Fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (3/4)
Maxsus Qism
49-modda. Mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
Mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, bundan bila turib g‘ayriqonuniy ishdan bo‘shatish mustasno, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
49¹-modda. Voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi talablarni buzish
Voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
49²-modda. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
49³-modda. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini to‘lash bo‘yicha majburiyatdan bo‘yin tovlash
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlarda to‘lash bo‘yicha majburiyatdan bo‘yin tovlash, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
49⁴-modda. Xorijiy ishchi kuchini O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish va undan foydalanish tartibini buzish
Xorijiy ishchi kuchini O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish va undan foydalanish tartibini buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
50-modda. Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining davlat qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini yaratishga doir qarorlarini bajarmaslik, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mahalliy mehnat organlari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishni bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) mavjud bo‘lgani holda asossiz ravishda rad etish, shuningdek ish o‘rinlarining belgilangan eng kam soni hisobidan ish o‘rinlariga ishga joylashtirishni asossiz ravishda rad etish, xuddi shuningdek avval talabnoma berilgan, kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malakasini oshirishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
50¹-modda. Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
Mansabdor shaxs tomonidan xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xususiy bandlik agentliklarining mansabdor shaxslari tomonidan o‘z faoliyati haqidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga taqdim etmaslik, xuddi shuningdek ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish yoki ma’lumotlarni taqdim etish muddatlarini buzish, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
51-modda. Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash
Mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ta’lim tashkilotining pedagog xodimiga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
51¹-modda. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga binolardan, inshootlardan, transportdan, axborotdan va aloqa vositalaridan, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlaridan moneliksiz foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek mehmonxonalarning mulkdorlari tomonidan umumiy xonalar fondining kamida bitta xonasini o‘rindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay tarzda jihozlash bo‘yicha talablarni bajarmaganlik, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
V¹ bob. SAYLOV VA REFERENDUMNI TASHKIL ETISH HAMDA O‘TKAZISH SOHASIDAGI HUQUQBUZARLIKLAR UCHUN MA’MURIY JAVOBGARLIK
51²-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga aralashish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining, saylov komissiyalarining, referendum o‘tkazuvchi komissiyalarning faoliyatiga aralashish, xuddi shuningdek ularning ishiga to‘siqlarni yuzaga keltirish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bilimingizni sinang
Mansabdor shaxs mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzsa, jarima bazaviy hisoblash miqdorining qanchasidan boshlanadi?
- yetti baravaridan
- besh baravaridan
- o‘n baravaridan
- uch baravaridan
To‘g‘ri javob: besh baravaridan. Mehnat qonunchiligini buzgan mansabdor shaxsga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha jarima solinadi.
Mansabdor shaxs mehnat qonunchiligini birinchi marta buzgan hollarda jarimaning yuqori chegarasi bazaviy hisoblash miqdorining qanchasigacha belgilangan?
- yigirma baravarigacha
- besh baravarigacha
- o‘n besh baravarigacha
- o‘n baravarigacha
To‘g‘ri javob: o‘n baravarigacha. Birinchi qismda jarima bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha belgilangan.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 49-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Yetim bolalarni yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni muqobil joylashtirishda qonunchilik talablarini buzish
- Mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
- Bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish
- Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
To‘g‘ri javob: Mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish. 49-modda: Mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish» qaysi moddada belgilangan?
- 50-modda
- 47⁶-modda
- 49-modda
- 47²-modda
To‘g‘ri javob: 49-modda. 49-modda: Mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish.
Mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilsa (49-modda birinchi qismi), qanday jarima solinadi?
- BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha
- BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha
- BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha
- BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha. 49-moddaning birinchi qismiga ko‘ra, BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha jarima solinadi.
Mehnat qonunchiligini mansabdor shaxs voyaga yetmagan shaxsga nisbatan buzsa (49-modda uchinchi qismi), jarima qanday miqdorda bo‘ladi?
- BHMning 10–20 baravari
- BHMning 5–10 baravari
- BHMning 10–15 baravari
- BHMning 20–30 baravari
To‘g‘ri javob: BHMning 10–20 baravari. 49-moddaning uchinchi qismiga ko‘ra, BHMning o‘n baravaridan yigirma baravarigacha.
Kazus: Direktor Akmal mehnat qonunchiligini buzgani uchun jazoga tortilgan, bir yil ichida yana shunday buzdi, ammo bu safar bila turib g‘ayriqonuniy ishdan bo‘shatdi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Unga 49-moddaning ikkinchi qismi bo‘yicha takroriylik uchun BHMning 10–15 baravari jarima solinadi
- Unga 49-moddaning ikkinchi qismi bo‘yicha o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llaniladi
- 49-moddaning ikkinchi qismi (takroriylik) bila turib g‘ayriqonuniy ishdan bo‘shatish holatiga qo‘llanilmaydi
- Unga 49-moddaning ikkinchi qismi bo‘yicha takroriylik uchun mansabdor shaxslarga nisbatan lavozimdan chetlatish qo‘llaniladi
To‘g‘ri javob: 49-moddaning ikkinchi qismi (takroriylik) bila turib g‘ayriqonuniy ishdan bo‘shatish holatiga qo‘llanilmaydi. 49-moddaning ikkinchi qismi takroriylik uchun BHMning 10–15 baravarini belgilaydi, lekin bila turib g‘ayriqonuniy ishdan bo‘shatishni mustasno qiladi.
Voyaga yetmagan shaxs mehnatidan sog‘lig‘iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanganlik uchun jarimaning yuqori chegarasi qancha?
- o‘n baravarigacha
- yigirma baravarigacha
- o‘ttiz baravarigacha
- o‘n besh baravarigacha
To‘g‘ri javob: yigirma baravarigacha. Jarima bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha belgilangan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash