XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Ma’muriy javobgarlik kodeksi · 22–26-m.

Ma’muriy jazo va majburlov chorasi (1/2)

Umumiy Qism

22-modda. Ma’muriy jazoning maqsadi

Ma’muriy jazo javobgarlikka tortish chorasi bo‘lib, u ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek ana shu huquqbuzarning o‘zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.

23-modda. Ma’muriy jazoning turlari

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun kuyidagi ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi mumkin:

Ushbu modda birinchi qismining 1, 3 — 8-bandlarida sanab o‘tilgan ma’muriy jazo choralari faqat O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanishi mumkin.

24-modda. Asosiy va qo‘shimcha ma’muriy jazo choralari

Ashyolarni ularning haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish, musodara qilish va maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan) mahrum etish ham asosiy, ham qo‘shimcha ma’muriy jazo tariqasida, ushbu Kodeksning 23-moddasida nazarda tutilgan boshqa ma’muriy jazo choralari esa faqat asosiy jazo tariqasida qo‘llanilishi mumkin.

Bitta ma’muriy huquqbuzarlik uchun yo asosiy yoki ham asosiy, ham qo‘shimcha jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin.

24¹-modda. Ma’muriy ogohlantirish

Ma’muriy ogohlantirish ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunga xilof xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirgan holda unga rasmiy tanbeh berishdan iboratdir.

Ma’muriy ogohlantirish yozma (elektron) ravishda qo‘llaniladi.

Ma’muriy ogohlantirish ushbu Kodeks 125-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 128¹, 128², 128⁶, 135¹-moddalarida xamda 138-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs o‘z qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganda, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda, ma’muriy jazo chorasini ko‘llashga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan qo‘llaniladi.

Ma’muriy ogohlantirish jazo chorasi ayni bir shaxsga nisbatan bir yil davomida bir martadan ortiq qo‘llanilishi mumkin emas.

25-modda. Jarima

Jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga pul undirishdir.

Jarimaning miqdori ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi, davom etayotgan ma’muriy huquqbuzarlik uchun esa bu huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qo‘yilgan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ellikdan bir qismidan, mansabdor shaxslarga esa — o‘ndan bir qismidan kam bo‘lmasligi kerak.

Fuqaro va xizmatchilarga solinadigan jarimaning eng ko‘p miqdori bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan oshmasligi kerak. Ba’zi huquqbuzarliklar uchun bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.

26-modda. Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish

Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish shu ashyoni majburiy tarzda tortib olib, uni keyinchalik sotib yuborish hamda sotishdan tushgan pulni ashyoning sobiq egasiga tortib olingan ashyoni sotish xarajatlarini chegirib tashlagan holda topshirishdan iboratdir.

O‘qotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini hamda uning o‘q-dorilarini haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emas.

Ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish chorasini qo‘llanish tartibi va tortib olinadigan ashyolarning turlari ushbu Kodeks va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.

Bilimingizni sinang

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga ko‘ra, ma’muriy jazo qanday maqsadda qo‘llaniladi?
  1. Davlat byudjetini to‘ldirish hamda huquqbuzar hisobidan davlat xarajatlarini qoplash maqsadida
  2. Huquqbuzarni jamiyatdan ajratib qo‘yish va unga nisbatan jazo qasosini ta’minlash maqsadida
  3. Jabrlanuvchining zararini qoplash hamda uning mulkiy manfaatlarini to‘liq himoya qilish maqsadida
  4. Huquqbuzarni tarbiyalash hamda yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida

To‘g‘ri javob: Huquqbuzarni tarbiyalash hamda yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish maqsadida. 22-moddaga ko‘ra, jazo tarbiyalash va yangi huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 23-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish
  2. Ma’muriy jazoning turlari
  3. Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish
  4. Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish

To‘g‘ri javob: Ma’muriy jazoning turlari. 23-modda: Ma’muriy jazoning turlari.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Ma’muriy jazoning turlari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 26-modda
  2. 23-modda
  3. 21-modda
  4. 28¹-modda

To‘g‘ri javob: 23-modda. 23-modda: Ma’muriy jazoning turlari.

Quyidagilardan qaysi biri Kodeksda nazarda tutilgan ma’muriy jazo turi hisoblanmaydi?
  1. Ma’muriy ogohlantirish
  2. Axloq tuzatish ishlari
  3. Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy jalb etish
  4. Chet el fuqarolarini hududdan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish

To‘g‘ri javob: Axloq tuzatish ishlari. 23-moddada sakkiz tur sanalgan; axloq tuzatish ishlari ularga kirmaydi.

Ma’muriy jazo turlaridan qaysi biri o‘rnatilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonuni talab etilmaydi (ya’ni boshqa normativ hujjatlar bilan ham belgilanishi mumkin)?
  1. Ma’muriy qamoqqa olish
  2. Jarima
  3. Ma’muriy ogohlantirish
  4. Musodara qilish

To‘g‘ri javob: Jarima. 23-moddaga ko‘ra, faqat qonun bilan belgilanadigan turlar 1 va 3–8-bandlar; 2-band (jarima) bundan mustasno.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 24-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Asosiy va qo‘shimcha ma’muriy jazo choralari
  2. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish
  3. Huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish
  4. Ma’muriy jazoning turlari

To‘g‘ri javob: Asosiy va qo‘shimcha ma’muriy jazo choralari. 24-modda: Asosiy va qo‘shimcha ma’muriy jazo choralari.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Asosiy va qo‘shimcha ma’muriy jazo choralari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 24-modda
  2. 21-modda
  3. 23-modda
  4. 29¹-modda

To‘g‘ri javob: 24-modda. 24-modda: Asosiy va qo‘shimcha ma’muriy jazo choralari.

Quyidagi ma’muriy jazo choralaridan qaysi biri ham asosiy, ham qo‘shimcha jazo tariqasida qo‘llanilishi mumkin?
  1. Jarima
  2. Ma’muriy qamoqqa olish
  3. Musodara qilish
  4. Ma’muriy ogohlantirish

To‘g‘ri javob: Musodara qilish. 24-moddaga ko‘ra, olib qo‘yish, musodara va maxsus huquqdan mahrum etish ham asosiy, ham qo‘shimcha bo‘lishi mumkin; qolganlari faqat asosiy.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMa’muriy huquqbuzarlik (2/2)Keyingi →Ma’muriy jazo va majburlov chorasi (2/2)