XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Ma’muriy javobgarlik kodeksi · 57–59⁵-m.

Aholi sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (2/2)

Maxsus Qism

57-modda. Tanosil kasalligi yoki OIV kasalligi/OITS yuqadigan manbani yashirish

Tanosil kasalligiga yoki OIV kasalligi/OITSga uchragan bemorning kasallik yuqtirilgan manbani, shuningdek o‘zi bilan aloqa qilib tanosil kasalligi va OIV kasalligi/OITS yuqishi xavfini tug‘dirgan shaxslarni yashirishi —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

58-modda. Tanosil kasalligiga yoki OIV kasalligi/OITSga uchragan shaxslarning tekshirishdan bo‘yin tovlashi

Tanosil kasalligiga yoki OIV kasalligi/OITSga uchraganligi haqida yetarli ma’lumotlar bo‘lgan shaxslarning sog‘liqni saqlash organlari tomonidan ogohlantirilganidan keyin ham tekshirishdan bo‘yin tovlashi —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

59-modda. OIV kasalligi/OITS yuqqan-yuqmaganligini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda, shuningdek tibbiy va kosmetik muolajalarni o‘tkazishda xavfsizlikni yetarli darajada ta’minlamaganlik

OIV kasalligi/OITS yuqqan-yuqmaganligini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda, shuningdek OIV kasalligi/OITSni yuqtirishga olib keladigan tibbiy va kosmetik muolaja o‘tkazishda xavfsizlikni yetarli darajada ta’minlamaganlik —

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

59¹-modda. Hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli holatda bo‘lgan shaxsga shoshilinch va (yoki) kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatishni asossiz ravishda rad etish

Hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli holatda bo‘lgan shaxsga tibbiyot tashkilotlarida qonunga yoki maxsus qoidalarga muvofiq shoshilinch va (yoki) kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatishi kerak bo‘lgan shaxs tomonidan shunday yordam ko‘rsatishni asossiz ravishda rad etish —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

59²-modda. Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik

Xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoki umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan mulk, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash va (yoki) mehnatga oid huquqni amalga oshirishga to‘sqinlik qilish, mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek ushbu shaxslar sog‘lig‘ining yomonlashuviga olib kelgan tarzda ularning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularni qo‘rqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qo‘yish, basharti jinoyat alomatlari, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud bo‘lmasa, —

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Xotinini (erini), sobiq xotinini (sobiq erini), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsni yoki bolani, shuningdek umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsni do‘pposlash, ushbu shaxslarga sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish, —

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

59³-modda. Psixologik yordam ko‘rsatish tartibini buzish

Psixologik yordamni bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ko‘rsatish yoxud aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaslik, basharti jinoyat alomatlari, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud bo‘lmasa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

59⁴-modda. Ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish tartibini buzish

Ma’rifiy faoliyatni bunday faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan amalga oshirish yoxud ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaslik, basharti jinoyat alomatlari, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud bo‘lmasa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

59⁵-modda. Xalq tabobati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish

Xalq tabobati sohasida faoliyat olib borish uchun tegishli huquqqa ega bo‘lmagan shaxs tomonidan fuqarolarga tibbiy tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini ko‘rsatish hamda mazkur xizmatlarni omma oldida targ‘ib qilish, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xalq tabobati yo‘nalishida ruxsat etilmagan usullarni qo‘llagan holda fuqarolarga tibbiy tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini moddiy qimmatliklar olish yoki mulkiy manfaatdor bo‘lish evaziga ko‘rsatish, shuningdek mazkur xizmatlarni omma oldida targ‘ib qilish, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, —

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Bilimingizni sinang

Tanosil yoki OIV kasalligiga uchragan bemor kasallik yuqtirilgan manbani yashirsa, jarima bazaviy hisoblash miqdorining qanchasidan boshlanadi?
  1. uch baravaridan
  2. ikki baravaridan
  3. besh baravaridan
  4. bir baravaridan

To‘g‘ri javob: ikki baravaridan. Bemor kasallik manbasini yashirgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan uch baravarigacha jarima solinadi.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 57-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik
  2. Radiatsion xavfsizlikka doir qoidalar, normalar, yo‘riqnomalar va boshqa talablarni buzish
  3. Tanosil kasalligi yoki OIV kasalligi/OITS yuqadigan manbani yashirish
  4. Xalq tabobati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish

To‘g‘ri javob: Tanosil kasalligi yoki OIV kasalligi/OITS yuqadigan manbani yashirish. 57-modda: Tanosil kasalligi yoki OIV kasalligi/OITS yuqadigan manbani yashirish.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Tanosil kasalligi yoki OIV kasalligi/OITS yuqadigan manbani yashirish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 59⁵-modda
  2. 57-modda
  3. 55-modda
  4. 59²-modda

To‘g‘ri javob: 57-modda. 57-modda: Tanosil kasalligi yoki OIV kasalligi/OITS yuqadigan manbani yashirish.

Tanosil kasalligiga yoki OIV/OITSga uchragan bemorning kasallik yuqtirilgan manbani yashirishi uchun qanday jarima solinadi?
  1. BHMning 1–2 baravari
  2. BHMning 3–5 baravari
  3. BHMning 2–3 baravari
  4. BHMning 5–10 baravari

To‘g‘ri javob: BHMning 2–3 baravari. 57-moddaga ko‘ra, BHMning ikki baravaridan uch baravarigacha jarima solinadi.

Kazus: Tanosil kasalligiga uchraganligi haqida yetarli ma’lumotlar bo‘lgan Farhod sog‘liqni saqlash organi tomonidan ogohlantirilganidan keyin ham tekshiruvdan bo‘yin tovladi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Farhod javobgar emas, chunki tekshiruv ixtiyoriy
  2. BHMning 5–10 baravari jarima solinadi
  3. Farhod 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olinadi
  4. BHMning 2–3 baravari jarima solinadi

To‘g‘ri javob: BHMning 2–3 baravari jarima solinadi. 58-moddaga ko‘ra, ogohlantirilganidan keyin ham tekshirishdan bo‘yin tovlash uchun BHMning 2–3 baravari jarima.

OIV kasalligi yuqqan-yuqmaganligini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikda xavfsizlikni yetarli ta’minlamaganlik uchun jarima bazaviy hisoblash miqdorining qanchasidan boshlanadi?
  1. ikki baravaridan
  2. uch baravaridan
  3. bir baravaridan
  4. besh baravaridan

To‘g‘ri javob: bir baravaridan. Xavfsizlikni yetarli ta’minlamaganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha jarima solinadi.

OIV kasalligiga olib keladigan tibbiy yoki kosmetik muolajada xavfsizlikni yetarli ta’minlamaganlik uchun jarimaning yuqori chegarasi qancha?
  1. bir baravarigacha
  2. ikki baravarigacha
  3. besh baravarigacha
  4. uch baravarigacha

To‘g‘ri javob: ikki baravarigacha. Jarima bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha belgilangan.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 59-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish
  2. Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish
  3. Psixologik yordam ko‘rsatish tartibini buzish
  4. OIV kasalligi/OITS yuqqan-yuqmaganligini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda, shuningdek tibbiy va kosmetik muolajalarni o‘tkazishda xavfsizlikni yetarli darajada ta’minlamaganlik

To‘g‘ri javob: OIV kasalligi/OITS yuqqan-yuqmaganligini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda, shuningdek tibbiy va kosmetik muolajalarni o‘tkazishda xavfsizlikni yetarli darajada ta’minlamaganlik. 59-modda: OIV kasalligi/OITS yuqqan-yuqmaganligini aniqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda, shuningdek tibbiy va kosmetik muolajalarni o‘tkazishda xavfsizlikni yetarli darajada ta’minlamaganlik.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiAholi sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (1/2)Keyingi →Mulkka tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik