘ri javob: Ota mehridan benasib o‘g‘lini o‘stirgan onaning. Dostonda urush tufayli ota mehridan benasib o‘g‘lini o‘stirgan onaning o‘y-xotiralari bor.
Quyidagi qaysi juft asar Saida Zunnunovaning pyesalari hisoblanadi?
- «Qizlarjon» va «Nilufar»
- «Gulxan» va «Do‘stlik»
- «Ona» va «Ko‘zlar»
- «Gulbahor» va «Gulxan»
To‘g‘ri javob: «Ona» va «Ko‘zlar». Adibaning «Ona» va «Ko‘zlar» nomli pyesalari bor.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash