XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Mehnat kodeksi · 410–418-m.

Ijtimoiy va huquqiy jihatdan kuchli himoya qilinishga muhtoj shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari (3/9)

Vi Bo‘Lim. Ayrim Toifadagi Xodimlar Mehnatini Huquqiy Jihatdan Tartibga Solishning O‘Ziga Xos Xususiyatlari

410-modda. Oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslardan biriga kafolatlar berish sharti

Ushbu Kodeksda bolaning otasiga yoki oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul boshqa shaxslarga (onadan tashqari) mehnat sohasida qo‘shimcha kafolatlar nazarda tutilgan hollarda, ular bolaning onasi yoki oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul boshqa shaxs bu kafolatlardan foydalanmayotganligini tasdiqlovchi hujjatni (ish joyidan ma’lumotnomani, o‘lim to‘g‘risidagi guvohnomani, ona va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul boshqa shaxs muomalaga layoqatsiz deb topilganligi to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqidagi qonuniy kuchga kirgan sud qarorini va hokazolarni) ish beruvchiga ish joyi bo‘yicha taqdim etishi kerak.

Agar bolaning onasi ishlamasa hamda bolaning parvarishi va tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lsa yoxud ishlasa hamda ushbu paragrafda nazarda tutilgan kafolatlardan foydalansa, otaga yoki oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul boshqa shaxslarga mazkur kafolatlar berilmaydi.

2-§. O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari

411-modda. O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar

O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadigan eng kam ish o‘rinlari hisobidan zaxiradagi ish o‘rinlariga mahalliy mehnat organlarining yo‘llanmasi bilan ishga joylashish kafolatlanadi.

412-modda. O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning mehnatini qo‘llash taqiqlanadigan ishlar

O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning mehnatini mehnat sharoiti zararli va (yoki) xavfli bo‘lgan ishlarda, yer osti ishlarida, shuningdek bajarilishi ularning hayotiga va sog‘lig‘iga, xavfsizligiga va ma’naviy jihatdan kamol topishiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda (tungi kafe va klublarda, spirtli ichimliklarni, tamaki mahsulotlarini, giyohvandlik va psixotrop moddalarni, toksik preparatlarni ishlab chiqarish, tashish hamda sotish va boshqalar) qo‘llash taqiqlanadi.

O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarning ular uchun belgilangan yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p normalardan ortiq bo‘lgan og‘irlikdagi yuklarni ko‘tarishi va tashishi taqiqlanadi.

O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar mehnatining qo‘llanilishi taqiqlanadigan va bajarilishi voyaga yetmaganlarning sog‘lig‘iga va ma’naviy jihatdan kamol topishiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning og‘ir yuklarni ko‘tarishi va tashishi chog‘ida yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p normalar O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

413-modda. O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning mehnat huquqlari

O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslar mehnatga oid yakka tartibdagi huquqiy munosabatlarda katta yoshdagi xodimlar bilan teng huquqlarga ega bo‘ladi, mehnatni muhofaza qilish, ish vaqti, ta’tillar va boshqa mehnat shart-sharoitlari sohasida esa ular uchun mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan qo‘shimcha imtiyozlardan foydalanadi.

414-modda. O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning majburiy tibbiy ko‘riklari

O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslar faqat dastlabki majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan keyin ishga qabul qilinadi va keyinchalik ular o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar har yili majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim.

Ushbu Kodeksning 360-moddasida nazarda tutilgan majburiy tibbiy ko‘riklar ish beruvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

415-modda. O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun qisqartirilgan ish vaqti davomiyligi

Ish vaqtining davomiyligi o‘n oltidan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan, o‘n beshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun esa haftasiga yigirma to‘rt soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.

O‘quv yili davomida o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlayotgan o‘quvchilarning ish vaqti davomiyligi ushbu moddaning birinchi qismida tegishli yoshdagi shaxslar uchun nazarda tutilgan ish vaqti eng ko‘p davomiyligining yarmidan oshishi mumkin emas.

416-modda. O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi

Har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi quyidagilardan oshishi mumkin emas:

o‘n beshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun — olti kunlik ish haftasida — to‘rt soatdan, besh kunlik ish haftasida — besh soatdan, o‘n oltidan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun esa olti kunlik ish haftasida — olti soatdan, besh kunlik ish haftasida — yetti soatu o‘ttiz daqiqadan;

o‘quv yili davomida ishni o‘qish bilan birga olib boruvchi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarining o‘n beshdan o‘n olti yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilari uchun — olti kunlik ish haftasida — ikki soatdan, besh kunlik ish haftasida — ikki soatu o‘ttiz daqiqadan, o‘n oltidan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilari uchun esa olti kunlik ish haftasida — uch soatdan, besh kunlik ish haftasida — to‘rt soatdan.

417-modda. O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarni xizmat safariga yuborishni, ish vaqtidan tashqari ishlarga, tungi ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilishni taqiqlash

O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarni xizmat safariga yuborish, ish vaqtidan tashqari ishlarga, tungi ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.

Madaniy-tomosha tashkilotlarining, televideniye, radioeshittirish tashkilotlarining va boshqa ommaviy axborot vositalarining ijodiy xodimlari, professional sportchilar, shuningdek asarlar yaratishda va (yoki) ijro etishda (namoyish etishda) ishtirok etuvchi boshqa shaxslar Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ishlar, kasblar, lavozimlar ro‘yxatlariga muvofiq ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidadan mustasnodir.

418-modda. O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarga yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili berish

O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarga davomiyligi kamida o‘ttiz kalendar kun bo‘lgan yillik mehnat ta’tili beriladi va ular bu ta’tildan yilning o‘zlari uchun qulay bo‘lgan istalgan vaqtida foydalanishi mumkin.

Agar yillik mehnat ta’tili berilayotgan ish yili xodim o‘n sakkiz yoshga to‘ladigan va to‘lib bo‘lganidan keyingi davrlarni qamrab olsa, ta’tilning davomiyligi xodim o‘n sakkiz yoshga to‘lguniga qadar va o‘n sakkiz yoshga to‘lganidan keyingi ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi.

O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarni yillik mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bilimingizni sinang

Mehnat kodeksi — 410-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. O‘n ikki yoshga to‘lmagan bolalarning yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan birining (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsning) ish haqi saqlanmagan holda ta’til olish huquqi
  2. O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar
  3. Oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslardan biriga kafolatlar berish sharti
  4. O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning mehnat huquqlari

To‘g‘ri javob: Oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslardan biriga kafolatlar berish sharti. 410-modda: Oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslardan biriga kafolatlar berish sharti.

Mehnat kodeksi: «Oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslardan biriga kafolatlar berish sharti» qaysi moddada belgilangan?
  1. 411-modda
  2. 410-modda
  3. 402-modda
  4. 413-modda

To‘g‘ri javob: 410-modda. 410-modda: Oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslardan biriga kafolatlar berish sharti.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, bolaning otasi mehnat sohasidagi qo‘shimcha kafolatlardan foydalanishi uchun ish beruvchiga nimani taqdim etishi kerak?
  1. Bolaning onasi bu kafolatlardan foydalanmayotganligini tasdiqlovchi hujjatni
  2. Ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligini tasdiqlovchi hujjatni, ona ishlayotgan bo‘lsa ham
  3. Faqat bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini
  4. Mahalla fuqarolar yig‘inining tavsiyanomasini

To‘g‘ri javob: Bolaning onasi bu kafolatlardan foydalanmayotganligini tasdiqlovchi hujjatni. 410-moddaga ko‘ra, ona kafolatlardan foydalanmayotganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi.

Kazus. Bolaning onasi ishlamaydi va bolaning parvarishi hamda tarbiyasi bilan mashg‘ul. Ota Murod ish joyida o‘zi uchun qo‘shimcha kafolatlar berilishini talab qilmoqda. Mehnat kodeksiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Murodga kafolatlar ona bilan teng miqdorda beriladi
  2. Murodga mazkur kafolatlar berilmaydi
  3. Murodga kafolatlar yarim miqdorda beriladi
  4. Murodga kafolatlar faqat ish beruvchi roziligi bilan beriladi

To‘g‘ri javob: Murodga mazkur kafolatlar berilmaydi. 410-moddaga ko‘ra, ona bola parvarishi bilan mashg‘ul bo‘lsa, otaga kafolatlar berilmaydi.

Aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunga muvofiq belgilanadigan eng kam ish o‘rinlari hisobidan zaxiradagi ish o‘rinlariga yo‘llanma bilan ishga joylashish qaysi yoshgacha bo‘lgan shaxslarga kafolatlanadi?
  1. O‘n olti yoshgacha
  2. Yigirma yoshgacha
  3. O‘n sakkiz yoshgacha
  4. O‘n besh yoshgacha

To‘g‘ri javob: O‘n sakkiz yoshgacha. Mahalliy mehnat organlari yo‘llanmasi bilan zaxiradagi ish o‘rinlariga joylashish o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga kafolatlanadi.

O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning eng kam ish o‘rinlari hisobidan zaxiradagi ish o‘rinlariga joylashishi qaysi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi?
  1. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun
  2. “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun
  3. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun
  4. “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun

To‘g‘ri javob: “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun. Eng kam ish o‘rinlari “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq belgilanadi.

Mehnat kodeksi — 411-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Mehnat shartnomasini bekor qilish chog‘ida homilador ayollar uchun kafolatlar
  2. O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning mehnat huquqlari
  3. Yangi tug‘ilgan bolani farzandlikka olgan yoki unga vasiy qilib belgilangan xodimga beriladigan ta’tillar
  4. O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar

To‘g‘ri javob: O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar. 411-modda: O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar.

Mehnat kodeksi: «O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar» qaysi moddada belgilangan?
  1. 408-modda
  2. 406-modda
  3. 413-modda
  4. 411-modda

To‘g‘ri javob: 411-modda. 411-modda: O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiIjtimoiy va huquqiy jihatdan kuchli himoya qilinishga muhtoj shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari (2/9)Keyingi →Ijtimoiy va huquqiy jihatdan kuchli himoya qilinishga muhtoj shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari (4/9)