Aholi sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (1/2)
Maxsus Qism
52-modda. Yengil tan jarohati yetkazish
Ehtiyotsizlik orqasida yengil tan jarohati yetkazish —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qasddan yengil tan jarohati yetkazish, bu harakat sog‘liqning qisqa muddat yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatini uncha ko‘p davom etmaydigan turg‘un tarzda yo‘qotishga olib kelmagan bo‘lsa, basharti ushbu Kodeksning 59²-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lmasa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan to‘rt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
53-modda. Sanitariya qonunchiligini buzish
Sanitariya qonunchiligini, sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
54-modda. Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish
Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida shifoxonadagi ichki tartibga rioya etmaslik, davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan o‘tish va davolanish, karantinni o‘tash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud bo‘lgan davrda muloqotda bo‘lingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish to‘g‘risidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
55-modda. Radiatsion xavfsizlikka doir qoidalar, normalar, yo‘riqnomalar va boshqa talablarni buzish
Radiatsion xavfsizlikka doir qoidalar, normalar, yo‘riqnomalar va boshqa talablarni buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
56-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini oz miqdorda g‘ayriqonuniy ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish
Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay oz miqdorda g‘ayriqonuniy ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish, —
giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini musodara qilib, o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq jazosiga sabab bo‘ladi.
56¹-modda. Jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish
Ish joylarida, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport-sog‘lomlashtirish muassasalarida, yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan joylarda, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida, shu jumladan jamoat transportida tamaki mahsulotini iste’mol qilish, bundan tamaki mahsulotini iste’mol qilish uchun maxsus ajratilgan joylar va (yoki) xonalar mustasno, —
bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Havo kemalarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
56²-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash, xuddi shuningdek ularni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
56³-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish, —
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni musodara qilib, o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Agar ushbu moddada nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaxs o‘z ixtiyori bilan aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni topshirsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
56⁴-modda. Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish
Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini targ‘ib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash, xuddi shuningdek ularni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Bilimingizni sinang
Ehtiyotsizlik orqasida yengil tan jarohati yetkazganlik uchun jarima bazaviy hisoblash miqdorining qanchasidan boshlanadi?
- ikki baravaridan
- besh baravaridan
- uch baravaridan
- bir baravaridan
To‘g‘ri javob: bir baravaridan. Ehtiyotsizlik orqasida yengil tan jarohati yetkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha jarima solinadi.
Ehtiyotsizlik orqasida yengil tan jarohati yetkazganlik uchun jarimaning yuqori chegarasi bazaviy hisoblash miqdorining qanchasi?
- ikki baravarigacha
- bir baravarigacha
- to‘rt baravarigacha
- uch baravarigacha
To‘g‘ri javob: ikki baravarigacha. Jarima bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha belgilangan.
Ehtiyotsizlik orqasida yengil tan jarohati yetkazish uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksda qanday jarima nazarda tutilgan?
- BHMning 1 baravaridan 2 baravarigacha
- BHMning 2 baravaridan 4 baravarigacha
- BHMning 5 baravaridan 25 baravarigacha
- BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning 1 baravaridan 2 baravarigacha. 52-moddaning birinchi qismiga ko‘ra, bir baravaridan ikki baravarigacha jarima solinadi.
Kazus: Jamshid qasddan Dilshodga yengil tan jarohati yetkazdi, bu sog‘liqning qisqa muddat yomonlashuviga olib kelmadi. Avval u shunday huquqbuzarlik uchun jazolanmagan. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- BHMning 2–4 baravari jarima solinadi
- BHMning 1–2 baravari jarima solinadi
- BHMning 5–25 baravari jarima yoki 15 sutkagacha qamoq qo‘llanadi
- Javobgarlik yo‘q
To‘g‘ri javob: BHMning 2–4 baravari jarima solinadi. 52-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra, BHMning 2–4 baravari; takrorida (bir yil ichida) – 5–25 baravar yoki o‘n besh sutkagacha qamoq.
Sanitariya qonunchiligini, sanitariya normalari va gigiyena normativlarini buzgan fuqarolarga jarima bazaviy hisoblash miqdorining qanchasidan boshlanadi?
- o‘n besh baravaridan
- uch baravaridan
- o‘n baravaridan
- besh baravaridan
To‘g‘ri javob: besh baravaridan. Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha jarima solinadi.
Sanitariya qonunchiligini va gigiyena normativlarini buzgan fuqarolarga jarimaning yuqori chegarasi bazaviy hisoblash miqdorining qanchasi?
- yigirma baravarigacha
- besh baravarigacha
- o‘n besh baravarigacha
- o‘n baravarigacha
To‘g‘ri javob: o‘n baravarigacha. Fuqarolar uchun jarima besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslar uchun o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 53-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov yoki referendum natijalari taxminlarini chop etish (e’lon qilish) tartibini buzish
- Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash
- Sanitariya qonunchiligini buzish
- Nomzodning, ishonchli vakilning, kuzatuvchining yoki siyosiy partiya vakolatli vakilining huquqlarini buzish
To‘g‘ri javob: Sanitariya qonunchiligini buzish. 53-modda: Sanitariya qonunchiligini buzish.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Sanitariya qonunchiligini buzish» qaysi moddada belgilangan?
- 53-modda
- 51⁴-modda
- 51-modda
- 51⁹-modda
To‘g‘ri javob: 53-modda. 53-modda: Sanitariya qonunchiligini buzish.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash