XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Mehnat kodeksi · 228–236-m.

Dam olish vaqti (4/5)

Iv Bo‘Lim. Yakka Tartibdagi Mehnatga Oid Munosabatlar

228-modda. Ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat ta’tilini berish tartibi

Ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat ta’tili ish beruvchi va xodim uchun majburiy bo‘lgan ta’tillar jadvali bilan belgilanadigan har yilgi mehnat ta’tillarini berish navbatiga muvofiq beriladi.

Ta’tillar jadvali kalendar yil boshlanguniga qadar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra tasdiqlanadi.

Xodim har yilgi mehnat ta’tili beriladigan vaqt to‘g‘risida ta’til boshlanishidan kamida o‘n besh kun oldin xabardor qilinishi kerak.

Xodimning xohishiga ko‘ra har yilgi mehnat ta’tili unga qulay bo‘lgan vaqtda quyidagilarga berilishi kerak:

ayollarga — homiladorlik va tug‘ish ta’tilidan oldin yoki undan keyin;

bolani parvarishlash ta’tilidan foydalanayotgan xodimga ushbu ta’tildan oldin yoki keyin;

o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bir yoki undan ortiq nafar bolani (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani) tarbiyalayotgan shaxslarga (yolg‘iz ota-onaga, shu jumladan beva ayollarga, beva erkaklarga, nikohdan ajralganlarga, muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarning xotinlariga, ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslarga);

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga;

1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari bo‘yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga;

o‘n sakkiz yoshdan kichik bo‘lgan shaxslarga;

ishdan ajralmagan holda ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotganlarga, agar ular o‘zining har yilgi mehnat ta’tilini imtihonlar, sinovlar (zachyotlar) topshirish, bitiruv malakaviy ishlarini, magistrlik dissertatsiyalarini, kurs, laboratoriya ishlarini va boshqa o‘quv ishlarini bajarish vaqtiga to‘g‘rilab olishni xohlasa;

228-modda. Ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat ta’tilini berish tartibi (davomi)

“O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga;

jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida yoxud boshqa ichki hujjatlarda belgilangan hollarda boshqa xodimlarga.

Ishlaydigan erkaklarga har yilgi mehnat ta’tili ularning xohishiga ko‘ra xotinining homiladorlik va tug‘ish ta’tili davrida beriladi.

Jadvalda belgilangan har yilgi mehnat ta’tilini berish vaqti xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan o‘zgartirilishi mumkin.

229-modda. Har yilgi mehnat ta’tilini uzaytirish yoki uni boshqa muddatga ko‘chirish

Xodimlar quyidagi hollarda har yilgi mehnat ta’tilini uzaytirish yoki boshqa muddatga ko‘chirish huquqiga ega:

vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrida;

homiladorlik va tug‘ish ta’tilining muddati boshlanganda;

har yilgi mehnat ta’tili o‘quv ta’tiliga to‘g‘ri kelib qolganda;

davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarayotganda, agar qonunchilikda bunday majburiyatlarni bajarish uchun ishdan ozod etish nazarda tutilgan bo‘lsa;

jamoa kelishuvlarida yoki jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Agar har yilgi mehnat ta’tilidan foydalanishga monelik qiluvchi sabablar ta’til boshlanguniga qadar kelib chiqqan bo‘lsa, xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan ta’tildan foydalanishning yangi muddati belgilanadi. Bunday sabablar ta’til davrida kelib chiqqan hollarda ta’til tegishli kunlar soniga uzaytiriladi yoki xodim bilan ish beruvchining kelishuviga ko‘ra ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi boshqa muddatga ko‘chiriladi.

Xodim har yilgi mehnat ta’tilidan foydalanishga to‘sqinlik qiladigan, yuzaga kelgan sabablar to‘g‘risida ish beruvchini yozma shaklda xabardor qilishi shart.

Agar xodim ushbu Kodeks 228-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan muddatda ta’til boshlanadigan vaqt haqida o‘z vaqtida xabardor qilinmagan yoki unga ta’til boshlanguniga qadar ushbu Kodeks 233-moddasining uchinchi qismiga muvofiq ta’til vaqti uchun haq to‘lanmagan bo‘lsa, har yilgi mehnat ta’tili xodimning arizasiga ko‘ra boshqa muddatga ko‘chiriladi.

230-modda. Har yilgi mehnat ta’tilining bir qismini keyingi ish yiliga ko‘chirish

Har yilgi mehnat ta’tili har yili, ushbu ta’til berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak.

Ishlab chiqarish xususiyatiga ega sabablarga ko‘ra joriy yilda har yilgi mehnat ta’tilini to‘liq berish imkoni bo‘lmagan alohida hollarda xodimning roziligi bilan ta’tilning o‘n to‘rt kalendar kundan ortiq bo‘lgan qismi keyingi ish yiliga ko‘chirilishi mumkin bo‘lib, ushbu yil davomida undan foydalanilishi shart.

O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlarga, nogironligi bo‘lgan xodimlarga har yilgi mehnat ta’tilini, shuningdek ushbu Kodeksning 481 va 483-moddalarida ko‘rsatilgan har yilgi qo‘shimcha ta’tillarni bermaslik taqiqlanadi.

231-modda. Har yilgi mehnat ta’tilini qismlarga bo‘lish

Xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra har yilgi mehnat ta’tili qismlarga bo‘linishi mumkin. Bunda ushbu ta’tilning hech bo‘lmaganda bir qismi o‘n to‘rt kalendar kundan kam bo‘lmasligi kerak.

232-modda. Xodimni har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olish

Har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga ta’tilning istalgan vaqtida faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Shu munosabat bilan ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda berilishi yoki ushbu Kodeksning 230 va 231-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda keyingi ish yilida berilishi kerak.

O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlarni, homilador ayollarni va mehnat sharoitlari o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan xodimlarni har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

233-modda. Xodimga har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun o‘rtacha ish haqi to‘lash

Har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan o‘rtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanadi.

Har yilgi mehnat ta’tili vaqti uchun haq to‘lashda yakshanba kuni inobatga olinmaydi.

Har yilgi mehnat ta’tili vaqti uchun haq to‘lash jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida belgilangan muddatlarda, biroq ta’til boshlanguniga qadar oxirgi ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

234-modda. Har yilgi mehnat ta’tilini pulli kompensatsiya bilan almashtirish

Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi.

Xodimlarga ish davrida ularning xohishiga ko‘ra har yilgi mehnat ta’tili uchun ta’tilning ushbu Kodeksning 217-moddasida belgilangan eng kam davomiyligidan tashqari pulli kompensatsiya to‘lanishi mumkin.

Pulli kompensatsiya to‘lashda yakshanba kuni inobatga olinmaydi.

O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlarga, I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga beriladigan ijtimoiy ta’tillarning barcha turlaridan, har yilgi uzaytirilgan asosiy mehnat ta’tillaridan, shuningdek ushbu Kodeksning 481 va 483-moddalarida nazarda tutilgan qo‘shimcha ta’tillardan asli holida foydalaniladi hamda mehnat davrida ularni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

235-modda. Mehnat shartnomasini bekor qilish chog‘ida xodimga har yilgi mehnat ta’tilini berish

Jamoa shartnomasida, boshqa ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida yoki xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish chog‘ida (bundan mehnat shartnomasi xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) uchun bekor qilingan hollar mustasno) foydalanilmagan har yilgi mehnat ta’tillarini keyinchalik mehnatga oid munosabatlarni tugatgan holda xodimning yozma arizasi asosida berish nazarda tutilishi mumkin.

Mehnat shartnomasini uning muddati tugashi munosabati bilan bekor qilish chog‘ida keyinchalik mehnat shartnomasini bekor qilgan holdagi ta’til har yilgi mehnat ta’tilining vaqti ushbu shartnoma muddatining chegarasidan to‘liq yoki qisman chiqib ketganda ham berilishi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda har yilgi mehnat ta’tilining oxirgi kuni mehnat shartnomasi bekor qilinadigan kun deb hisoblanadi.

Xodimning tashabbusiga ko‘ra keyinchalik mehnat shartnomasini bekor qilgan holda har yilgi mehnat ta’tilini berish chog‘ida ushbu xodim mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi arizasini o‘zining mehnat ta’tili boshlanadigan kunga qadar chaqirib olish huquqiga ega.

5-§. Ijtimoiy ta’tillar

236-modda. Ijtimoiy ta’tillar tushunchasi

Xodimlarga onalik, bolalarni parvarishlash, ta’lim olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek boshqa ijtimoiy maqsadlarda beriladigan ta’tillar ijtimoiy ta’tillardir.

Bilimingizni sinang

Xodim har yilgi mehnat ta’tili beriladigan vaqt to‘g‘risida ta’til boshlanishidan kamida qancha oldin xabardor qilinishi kerak?
  1. bir oy
  2. bir hafta
  3. o‘n besh kun
  4. yigirma bir kun

To‘g‘ri javob: o‘n besh kun. Xodim ta’til vaqti haqida boshlanishidan kamida o‘n besh kun oldin xabardor qilinadi.

Nogironligi bo‘lmagan bola necha yoshga to‘lmagan bo‘lsa, uni tarbiyalayotgan shaxsga ta’til xodimning xohishiga ko‘ra qulay vaqtda beriladi?
  1. o‘n to‘rt yoshga
  2. o‘n sakkiz yoshga
  3. o‘n ikki yoshga
  4. o‘n olti yoshga

To‘g‘ri javob: o‘n to‘rt yoshga. O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolani tarbiyalayotgan shaxslarga ta’til xodimning xohishiga ko‘ra qulay vaqtda beriladi.

Mehnat kodeksi — 228-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun beriladigan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili
  2. Har yilgi mehnat ta’tilining bir qismini keyingi ish yiliga ko‘chirish
  3. Har yilgi mehnat ta’tilini pulli kompensatsiya bilan almashtirish
  4. Ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat ta’tilini berish tartibi

To‘g‘ri javob: Ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat ta’tilini berish tartibi. 228-modda: Ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat ta’tilini berish tartibi.

Mehnat kodeksi: «Ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat ta’tilini berish tartibi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 228-modda
  2. 230-modda
  3. 220-modda
  4. 234-modda

To‘g‘ri javob: 228-modda. 228-modda: Ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat ta’tilini berish tartibi.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, xodim har yilgi mehnat ta’tili beriladigan vaqt to‘g‘risida ta’til boshlanishidan kamida qancha kun oldin xabardor qilinishi kerak?
  1. yetti kun
  2. o‘n kun
  3. o‘n besh kun
  4. o‘n to‘rt kun

To‘g‘ri javob: o‘n besh kun. 228-modda uchinchi qismiga ko‘ra, xodim ta’til boshlanishidan kamida o‘n besh kun oldin xabardor qilinadi.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, har yilgi mehnat ta’tillari jadvali kim tomonidan va qanday tartibda tasdiqlanadi?
  1. ish beruvchi tomonidan xodimlarning umumiy yig‘ilishi qarori bilan
  2. ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra
  3. mehnat inspeksiyasi tomonidan ish beruvchining taqdimnomasiga ko‘ra
  4. kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan ish beruvchining roziligisiz

To‘g‘ri javob: ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra. 228-moddaga ko‘ra, jadval ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra tasdiqlanadi.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, xodimning xohishiga ko‘ra har yilgi mehnat ta’tili ayollarga qachon berilishi kerak?
  1. faqat homiladorlik va tug‘ish ta’tili davomida
  2. homiladorlik va tug‘ish ta’tilidan oldin yoki undan keyin
  3. homiladorlik va tug‘ish ta’tilidan keyin faqat bir oy ichida
  4. bolani parvarishlash ta’tili tugagandan keyin bir yil o‘tgach

To‘g‘ri javob: homiladorlik va tug‘ish ta’tilidan oldin yoki undan keyin. 228-moddaga ko‘ra, ayollarga ta’til homiladorlik va tug‘ish ta’tilidan oldin yoki undan keyin beriladi.

Kazus: 17 yoshli Sardor korxonada ishlaydi. Ta’tillar jadvalida uning ta’tili noyabrga qo‘yilgan, ammo u yozga o‘tkazishni so‘radi. Mehnat kodeksiga ko‘ra, qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Ta’til faqat ta’tillar jadvaliga muvofiq berilishi kerak, o‘n sakkiz yoshdan kichik bo‘lsa ham
  2. Xodimning xohishiga ko‘ra ta’til unga qulay vaqtda berilishi kerak, chunki u o‘n sakkiz yoshdan kichik
  3. Ta’til ish beruvchi ko‘rsatgan vaqtda beriladi, chunki u o‘n yetti yoshda va umumiy tartib qo‘llanadi
  4. Xodimning xohishiga ko‘ra ta’til faqat ota-onasining yozma roziligi bilan qulay vaqtda berilishi kerak

To‘g‘ri javob: Xodimning xohishiga ko‘ra ta’til unga qulay vaqtda berilishi kerak, chunki u o‘n sakkiz yoshdan kichik. 228-moddaga ko‘ra, o‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarga ta’til xohishiga ko‘ra qulay vaqtda beriladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiDam olish vaqti (3/5)Keyingi →Dam olish vaqti (5/5)