Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (2/5)
Maxsus Qism
71-modda. Yer osti boyliklarini geologik jihatdan o‘rganish ishlarini olib borish qoidalari va talablarini buzish
Yer osti boyliklarini geologik jihatdan o‘rganish ishlarini olib borish qoidalari va talablarini topilgan foydali qazilmalar zaxiralariga yoki foydali qazilmalar qazib olish korxonalari, shuningdek foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurish va ulardan foydalanish sharoitlariga noto‘g‘ri baho berilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan tarzda buzish, yer osti boyliklarini keyingi geologik jihatdan o‘rganishda va konlarni ishga solishda zarur bo‘lgan geologik hujjatlarni, foydali qazilma namunalari dublikatlarini va kernlarini yo‘qotib qo‘yish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
72-modda. Suv resurslarini muhofaza qilish qoidalarini buzish
Suvlarni ifloslantirish yoki bulg‘atish, suvto‘plagich inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini buzish, shuningdek suv obyektlariga oqindi suvlarni oqizishga yo‘l qo‘yish shartlari to‘g‘risidagi talablarni buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Korxonalar, kommunal va boshqa obyektlarni suvlarning ifloslanishi va bulg‘anishi yoki ularning zararli oqibatlari oldini oluvchi inshootlar va qurilmalarsiz foydalanishga topshirish, shuningdek suv obyektlarining tabiiy holatini buzuvchi boshqa harakatlar qilish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Suv quduqlarini qazishning belgilangan qoidalarini va texnologiyasini buzish (bundan jismoniy shaxslarning o‘z ehtiyojlari uchun, shu jumladan tomorqa yer uchastkalarini sug‘orish uchun yer osti suvlarini yakka tartibda olishga mo‘ljallangan quduqlarni qazish hollari mustasno), ishlatilayotgan va kuzatuv quduqlarini yo‘q qilib yuborish yoki shikastlantirish, suv o‘zi chiqadigan quduqlarni ularni tartibga soladigan qurilmalar bilan jihozlashga, shuningdek ishlatishga yaroqsiz quduqlarni konservatsiyalashga yoki yo‘q qilishga doir choralarni ko‘rmaslik, sifatli yer osti suvlari hosil bo‘ladigan tegrada yer osti suvlari ifloslanishining yoki sifati yomonlashishining manbai bo‘lib qolishi mumkin bo‘lgan sanoat, qishloq xo‘jaligi inshootlarini va boshqa obyektlarni joylashtirish, —
72-modda. Suv resurslarini muhofaza qilish qoidalarini buzish (davomi)
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan o‘ttiz besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
74-modda. Suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini buzish
Tabiiy suv oqimlari (jilg‘alar, soylar, daryolar va boshqalar), suv havzalari (ko‘llar, dengizlar) va boshqa tabiiy suv obyektlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini, suv olish limitlarini buzish, suvlarning hamda suv obyektlarining holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi gidrotexnika ishlarini va boshqa ishlarni o‘zboshimchalik bilan bajarish, shuningdek aholi punktlaridagi va tuman (shahar) markazlaridagi ariqlarni, irrigatsiya tizimlarini ko‘mib tashlash loyihada nazarda tutilgan baliqlarni muhofaza qilish inshootlari va qurilmalari bo‘lmagan holda ulardan suv olishni amalga oshirish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Sun’iy suv oqimlari (ochiq va yopiq kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari), suv havzalari (suv omborlari, sel suvlari to‘planadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) hamda boshqa sun’iy suv obyektlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini buzish, ya’ni suvdan xo‘jasizlarcha foydalanish, suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi gidrotexnika ishlarini va boshqa ishlarni o‘zboshimchalik bilan bajarish, suv obyektlaridan belgilangan suv olish limitlari, suvdan foydalanish va suv iste’moli rejalarini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
74-modda. Suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini buzish (davomi)
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yer osti suvli qatlamlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini, yer osti suvli qatlamlaridan suv olish limitlarini buzish, yer osti suvlaridan o‘zboshimchalik bilan suv olish, yer osti suvlariga quduqni qonunga xilof ravishda burg‘ilash, bundan jismoniy shaxslarning o‘z ehtiyojlari, shu jumladan tomorqa yer uchastkalarini sug‘orish uchun suvdan umumiy foydalanishi mustasno, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining olti baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma bir baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
75-modda. Suvlarning davlat hisobini yuritish qoidalarini buzish
Suv obyektlaridan olinadigan va ularga quyiladigan suv miqdorining dastlabki hisobini yuritish va oqib kelib qo‘shilayotgan suvlar sifatini aniqlash qoidalarini buzish, shuningdek davlat suv kadastri yuritishning belgilangan tartibini buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
76-modda. Suv xo‘jaligi obyektlari va qurilmalarini shikastlantirish, ulardan foydalanish qoidalarini buzish, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
Suv xo‘jaligi inshoootlari va qurilmalarini shikastlantirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Suv xo‘jaligi obyektlari va qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
77-modda. O‘rmon fondi yerlaridan foydalanish qoidalarini buzish
O‘rmon fondi yerlarida pichanzorlar va yaylovlarni shikastlantirish, o‘zboshimchalik bilan pichan o‘rish, drenaj tizimlarini va yo‘llarni yo‘q qilish yoki shikastlantirish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘rmon fondi yerlarida chorva mollarini o‘tlatish qoidalarini buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
77¹-modda. Qonunga xilof ravishda o‘rmon fondi yerlarini berish va ularda bino-inshootlar qurish
Qonunga xilof ravishda o‘rmon fondi yerlarini berish yoki ularda bino-inshootlarni qurish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
78-modda. Kesiladigan o‘rmon fondidan foydalanish tartibini buzish
Kesiladigan o‘rmon fondidan foydalanish, yog‘och tayyorlash va tashib olib ketish tartibini, shuningdek o‘rmon kesish chiptasi (orderi)da yoki o‘rmon chiptasida belgilangan boshqa talablarni buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
79-modda. Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish
Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘z hududida binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish chog‘ida belgilangan talablarni buzib, kimyoviy, biologik vositalarni qo‘llagan holda daraxtlarni, butalarni yoki boshqa o‘simliklarni qasddan shikastlantirish, payhon qilish yoki yo‘q qilish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz besh baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oltmish baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etish quroli bo‘lgan ashyoni yoki ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
79-modda. Daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish (davomi)
Yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan yoki o‘zlariga biriktirilgan hududlarda daraxtlarni muhofaza qilish va saqlashga doir qonunchilikda belgilangan choralarni ko‘rmaganlik, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesishga, kundakov qilishga, shikastlantirishga yoki yo‘q qilishga olib keladigan loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
79¹-modda. O‘simlik dunyosi obyektlarini yig‘ish, tayyorlash va ulardan foydalanish tartibi hamda shartlarini buzish
Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning texnik va dorivor xomashyosini, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni oziq-ovqat maqsadlari uchun yig‘ish hamda tayyorlashning, shuningdek o‘simlik dunyosi obyektlaridan madaniy-ma’rifiy, o‘quv-tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va estetik maqsadlarda foydalanishning belgilangan tartibini hamda shartlarini buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bilimingizni sinang
Geologik hujjatlar, foydali qazilma namunalari va kernlarini yo‘qotib qo‘ygan mansabdor shaxslarga jarima bazaviy hisoblash miqdorining necha baravaridan boshlanadi?
- bir baravaridan
- uch baravaridan
- yetti baravaridan
- besh baravaridan
To‘g‘ri javob: bir baravaridan. Mansabdor shaxslarga jarima bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha solinadi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 71-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Yer berish tartibini buzish
- Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish
- Yer osti boyliklarini geologik jihatdan o‘rganish ishlarini olib borish qoidalari va talablarini buzish
- Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olish
To‘g‘ri javob: Yer osti boyliklarini geologik jihatdan o‘rganish ishlarini olib borish qoidalari va talablarini buzish. 71-modda: Yer osti boyliklarini geologik jihatdan o‘rganish ishlarini olib borish qoidalari va talablarini buzish.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Yer osti boyliklarini geologik jihatdan o‘rganish ishlarini olib borish qoidalari va talablarini buzish» qaysi moddada belgilangan?
- 66-modda
- 70²-modda
- 71-modda
- 68-modda
To‘g‘ri javob: 71-modda. 71-modda: Yer osti boyliklarini geologik jihatdan o‘rganish ishlarini olib borish qoidalari va talablarini buzish.
Yer osti boyliklarini geologik jihatdan o‘rganishda zarur bo‘lgan geologik hujjatlar va foydali qazilma namunalari kernlarini yo‘qotib qo‘ygan mansabdor shaxsga Ma’muriy javobgarlik kodeksiga ko‘ra qanday jarima solinadi?
- BHMning uch baravaridan yetti baravarigacha
- BHMning o‘n baravaridan yigirma baravarigacha
- BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha
- BHMning bir baravaridan uch baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning bir baravaridan uch baravarigacha. 71-moddaning birinchi qismiga ko‘ra mansabdor shaxslarga BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha jarima solinadi.
Yer osti boyliklarini geologik o‘rganish qoidalarini buzish ma’muriy jazodan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, qanday miqdorda jarima solinadi?
- BHMning bir baravaridan uch baravarigacha
- BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha
- BHMning uch baravaridan yetti baravarigacha
- BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning uch baravaridan yetti baravarigacha. 71-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra takror huquqbuzarlik uchun BHMning 3 baravaridan 7 baravarigacha jarima solinadi.
Suvlarni ifloslantirgan yoki bulg‘agan fuqarolarga jarima bazaviy hisoblash miqdorining necha baravaridan boshlanadi?
- yigirma baravaridan
- o‘n besh baravaridan
- o‘n baravaridan
- yigirma besh baravaridan
To‘g‘ri javob: o‘n besh baravaridan. Fuqarolarga jarima bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha solinadi.
Suvlarni ifloslantirgan yoki bulg‘atgan fuqaroga Ma’muriy javobgarlik kodeksiga ko‘ra qanday jarima solinadi?
- BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha
- BHMning yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha
- BHMning o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha
- BHMning uch baravaridan besh baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha. 72-moddaning birinchi qismiga ko‘ra fuqarolarga BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha, mansabdor shaxslarga 25 dan 50 baravarigacha jarima solinadi.
Zavod direktori Nazarov yangi sex qurib, uni oqova suvlar ifloslanishining oldini oluvchi tozalash inshootlarisiz foydalanishga topshirdi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Direktor javobgarlikka tortilmaydi, chunki sex yangi qurilgan
- Unga BHMning yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha jarima solinadi
- Unga BHMning yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha jarima solinadi
- Unga BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha jarima solinadi
To‘g‘ri javob: Unga BHMning yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha jarima solinadi. 72-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra tozalash inshootlarisiz foydalanishga topshirgan mansabdor shaxsga BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha jarima solinadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash