XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Mehnat kodeksi · 534–540-m.

Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga hamda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat va tekshiruv

Vii Bo‘Lim. Xodimlarning Mehnat Huquqlarini Himoya Qilish. Mehnat Nizolarini Ko‘Rib Chiqish

534-modda. Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga hamda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organlari

Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga hamda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvi O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, shuningdek boshqa davlat organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Ushbu Kodeksning, shuningdek boshqa qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni prokuratura organlari o‘z vakolatlari doirasida “Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiradi.

Faoliyatning ayrim sohalarida ishlarni bexatar olib borish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvi (davlat energetika nazorati, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati, sanoat, yadroviy hamda radiatsiyaviy xavfsizlik talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va hokazolar) vakolatli davlat organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

Tasarrufidagi tashkilotlarda mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan idoraviy nazorat qonunchilikda belgilangan tartibda hamda shartlarda davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

535-modda. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Davlat mehnat inspeksiyasi deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, u ish beruvchilar tomonidan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik, aholining bandligi, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik, mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlar, mehnatni muhofaza qilish qoidalari hamda mehnat standartlari talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini va tekshiruvini amalga oshiradi.

536-modda. Davlat mehnat inspektorlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar

Davlat mehnat inspektorlari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga hamda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini va tekshiruvini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining hududida ish beruvchilarni qonunchilikda belgilangan tartibda rejali hamda rejadan tashqari tekshiruvlardan o‘tkazadi.

Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar va mehnatni muhofaza qilish qoidalari talablariga rioya etilishi, davlat mehnat inspektorlarining tekshiruvlar davomida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarining ish beruvchilar tomonidan bajarilishi tekshirish predmetidir.

Davlat mehnat inspektorlari tomonidan tekshiruvlar o‘tkazish tartibi qonunchilikda belgilanadi.

537-modda. Davlat mehnat inspektorlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish

Davlat mehnat inspektorlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi mehnat inspeksiyasiga va (yoki) sudga shikoyat qilinishi mumkin.

538-modda. Davlat mehnat inspeksiyasi faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik

Davlat mehnat inspeksiyasining ko‘rsatmalari, taqdimnomalarini va boshqa hujjatlarini ijro etmaslik, shuningdek Davlat mehnat inspeksiyasining faoliyatiga aralashish hamda uning xodimlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning qonuniy ijro etilishiga to‘sqinlik qilish maqsadida har qanday shaklda ta’sir o‘tkazish taqiqlanadi hamda qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

2-§. Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati

539-modda. Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati subyektlari

Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati subyektlaridir.

Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati qonunchilikka muvofiq jamoatchilik kengashlari, komissiyalari hamda boshqa jamoatchilik tashkiliy tuzilmalari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.

Kasaba uyushmalari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratining maxsus subyektlaridir.

540-modda. Kasaba uyushmalarining mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish chog‘idagi huquqlari

Kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari ish joylarida ish beruvchilarning mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga, shuningdek jamoa kelishuvlari hamda jamoa shartnomasi, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilingan boshqa hujjatlar qoidalariga rioya etishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish huquqiga ega.

Kasaba uyushmalari loyihalashtirilayotgan, qurilayotgan va foydalanilayotgan ishlab chiqarish obyektlarida mehnat sharoitlari xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazishda, shuningdek loyihalashtirilayotgan hamda foydalanilayotgan mexanizmlar va asbob-uskunalarning xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazishda, mehnatni muhofaza qilish qoidalarining buzilishi sabablarini aniqlashda, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekshirishda, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining majlislarida ishtirok etishga haqlidir.

Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish chog‘ida kasaba uyushmalari:

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari huzuridagi tegishli jamoatchilik kengashlarida ishtirok etishga;

ish beruvchilarga mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarning va mehnatni muhofaza qilish qoidalarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar yuborishga;

540-modda. Kasaba uyushmalarining mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish chog‘idagi huquqlari (davomi)

mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlikda, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar faktlarini yashirganlikda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi talab bilan tegishli organlarga murojaat qilishga;

ish beruvchiga xodimlarning hayotiga va sog‘lig‘iga tahdid tug‘ilgan hollarda ishlarni to‘xtatib turish haqida, shuningdek mehnatni muhofaza qilish talablarining buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida takliflar kiritishga;

mehnatning muhofaza qilinish holatini o‘rganishga, ish beruvchilarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha jamoa kelishuvlarida va jamoa shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlari bajarilishini nazorat qilishga;

o‘zi manfaatlarini ifodalayotgan xodimlarning ish joylariga kirishga;

yakka tartibdagi va jamoaviy mehnat nizolarini ko‘rib chiqishda ishtirok etishga;

xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilib sudga murojaat etishga haqli.

Kasaba uyushmalari mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘ladi.

Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun kasaba uyushmalari, shuningdek ularning birlashmalari o‘z inspeksiyalarini tashkil etishga haqli.

Bilimingizni sinang

Mehnat kodeksining va boshqa qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan prokuratura organlari nazoratni qaysi qonunga muvofiq amalga oshiradi?
  1. “Adliya organlari to‘g‘risida”gi Qonun
  2. “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonun
  3. “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonun
  4. “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi Qonun

To‘g‘ri javob: “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonun. Kodeks va boshqa qonunlarning bajarilishi ustidan nazoratni prokuratura organlari “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq amalga oshiradi.

Mehnat kodeksi — 534-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga hamda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organlari
  2. Mehnat huquqlarini himoya qilishning asosiy usullari
  3. Kasaba uyushmalarining mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish chog‘idagi huquqlari
  4. Xodimning mehnat huquqlarini himoya qilishga doir huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmasligi

To‘g‘ri javob: Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga hamda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organlari. 534-modda: Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga hamda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organlari.

Mehnat kodeksi: «Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga hamda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organlari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 534-modda
  2. 529-modda
  3. 540-modda
  4. 528-modda

To‘g‘ri javob: 534-modda. 534-modda: Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga hamda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organlari.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini qaysi vazirlik, shuningdek boshqa davlat organlari amalga oshiradi?
  1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Adliya vazirligi
  2. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
  3. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
  4. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

To‘g‘ri javob: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi. 534-moddaning birinchi qismiga ko‘ra, nazorat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, shuningdek boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Mehnat kodeksining hamda boshqa qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni o‘z vakolatlari doirasida qaysi organlar amalga oshiradi?
  1. Prokuratura organlari
  2. Davlat mehnat inspeksiyasi
  3. Kasaba uyushmalari
  4. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari

To‘g‘ri javob: Prokuratura organlari. 534-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, bu nazoratni prokuratura organlari Prokuratura to‘g‘risidagi Qonunga muvofiq amalga oshiradi.

Quyidagilardan qaysi biri faoliyatning ayrim sohalarida ishlarni bexatar olib borish talablariga rioya etilishi ustidan amalga oshiriladigan davlat nazoratiga misol bo‘ladi?
  1. Davlat bojxona nazorati
  2. Davlat energetika nazorati
  3. Davlat soliq nazorati
  4. Davlat valyuta nazorati

To‘g‘ri javob: Davlat energetika nazorati. 534-moddaning uchinchi qismida davlat energetika nazorati, sanitariya-epidemiologiya nazorati va boshqalar bexatar ishlar nazorati sifatida sanalgan.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, tasarrufidagi tashkilotlarda mehnat qonunchiligiga rioya etilishi ustidan idoraviy nazoratni kim amalga oshiradi?
  1. Faqat prokuratura organlari
  2. Davlat mehnat inspeksiyasi
  3. Kasaba uyushmalari
  4. Davlat organlari

To‘g‘ri javob: Davlat organlari. 534-moddaning to‘rtinchi qismiga ko‘ra, idoraviy nazoratni davlat organlari qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z tasarrufidagi tashkilotlarda amalga oshiradi.

Mehnat kodeksi — 535-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. O‘zini o‘zi himoya qilish shakllari
  2. Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati subyektlari
  3. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi
  4. Mehnat nizolari tushunchasi

To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi. 535-modda: O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiXodim tomonidan mehnat huquqlarini o‘zi himoya qilishiKeyingi →Mehnat nizolarini ko‘rib chiqish (1/6)