XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Ma’muriy javobgarlik kodeksi · 17²–21²-m.

Ma’muriy huquqbuzarlik (2/2)

Umumiy Qism

17²-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun shaxslarning ma’muriy javobgarligi

Ushbu Kodeks 227¹⁰-moddasining ikkinchi qismida va 227¹³-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, deklarant yoxud uning ishonchli vakili ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Ushbu Kodeks 227¹⁶-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, bojxona organi oldidagi majburiyatni o‘z zimmasiga olgan shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Ushbu Kodeks 227²²-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, deklaratsiyalovchi shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi, bunda, agar mazkur huquqbuzarlik bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri axborot ko‘rsatilganligi oqibatida sodir etilgan bo‘lsa, tegishli hujjatlarni va axborotni taqdim etgan deklarant yoxud uning ishonchli vakili ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligiga doir ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishda huquqbuzarlik takroriy sodir etilganligi e’tiborga olinmaydi, bundan ushbu Kodeks 321-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno.

17³-modda. Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun shaxslarning ma’muriy javobgarligi

Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan, ushbu Kodeks 175-moddasining ikkinchi, uchinchi va oltinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxsning rahbari yoki yakka tartibdagi tadbirkor ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

17⁴-modda. Maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun shaxslarning ma’muriy javobgarligi

Ushbu Kodeks 70-moddasining birinchi qismida, 70¹, 72, 77-moddalarida, 79-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 81, 82, 83-moddalarida, 84-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 88-moddasida, 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida, 91¹-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 92-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, ma’muriy javobgarlikka huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs yoki transport vositasining mulkdori yoxud mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalangan shaxs tortiladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikning qonunchilikka muvofiq yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan transport vositasidan foydalanib sodir etilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, ma’muriy javobgarlikka yuridik shaxsning transport vositasidan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsi yoki mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalangan shaxs tortiladi.

Agar ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qaror ustidan berilgan shikoyatni ko‘rib chiqish jarayonida tegishli transport vositasiga huquqbuzarlik qayd etilgan paytda egalik qilgan shaxs aniqlansa yoxud mazkur transport vositasi boshqa shaxslarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari natijasida transport vositasi mulkdorining egaligidan chiqib ketganligi aniqlansa, transport vositasining mulkdori o‘ziga tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan, maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi.

17⁴-modda. Maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun shaxslarning ma’muriy javobgarligi (davomi)

Tadbirkorlik subyektlari va aholi tomonidan yuborilgan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar holatlari aks ettirilgan fotosuratlar va videoyozuvlarga tenglashtiriladi.

18-modda. Zaruriy mudofaa

Ushbu Kodeksda yoki ma’muriy huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilovchi boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan, lekin zaruriy mudofaa holatida, ya’ni shaxsni yoki mudofaalanuvchining yoxud boshqa shaxsning huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini g‘ayrihuquqiy tajovuzlardan shunday tajovuz qilayotgan shaxsga zarar yetkazish yo‘li bilan himoya qilish vaqtida, basharti bunda zaruriy mudofaa chegarasidan chiqib ketilishiga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa, sodir etilgan harakatlar ma’muriy huquqbuzarlik deb hisoblanmaydi.

19-modda. Oxirgi zarurat

Ushbu Kodeksda yoki boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan, huquqlarga hamda qonun bilan himoya etiladigan manfaatlarga zarar yetkazgan, oxirgi zarurat holatida, ya’ni shaxsga yoki mazkur shaxsning yoxud boshqa shaxsning huquqlariga, jamiyat yoki davlat manfaatlariga tahdid etayotgan xavfni, basharti bu xavfni o‘sha holatda boshqacha choralar bilan bartaraf etib bo‘lmasa hamda yetkazilgan zarar oldi olingan zararga qaraganda kamroq bo‘lsa, bartaraf etish uchun sodir etilgan harakatlar ma’muriy huquqbuzarlik deb hisoblanmaydi.

20-modda. Aqli norasolik

G‘ayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlik sodir etgan vaqtida aqli norasolik holatida bo‘lgan shaxs, ya’ni ruhiy holatining surunkali yoki vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoxud boshqa xil kasallik oqibatida o‘z harakatining (harakatsizligining) ahamiyatini idrok eta olmagan yoki boshqara olmagan shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.

21-modda. Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish

Sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik kam ahamiyatli bo‘lgan taqdirda, sud huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod etib, uni ogohlantirish bilan kifoyalanishi mumkin. Agar ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiquvchi boshqa organ (mansabdor shaxs) sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi haqida xulosaga kelsa, ish huquqbuzarni ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi masalani hal etish uchun ushbu Kodeksning 308¹-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.

21¹-modda. Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish

Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazgan shaxs, agar bunday majburlash yoki qo‘rqitish natijasida shaxs o‘z harakatlarini (harakatsizligini) boshqara olmagan bo‘lsa, ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.

Ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida zarar yetkazganlik uchun ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi masala, agar bunday majburlash yoki qo‘rqitish oqibatida shaxs o‘z harakatlarini (harakatsizligini) boshqarish imkoniyatini saqlab qolgan bo‘lsa, ushbu Kodeks 19-moddasining qoidalari inobatga olingan holda hal etiladi.

21²-modda. Yarashilganligi munosabati bilan ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish

Ushbu Kodeksning 40-moddasida (tuhmat), 41-moddasida (haqorat qilish), 45-moddasida (fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish), 46-moddasida (fuqaroga ma’naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etish), 46¹-moddasida (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish), 52-moddasida (yengil tan jarohati yetkazish), 61-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (oz miqdorda talon-taroj qilish), 61²-moddasida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 62-moddasida (topib olingan mol-mulkni yashirish), 104-moddasida (ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xo‘jalik ekinlarining dalada to‘plab qo‘yilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yo‘q qilib yuborish, ko‘chatlarga shikast yetkazish), 121-moddasida (transport vositalarining ichki jihozlariga shikast yetkazish), 133-moddasida (transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi), 134-moddasida (haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi), 183-moddasida (mayda bezorilik), 200-moddasida (o‘zboshimchalik) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, ma’muriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.

21²-modda. Yarashilganligi munosabati bilan ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish (davomi)

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) taraflarning yarashuvi munosabati bilan ishni sudga yuborish to‘g‘risida qaror chiqaradi va ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi masalani hal etish uchun ish materiallarini ushbu Kodeksning 313¹-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboradi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni bir yil ichida takroran sodir etgan shaxs tomonlarning yarashuvi munosabati bilan ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.

Bilimingizni sinang

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 17²-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun shaxslarning ma’muriy javobgarligi
  2. Voyaga yetmaganlarning ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarligi
  3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun shaxslarning ma’muriy javobgarligi
  4. Harbiy xizmatchilar va intizom ustavlari tatbiq etiladigan boshqa shaxslarning ma’muriy javobgarligi

To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun shaxslarning ma’muriy javobgarligi. 17²-modda: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun shaxslarning ma’muriy javobgarligi.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun shaxslarning ma’muriy javobgarligi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 17¹-modda
  2. 16-modda
  3. 17²-modda
  4. 14-modda

To‘g‘ri javob: 17²-modda. 17²-modda: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun shaxslarning ma’muriy javobgarligi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga ko‘ra, Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan bojxona huquqbuzarligi bo‘yicha ma’muriy ishni ko‘rishda nima e’tiborga olinmaydi?
  1. Huquqbuzarlik natijasida yetkazilgan zarar miqdori va uning oqibatlari darajasi
  2. Huquqbuzarning aybiga iqror bo‘lishi va yetkazilgan zararni ixtiyoriy bartaraf etishi
  3. Huquqbuzarlik takroriy sodir etilganligi (321-moddaning uchinchi qismidagi hol mustasno)
  4. Huquqbuzarning yoshi hamda uning shaxsiga oid boshqa holatlar, jumladan, mulkiy ahvoli

To‘g‘ri javob: Huquqbuzarlik takroriy sodir etilganligi (321-moddaning uchinchi qismidagi hol mustasno). 17²-moddaning to‘rtinchi qismiga ko‘ra, takroriylik e’tiborga olinmaydi, 321-moddaning uchinchi qismi bundan mustasno.

Bojxona organi oldidagi majburiyatni o‘z zimmasiga olgan shaxs Kodeksning qaysi moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi?
  1. 227¹⁶-modda
  2. 227¹⁰-modda
  3. 227¹³-modda
  4. 227²²-modda

To‘g‘ri javob: 227¹⁶-modda. 17²-moddaning ikkinchi qismi shuni belgilaydi.

Kazus: Hujjatlarda noto‘g‘ri axborot ko‘rsatilganligi oqibatida bojxona rasmiylashtiruvida 227²²-moddaning ikkinchi qismidagi huquqbuzarlik sodir bo‘ldi. Noto‘g‘ri axborotni deklarant Bahrom yoki uning vakili taqdim etgan, deklaratsiyalovchi esa boshqa shaxs. Kim javobgar?
  1. Tegishli hujjat va axborotni taqdim etgan deklarant yoki uning ishonchli vakili
  2. Bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirgan deklaratsiyalovchi shaxs yoki uning vakili
  3. Hujjatni qabul qilgan va rasmiylashtirgan bojxona organining mas’ul xodimi
  4. Hech kim javobgar bo‘lmaydi, chunki huquqbuzarlik hujjat orqali sodir etilgan

To‘g‘ri javob: Tegishli hujjat va axborotni taqdim etgan deklarant yoki uning ishonchli vakili. 17²-moddaning uchinchi qismiga ko‘ra, noto‘g‘ri axborot sababli sodir etilgan bo‘lsa, axborotni taqdim etgan deklarant yoki vakili javobgar bo‘ladi.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 17³-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligi
  2. Zaruriy mudofaa
  3. Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish
  4. Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun shaxslarning ma’muriy javobgarligi

To‘g‘ri javob: Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun shaxslarning ma’muriy javobgarligi. 17³-modda: Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun shaxslarning ma’muriy javobgarligi.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun shaxslarning ma’muriy javobgarligi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 18-modda
  2. 21¹-modda
  3. 17³-modda
  4. 15-modda

To‘g‘ri javob: 17³-modda. 17³-modda: Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun shaxslarning ma’muriy javobgarligi.

Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun kim ma’muriy javobgarlikka tortiladi?
  1. Yuridik shaxsning bosh hisobchisi yoki soliq xodimi
  2. Soliq organining huquqbuzarlikni aniqlagan mansabdor shaxsi
  3. Yuridik shaxsning ta’sischisi yoki uning aksiyadorlari
  4. Yuridik shaxsning rahbari yoki yakka tartibdagi tadbirkor

To‘g‘ri javob: Yuridik shaxsning rahbari yoki yakka tartibdagi tadbirkor. 17³-moddaga ko‘ra, javobgarlik yuridik shaxsning rahbari yoki yakka tartibdagi tadbirkorga yuklanadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMa’muriy huquqbuzarlik (1/2)Keyingi →Ma’muriy jazo va majburlov chorasi (1/2)