XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Mehnat kodeksi · 237–242-m.

Dam olish vaqti (5/5)

Iv Bo‘Lim. Yakka Tartibdagi Mehnatga Oid Munosabatlar

237-modda. Qonunchilikda belgilangan ijtimoiy ta’tillar

Ushbu Kodeksga muvofiq xodimlar quyidagi ijtimoiy ta’tillarni olish huquqidan foydalanadi:

homiladorlik va tug‘ish ta’tillari (ushbu Kodeksning 404-moddasi);

bola parvarishlash ta’tili (ushbu Kodeksning 405-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari);

o‘quv ta’tili (ushbu Kodeksning 385-moddasining birinchi qismi);

ijodiy ta’tillar (ushbu Kodeksning 387-moddasining birinchi qismi).

Xodimlarga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ijtimoiy ta’tillarni berish xodimning mehnat stajiga, u bajaradigan ishning joyi va xususiyatiga, ish beruvchining tashkiliy-huquqiy shakliga bog‘liq emas.

Xodim o‘quv ta’tilida (ushbu Kodeks 385-moddasining birinchi qismi) yoki ijodiy ta’tilda (ushbu Kodeks 387-moddasining birinchi qismi) bo‘lgan vaqtida uning o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi. Bundan oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirganda beriladigan ish haqi saqlanmaydigan ta’til mustasno.

Ayol tug‘ishdan oldingi va tug‘ishdan keyingi ta’tilda bo‘lgan vaqtida (ushbu Kodeksning 404-moddasi) unga qonunchilikda belgilangan miqdorda hamda tartibda homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lanadi.

Bola ikki yoshga to‘lguniga qadar uni parvarishlash ta’tilida bo‘lgan davrida bolani haqiqatda parvarishlayotgan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga), buvisiga, bobosiga yoki boshqa qarindoshiga qonunchilikda belgilangan miqdorda va tartibda bolani parvarishlash nafaqasi to‘lanadi.

O‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq nafar bola yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biri (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxs) davomiyligi to‘rt kalendar kun bo‘lgan har yilgi ijtimoiy ta’tilda bo‘lgan davrida uning ushbu ta’til davri uchun o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi (ushbu Kodeksning 401-moddasi).

237-modda. Qonunchilikda belgilangan ijtimoiy ta’tillar (davomi)

Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan ijtimoiy ta’tillar, bundan Kodeks 405-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan bolani parvarishlash ta’tillari mustasno, navbatdagi har yilgi mehnat ta’tilini olish huquqini beradigan ish stajiga kiritiladi.

238-modda. Jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda ijtimoiy ta’tillarni belgilash

Jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda quyidagilar nazarda tutilishi mumkin:

xodimlarga qonunchilikda belgilanmagan boshqa ijtimoiy ta’tillarni berish (nikoh tuzilganligi munosabati bilan, bola tug‘ilishi munosabati bilan bolaning otasiga, xodimning yaqin qarindoshi vafot etganligi munosabati bilan va boshqalar);

ijtimoiy ta’tillar davomiyligini ularning qonunchilikda belgilangan davomiyligiga nisbatan ko‘paytirish.

Jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ta’tillarda bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha oylik ish haqi yoki uning bir qismi saqlanib qolishi nazarda tutilishi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ijtimoiy ta’tillarning davomiyligi, shuningdek mazkur ta’tillarni navbatdagi har yilgi mehnat ta’tilini olish huquqini beradigan ish stajiga kiritish to‘g‘risidagi masala xodimlarga ushbu ta’tillar berilishini belgilovchi hujjatlarda tartibga solinishi kerak.

239-modda. Ijtimoiy ta’tillar berish asoslari va xodim tomonidan ulardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari

Qonunchilik, jamoa kelishuvlari yoxud jamoa shartnomasi yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar xodimning ijtimoiy ta’tilga bo‘lgan huquqi yuzaga kelishini qaysi holatlar bilan bog‘laydigan bo‘lsa, shunday holatlarning paydo bo‘lishi xodimga ijtimoiy ta’tillar berish asosidir. Ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ish beruvchi xodimga ijtimoiy ta’til berishi shart.

Barcha ijtimoiy ta’tillar vaqtida, ular qonunchilikda belgilanganligidan yoki jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilganligidan qat’i nazar, xodimning avvalgi ish joyi (lavozimi) saqlanib qoladi.

Ijtimoiy ta’tillar har yilgi mehnat ta’tilidan tashqari beriladi. Xodim tomonidan belgilangan muddatlarda foydalanilmagan ijtimoiy ta’til boshqa muddatga o‘tkazilishi mumkin emas. Ijtimoiy ta’tillarni jamlab hisoblashga va pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

6-§. Ish haqi qisman saqlanadigan va ish haqi saqlanmaydigan ta’tillar

240-modda. Ish haqi qisman saqlanadigan ta’til

Jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida xodimga ish haqi qisman saqlanadigan ta’til berish imkoniyati nazarda tutilishi va bunday ta’tilning kalendar yil davomidagi eng ko‘p davomiyligi belgilanishi mumkin.

Xodimga ish haqi qisman saqlanadigan ta’til berish va uning davomiyligi to‘g‘risidagi masala har bir muayyan holda mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra hal etiladi. Xodimning unga bunday ta’til berilishiga roziligi ish beruvchiga yozma ariza berish orqali bildiriladi.

Jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida ish beruvchi xodimning iltimosiga ko‘ra unga ish haqi qisman saqlanadigan ta’til berishi shart bo‘lgan hollar nazarda tutilishi mumkin.

Xodimning qisman saqlanadigan ish haqining miqdori va har yilgi mehnat ta’tilini olish huquqini beradigan ish stajiga ish haqi qisman saqlanadigan ta’tilni qo‘shish yoki qo‘shmaslik to‘g‘risidagi masala jamoa kelishuvlarida yoxud jamoa shartnomasida yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, ular mavjud bo‘lmaganda esa mehnat shartnomasida belgilanadi. Bunda xodimning saqlanib qoladigan ish haqi miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lishi mumkin emas. Agar xodim ish haqi qisman saqlanadigan ta’tilda bo‘lgan davrida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oshirilgan bo‘lsa, ushbu oshirilishni hisobga olgan holda xodimga tegishli ish haqi miqdori qayta hisob-kitob qilinishi kerak.

241-modda. Ish haqi saqlanmaydigan ta’til tushunchasi va uni berishning umumiy tartibi

Ish haqi saqlanmaydigan ta’til deganda xodimning ish o‘rni (lavozimi) saqlanib qolgan holda haq to‘lanmaydigan ta’til tushuniladi.

Xodimning yozma arizasiga ko‘ra unga ish haqi saqlanmaydigan ta’til berilishi mumkin bo‘lib, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi, lekin u o‘n ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, karantin choralari amalga oshirilayotgan, favqulodda holat joriy etilgan davrda va butun aholining yoki uning bir qismining hayotiga yoxud normal yashash sharoitlariga tahdid soluvchi boshqa hollarda xodimning yozma arizasiga ko‘ra ish haqi saqlanmaydigan ta’tilning uzluksiz yoki jamlangan davomiyligi ko‘paytirilishi, biroq ko‘pi bilan olti oygacha ko‘paytirilishi mumkin.

242-modda. Xodimning talabiga ko‘ra majburiy tartibda ish haqi saqlanmagan holda ta’til berish

Xodimning xohishiga ko‘ra ish haqi saqlanmaydigan ta’til quyidagilarga majburiy tartibda beriladi:

1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari bo‘yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga — har yili o‘n to‘rt kalendar kungacha;

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga — har yili o‘n to‘rt kalendar kungacha;

ikki yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan bolani haqiqatda parvarishlayotgan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga), buvisiga, bobosiga yoki boshqa qarindoshiga;

o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq nafar bolani yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolani tarbiyalayotgan ota-onasining biriga (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxsga) — har yili o‘n to‘rt kalendar kungacha;

qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa xodimlarga.

Bilimingizni sinang

Bola necha yoshga to‘lguniga qadar parvarishlash ta’tilida bo‘lgan davrida bolani haqiqatda parvarishlayotgan shaxsga parvarishlash nafaqasi to‘lanadi?
  1. bir yoshga
  2. ikki yoshga
  3. to‘rt yoshga
  4. uch yoshga

To‘g‘ri javob: ikki yoshga. Bola ikki yoshga to‘lguniga qadar parvarishlash ta’tilida parvarishlash nafaqasi to‘lanadi.

Necha yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq nafar bolaning ota-onasidan biri to‘rt kalendar kunlik har yilgi ijtimoiy ta’tilda o‘rtacha ish haqini saqlab qoladi?
  1. o‘n ikki yoshga
  2. sakkiz yoshga
  3. olti yoshga
  4. o‘n to‘rt yoshga

To‘g‘ri javob: o‘n ikki yoshga. O‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolaning ota-onasidan biri ijtimoiy ta’til davrida o‘rtacha ish haqini saqlab qoladi.

Mehnat kodeksi — 237-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Xodimni har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olish
  2. Qonunchilikda belgilangan ijtimoiy ta’tillar
  3. Xodimlarning mehnatiga haq to‘lash sohasidagi asosiy kafolatlar
  4. Ish haqi qisman saqlanadigan ta’til

To‘g‘ri javob: Qonunchilikda belgilangan ijtimoiy ta’tillar. 237-modda: Qonunchilikda belgilangan ijtimoiy ta’tillar.

Mehnat kodeksi: «Qonunchilikda belgilangan ijtimoiy ta’tillar» qaysi moddada belgilangan?
  1. 244-modda
  2. 237-modda
  3. 232-modda
  4. 240-modda

To‘g‘ri javob: 237-modda. 237-modda: Qonunchilikda belgilangan ijtimoiy ta’tillar.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, quyidagilardan qaysi biri qonunchilikda belgilangan ijtimoiy ta’tillar qatoriga kiradi?
  1. navbatdagi har yilgi asosiy mehnat ta’tili
  2. mehnat sharoiti zararli bo‘lgani uchun beriladigan qo‘shimcha ta’til
  3. o‘quv ta’tili
  4. ish haqi qisman saqlanadigan ta’til

To‘g‘ri javob: o‘quv ta’tili. 237-moddaga ko‘ra, ijtimoiy ta’tillar: homiladorlik va tug‘ish, bola parvarishlash, o‘quv va ijodiy ta’tillardir.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, xodim o‘quv ta’tilida yoki ijodiy ta’tilda bo‘lgan vaqtida uning nima saqlanib qoladi?
  1. lavozim maoshining yarmi
  2. o‘rtacha ish haqi
  3. eng kam ish haqi
  4. hech qanday to‘lov saqlanmaydi

To‘g‘ri javob: o‘rtacha ish haqi. 237-moddaga ko‘ra, o‘quv va ijodiy ta’til vaqtida xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.

Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirganda beriladigan ta’til haqida Mehnat kodeksi qanday qoida belgilaydi?
  1. bu ta’til ish haqi saqlanmaydigan ta’til hisoblanadi
  2. bu ta’tilda xodimning o‘rtacha ish haqi to‘liq saqlanadi
  3. bu ta’tilda ish haqining yarmi saqlanadi
  4. bu ta’til faqat kasaba uyushmasi roziligi bilan beriladi

To‘g‘ri javob: bu ta’til ish haqi saqlanmaydigan ta’til hisoblanadi. 237-moddaga ko‘ra, o‘rtacha ish haqi saqlanishi qoidasidan oliy ta’limga kirishda beriladigan ish haqi saqlanmaydigan ta’til mustasno.

Bola necha yoshga to‘lguniga qadar uni parvarishlash ta’tilida bo‘lgan davrda bolani parvarishlash nafaqasi to‘lanadi?
  1. ikki yoshga
  2. uch yoshga
  3. olti oylikka
  4. bir yoshga

To‘g‘ri javob: ikki yoshga. 237-moddaga ko‘ra, nafaqa bola ikki yoshga to‘lguniga qadar parvarishlash ta’tilida to‘lanadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiDam olish vaqti (4/5)Keyingi →Mehnatga haq to‘lash (1/3)