Fuqarolarning turar joy huquqlariga taalluqli, kommunal xizmat va obodonlashtirish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik
Maxsus Qism
157-modda. Hisobga olish tartibini hamda uylarga va turar joy binolariga ko‘chib kirish muddatlarini buzish
Turar joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarni hisobga olish, hisobdan chiqarish va fuqarolarga turar joy berish tartibini buzish, uylarga va turar joylarga ko‘chib kirishning belgilangan muddatlariga rioya qilmaslik —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
158-modda. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish qoidalarini buzish
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish qoidalarini buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
159-modda. Turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini, uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish qoidalarini buzish
Turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish, umum foydalanadigan joylarni sanitariya holatida saqlash qoidalarini buzish, uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini buzish (bundan ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno), ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarda chorva mollarni, xuddi shuningdek odamlarning salomatligiga xavf soluvchi hayvonlarni boqish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish qoidalarini buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ko‘p kvartirali uylardagi tayanch va (yoki) to‘siq konstruksiyalarni qonunchilikni hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni buzgan holda o‘zgartirish va (yoki) rekonstruksiya qilish, shu jumladan ko‘p kvartirali uylarda va ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan imoratlar (inshootlar) qurish ishlarini amalga oshirish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ko‘p kvartirali uyga tutash tuproqli va (yoki) yashil qoplamali yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan betonlashtirish, shuningdek ushbu yer uchastkasiga qurilma yoki konstruksiyalar o‘rnatish, —
159-modda. Turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini, uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish qoidalarini buzish (davomi)
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida (to‘siq konstruksiyalarga oid qismida) va to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u ko‘p kvartirali uydagi to‘siq konstruksiyalarning amalga oshirilgan o‘zgartirilishini yoki ularni rekonstruksiya qilish tufayli yo‘l qo‘yilgan buzilishlarni, ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkasida o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni (inshootlarni), betonlashtirilgan joylarni, o‘rnatilgan qurilma yoki konstruksiyalarni, shuningdek ularning oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
159¹-modda. Fuqarolar o‘rtasida binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish shartnomasining, tekin foydalanishga berish shartnomasining mavjud emasligi yoxud davlat soliq organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qo‘yilishiga rioya etmaslik
Fuqarolar o‘rtasida binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish shartnomasining, tekin foydalanishga berish shartnomasining mavjud emasligi yoxud davlat soliq organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qo‘yilishiga rioya etmaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
160-modda. Uylarni qurish qoidalarini buzish
Uylarni, xo‘jalik va ro‘zg‘or binolarini qurish qoidalarini buzish, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
160¹-modda. Egasiz turar joylarni aniqlash, hisobga olish va davlat mulkiga o‘tkazish tartibini buzish
Fuqarolar tomonidan turar joylarni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida vaqtincha bo‘sh turgan joy sifatida hisobga qo‘yish tartibini buzish —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Egasiz turar joylarni aniqlash, hisobga olish va davlat mulkiga o‘tkazish tartibini buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
161-modda. Shaharlarni va boshqa aholi punktlarini obodonlashtirish qoidalarini buzish
Shaharlar va boshqa aholi punktlarining hududlarini obodonlashtirish qoidalarini buzish, shuningdek tozalik va sanitariya tartibini ta’minlash qoidalariga rioya qilmaslik —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
163-modda. Vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish
Vodoprovod tarmoqlariga (suv ta’minoti tarmoqlariga) o‘zboshimchalik bilan ulanish hamda vodoprovoddan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, yer ishlari va boshqa ishlarni bajarayotganda vodoprovod tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol ularning shikastlanishiga sabab bo‘lsa yoxud sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek bunday hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilgan binolarni vodoprovod (suv ta’minoti) tashkilotlari tomonidan vodoprovod tarmoqlariga (suv ta’minoti tarmoqlariga) ulash, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan sakson besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu modda umumiy foydalanishdagi issiqlik yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish orqali oz miqdorda o‘g‘irlash bilan bog‘liq harakatlar sodir etilganda qo‘llanilmaydi.
163¹-modda. Oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini buzish
Uy-joylarni, jamoat, ishlab chiqarish obyektlarini va boshqa obyektlarni, shuningdek yer uchastkalarini oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulab olish, oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalar yo‘l qo‘yiladigan darajadan ortiq bo‘lgan oqova suvlarni oqizish hamda oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, yer ishlari va boshqa ishlarni bajarayotganda oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol ularning shikastlanishiga sabab bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilgan binolar va inshootlarni ichimlik suvi ta’minoti tashkilotlari tomonidan oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga ulash, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan sakson besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
163²-modda. Suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari ko‘rsatish qoidalarini buzish
Suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari ko‘rsatish qoidalarini buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bilimingizni sinang
Turar joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarni hisobga olish tartibini buzgan mansabdor shaxslarga qanday miqdorda jarima solinadi?
- Bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismidan ikki baravarigacha
- Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha
- Bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha
- Bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha
To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha. Hisobga olish, hisobdan chiqarish va turar joy berish tartibini buzgan mansabdor shaxslarga ikkidan bir qismidan bir baravarigacha jarima solinadi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 157-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Aloqa yo‘llari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish
- Shaharlarni va boshqa aholi punktlarini obodonlashtirish qoidalarini buzish
- Fuqarolar o‘rtasida binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish shartnomasining, tekin foydalanishga berish shartnomasining mavjud emasligi yoxud davlat soliq organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qo‘yilishiga rioya etmaslik
- Hisobga olish tartibini hamda uylarga va turar joy binolariga ko‘chib kirish muddatlarini buzish
To‘g‘ri javob: Hisobga olish tartibini hamda uylarga va turar joy binolariga ko‘chib kirish muddatlarini buzish. 157-modda: Hisobga olish tartibini hamda uylarga va turar joy binolariga ko‘chib kirish muddatlarini buzish.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Hisobga olish tartibini hamda uylarga va turar joy binolariga ko‘chib kirish muddatlarini buzish» qaysi moddada belgilangan?
- 154-modda
- 161-modda
- 159¹-modda
- 157-modda
To‘g‘ri javob: 157-modda. 157-modda: Hisobga olish tartibini hamda uylarga va turar joy binolariga ko‘chib kirish muddatlarini buzish.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra, turar joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarni hisobga olish tartibini buzgan mansabdor shaxsga qancha jarima solinadi?
- BHMning bir baravaridan uch baravarigacha
- BHMning ikkidan bir qismidan bir baravarigacha
- BHMning uch baravaridan besh baravarigacha
- BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning ikkidan bir qismidan bir baravarigacha. 157-modda: mansabdor shaxslarga BHMning ikkidan bir qismidan bir baravarigacha jarima solinadi.
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish qoidalarini buzgan mansabdor shaxslarga qanday miqdorda jarima solinadi?
- Bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha
- Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha
- Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha
- Bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha
To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish qoidalarini buzish mansabdor shaxslarga uch baravaridan besh baravarigacha jarimaga sabab bo‘ladi.
Hokimlik mansabdori davlat uy-joy fondini xususiylashtirish qoidalarini buzdi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra unga qanday jarima solinadi?
- BHMning bir baravaridan uch baravarigacha
- BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha
- BHMning ellik baravari
- BHMning uch baravaridan besh baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning uch baravaridan besh baravarigacha. 158-moddaga ko‘ra mansabdor shaxslarga BHMning uch baravaridan besh baravarigacha jarima solinadi.
Turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini buzgan fuqarolarga qanday miqdorda jarima solinadi?
- Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha
- Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha
- Bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha
- Bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha
To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha. Fuqarolarga besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha jarima solinadi.
Fuqaro Karimov ko‘p kvartirali uydagi o‘z kvartirasida chorva mollarini boqdi. Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra qanday jarima qo‘llanadi?
- BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha
- BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha
- BHMning ellik baravari
- BHMning bir baravaridan uch baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha. 159-moddaning birinchi qismiga ko‘ra fuqarolarga BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha jarima solinadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash