Mehnat nizolarini ko‘rib chiqish (6/6)
Vii Bo‘Lim. Xodimlarning Mehnat Huquqlarini Himoya Qilish. Mehnat Nizolarini Ko‘Rib Chiqish
586-modda. Ish tashlashning borishi
Ish tashlash paytida jamoaviy mehnat nizosi taraflari nizoni yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari orqali hal qilishda davom etishlari kerak.
Xodim, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi ish tashlash paytida jamoat tartibini, ish beruvchining va xodimlarning mol-mulki xavfsizligini, shuningdek to‘xtatilishi inson hayoti va sog‘lig‘iga bevosita xavf tug‘diradigan uskunalarning ishlashini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rishi shart.
Ushbu Kodeks 589-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan xizmatlarda (sohalarda) minimal zarur ishlar (xizmatlar) ta’minlanishi shart.
587-modda. E’lon qilingan ish tashlashning boshlash vaqtini kechiktirish yoki ish tashlashni to‘xtatib turish
Ish tashlash insonlarning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqarsa, tinchlik va xavfsizlikka, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga, ekologik barqarorlikka tahdid solsa, sudning qaroriga asosan:
e’lon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqti o‘ttiz kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga kechiktirilishi;
ish tashlash o‘ttiz kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turilishi mumkin.
E’lon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish yoki ish tashlashni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sudning qarori to‘g‘risida xodimlar ish tashlashga rahbarlik qiluvchi orqali darhol xabardor qilinishi shart.
E’lon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini kechiktirish yoki ish tashlashni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sudning qarori darhol ijro etilishi kerak.
588-modda. Ish tashlashni qayta tiklash
Ish beruvchi tomonidan jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) jarayonida mehnat jamoasi bilan erishilgan kelishuvlarda belgilangan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda tugatilgan ish tashlash qayta tiklanishi mumkin.
Ish tashlashni qayta tiklash uchun jamoaviy mehnat nizosini yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari asosida qayta ko‘rib chiqish talab qilinmaydi.
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi ish beruvchini va jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish bo‘yicha davlat organini ish tashlash qayta tiklanishi to‘g‘risida kamida yetmish ikki soat oldin yozma ravishda ogohlantirishi kerak.
589-modda. Ish tashlashga oid cheklovlar
Favqulodda holat yoki favqulodda vaziyatlar paytida, urush holatida, umumiy safarbarlik e’lon qilingan davrda ish tashlash taqiqlanadi.
Ish tashlashda quyidagilarning qatnashishi mumkin emas hamda ular ishtirokidagi ish tashlash taqiqlangan hisoblanadi:
tibbiyot xodimlari;
davlat organining vakolatlarini amalga oshirish uchun Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga kiritilgan shaxslar;
harbiy xizmatchilar, sudyalar, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning maxsus (harbiy) unvonlarga yoki martaba (malaka, mansab) darajalariga ega xodimlari;
energiya va suv ta’minoti tizimi tashkilotlari xodimlari;
aloqa tizimi xodimlari.
Fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va shaxsiy xavfsizligi uchun faoliyati hayotiy muhim bo‘lmagan, biroq aholining kundalik hayotini ta’minlashda muhim o‘rin tutadigan tashkilotlarda, shuningdek ish tashlash davomiyligi va ko‘lami tufayli aholining odatdagi turmush sharoitlariga tahdid soluvchi xizmatlarda (sohalarda) minimal zarur ishlar (xizmatlar) majburiy joriy etilishi mumkin.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan minimal zarur ishlar (xizmatlar) va ular amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkilotlar (xizmatlar, sohalar) ro‘yxati Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
590-modda. Noqonuniy ish tashlash
Agar ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan talablarni buzgan holda ish tashlash amalga oshirilgan (amalga oshirilayotgan, amalga oshiriladigan) yoki ish tashlashni e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan bo‘lsa, bu noqonuniy ish tashlash deb topiladi.
Ish tashlash sud tomonidan noqonuniy deb topilganda, mazkur masala bo‘yicha sudning qarori to‘g‘risida xodimlar ish tashlashga rahbarlik qiluvchi orqali darhol xabardor qilinishi shart.
Ish tashlashni noqonuniy deb topish to‘g‘risidagi sudning qarori darhol ijro etilishi kerak.
591-modda. Ish tashlashni tugatish
Ish tashlash quyidagi hollarda tugatiladi:
jamoaviy mehnat nizosi taraflari tomonidan o‘zaro yozma kelishuvga erishilganda;
ish beruvchi tomonidan ish tashlashni e’lon qilish to‘g‘risidagi qarorda ish tashlashni e’lon qilish va o‘tkazish uchun asos bo‘lgan kelishmovchiliklar bartaraf etilganda;
sud tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda noqonuniy deb topilganda;
ish tashlashda ishtirok etayotgan xodimlarning ellik foizidan ko‘prog‘ining roziligi bilan ish tashlashdan voz kechilganida.
Xodimlar ish tashlash tugatilgandan keyingi ish kunidan kechiktirmay mehnat shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlarini davom ettirishi zarur.
592-modda. Ish tashlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ish tashlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
593-modda. Da’vo xususiyatiga ega jamoaviy mehnat nizolarini sudda ko‘rib chiqish
Qonunchilikni, jamoa kelishuvlarini va jamoa shartnomasini, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilingan ichki hujjatlarni qo‘llash xususidagi jamoaviy mehnat nizolari sud tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan jamoaviy mehnat nizolarini sudlarda ko‘rib chiqish hamda sud qarorlarini ijro etish chog‘ida ushbu Kodeksda yakka tartibdagi mehnat nizolari uchun belgilangan tegishli qoidalar va muddatlar qo‘llaniladi.
Bilimingizni sinang
Mehnat kodeksi — 586-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ish tashlashni qayta tiklash
- E’lon qilingan ish tashlashning boshlash vaqtini kechiktirish yoki ish tashlashni to‘xtatib turish
- Ish tashlashning borishi
- Ish tashlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
To‘g‘ri javob: Ish tashlashning borishi. 586-modda: Ish tashlashning borishi.
Mehnat kodeksi: «Ish tashlashning borishi» qaysi moddada belgilangan?
- 587-modda
- 592-modda
- 586-modda
- 588-modda
To‘g‘ri javob: 586-modda. 586-modda: Ish tashlashning borishi.
Ish tashlash paytida jamoaviy mehnat nizosi taraflari nizoni qanday tartib-taomillar orqali hal qilishda davom etishlari kerak?
- Faqat sud orqali hukm chiqarish yo‘li bilan
- Faqat prokuratura nazorati va taqdimnomalari orqali
- Yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari orqali
- Faqat davlat mehnat inspeksiyasi buyruqlari orqali
To‘g‘ri javob: Yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari orqali. 586-moddaga ko‘ra, ish tashlash paytida taraflar nizoni yarashtiruv-vositachilik tartib-taomillari orqali hal qilishda davom etishlari kerak.
Ish tashlash paytida xodim, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi qaysi choralarni ko‘rishi shart?
- Jamoat tartibini, ish beruvchining va xodimlarning mol-mulki xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha
- Ish haqini to‘lash, ish tashlashni kengaytirish va ish beruvchining mol-mulkini taqsimlash bo‘yicha
- Faqat ish tashlashda qatnashmagan xodimlarning mol-mulki xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha
- Ish tashlashni kengaytirish, boshqa korxonalarni jalb etish va hujjatlarni arxivlash bo‘yicha
To‘g‘ri javob: Jamoat tartibini, ish beruvchining va xodimlarning mol-mulki xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha. 586-moddaga ko‘ra, taraflar jamoat tartibi va mol-mulk xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rishi shart.
Ish tashlash hayot va sog‘liqqa zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqarsa, sud qaroriga ko‘ra e’lon qilingan ish tashlashning boshlanishi eng ko‘pi bilan qancha muddatga kechiktirilishi mumkin?
- o‘n kalendar kundan
- to‘qson kalendar kundan
- oltmish kalendar kundan
- o‘ttiz kalendar kundan
To‘g‘ri javob: o‘ttiz kalendar kundan. Sud qaroriga asosan ish tashlashning boshlanishi o‘ttiz kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga kechiktirilishi mumkin.
Mehnat kodeksi — 587-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ish tashlashga oid cheklovlar
- Ish tashlashni e’lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish
- E’lon qilingan ish tashlashning boshlash vaqtini kechiktirish yoki ish tashlashni to‘xtatib turish
- Ish tashlashni tugatish
To‘g‘ri javob: E’lon qilingan ish tashlashning boshlash vaqtini kechiktirish yoki ish tashlashni to‘xtatib turish. 587-modda: E’lon qilingan ish tashlashning boshlash vaqtini kechiktirish yoki ish tashlashni to‘xtatib turish.
Mehnat kodeksi: «E’lon qilingan ish tashlashning boshlash vaqtini kechiktirish yoki ish tashlashni to‘xtatib turish» qaysi moddada belgilangan?
- 587-modda
- 589-modda
- 582-modda
- 591-modda
To‘g‘ri javob: 587-modda. 587-modda: E’lon qilingan ish tashlashning boshlash vaqtini kechiktirish yoki ish tashlashni to‘xtatib turish.
Ish tashlash insonlar hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqarsa, sud e’lon qilingan ish tashlashning boshlanish vaqtini qancha muddatga kechiktirishi mumkin?
- Uch kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan
- Yetti kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan
- Bir yildan ko‘p bo‘lmagan
- O‘ttiz kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan
To‘g‘ri javob: O‘ttiz kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan. 587-moddaga ko‘ra, sud boshlanish vaqtini o‘ttiz kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga kechiktirishi mumkin.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash