XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Mehnat kodeksi · 541–549-m.

Mehnat nizolarini ko‘rib chiqish (1/6)

Vii Bo‘Lim. Xodimlarning Mehnat Huquqlarini Himoya Qilish. Mehnat Nizolarini Ko‘Rib Chiqish

541-modda. Mehnat nizolari tushunchasi

Ish beruvchi va xodim o‘rtasida yoxud xodimlar (ularning vakillari) va ish beruvchilar (ularning vakillari) o‘rtasida mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini, mehnat shartnomasini qo‘llash masalalari bo‘yicha, shuningdek yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud mehnat shartlarini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha tartibga solinmagan kelishmovchiliklar mehnat nizolaridir.

542-modda. Mehnat nizolarining turlari

Mehnat nizolari subyektning tarkibiga qarab yakka tartibdagi yoki jamoaviy bo‘lishi mumkin.

Ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi quyidagi masalalar bo‘yicha tartibga solinmagan kelishmovchiliklar yakka tartibdagi mehnat nizolaridir:

mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini, mehnat shartnomasini qo‘llash;

xodim uchun yakka tartibdagi yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud yakka tartibdagi mehnat shartlarini (shu jumladan mehnatga haq to‘lashni) o‘zgartirish.

Yakka tartibdagi mehnat nizolariga quyidagi nizolar ham kiradi:

ish beruvchi va mazkur ish beruvchi bilan ilgari mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan shaxs o‘rtasidagi nizo;

ish beruvchi va mazkur ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzish istagini bildirgan shaxs o‘rtasidagi nizo, agar ish beruvchi ushbu shaxsni ishga qabul qilishni rad etgan bo‘lsa.

Xodimlar (ularning vakillari) va ish beruvchilar (ularning vakillari) o‘rtasidagi:

yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud mehnat shartlarini (shu jumladan, mehnatga haq to‘lashni) o‘zgartirish masalalari bo‘yicha;

jamoa kelishuvlarini, jamoa shartnomasini, shuningdek qonunchilikka muvofiq xodimlarning vakillari bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni tuzish va o‘zgartirish masalalari bo‘yicha;

mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini qo‘llash masalalari bo‘yicha tartibga solinmagan kelishmovchiliklar jamoaviy mehnat nizolaridir.

542-modda. Mehnat nizolarining turlari (davomi)

Mehnat nizolari hal etilish usuliga qarab da’vo xususiyatiga va da’vosiz xususiyatga ega bo‘lishi mumkin.

Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini, mehnat shartnomasini qo‘llash masalalari bo‘yicha yuzaga keladigan nizolar da’vo xususiyatiga ega nizolar (huquq to‘g‘risidagi nizolar) jumlasiga kiradi. Da’vo xususiyatiga ega bo‘lgan yakka tartibdagi va jamoaviy nizolar mehnat nizolarini ko‘rib chiquvchi organlarda ko‘rib chiqiladi. Da’vo xususiyatiga ega bo‘lgan mehnat nizolarini ko‘rib chiqishning har qanday bosqichida taraflarning ixtiyoriy roziligi asosida ular tomonidan o‘zaro maqbul yechimga erishish maqsadida nizoni mediator ko‘magida bartaraf etish tartib-taomili qo‘llanilishi mumkin.

Yangi mehnat shartlarini belgilash va mavjud mehnat shartlarini (shu jumladan mehnatga haq to‘lashni) o‘zgartirish, jamoa kelishuvlarini, jamoa shartnomasini yoxud qonunchilikka muvofiq xodimlarning vakillari bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki hujjatlarni tuzish, o‘zgartirish masalalari bo‘yicha yuzaga keladigan jamoaviy hamda yakka tartibdagi mehnat nizolari da’vosiz xususiyatga ega bo‘lgan nizolar (manfaat haqidagi nizolar) jumlasiga kiradi. Da’vosiz xususiyatga ega bo‘lgan jamoaviy va yakka tartibdagi mehnat nizolari yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillarini yoki mediator ko‘magida nizoni tartibga solish tartib-taomillarini qo‘llash orqali hal etiladi.

542-modda. Mehnat nizolarining turlari (davomi)

2-§. Yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiqish

543-modda. Yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiqish tartibi

Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni, mehnat shartnomasini qo‘llash masalalari bo‘yicha yakka tartibdagi mehnat nizolarini (da’vo xususiyatiga ega yakka tartibdagi mehnat nizolari) ko‘rib chiqish tartibi ushbu Kodeksda belgilanadi, sudlarda mehnat nizolari bo‘yicha ishlarni ko‘rish tartibi esa bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksida belgilanadi.

Xodim uchun yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud mehnat shartlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi yakka tartibdagi mehnat nizolari (da’vosiz xususiyatga ega bo‘lgan yakka tartibdagi mehnat nizolari) ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan hal etiladi.

544-modda. Yakka tartibdagi mehnat nizolarining taraflari

Yakka tartibdagi mehnat nizosining bir tarafi ish beruvchi, boshqa tarafi esa xodim, ilgari ushbu ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan shaxs, ish beruvchi mehnat shartnomasini tuzishni rad etgan taqdirda, ish beruvchi bilan shunday shartnomani tuzish istagini bildirgan shaxs bo‘ladi.

Yakka tartibdagi mehnat nizosining har bir tarafi o‘z huquqlarini himoya qilish uchun vakillarni jalb qilishga haqlidir.

545-modda. Yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiquvchi organlar

Yakka tartibdagi mehnat nizolari quyidagilar tomonidan ko‘rib chiqiladi:

mehnat nizolari bo‘yicha komissiyalar tomonidan, bundan bevosita sudda ko‘riladigan nizolar mustasno;

sud tomonidan.

Xodim mehnat nizosini hal qilish uchun o‘z tanloviga ko‘ra mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaga yoki bevosita sudga murojaat etishga haqli.

Har qanday yakka tartibdagi mehnat nizosi mehnat nizolari bo‘yicha komissiyada yoki sudda ko‘rib chiqishning istalgan bosqichida, sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun kirishidan oldin “Mediatsiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqish uchun mediatorga o‘tkazilishi mumkin.

546-modda. Xodimning pulga oid talablarini qanoatlantirish

Ish beruvchi xodimning pulga oid talablarini muddati cheklanmagan holda butun davr uchun qanoatlantirishga haqli.

Xodimning pulga oid talablari yakka tartibdagi mehnat nizosini ko‘rib chiquvchi mehnat nizolari bo‘yicha komissiya yoki sud tomonidan asosli deb topilgan taqdirda to‘liq miqdorda qanoatlantiriladi.

3-§. Yakka tartibdagi mehnat nizolarini mehnat nizolari bo‘yicha komissiyada ko‘rib chiqish tartibi

547-modda. Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyani tuzish

Jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra mehnat nizolari bo‘yicha komissiyani tuzish nazarda tutilishi mumkin.

Ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra yoxud jamoa shartnomasida nazarda tutilgan hollarda mehnat nizolari bo‘yicha komissiyalar tashkilotlarning tarkibiy bo‘linmalarida tuzilishi mumkin.

Tashkilotning tarkibiy bo‘linmalaridagi mehnat nizolari bo‘yicha komissiyalar tashkilotning mehnat nizolari bo‘yicha komissiyalari faoliyat ko‘rsatayotgan ayni o‘sha asoslarda ish yuritadi. Yakka tartibdagi mehnat nizolari tashkilotlar tarkibiy bo‘linmalarining mehnat nizolari bo‘yicha komissiyalarida jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan tashkilotning kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda aniqlanadigan ushbu komissiyalarning vakolatlari doirasida ko‘rilishi mumkin.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyalar ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan har bir tarafdan vakillar soni teng bo‘lgan holda, teng huquqlilik asosida tuziladi.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida yozma shaklda taklif olgan ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘n kunlik muddatda o‘z vakillarini komissiyaga yuborishi shart.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning kasaba uyushmasi qo‘mitasidan bo‘lgan a’zolari tegishli kasaba uyushmasi qo‘mitasining qarori bilan, ish beruvchining vakillari bo‘lgan komissiya a’zolari esa ish beruvchining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

547-modda. Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyani tuzish (davomi)

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning son jihatidan tarkibi va vakolatlari muddati jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida kelishilgan holda tasdiqlanadigan boshqa ichki hujjatda belgilanadi.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning ish yuritish tartibi ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida kelishilgan holda tasdiqlanadigan tegishli nizomda yoki boshqa ichki hujjatda belgilanadi.

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi. Ish beruvchi xodimning roziligi bilan uning zimmasiga komissiya faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlash uchun mas’ul shaxs vazifalarini yuklatishi mumkin.

548-modda. Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning vakolatlari

Mehnat nizolari bo‘yicha komissiya mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarni, mehnat shartnomasini qo‘llash masalalariga doir yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiquvchi organ bo‘lib, bundan bevosita sud tomonidan ko‘riladigan nizolar mustasno.

Tashkilotlarning tarkibiy bo‘linmalarida tuzilgan mehnat nizolari bo‘yicha komissiyalarning vakolatlari ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra tasdiqlanadigan tegishli nizomda yoki boshqa ichki hujjatda belgilanadi.

549-modda. Mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaga ariza berish tartibi

Xodimning mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaga kelib tushgan arizasi ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.

Xodimning mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaga berilgan arizasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

sana (xodim o‘z huquqi buzilganligi to‘g‘risida bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan va u komissiyaga murojaat qilish uchun muddatning o‘tishi boshlanishini qaysi sana bilan bog‘lasa, o‘sha sana);

xodimning vajlarini tasdiqlovchi o‘zida mavjud bo‘lgan vajlar;

xodimning talablari;

arizaga ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.

Bilimingizni sinang

Mehnat kodeksi — 541-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Mehnat nizolari tushunchasi
  2. Yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko‘rib chiqish tartibi
  3. Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga hamda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organlari
  4. Davlat mehnat inspektorlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish

To‘g‘ri javob: Mehnat nizolari tushunchasi. 541-modda: Mehnat nizolari tushunchasi.

Mehnat kodeksi: «Mehnat nizolari tushunchasi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 537-modda
  2. 543-modda
  3. 541-modda
  4. 534-modda

To‘g‘ri javob: 541-modda. 541-modda: Mehnat nizolari tushunchasi.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni, mehnat shartnomasini qo‘llash yoki yangi mehnat shartlarini belgilash masalalari bo‘yicha taraflar o‘rtasidagi qanday kelishmovchiliklar mehnat nizolari hisoblanadi?
  1. Ish beruvchi tomonidan e’lon qilingan buyruqlar
  2. Tartibga solinmagan kelishmovchiliklar
  3. Xodimning shaxsiy xarakterdagi kelishmovchiliklari
  4. Ish beruvchilar o‘rtasidagi tijorat kelishmovchiliklari

To‘g‘ri javob: Tartibga solinmagan kelishmovchiliklar. 541-moddaga ko‘ra, tartibga solinmagan kelishmovchiliklar mehnat nizolaridir.

Mehnat kodeksi — 542-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Davlat mehnat inspektorlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
  2. Mehnat nizolarining turlari
  3. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi
  4. Kasaba uyushmalarining mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish chog‘idagi huquqlari

To‘g‘ri javob: Mehnat nizolarining turlari. 542-modda: Mehnat nizolarining turlari.

Mehnat kodeksi: «Mehnat nizolarining turlari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 542-modda
  2. 535-modda
  3. 540-modda
  4. 537-modda

To‘g‘ri javob: 542-modda. 542-modda: Mehnat nizolarining turlari.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, mehnat nizolari subyektning tarkibiga qarab qanday turlarga bo‘linadi?
  1. Davlat yoki xususiy nizolarga
  2. Yakka tartibdagi yoki jamoaviy
  3. Shartnomaviy yoki qonuniy
  4. Rejali yoki rejadan tashqari

To‘g‘ri javob: Yakka tartibdagi yoki jamoaviy. 542-moddaning birinchi qismiga ko‘ra, nizolar subyektning tarkibiga qarab yakka tartibdagi yoki jamoaviy bo‘ladi.

Quyidagilardan qaysi biri yakka tartibdagi mehnat nizosiga kiradi?
  1. Ish beruvchi ishga qabul qilishni rad etgan va shartnoma tuzish istagini bildirgan shaxs o‘rtasidagi nizo
  2. Xodimlarning vakillari va ish beruvchilarning vakillari o‘rtasida jamoa shartnomasini o‘zgartirish bo‘yicha nizo
  3. Ikki ish beruvchi o‘rtasidagi mol-mulk nizosi
  4. Kasaba uyushmasi va davlat organi o‘rtasidagi nizo

To‘g‘ri javob: Ish beruvchi ishga qabul qilishni rad etgan va shartnoma tuzish istagini bildirgan shaxs o‘rtasidagi nizo. 542-moddaga ko‘ra, ishga qabul qilishni rad etgan ish beruvchi bilan shartnoma tuzish istagini bildirgan shaxs o‘rtasidagi nizo yakka tartibdagi nizodir.

Mehnat kodeksiga ko‘ra, quyidagi masalalardan qaysi biri bo‘yicha tartibga solinmagan kelishmovchiliklar jamoaviy mehnat nizolari hisoblanadi?
  1. Xodimning intizomiy javobgarlikka tortilishi bo‘yicha
  2. Bitta xodimning ish haqi to‘lanmaganligi bo‘yicha
  3. Jamoa shartnomasini tuzish va o‘zgartirish bo‘yicha
  4. Xodimning mehnat ta’tili berilmaganligi bo‘yicha

To‘g‘ri javob: Jamoa shartnomasini tuzish va o‘zgartirish bo‘yicha. 542-moddaga ko‘ra, jamoa kelishuvlari va jamoa shartnomasini tuzish va o‘zgartirish masalalari bo‘yicha kelishmovchiliklar jamoaviy nizodir.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga hamda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat va tekshiruvKeyingi →Mehnat nizolarini ko‘rib chiqish (2/6)