Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (4/5)
Maxsus Qism
87-modda. Chiqindilarda ifloslantiruvchi moddalar normativdan ortiq bo‘lgan transport va boshqa harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni tayyorlash hamda foydalanishga chiqarish
Chiqindilarda ifloslantiruvchi moddalar, shuningdek ishlab turgan vaqtda shovqin va boshqa fizik ta’sir darajasi belgilangan normativdan ortiq bo‘lgan avtomobillar, samolyotlar, kemalar va boshqa harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni tayyorlash hamda foydalanishga chiqarish yoxud harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish chog‘ida ishlatib chiqarilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalarning tarkibi hamda ular fizikaviy omillarining zararli ta’siri tegishli normativlarga muvofiqligini tekshirish va tartibga solib turishni ta’minlamaslik —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Chiqindilarda ifloslantiruvchi moddalar, shuningdek ishlab turgan vaqtida shovqin darajasi belgilangan normativdan ortiq bo‘lgan harakatlanuvchi qurilmalardan foydalanish —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
88-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik
Qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarish chog‘ida yonilg‘i moddalarni va qurilish materiallarini bir joyga to‘plashda, ushbu moddalar va materiallarni, shuningdek yoqilg‘i hisoblanmaydigan materiallarni yoqishda atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik, maxsus texnik qurilmalarni qo‘llamasdan bitumni eritish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Dala va aholi punktlarida ang‘iz, xazon va shox-shabbalarni yoki o‘simliklarning boshqa qoldiqlarini yoqib yuborish, atmosfera havosini zararli moddalar bilan ifloslantirishga olib kelsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
88-modda. Atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik (davomi)
Yoqish uchun mo‘ljallanmagan joylarda va (yoki) qurilmalarda yoqilg‘ini, yoqilg‘i sifatida foydalaniladigan moddalarni yoki moddalar aralashmasini, yoqilg‘i hisoblanmaydigan materiallarni va chiqindilarni ochiq alanga oldirib yoqish, shuningdek issiqxonalarda, ishlab chiqarish binolarida, yondirish uskunalarida yoki boshqa obyektlarda yoqilg‘i sifatida shinalarni, bitumni, mazutni, plyonkani, sintetik kartonni, rezinani, jun tolasini yoqish va shunga o‘xshash komponentlarni o‘z ichiga olgan chiqindilarni yoqish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
89-modda. O‘simliklarni himoya qilish vositalari va boshqa dorilarni shuningdek kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni hamda bug‘lanuvchan birikmalarni tashish, saqlash va qo‘llanish qoidalarini buzish
O‘simliklarni himoya qilish vositalarini, ularning o‘sishini tezlashtiruvchi vositalarni, mineral o‘g‘itlarni hamda boshqa dorilarni, shuningdek kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni va bug‘lanuvchan birikmalarni tashish, saqlash, ulardan foydalanish, ularni qo‘llash hamda ulardan bo‘shagan idishlarni zararsizlantirish qoidalarini tuproqning, suvning, atmosfera havosining ifloslanishiga yoki o‘simliklar, hayvonot dunyosi yo‘q qilib yuborilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan tarzda buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa yoxud tuproq, suv, atmosfera havosining ifloslanishiga, o‘simlik va hayvonot dunyosiga zarar yetishiga olib kelsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
89¹-modda. Ishlatish taqiqlangan va ishga yaroqsiz bo‘lib qolgan kimyoviy moddalarni zararsizlantirish qoidalarini buzish
Ishlatish taqiqlangan va ishga yaroqsiz bo‘lib qolgan kimyoviy moddalarni tegishli ruxsatnomasiz, xuddi shuningdek ruxsatnomada ko‘rsatilgan shartlarni buzgan holda zararsizlantirish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
90-modda. Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish
Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish, jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan qirq baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — qirq baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi ikki marta qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, –
shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud shu huquqbuzarlikni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab bo‘ladi.
Tegishli ruxsati bo‘lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollardan yoki usullardan foydalangan holda ov qilish yoxud baliq ovlash (bundan elektr tokini, portlovchi, kimyoviy moddalarni yoki biologik preparatlarni qo‘llash hollari mustasno), —
90-modda. Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish (davomi)
shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib, uch yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab bo‘ladi.
90¹-modda. Ov qilish va baliq ovlashning taqiqlangan qurollarini yoki vositalarini tayyorlash, olib kirish, saqlash, tashish yoki yuborish, olish yoxud sotish
Ov qilish va baliq ovlashning taqiqlangan qurollarini yoki vositalarini tayyorlash, olib kirish, saqlash, tashish yoki yuborish, olish yoxud sotish, —
huquqbuzarlik quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish, —
huquqbuzarlik quroli va ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
91-modda. Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish chog‘ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish
Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish chog‘ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa yoxud tabiiy muhitga zarar yetkazgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
91¹-modda. Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish
Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Maishiy va qurilish chiqindilari poligonlariga joylashtirilishi kerak bo‘lgan chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo‘lgan ashyoni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
91²-modda. Sanitar tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish bo‘yicha talablarni buzish
Sanitar tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish bo‘yicha talablarni buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
91³-modda. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazorat qilish tartibini buzish
Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazorat qilish tartibini buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bilimingizni sinang
Harakatlanuvchi vositalar chiqindilaridagi ifloslantiruvchi moddalar va shovqin normativga muvofiqligini tekshirishni ta’minlamagan mansabdor shaxsga jarima bazaviy hisoblash miqdorining qancha baravaridan boshlanadi?
- o‘n besh baravaridan
- besh baravaridan
- o‘n baravaridan
- yigirma baravaridan
To‘g‘ri javob: o‘n baravaridan. Mansabdor shaxslarga jarima bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha solinadi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 87-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash inshootidan foydalanish qoidalarini buzish, shuningdek undan foydalanmaslik
- Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish chog‘ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish
- Ishlatish taqiqlangan va ishga yaroqsiz bo‘lib qolgan kimyoviy moddalarni zararsizlantirish qoidalarini buzish
- Chiqindilarda ifloslantiruvchi moddalar normativdan ortiq bo‘lgan transport va boshqa harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni tayyorlash hamda foydalanishga chiqarish
To‘g‘ri javob: Chiqindilarda ifloslantiruvchi moddalar normativdan ortiq bo‘lgan transport va boshqa harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni tayyorlash hamda foydalanishga chiqarish. 87-modda: Chiqindilarda ifloslantiruvchi moddalar normativdan ortiq bo‘lgan transport va boshqa harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni tayyorlash hamda foydalanishga chiqarish.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Chiqindilarda ifloslantiruvchi moddalar normativdan ortiq bo‘lgan transport va boshqa harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni tayyorlash hamda foydalanishga chiqarish» qaysi moddada belgilangan?
- 89¹-modda
- 91-modda
- 87-modda
- 86-modda
To‘g‘ri javob: 87-modda. 87-modda: Chiqindilarda ifloslantiruvchi moddalar normativdan ortiq bo‘lgan transport va boshqa harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni tayyorlash hamda foydalanishga chiqarish.
Chiqindilarida ifloslantiruvchi moddalar normativdan ortiq bo‘lgan avtomobillarni tayyorlash va foydalanishga chiqarganlik uchun mansabdor shaxsga qanday jarima solinadi?
- BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha
- BHMning bir baravaridan uch baravarigacha
- BHMning o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha
- BHMning o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha. 87-moddaning birinchi qismiga ko‘ra mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha jarima solinadi.
Haydovchi Jasur ishlab turgan vaqtida shovqin darajasi belgilangan normativdan ortiq bo‘lgan harakatlanuvchi qurilmadan foydalandi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Unga BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha jarima solinadi
- Unga BHMning bir baravaridan uch baravarigacha jarima solinadi
- Unga BHMning besh baravari miqdorida jarima solinadi
- U javobgarlikka tortilmaydi, chunki shovqin normativi huquqiy ahamiyatga ega emas
To‘g‘ri javob: Unga BHMning bir baravaridan uch baravarigacha jarima solinadi. 87-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra normativdan ortiq shovqinli harakatlanuvchi qurilmalardan foydalanish uchun BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha jarima solinadi.
Ov qilish va baliq ovlashning taqiqlangan qurollarini tayyorlagan, saqlagan yoki sotgan fuqaroga ilk bor qanday jarima solinadi?
- BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha
- BHMning yetti baravaridan o‘n baravarigacha
- BHMning bir baravaridan uch baravarigacha
- BHMning uch baravaridan besh baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning uch baravaridan besh baravarigacha. 90¹-moddaning birinchi qismiga ko‘ra qurol va ashyolar musodara qilinib, fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha jarima solinadi.
Qurilish ishlarida yonilg‘i va qurilish materiallarini yoqishda atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmagan fuqaroga jarima bazaviy hisoblash miqdorining qancha baravaridan boshlanadi?
- bir baravaridan
- uch baravaridan
- besh baravaridan
- uchdan bir qismidan
To‘g‘ri javob: bir baravaridan. Fuqarolarga jarima bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha solinadi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 88-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Ishlatish taqiqlangan va ishga yaroqsiz bo‘lib qolgan kimyoviy moddalarni zararsizlantirish qoidalarini buzish
- Atrof-muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasidan foydalanish talablarini buzish
- Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish
- Atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik
To‘g‘ri javob: Atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik. 88-modda: Atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash