Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (5/5)
Maxsus Qism
91⁴-modda. Chiqindilar to‘plash maydonchalaridan va ularning qo‘riqlanmaydigan (modulli) inshootlaridan qayta ishlanadigan toifaga mansub chiqindilarni qonunga xilof ravishda to‘plash va olib chiqib ketish
Chiqindilar to‘plash maydonchalaridan va ularning qo‘riqlanmaydigan (modulli) inshootlaridan qayta ishlanadigan toifaga mansub chiqindilarni qonunga xilof ravishda to‘plash va olib chiqib ketish, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
92-modda. Hayvonlar yashaydigan muhitni muhofaza qilish qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalarni vujudga keltirish va ular bilan savdo qilish qoidalarini buzish, xuddi shuningdek hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan boshqa joyga ko‘chirish, iqlimlashtirish yoki chatishtirish
Hayvonlar yashaydigan muhitni va ularning ko‘chish yo‘llarini muhofaza qilish qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalarni vujudga keltirish, to‘ldirish, saqlash, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish qoidalarni, shuningdek hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlarini, zoologik va botanik kolleksiyalarini boshqa joyga jo‘natish va chet elga olib ketish qoidalarini buzish, xuddi shuningdek hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan boshqa yerga ko‘chirish, iqlimlashtirish yoki chatishtirish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
92¹-modda. Saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlash
Yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaxslar tomonidan saqlash, —
ana shu hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik odamlarning sog‘lig‘iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetishiga olib kelsa, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa, —
ana shu hayvonlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
93-modda. Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklar turlarini saqlashga zarar keltiradi deb topilgan hayvonlar yoki o‘simliklarni qonunga xilof ravishda olib kelish
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklar turlarini saqlashga zarar keltiradi deb topilgan hayvonlar yoki o‘simliklarni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
94-modda. Noyob yoki yo‘q bo‘lib ketish xavfida turgan hayvonlarni yo‘q qilib yuborish, o‘lja qilish yoxud shunday hayvonlarning qirilib ketishiga, sog‘i kamayib ketishiga yoki yashash muhiti buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa harakatlar sodir etish
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvon turlariga mansub noyob yoki yo‘q bo‘lib ketish xavfida turgan hayvonlarni yo‘q qilib yuborish, o‘lja qilish yoxud ularning tuxum, uvildir qo‘yadigan inlarini, boshpanalarini yo‘q qilish, inlarini, uyalarini va boshqa yashash joylarini buzish yoxud shunday hayvonlarning qirilib ketishiga, soni kamayib ketishiga yoki yashash muhiti buzilishiga sabab bo‘ladigan boshqa harakatlar sodir etish yoxud bunday hayvonlarni ovlash ruxsatnomasida ko‘rsatilgan shartlarni buzgan holda o‘lja qilish —
shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli bo‘lgan ashyolarni musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli bo‘lgan ashyolarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
95-modda. Tabiiy muhitni tiklash, tabiiy zaxiralarni qayta hosil qilish va tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatish oqibatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rmaganlik
Tabiiy muhitni tiklash, tabiiy zaxiralarni qayta hosil qilish va tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatish oqibatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rmaganlik —
fuqarolarning bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
96-modda. Loyihalarni davlat ekologik (sanitariya-ekologik) ekspertizasining ijobiy xulosasisiz ro‘yobga chiqarish
Loyihalarni davlat ekologik (sanitariya-ekologik) ekspertizasining ijobiy xulosasisiz yoxud unga rioya qilmagan holda ro‘yobga chiqarish, shuningdek bunday xulosasi bo‘lmay turib obyektlarni mablag‘ bilan ta’minlash —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilgandan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bilimingizni sinang
Chiqindi to‘plash maydonchalaridan qayta ishlanadigan chiqindilarni qonunga xilof ravishda to‘plab olib chiqib ketganlik uchun jarima bazaviy hisoblash miqdorining qancha baravaridan boshlanadi?
- bir baravaridan
- ikki baravaridan
- uch baravaridan
- besh baravaridan
To‘g‘ri javob: bir baravaridan. Bunday huquqbuzarlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha jarima solinadi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 91⁴-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Hayvonlar yashaydigan muhitni muhofaza qilish qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalarni vujudga keltirish va ular bilan savdo qilish qoidalarini buzish, xuddi shuningdek hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan boshqa joyga ko‘chirish, iqlimlashtirish yoki chatishtirish
- Chiqindilar to‘plash maydonchalaridan va ularning qo‘riqlanmaydigan (modulli) inshootlaridan qayta ishlanadigan toifaga mansub chiqindilarni qonunga xilof ravishda to‘plash va olib chiqib ketish
- Sanitar tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish bo‘yicha talablarni buzish
- Atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik
To‘g‘ri javob: Chiqindilar to‘plash maydonchalaridan va ularning qo‘riqlanmaydigan (modulli) inshootlaridan qayta ishlanadigan toifaga mansub chiqindilarni qonunga xilof ravishda to‘plash va olib chiqib ketish. 91⁴-modda: Chiqindilar to‘plash maydonchalaridan va ularning qo‘riqlanmaydigan (modulli) inshootlaridan qayta ishlanadigan toifaga mansub chiqindilarni qonunga xilof ravishda to‘plash va olib chiqib ketish.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Chiqindilar to‘plash maydonchalaridan va ularning qo‘riqlanmaydigan (modulli) inshootlaridan qayta ishlanadigan toifaga mansub chiqindilarni qonunga xilof ravishda to‘plash va olib chiqib ketish» qaysi moddada belgilangan?
- 92-modda
- 91²-modda
- 88-modda
- 91⁴-modda
To‘g‘ri javob: 91⁴-modda. 91⁴-modda: Chiqindilar to‘plash maydonchalaridan va ularning qo‘riqlanmaydigan (modulli) inshootlaridan qayta ishlanadigan toifaga mansub chiqindilarni qonunga xilof ravishda to‘plash va olib chiqib ketish.
Chiqindilar to‘plash maydonchalaridan va ularning qo‘riqlanmaydigan (modulli) inshootlaridan qayta ishlanadigan chiqindilarni qonunga xilof ravishda to‘plash va olib chiqib ketganlik uchun qanday jarima solinadi?
- BHMning uch baravaridan yetti baravarigacha
- BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha
- BHMning bir baravaridan uch baravarigacha
- BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning bir baravaridan uch baravarigacha. 91⁴-moddaga ko‘ra bunday huquqbuzarlik uchun BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha jarima solinadi.
Hayvonlar yashaydigan muhitni va ularning ko‘chish yo‘llarini muhofaza qilish qoidalarini buzgan fuqaroga jarima bazaviy hisoblash miqdorining qancha baravaridan boshlanadi?
- uch baravaridan
- o‘n baravaridan
- besh baravaridan
- yetti baravaridan
To‘g‘ri javob: besh baravaridan. Fuqarolarga jarima bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha solinadi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 92-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish, joylashtirish, zararsizlantirish, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, realizatsiya qilish chog‘ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish
- Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklar turlarini saqlashga zarar keltiradi deb topilgan hayvonlar yoki o‘simliklarni qonunga xilof ravishda olib kelish
- Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish
- Hayvonlar yashaydigan muhitni muhofaza qilish qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalarni vujudga keltirish va ular bilan savdo qilish qoidalarini buzish, xuddi shuningdek hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan boshqa joyga ko‘chirish, iqlimlashtirish yoki chatishtirish
To‘g‘ri javob: Hayvonlar yashaydigan muhitni muhofaza qilish qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalarni vujudga keltirish va ular bilan savdo qilish qoidalarini buzish, xuddi shuningdek hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan boshqa joyga ko‘chirish, iqlimlashtirish yoki chatishtirish. 92-modda: Hayvonlar yashaydigan muhitni muhofaza qilish qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalarni vujudga keltirish va ular bilan savdo qilish qoidalarini buzish, xuddi shuningdek hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan boshqa joyga ko‘chirish, iqlimlashtirish yoki chatishtirish.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Hayvonlar yashaydigan muhitni muhofaza qilish qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalarni vujudga keltirish va ular bilan savdo qilish qoidalarini buzish, xuddi shuningdek hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan boshqa joyga ko‘chirish, iqlimlashtirish yoki chatishtirish» qaysi moddada belgilangan?
- 92-modda
- 91-modda
- 93-modda
- 90-modda
To‘g‘ri javob: 92-modda. 92-modda: Hayvonlar yashaydigan muhitni muhofaza qilish qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalarni vujudga keltirish va ular bilan savdo qilish qoidalarini buzish, xuddi shuningdek hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan boshqa joyga ko‘chirish, iqlimlashtirish yoki chatishtirish.
Hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan boshqa yerga ko‘chirgan, iqlimlashtirgan yoki chatishtirgan mansabdor shaxsga qanday jarima solinadi?
- BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha
- BHMning uch baravaridan yetti baravarigacha
- BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha
- BHMning o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha. 92-moddaga ko‘ra mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha, fuqarolarga 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima solinadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash