Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (3/5)
Maxsus Qism
80-modda. O‘rmonlarni tiklash qoidalarini buzish
O‘rmonlarni tiklash, ularning holatini va turi tarkibini yaxshilashga, ularning mahsuldorligini oshirishga, shuningdek yetilgan yog‘och zaxiralaridan foydalanishga oid qoidalar va yo‘riqnomalarni buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
81-modda. Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklarni yig‘ish
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o‘simliklarni yoki ularning yashash faoliyati natijasida hosil bo‘lgan ildizlari, piyozboshlari, tanalari, poyalari, novdalari, po‘stlog‘i, barglari, g‘unchalari, gullari, urug‘lari, mevalari, sharbatini (yelimini) va boshqa mahsulotlarini o‘zboshimchalik bilan yig‘ish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
82-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning rejimini buzish
Davlat qo‘riqxonasi rejimini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat bog‘lari, davlat tabiat yodgorliklari, ayrim tabiiy obyektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlar, muhofaza etiladigan landshaftlar shu jumladan suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlar, davlat biosfera rezervatlari hamda davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
83-modda. O‘rmon uchun foydali faunani yo‘q qilib yuborish
O‘rmon uchun foydali faunani yo‘q qilib yuborish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
84-modda. O‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi talablarini buzish
O‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi talablarini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etish, agar yong‘in chiqishiga olib kelgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
85-modda. Ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash, unga zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatish yoki atmosfera havosidan belgilangan talablarni buzgan holda foydalanish
Ifloslantiruvchi moddalarni va biologik organizmlarni yo‘l qo‘yiladigan normativdan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarib tashlash; atmosfera havosiga yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori normativdan ortiq darajada zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatish; maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatisiz atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni chiqarib tashlash; qonunchilikka muvofiq maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatini olish talab etiladigan hollarda bunday ruxsatni olmay turib atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatish, xuddi shuningdek noqulay meteorologik sharoit davrida atmosferaning ifloslanganlik darajasi ortib ketishiga sabab bo‘luvchi ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarni chiqarib tashlashni kamaytirish chora-tadbirlarini to‘liq hajmda bajarmaganlik; bunday moddalarni yoppasiga chiqarib tashlashlarning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirmaslik —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun atmosfera havosidan belgilangan normativlardan ortiqcha foydalanish, xuddi shuningdek atmosfera havosidan tasdiqlangan normativlarsiz yoki maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatisiz foydalanish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
85¹-modda. Qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik
O‘lchami besh yuz kvadrat metr va undan ortiq bo‘lgan qurilish maydonida, unga tutash bo‘lgan hududda hamda undan chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablarni buzish yoxud ushbu hududlarda ifloslantiruvchi moddalarning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlardan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarilishiga yo‘l qo‘yish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
86-modda. Atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash inshootidan foydalanish qoidalarini buzish, shuningdek undan foydalanmaslik
Atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash uchun o‘rnatilgan inshootlar, uskunalar, apparaturalardan, shuningdek chiqarib tashlanadigan zararli moddalar miqdori va tartibini nazorat qiluvchi vositalardan foydalanish qoidalarini buzish yoki ulardan foydalanmaslik —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
86¹-modda. Ozon qatlamiga zararli ta’sir ko‘rsatishning oldini olishga doir talablarni buzish
Obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash, xo‘jalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish chog‘ida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan ozonni buzuvchi moddalardan, tarkibida ozonni buzuvchi moddalar mavjud bo‘lgan asbob-uskunalar va texnik qurilmalardan foydalanish hamda ularni qo‘llashni tartibga solish choralarini ko‘rmaslik, shuningdek ozonni buzuvchi moddalarning hisobini yuritmaslik, ularning ozon uchun xavfsiz moddalar bilan almashtirilishini ta’minlamaslik, ularning atmosfera havosiga chiqarilishiga yo‘l qo‘yish, retsirkulyatsiyani (ozonni buzuvchi moddalardan qayta foydalanish maqsadida ularni birlamchi tozalashni) amalga oshirmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
86²-modda. Atrof-muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasidan foydalanish talablarini buzish
Avtomatik monitoring stansiyalarini, shuningdek chang-gaz tozalash qurilmalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik, Atrof-muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga avtomatik monitoring stansiyalarini integratsiya qilmaslik, ushbu bazaga ma’lumotlarni kiritmaslik, o‘z vaqtida yoki to‘liq kiritmaslik, noto‘g‘ri ma’lumotlarni kiritish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bilimingizni sinang
O‘rmonlarni tiklash va yetilgan yog‘och zaxiralaridan foydalanishga oid qoidalarni buzgan mansabdor shaxsga qanday jarima solinadi?
- BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha
- BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha
- BHMning yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha
- BHMning o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha. 80-moddaga ko‘ra mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha jarima solinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan o‘simliklarni o‘zboshimchalik bilan yig‘gan fuqaroga jarima bazaviy hisoblash miqdorining qancha baravaridan boshlanadi?
- o‘n besh baravaridan
- besh baravaridan
- o‘n baravaridan
- yigirma baravaridan
To‘g‘ri javob: o‘n baravaridan. Fuqarolarga jarima bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha solinadi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 81-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- O‘rmon fondi yerlaridan foydalanish qoidalarini buzish
- Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklarni yig‘ish
- Suv xo‘jaligi obyektlari va qurilmalarini shikastlantirish, ulardan foydalanish qoidalarini buzish, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
- O‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi talablarini buzish
To‘g‘ri javob: Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklarni yig‘ish. 81-modda: Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklarni yig‘ish.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklarni yig‘ish» qaysi moddada belgilangan?
- 76-modda
- 84-modda
- 81-modda
- 77-modda
To‘g‘ri javob: 81-modda. 81-modda: Qizil kitobga kiritilgan o‘simliklarni yig‘ish.
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o‘simliklarni o‘zboshimchalik bilan yig‘gan fuqaroga qanday jarima solinadi?
- BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha
- BHMning yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha
- BHMning uch baravaridan besh baravarigacha
- BHMning ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha. 81-moddaning birinchi qismiga ko‘ra fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaxslarga 20 dan 30 baravarigacha jarima solinadi.
Fuqaro Sherzod Qizil kitobga kiritilgan o‘simlikning piyozboshlarini o‘zboshimchalik bilan terib, buning uchun jarimaga tortildi. Olti oydan keyin yana shunday o‘simliklarni terdi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Unga BHMning ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha jarima solinadi
- Unga BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha jarima solinadi
- Unga BHMning yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha jarima solinadi
- Unga faqat ogohlantirish beriladi
To‘g‘ri javob: Unga BHMning yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha jarima solinadi. Bir yil ichida takror sodir etilgani uchun fuqarolarga BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha jarima solinadi (81-modda).
O‘rmon uchun foydali faunani yo‘q qilib yuborgan mansabdor shaxsga qanday jarima solinadi?
- BHMning yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha
- BHMning o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha
- BHMning o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha
- BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha. 83-moddaga ko‘ra mansabdor shaxslarga BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha, fuqarolarga 10 dan 15 baravarigacha jarima solinadi.
Davlat qo‘riqxonasi rejimini buzgan fuqaroga jarima bazaviy hisoblash miqdorining qancha baravaridan boshlanadi?
- o‘n besh baravaridan
- o‘ttiz baravaridan
- yigirma baravaridan
- o‘n baravaridan
To‘g‘ri javob: o‘n besh baravaridan. Fuqarolarga jarima bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha solinadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash