Asosiy qoidalar
I Bo‘Lim. Umumiy Qoidalar
1-modda. Ushbu Kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Ushbu Kodeks xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining muvozanatini ta’minlash hamda ularni muvofiqlashtirish asosida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
2-modda. Ushbu Kodeksning asosiy vazifalari
Ushbu Kodeksning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
xodimlar mehnat huquqlari va erkinliklarining, shu jumladan mehnat qilishga, erkin ish tanlashga, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlariga hamda ishsizlikdan himoyalanishga bo‘lgan huquqining davlat kafolatlarini belgilash;
ish beruvchilarning kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va samarali mehnat jarayonini tashkil etish sohasidagi huquqlari amalga oshirilishini ta’minlash;
mehnat sohasida ijtimoiy sheriklikni rag‘batlantirish va rivojlantirish;
xodimlar va ish beruvchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;
mehnat bozorining samarali faoliyat ko‘rsatishiga ko‘maklashish.
3-modda. Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari
Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash;
mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash;
mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik;
mehnat huquqlari ta’minlanishining va mehnat majburiyatlari bajarilishining kafolatlanganligi;
xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmasligi.
4-modda. Mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash prinsipi
Har kim mehnat huquqlarini amalga oshirish va himoya qilishda teng imkoniyatlarga ega.
Mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitish taqiqlanadi. Jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, qarindoshlarida sudlanganlikning mavjudligi, mulkiy holati va mansab mavqeyi, yashash joyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik sifatlari va mehnati natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnat va mashg‘ulotlar sohasida biror-bir to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklovlar belgilash, xuddi shuningdek biror-bir to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita imtiyozlar berish kamsitishdir.
Mehnat va mashg‘ulotlar sohasida xodimlarning huquqlarini mehnatning muayyan turiga xos bo‘lgan talablar yoki yuqoriroq ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar (oilaviy vazifalarni bajarish bilan band bo‘lgan shaxslar, voyaga yetmaganlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, homilador ayollar va boshqalar) to‘g‘risidagi alohida g‘amxo‘rlik bilan bog‘liq holda asoslangan tarzda farqlash, istisno etish, ularga afzallik berish, shuningdek ularni cheklash kamsitish deb hisoblanmaydi.
Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solish borasidagi asoslangan farqlar xodimning ish beruvchi bilan mehnat aloqasi xususiyatiga, mehnat faoliyati amalga oshiriladigan joyga, xodim mehnatining shart-sharoitlari va xususiyatiga, ish beruvchining huquqiy maqomiga, ba’zi tarmoqlar va kasblardagi xodimlar mehnatining o‘ziga xos xususiyatlariga, organizmning psixofiziologik xususiyatlariga, oilaviy vazifalarning mavjudligiga hamda boshqa obyektiv holatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
4-modda. Mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash prinsipi (davomi)
Mehnat va (yoki) mashg‘ulotlar sohasida o‘zini kamsitilgan deb hisoblagan shaxs kamsitilish fakti ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilishi, shu jumladan kamsitishni bartaraf etish hamda o‘ziga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash va ma’naviy ziyonning kompensatsiya qilinishi to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
5-modda. Mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash prinsipi
Mehnat erkinligi har kimning mehnat qilishga bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini tasarruf etish, ularni qonun bilan taqiqlanmagan har qanday shaklda amalga oshirish, mashg‘ulot turini, kasbni va mutaxassislikni, ish joyini hamda mehnat sharoitlarini erkin tanlash huquqini anglatadi.
Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarga muvofiq mehnat erkinligi mehnat shartnomasi erkinligida namoyon bo‘lib, bu quyidagilarni anglatadi:
xodimlar va ish beruvchilarning mehnat shartnomasini tuzishdagi erkinligini. Xodimni va ish beruvchini mehnat shartnomasini tuzishga majburlashga yo‘l qo‘yilmaydi. Ish beruvchi xodim bilan mehnat shartnomasini ushbu Kodeksda, qonunda yoki ixtiyoriy ravishda olingan majburiyatda ish beruvchining shartnoma tuzish majburiyati nazarda tutilgan hollarda tuzishi shart;
mehnat shartnomasining shartnomaviy (asosiy va qo‘shimcha) shartlarini ushbu shartnoma taraflarining kelishuviga ko‘ra belgilashni;
mehnat shartnomasini xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra o‘zgartirish imkoniyatini;
har qanday mehnat shartnomasini ushbu shartnoma taraflarining kelishuviga ko‘ra istalgan vaqtda bekor qilish imkoniyatini;
xodimning ushbu Kodeksda belgilangan tartibda mehnat shartnomasini o‘z tashabbusi bilan bekor qilish huquqini;
ish beruvchining xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ushbu Kodeksda mehnat shartnomasini bekor qilish uchun nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda va belgilangan tartibga rioya etilgan holda o‘z tashabbusi bilan bekor qilish huquqini;
5-modda. Mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash prinsipi (davomi)
ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunda belgilangan hollarda, mehnat shartnomasida uni bekor qilishning qo‘shimcha asoslarini nazarda tutish imkoniyatini.
Majburiy mehnat taqiqlanadi.
Majburiy mehnat biror-bir jismoniy shaxsdan jazoni qo‘llash tahdidi ostida talab etiladigan, bajarilishi uchun ushbu shaxs ixtiyoriy ravishda o‘z xizmatlarini taklif qilmagan har qanday ishni yoki xizmatni anglatadi. Jazo deganda jismoniy shaxsning ixtiyoriy roziligi mavjud bo‘lmagani holda, ushbu shaxsga nisbatan uni mehnat faoliyatini amalga oshirishga majbur qiladigan har qanday moddiy, jismoniy yoki ruhiy ta’sir choralarini qo‘llash yoki qo‘llash tahdidi tushuniladi.
Majburiy mehnat:
harbiy xususiyatga ega bo‘lgan ishlarni yoki “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida muqobil xizmatni o‘tash bilan bog‘liq ishlarni bajarishni;
bajarilishiga favqulodda yoki harbiy holat joriy etilishi sabab bo‘ladigan ishni;
sud qarorlarini ijro etish chog‘ida qonunchilikka rioya etilishi uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari nazorati ostida sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bo‘yicha jazo sifatida bajariladigan ishni o‘z ichiga olmaydi.
6-modda. Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik prinsipi
Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik prinsipi xodimlarning, ular vakillarining, ish beruvchilarning, ular vakillarining, shuningdek davlat organlarining ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish masalalari yuzasidan xodimlarning, ish beruvchilarning va davlatning manfaatlarini muvofiqlashtirishni ta’minlashga qaratilgan hamkorligidan iboratdir.
Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik prinsipiga asoslangan holda mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik:
yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni hamda ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish masalalari yuzasidan xodimlarning va ish beruvchilarning manfaatlarini muvofiqlashtirish maqsadida mehnat sohasidagi ikki tomonlama (xodimlar, ularning vakillari va ish beruvchilar, ularning vakillari o‘rtasidagi) va uch tomonlama (xodimlarning, ish beruvchilarning vakillari va ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘rtasidagi) hamkorlikni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
xodimlarning va ish beruvchilarning vakillikni ta’minlash hamda o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun birlashishga bo‘lgan huquqini kafolatlaydi;
xodimlar va ish beruvchilar vakillarining jamoaviy muzokaralar olib borishga, jamoa kelishuvlarini hamda jamoa shartnomasini tuzishga bo‘lgan huquqini mustahkamlaydi;
ish beruvchi tomonidan boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining saylab qo‘yiladigan organi (kasaba uyushmasi qo‘mitasi, kasaba uyushmasining tashkilotchisi yoki kasaba uyushmasi guruhining tashkilotchisi) yoki xodimlarning boshqa vakillik organi (bundan buyon matnda kasaba uyushmasi qo‘mitasi deb yuritiladi) bilan kelishgan holda qanday ichki hujjatlar qabul qilinishi mumkinligini belgilaydi;
6-modda. Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik prinsipi (davomi)
mehnat nizolarini hal qilishda (tartibga solishda) xodimlarning va ish beruvchilarning vakillari ishtirokini nazarda tutadi;
xodimlarning va ish beruvchilarning mehnat sohasidagi manfaatlari muvozanatini ta’minlashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni mustahkamlaydi.
7-modda. Mehnat huquqlari ta’minlanishining va mehnat majburiyatlari bajarilishining kafolatlanganligi prinsipi
Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik quyidagilarni ta’minlaydigan vositalar va usullar majmuini mustahkamlaydi:
xodimlarning va ish beruvchilarning mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasida belgilangan mehnat sohasidagi huquqlari amalga oshirilishini;
mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasida belgilangan majburiyatlarning ish beruvchilar va xodimlar tomonidan bajarilishini;
xodimlar va ish beruvchilarning mehnat huquqlari himoya qilinishini hamda buzilgan huquqlari tiklanishini;
xodimlarning mehnat huquqlari, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi uchun ish beruvchining javobgarligini, shuningdek o‘z mehnat majburiyatlarini buzganligi uchun xodimning javobgarligini.
8-modda. Xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmasligi prinsipi
Har qanday normativ-huquqiy hujjat xodimning huquqiy holatini yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatga nisbatan yomonlashtirmasligi kerak.
Hech bir ichki hujjat, ish beruvchining yakka tartibdagi huquqiy hujjati xodimning huquqiy holatini normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan yomonlashtirishi mumkin emas.
9-modda. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan muddatlarni hisoblash
Ushbu Kodeksda, jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida yoki mehnat shartnomasida belgilangan muddatlar kalendar sana bilan, yillar, oylar, haftalar, kunlar yoki soatlar bilan hisoblanadigan vaqt davrining tugashi bilan yoxud yuz berishi kerak bo‘lgan voqeani ko‘rsatgan holda aniqlanadi.
Ushbu Kodeksda mehnat huquqlari va majburiyatlarining yuzaga kelishi yoki bekor bo‘lishi bilan bog‘lanadigan muddatlarni hisoblash uning boshlanishi belgilangan kalendar sanadan keyingi kundan e’tiboran boshlanadi.
Yillar, oylar, haftalar bilan hisoblanadigan muddatlar muddatning so‘nggi yili, oyi, haftasining tegishli sanasida tugaydi.
Agar oylar bilan hisoblanadigan muddatning oxiri muddatning o‘tishi boshlangan oyga nisbatan kunlari ko‘proq yoki kamroq bo‘lgan oyga to‘g‘ri kelsa, muddat tugaydigan oyning oxirgi kuni muddat tugaydigan kun deb hisoblanadi.
Kalendar yillar, oylar, haftalar yoki kunlar bilan hisoblanadigan muddatga ishlanmaydigan kunlar ham qo‘shiladi.
Agar muddatning so‘nggi kuni ishlanmaydigan kunga to‘g‘ri kelsa, undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddat tugaydigan kun deb hisoblanadi.
Bilimingizni sinang
Mehnat kodeksi — 1-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash prinsipi
- Ushbu Kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar
- Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari
- Mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar
To‘g‘ri javob: Ushbu Kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar. 1-modda: Ushbu Kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar.
Mehnat kodeksi: «Ushbu Kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar» qaysi moddada belgilangan?
- 3-modda
- 1-modda
- 5-modda
- 12-modda
To‘g‘ri javob: 1-modda. 1-modda: Ushbu Kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar.
Mehnat kodeksi qaysi manfaatlar muvozanatini ta’minlash asosida yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni tartibga soladi?
- xodimlar, kasaba uyushmalari va ish beruvchilar birlashmalari manfaatlari
- xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlari
- ish beruvchilar, jamoatchilik va sug‘urta tashkilotlari manfaatlari
- xodimlar, ularning oila a’zolari va davlat manfaatlari
To‘g‘ri javob: xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlari. 1-moddaga ko‘ra Kodeks xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarining muvozanatini ta’minlaydi.
Mehnat kodeksi — 2-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ushbu Kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar
- Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning amal qilish sohasi
- Mehnat huquqlari ta’minlanishining va mehnat majburiyatlari bajarilishining kafolatlanganligi prinsipi
- Ushbu Kodeksning asosiy vazifalari
To‘g‘ri javob: Ushbu Kodeksning asosiy vazifalari. 2-modda: Ushbu Kodeksning asosiy vazifalari.
Mehnat kodeksi: «Ushbu Kodeksning asosiy vazifalari» qaysi moddada belgilangan?
- 7-modda
- 11-modda
- 2-modda
- 1-modda
To‘g‘ri javob: 2-modda. 2-modda: Ushbu Kodeksning asosiy vazifalari.
Quyidagilardan qaysi biri Mehnat kodeksining asosiy vazifalariga kiradi?
- xodimlarning ish haqini yagona davlat jadvali bo‘yicha belgilash
- ish beruvchilarning moddiy javobgarligini bekor qilish
- kasaba uyushmalarini davlat tomonidan tashkil etish
- mehnat bozorining samarali faoliyat ko‘rsatishiga ko‘maklashish
To‘g‘ri javob: mehnat bozorining samarali faoliyat ko‘rsatishiga ko‘maklashish. 2-moddada mehnat bozorining samarali faoliyatiga ko‘maklashish vazifalar qatorida sanalgan.
Mehnat kodeksi — 3-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik prinsipi
- Mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash prinsipi
- Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari
- Ichki hujjatlarning o‘zaro nisbati
To‘g‘ri javob: Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari. 3-modda: Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari.
Mehnat kodeksi: «Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari» qaysi moddada belgilangan?
- 15-modda
- 5-modda
- 6-modda
- 3-modda
To‘g‘ri javob: 3-modda. 3-modda: Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash