Xalq deputatlari kengashlarining vakolatlari
Moddalar
24-modda. Xalq deputatlari Kengashining vakolatlari
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining asosiy vakolatlariga:
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlarini, tuman, shaharning bosh rejasini hamda uni qurish qoidalarini tasdiqlash;
viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarini, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarini tegishincha viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan ko‘rib chiqish hamda qabul qilish, ularning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
viloyatlarning viloyat budjetlari, Toshkent shahrining shahar budjeti hamda tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlarining prognozlarini ma’lumot uchun qabul qilish;
viloyatlarning viloyat budjetlariga va Toshkent shahrining shahar budjetiga, tumanlar va shaharlar budjetlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qarorlarni tasdiqlash;
tegishli budjetlardan moliyalashtiriladigan hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning budjet mablag‘laridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish;
viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishincha viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash;
mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning stavkalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida belgilash;
24-modda. Xalq deputatlari Kengashining vakolatlari (davomi)
hokimni va uning o‘rinbosarlarini lavozimga tasdiqlash, hokimni va uning o‘rinbosarlarini lavozimdan ozod etish, ularning faoliyatiga doir hisobotlarini, shuningdek hokimlarning viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlarini tinglash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Xalq qabulxonalarining tegishli hududdagi davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati to‘g‘risidagi axborotini har chorakda eshitish;
yoshlar muammolarini o‘rganish, ularni hal etishga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rishga qaratilgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hududiy rahbarlarining hisobotlarini har olti oyda eshitish;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda hokim qarorlarini tasdiqlash;
xalq deputatlari Kengashining Ish tartibini, xalq deputatlari Kengashi doimiy va muvaqqat komissiyalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash, ularga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish;
xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalarini, boshqa organlarini tuzish, saylash va tugatish, ularning tarkibini o‘zgartirish, ular ishiga doir hisobotlarni tinglash;
qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda xalq deputatlarining vakolatlarini e’tirof etish va muddatidan oldin to‘xtatish, ularni javobgarlikka tortish uchun rozilik berish;
24-modda. Xalq deputatlari Kengashining vakolatlari (davomi)
zarurat bo‘lganda ijro etuvchi hokimiyat bo‘limlari, boshqarmalari, boshqa tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini, shu jumladan qonunlarga rioya etilishi, tegishli xalq deputatlari Kengashlari qarorlarining va doimiy komissiyalar tavsiyalarining bajarilishi yuzasidan hisobotlarini eshitish;
tegishli prokurorlarning faoliyati to‘g‘risidagi axborotini har yili eshitish;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
tegishincha sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organlari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
tegishincha hududiy adliya boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlari boshliqlarining axborotini eshitish;
Kengash so‘rovini yuborish to‘g‘risidagi taklifni ko‘rib chiqish, Kengash tekshiruvini o‘tkazish, deputat so‘rovlarini yuborish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilish;
hokimning xalq deputatlari Kengashining qonunchilikka zid qarorlarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi taqdimnomasiga asosan Kengash qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish;
hokimning va quyi Kengashning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bo‘lmagan qarorlarini bekor qilish;
hokimning taqdimiga binoan hokimlikning tuzilmasini, shtatlarini va uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash fondini tasdiqlash kiradi.
Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari:
tegishli viloyatlarning viloyat budjetlaridan hamda Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini ko‘rib chiqadi hamda tasdiqlaydi;
24-modda. Xalq deputatlari Kengashining vakolatlari (davomi)
jismoniy va yuridik shaxslarga tegishincha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini yoki ularning qismlarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish va olib qo‘yilgan yer uchastkalarida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarini qonunda belgilangan hollarda va tartibda buzib tashlash to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) mintaqaviy vakilining inson huquqlari, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish holati to‘g‘risidagi ma’ruzasini har yili eshitadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) mintaqaviy vakilining tegishli hududda bola huquqlari, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish holati to‘g‘risidagi ma’ruzasini har yili eshitadi;
tegishli hududda mahalliy ahamiyatga molik monumental yodgorliklarni qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rnatish va buzish (ko‘chirish) to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;
fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi o‘z vakolatlari jumlasiga kiritilgan boshqa tashkiliy masalalarni va O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq nazorat qilishga doir masalalarni hal etadi.
25¹-modda. Hokimning viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini xalq deputatlari Kengashi tomonidan eshitish
Viloyat, tuman, shahar hokimi har yili tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobot taqdim etadi.
Viloyat, tuman, shahar hokimining hisoboti tegishli xalq deputatlari Kengashining viloyat, tuman, shaharning o‘tgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari hamda joriy yilga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan sessiyasida eshitiladi. Mazkur sessiya viloyatlarda va Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli majlisi o‘tkazilganidan keyin o‘n kundan kechiktirmay, tumanlar va shaharlarda esa viloyatlarda va Toshkent shahrida tegishli majlislar o‘tkazilganidan keyin o‘n kundan kechiktirmay o‘tkaziladi.
Viloyat va Toshkent shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli viloyatlar va Toshkent shahridan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolari, davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, tumanlar va shaharlar hokimlari, viloyat va Toshkent shahar ijroiya hokimiyati organlari tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari taklif etiladi.
Tuman va shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli saylov okruglaridan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari va xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, davlat boshqaruvi organlarining vakillari, viloyat, Toshkent shahar hokimi yoki uning o‘rinbosarlari, tuman va shahar ijroiya hokimiyati organlari tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari taklif etiladi.
25¹-modda. Hokimning viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini xalq deputatlari Kengashi tomonidan eshitish (davomi)
Viloyat, tuman, shahar hokimining hisobotini eshitishga tegishli hududda joylashgan boshqa davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, korxonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining, siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari va boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin.
Viloyat va Toshkent shahar hokimining hisobotini muhokama qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisida berilgan baholar va belgilangan vazifalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Tuman va shahar hokimining hisobotini muhokama qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislarida, shuningdek xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining sessiyalarida berilgan baholar hamda belgilangan vazifalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Viloyat, tuman, shahar hokimining hisobotini muhokama qilish yakunlari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori qabul qilinib, unda tegishli hokim va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari ishining samaradorligiga kompleks baho beriladi, ularning ishini takomillashtirishga doir tavsiyalar va takliflar, shuningdek qaror amalga oshirilishining borishi ustidan nazoratni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi. Mazkur qaror va hokimning hisoboti rasmiy nashrlarda hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining veb-saytlarida e’lon qilinishi shart.
25²-modda. Xalq deputatlari Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish
Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalarining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida har chorakda, jamoat xavfsizligi to‘g‘risida esa har olti oyda tegishincha xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (bo‘limlarining) boshliqlari huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida, shuningdek jamoat xavfsizligi to‘g‘risida har chorakda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitishga tegishli hududda joylashgan boshqa davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, tashkilotlarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining, siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari va boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin.
Yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va ishlarning natijalari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish chog‘ida tanqidiy jihatdan muhokama qilinadi, ularning faoliyati samaradorligiga shaxsan baho beriladi, shuningdek egallab turgan lavozimiga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida tavsiyalar qabul qilinadi.
25³-modda. Xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishincha hududiy adliya boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlari boshliqlarining axborotini eshitish
Hududiy adliya boshqarmalarining boshliqlari har yili tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga joylardagi norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyoti, huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning holati to‘g‘risida axborot taqdim etadi.
Hududiy adliya boshqarmasi boshlig‘ining axborotini eshitish yakunlari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori qabul qilinib, qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi.
Tumanlar (shaharlar) adliya bo‘limlarining boshliqlari har olti oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida axborot taqdim etadi.
Tuman (shahar) adliya bo‘limi boshlig‘ining axborotini eshitish yakunlari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori qabul qilinib, qaror hududiy adliya boshqarmasiga yuboriladi.
25⁵-modda. Xalq deputatlari Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish
Viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi rahbarlari har yarim yillik yakunlari bo‘yicha tegishincha xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga hududda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.
Viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi rahbarlarining hisobotini eshitish yakunlari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ularning faoliyati samaradorligiga baho beriladi, hududdagi sog‘liqni saqlash sohasidagi mavjud muammolar va kamchiliklarni hal etishga, shu jumladan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini oshirishga hamda ularning ijtimoiy himoya qilinishini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi, shuningdek tegishli qaror qabul qilinib, qaror O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuboriladi.
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining rahbarlari har yarim yillik yakunlari bo‘yicha tegishincha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hududda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.
25⁵-modda. Xalq deputatlari Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hududiy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish (davomi)
Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlarining hisobotini eshitish yakunlari bo‘yicha tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ularning faoliyati samaradorligiga baho beriladi, hududdagi sog‘liqni saqlash sohasidagi mavjud muammolar va kamchiliklarni hal etishga, shu jumladan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini oshirishga hamda ularning ijtimoiy himoya qilinishini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi, shuningdek tegishli qaror qabul qilinib, qaror sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organlariga yuboriladi.
25⁶-modda. Kengash so‘rovi
Xalq deputatlari Kengashi tegishli hududda joylashgan davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan Kengash so‘rovini yuborishga haqli.
Kengash so‘rovi tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv va tergov organlarining, sudlarning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga, shuningdek ijro ishi yuritish hamda notarial ish yuritishning muayyan materiallarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq faoliyatga taalluqli bo‘lishi mumkin emas.
Kengash so‘rovini yuborish to‘g‘risidagi taklif Kengashning deputatlari, doimiy va muvaqqat komissiyalari, partiya guruhlarining tashabbusi asosida Kengash sessiyasida ko‘rib chiqiladi.
Kengash so‘rovining tashabbuskorlari tomonidan Kengash so‘rovi loyihasi tayyorlanib, u Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish uchun Kengash raisiga yuboriladi.
Kengash so‘rovi loyihasiga uni asoslantiruvchi zarur materiallar ilova qilinadi. Kengash so‘rovi loyihasida so‘rovga javob berishning shakli (og‘zaki yoki yozma) to‘g‘risidagi talablar bo‘lishi kerak.
Kengash so‘rovini yuborish to‘g‘risidagi qaror Kengash deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
25⁶-modda. Kengash so‘rovi (davomi)
Davlat organlarining mansabdor shaxslari Kengash so‘roviga og‘zaki javobni Kengash tomonidan belgilangan muddatda Kengash sessiyasida beradi.
Davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslari Kengashning so‘roviga yozma javobni, agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay yuborishi kerak.
Kengash so‘roviga javobda so‘rovda qo‘yilgan masalalarning har biri bo‘yicha aniq va batafsil asoslantirilgan ma’lumotlar ochib berilishi kerak.
Kengashning so‘roviga javob so‘rov o‘z nomiga yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi.
Kengash so‘roviga yozma javob Kengashning sessiyasida raislik qiluvchi tomonidan o‘qib eshittiriladi. Yozma javobning ko‘chirma nusxalari javob Kengashning sessiyasida o‘qib eshittirilguniga qadar deputatlarga yuboriladi.
Kengash so‘rovlariga javoblar Kengash sessiyasida muhokama qilinadi va uning yakunlari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi.
25⁷-modda. Kengash tekshiruvi
Kengash tekshiruvi tegishli hududning xavfsizligiga, barqaror rivojlanish asoslariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan, inson huquqlari va erkinliklariga, jamiyat va davlat manfaatlariga tahdid soladigan faktlar hamda voqealarni o‘rganish maqsadida o‘tkazilishi mumkin.
Kengash tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi Kengash qarori deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv va tergov organlarining, sudlarning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarni, shuningdek ijro ishi yuritish hamda notarial ish yuritishning muayyan materiallarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq faoliyat Kengash tekshiruvining obyekti bo‘lishi mumkin emas.
25⁸-modda. Kengash tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha komissiya
Kengash tekshiruvini o‘tkazish uchun Kengash deputatlari orasidan Kengash tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha komissiya tuziladi.
Komissiya Kengash tekshiruvini o‘tkazishda quyidagilarga haqli:
davlat organlari va tashkilotlarining vakillarini, mutaxassislarni, ekspertlarni komissiya ishiga jalb etishga;
davlat organlari va tashkilotlaridan, jismoniy va yuridik shaxslardan zarur ma’lumotlarni so‘rab olishga;
davlat organlari va tashkilotlarining, nodavlat tashkilotlarning mansabdor shaxslarini, shuningdek fuqarolarni tushuntirishlar berish uchun taklif qilishga.
Kengash tekshiruvi natijalariga ko‘ra komissiyaning yakuniy hisoboti tayyorlanib, u Kengash sessiyasida ko‘rib chiqish uchun Kengashga kiritiladi.
Bilimingizni sinang
«Mahalliy davlat hokimiyati» qonuni — 24-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Xalq deputatlari Kengashi va hokim faoliyatining qonuniyligini nazorat qilish
- Xalq deputatlari Kengashining vakolatlari
- Kengash tekshiruvini o‘tkazish bo‘yicha komissiya
- Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuzilmasi va shtatlari
To‘g‘ri javob: Xalq deputatlari Kengashining vakolatlari. 24-modda: Xalq deputatlari Kengashining vakolatlari.
«Mahalliy davlat hokimiyati» qonuni: «Xalq deputatlari Kengashining vakolatlari» qaysi moddada belgilangan?
- 24-modda
- 25⁸-modda
- 22-modda
- 26-modda
To‘g‘ri javob: 24-modda. 24-modda: Xalq deputatlari Kengashining vakolatlari.
Quyidagilardan qaysi biri xalq deputatlari Kengashining asosiy vakolatlariga kiradi?
- Sud hukmlarini chiqarish va ularning ijrosini nazorat qilish tartibini belgilash
- Tuman, shaharning bosh rejasini hamda uni qurish qoidalarini tasdiqlash
- Soliq kodeksini qabul qilish va uning qo‘llanish tartibini belgilash
- Prezident farmonlarini bekor qilish va ularning ijrosini to‘xtatib turish
To‘g‘ri javob: Tuman, shaharning bosh rejasini hamda uni qurish qoidalarini tasdiqlash. 24-moddaga ko‘ra Kengash tuman, shaharning bosh rejasi va uni qurish qoidalarini tasdiqlaydi.
Tuman hokimi tuman budjeti loyihasini tayyorlab, Kengashga taqdimnoma bilan kiritdi. Kengash bu loyiha bo‘yicha qanday vakolatga ega?
- Budjetni faqat Prezident tasdiqlaydi, Kengash esa uni ko‘rib chiqish va ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirmaydi
- Budjetga aralashmaydi, hokimning taqdimnomasini ko‘rib chiqmaydi va ijrosi ustidan nazorat qilish vakolatiga ega emas
- Hokimning taqdimnomasiga binoan ko‘rib chiqish hamda qabul qilish va ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish
- Budjetni o‘zi tayyorlaydi, hokimning taqdimnomasisiz qabul qiladi va ijrosini hokimsiz nazorat qiladi
To‘g‘ri javob: Hokimning taqdimnomasiga binoan ko‘rib chiqish hamda qabul qilish va ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish. 24-moddaga ko‘ra Kengash budjetni hokimning taqdimnomasiga binoan ko‘rib chiqadi, qabul qiladi va ijrosi ustidan nazorat qiladi.
Tuman Kengashi mahalliy soliq stavkasini belgilamoqchi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Istalgan miqdorda, qonun miqdorlariga bog‘lanmagan holda belgilaydi
- Faqat hokim belgilaydi, Kengash soliq masalalarida qatnashmaydi
- Qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida belgilashi mumkin
- Faqat Prezident belgilaydi, mahalliy Kengash esa belgilay olmaydi
To‘g‘ri javob: Qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida belgilashi mumkin. 24-moddaga ko‘ra Kengash mahalliy soliq stavkalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida belgilaydi.
Xalq deputatlari Kengashi Yoshlar ishlari agentligi hududiy rahbarlarining hisobotlarini qancha muddatda eshitadi?
- har chorakda
- har oyda
- har olti oyda
- har yili
To‘g‘ri javob: har olti oyda. Kengash agentlik hududiy rahbarlari hisobotini har olti oyda eshitadi.
Kengash hokim va uning o‘rinbosarlariga nisbatan qanday vakolatga ega?
- Faqat maslahat berish va tavsiya qilish
- Lavozimga tasdiqlash va lavozimdan ozod etish
- Faqat jazolash va intizomiy chora qo‘llash
- Hech qanday vakolatga ega emas, faqat kuzatadi
To‘g‘ri javob: Lavozimga tasdiqlash va lavozimdan ozod etish. 24-moddaga ko‘ra Kengash hokim va o‘rinbosarlarini lavozimga tasdiqlaydi va ozod etadi.
Prezidentning Xalq qabulxonalari axborotini Kengash qanday muddatda eshitadi?
- Har besh yilda
- Har yili
- Har chorakda
- Har oyda
To‘g‘ri javob: Har chorakda. 24-moddaga ko‘ra Xalq qabulxonalarining axboroti har chorakda eshitiladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash