XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Mehnat kodeksi · 419–427-m.

Ijtimoiy va huquqiy jihatdan kuchli himoya qilinishga muhtoj shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari (4/9)

Vi Bo‘Lim. Ayrim Toifadagi Xodimlar Mehnatini Huquqiy Jihatdan Tartibga Solishning O‘Ziga Xos Xususiyatlari

419-modda. O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun ishlab chiqarish normalari

O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun ishlab chiqarish normalari umumiy ishlab chiqarish normalaridan kelib chiqqan holda ushbu xodimlar uchun belgilangan qisqartirilgan ish vaqtiga mutanosib ravishda belgilanadi.

Umumiy o‘rta ta’lim yoki o‘rta maxsus, professional ta’lim olganidan keyin ishga kirayotgan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun, shuningdek ishlab chiqarish ta’limi shartnomasi bo‘yicha ta’lim olgan xodimlar uchun mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga muvofiq pasaytirilgan ishlab chiqarish normalari belgilanishi mumkin.

420-modda. O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarning ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida mehnatiga haq to‘lash

O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarning mehnatiga ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida haq to‘lash, xuddi ish vaqti davomiyligi to‘liq bo‘lganda xodimlarning tegishli toifalari uchun to‘lanadigan miqdorda amalga oshiriladi.

O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar mehnatiga vaqtbay haq to‘lashda har kungi ishning to‘liq davomiyligida tegishli toifadagi xodimlarning mehnatiga haq to‘lash darajasiga qadar qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Ishbay ishlarga qo‘yilgan o‘n sakkiz yoshga to‘lgan xodimlar mehnatiga katta yoshdagi xodimlar uchun belgilangan ishbay narxlar bo‘yicha haq to‘lanib, bunda o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarning har kungi ish vaqti davomiyligi o‘n sakkiz yoshga to‘lgan xodimlarning har kungi ish vaqti davomiyligiga nisbatan qisqartirilgan vaqt uchun tarif stavkasi bo‘yicha qo‘shimcha haq to‘lanadi.

O‘quv yili davomida o‘qishdan bo‘sh vaqtida ishlayotgan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar mehnatiga ishlagan vaqtidan kelib chiqib yoki ishlab chiqarish natijasiga qarab haq to‘lanadi.

421-modda. Mehnat shartnomasini bekor qilishda o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun qo‘shimcha kafolatlar

O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga, mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya etishdan tashqari, mahalliy mehnat organining roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.

422-modda. Mehnat shartnomasini ota-onadan birining (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsning) va vakolatli organlarning talabiga ko‘ra bekor qilish

Ota-onadan biri (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxs), shuningdek mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organlar hamda bolalar masalalari bo‘yicha komissiyalar, agar ishni davom ettirish o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning hayotiga va sog‘lig‘iga, xavfsizligiga hamda ma’naviy jihatdan kamol topishiga tahdid solayotgan bo‘lsa yoki ularga boshqacha tarzda ziyon yetkazishi mumkin bo‘lsa, bunday shaxslar bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni talab qilishga haqli.

3-§. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari

423-modda. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilangan ish o‘rinlarining eng kam soni hisobidan zaxiradagi ish o‘rinlariga mahalliy mehnat organlari yo‘llanmasiga ko‘ra ishga joylashish kafolatlanadi.

424-modda. Nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatidan ularga sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatma bo‘lgan ishlarda foydalanishni taqiqlash

Nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatidan ularga sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatma bo‘lgan ishlarda foydalanish taqiqlanadi.

Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘liqsiz ish vaqti rejimi to‘g‘risidagi, yuklamani kamaytirish haqidagi va mehnatning boshqa shart-sharoitlari to‘g‘risidagi tavsiyalari ish beruvchi tomonidan bajarilishi majburiydir.

425-modda. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat huquqlari

Nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatga oid yakka tartibdagi huquqiy munosabatlarda boshqa xodimlar kabi huquqlarga ega, mehnatni muhofaza qilish sohasida, ish vaqti, ta’tillar va boshqa mehnat shart-sharoitlari borasida esa ular o‘zi uchun qonunchilikda, shuningdek mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan qo‘shimcha imtiyozlardan foydalanadi.

Jamoa shartnomasida yoki mehnat shartnomasida belgilanadigan mehnat shart-sharoitlari, shu jumladan ish haqi, ish vaqti va dam olish vaqti rejimi, yillik mehnat ta’tilining davomiyligi qonunchilikda belgilanganidan kam bo‘lishi hamda boshqa xodimlarga nisbatan nogironligi bo‘lgan shaxslarning holatini yomonlashtirishi yoki ularning huquqlarini cheklashi mumkin emas.

Nogironligi sababli nogironligi bo‘lgan shaxs bilan mehnat shartnomasi tuzishni yoki ishda uning yuqori lavozimga ko‘tarilishini rad etishga, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining xulosasiga ko‘ra nogironligi bo‘lgan shaxsning sog‘lig‘i holati kasbiy vazifalarini bajarishga monelik qiladigan yoxud uning yoki boshqa shaxslarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga, mehnat xavfsizligiga tahdid soladigan hollar mustasno.

426-modda. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning majburiy tibbiy ko‘riklari

Nogironligi bo‘lgan shaxslar faqat dastlabki majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan keyin ishga qabul qilinadi va keyinchalik har yili majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib turilishi lozim.

Ushbu Kodeksning 360-moddasida nazarda tutilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning majburiy tibbiy ko‘riklari ish beruvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

427-modda. I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi

I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga o‘ttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun kunlik ishning (smenaning) davomiyligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalariga muvofiq belgilanadi, lekin olti kunlik ish haftasida — olti soatdan, besh kunlik ish haftasida — yetti soatu o‘ttiz daqiqadan ortib ketmasligi kerak.

Bilimingizni sinang

Mehnat kodeksi — 419-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning majburiy tibbiy ko‘riklari
  2. O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun ishlab chiqarish normalari
  3. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat huquqlari
  4. O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarga yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili berish

To‘g‘ri javob: O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun ishlab chiqarish normalari. 419-modda: O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun ishlab chiqarish normalari.

Mehnat kodeksi: «O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun ishlab chiqarish normalari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 425-modda
  2. 418-modda
  3. 426-modda
  4. 419-modda

To‘g‘ri javob: 419-modda. 419-modda: O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun ishlab chiqarish normalari.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar uchun ishlab chiqarish normalari qanday belgilanadi?
  1. Umumiy normalardan kelib chiqib, qisqartirilgan ish vaqtiga mutanosib ravishda
  2. Katta yoshdagi xodimlar bilan bir xil miqdorda, ish vaqti qisqartirilganiga qaramasdan
  3. Ish beruvchi xohishiga ko‘ra, har bir xodim uchun alohida va mustaqil belgilanadi
  4. Umumiy normalarning yarmi miqdorida, ish vaqtining qisqartirilishidan qat’i nazar

To‘g‘ri javob: Umumiy normalardan kelib chiqib, qisqartirilgan ish vaqtiga mutanosib ravishda. 419-moddaga ko‘ra, normalar qisqartirilgan ish vaqtiga mutanosib belgilanadi.

Kazus. Kasb-hunar ta’limini tamomlab ishga kirayotgan 17 yoshli Rustam uchun ish beruvchi umumiyga nisbatan pasaytirilgan ishlab chiqarish normasi belgilamoqchi. Mehnat kodeksiga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Pasaytirilgan normalar hech qachon belgilanmaydi
  2. Bunday xodimlar uchun pasaytirilgan ishlab chiqarish normalari belgilanishi mumkin
  3. Pasaytirilgan normalar faqat 16 yoshdan oshganlar uchun belgilanadi
  4. Pasaytirilgan normalar faqat ish beruvchi bilan kelishmasdan belgilanadi

To‘g‘ri javob: Bunday xodimlar uchun pasaytirilgan ishlab chiqarish normalari belgilanishi mumkin. 419-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, ta’lim olganidan keyin ishga kirayotganlar uchun pasaytirilgan normalar belgilanishi mumkin.

Qaysi yoshgacha bo‘lgan xodimlarning qisqartirilgan ish vaqti uchun haq to‘lash to‘liq ish vaqtidagi tegishli toifa xodimlariga to‘lanadigan miqdorda amalga oshiriladi?
  1. Yigirma yoshgacha
  2. O‘n olti yoshgacha
  3. O‘n sakkiz yoshgacha
  4. O‘n to‘rt yoshgacha

To‘g‘ri javob: O‘n sakkiz yoshgacha. O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarga qisqartirilgan ish vaqti uchun to‘liq ish vaqtidagidek miqdorda haq to‘lanadi.

O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlarning mehnatiga ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida qanday haq to‘lanadi?
  1. Ishlagan soatlariga proporsional ravishda, kamaytirilgan miqdorda to‘lanadi
  2. Eng kam ish haqining yarmi miqdorida, ish soatidan qat’i nazar to‘lanadi
  3. Ish vaqti to‘liq bo‘lganda tegishli toifadagi xodimlarga to‘lanadigan miqdorda
  4. Ish beruvchi o‘zi belgilagan har qanday miqdorda, qonunda cheklovlarsiz

To‘g‘ri javob: Ish vaqti to‘liq bo‘lganda tegishli toifadagi xodimlarga to‘lanadigan miqdorda. 420-moddaga ko‘ra, haq to‘liq ish vaqtidagi miqdorda to‘lanadi.

O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan xodimlar mehnatiga vaqtbay haq to‘lashda qanday tartib qo‘llanadi?
  1. Qo‘shimcha haq to‘lanmaydi, ish haqi faqat haqiqatda ishlangan soatlar bo‘yicha hisoblanadi
  2. Qo‘shimcha haq faqat yarim miqdorda, ya’ni to‘liq ish davomiyligigacha bo‘lgan farqning yarmi to‘lanadi
  3. Qo‘shimcha haq faqat bayram kunlari uchun, har kungi ishning to‘liq davomiyligi darajasigacha to‘lanadi
  4. Har kungi ishning to‘liq davomiyligida haq to‘lash darajasiga qadar qo‘shimcha haq to‘lanadi

To‘g‘ri javob: Har kungi ishning to‘liq davomiyligida haq to‘lash darajasiga qadar qo‘shimcha haq to‘lanadi. 420-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, to‘liq davomiylikdagi haq darajasigacha qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Kazus. 17 yoshli Anvar ishbay ishga qo‘yildi, uning ish kuni katta yoshdagilarnikidan qisqa. Ish haqi qanday hisoblanadi?
  1. Katta yoshdagilar uchun belgilangan ishbay narxlar bo‘yicha, qisqartirilgan vaqt uchun tarif stavkasi bo‘yicha qo‘shimcha haq bilan
  2. Katta yoshdagilar uchun belgilangan ishbay narxlarning yarmi bo‘yicha, qisqartirilgan vaqt uchun qo‘shimcha haqsiz hisoblanadi
  3. Faqat tarif stavkasi bo‘yicha, ishbay narxlarsiz va qisqartirilgan vaqt uchun qo‘shimcha haq to‘lanmagan holda hisoblanadi
  4. Katta yoshdagilar uchun belgilangan ishbay narxlar bo‘yicha, qisqartirilgan vaqt uchun qo‘shimcha haq to‘lanmasdan hisoblanadi

To‘g‘ri javob: Katta yoshdagilar uchun belgilangan ishbay narxlar bo‘yicha, qisqartirilgan vaqt uchun tarif stavkasi bo‘yicha qo‘shimcha haq bilan. 420-moddaning uchinchi qismiga ko‘ra, ishbay narx bo‘yicha va qisqartirilgan vaqt uchun tarif stavkasi bo‘yicha qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiIjtimoiy va huquqiy jihatdan kuchli himoya qilinishga muhtoj shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari (3/9)Keyingi →Ijtimoiy va huquqiy jihatdan kuchli himoya qilinishga muhtoj shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari (5/9)