Savdo, tadbirkorlik va moliya sohalaridagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (2/4)
Maxsus Qism
172-modda. Yonilg‘i-moylash materiallarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash, berish, olish qoidalarini buzish
Yonilg‘i-moylash materiallarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash, berish, olish qoidalarini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
173-modda. Texnik reglamentlarga javob bermaydigan yonilg‘i-moylash materiallarini realizatsiya qilish
Texnik reglamentlarga javob bermaydigan va ko‘plab zaharli moddalar chiqishiga olib keladigan yonilg‘i-moylash materiallarini realizatsiya qilish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
174-modda. Soliqlarni yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash
Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirish, kamaytirib ko‘rsatish, shuningdek soliqlarni yoki yig‘imlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ancha miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishdan bo‘yin tovlash, deklaratsiyani o‘z vaqtida taqdim etmaslik yoki unda atayin noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etish, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddada nazarda tutilgan soliqlarni yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashning ancha miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan olti yuz baravarigacha bo‘lgan miqdor hisoblanadi.
174¹-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
Emitentlar va qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi axborotni, hisobotlarni e’lon qilmaslik yoki o‘z vaqtida e’lon qilmaslik, shuningdek davlat nazorati organlariga hisobotlar yoxud axborotni topshirmaslik yoki o‘z vaqtida topshirmaslik, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Emitentlar tomonidan qimmatli qog‘ozlar chiqarish tartibini buzish investorlar manfaatlariga zarar yetkazmagan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qimmatli qog‘ozlarni chiqarishning belgilangan tartibini emitentlar tomonidan buzish investorlarga zarar yetkazilishiga olib kelgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazishning belgilangan tartibini qimmatli qog‘ozlar bozorining ishtirokchilari tomonidan buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Investorlar, qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha hisob va hisobotning belgilangan tartibini buzish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
174¹-modda. Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish (davomi)
Tegishli daromadlarni investorlarga to‘lamaslik yoki to‘liq to‘lamaslik, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Vakolatli davlat organining huquqbuzarliklarga barham berish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini bajarishdan bo‘yin tovlash yoki o‘z vaqtida bajarmaslik, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilari tomonidan investorlar va davlat nazorati organlarini atayin noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatish (taqdim etish) orqali chalg‘itish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning uchinchi, to‘rtinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
175-modda. Soliq solish obyektlarining hisobini va hisobotini yuritishning belgilangan tartibini, shuningdek to‘lov intizomini buzish
Foyda (daromad) yoki boshqa soliq solish obyektlarining hisobini olib bormaslik yoxud bunday hisobni belgilangan tartibni buzgan holda yuritish, agar bu harakatlar to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarning yoki yig‘imlarning summasini kamaytirishga olib kelsa, shuningdek soliqlarni va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarni taqdim etmaslik, xuddi shuningdek kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha aniqlangan tafovutlarning asoslarini yoxud aniqlashtirilgan soliq hisobotini belgilangan muddatda taqdim etmaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaslik (bundan mikrofirma va kichik korxonalar mustasno), —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Kassa operatsiyalarini yuritish tartibini va to‘lov intizomini buzish, shu jumladan qarzdor korxonalardan to‘lovlarni undirish yuzasidan soliq organlarining inkasso topshiriqlarini bajarmaslik, shuningdek pul mablag‘larini hisobdan chiqarish navbatini buzish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
175-modda. Soliq solish obyektlarining hisobini va hisobotini yuritishning belgilangan tartibini, shuningdek to‘lov intizomini buzish (davomi)
Soliq organlarida hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasiz korxonalar va tashkilotlarga hisob-kitob hisobvaraqlarini yoki boshqa hisobvaraqlarni ochish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash va soliq organlariga tegishli axborot berish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklar bir kalendar oyda bir nechta soliq turlari bo‘yicha sodir etilgan taqdirda, o‘z vaqtida taqdim etilmagan barcha soliq hisobotlari bo‘yicha faqat bitta jarima qo‘llaniladi.
175¹-modda. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan majburiyatlarni buxgalteriya hisobi subyektining va (yoki) buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari tomonidan bajarmaganlik, shu jumladan buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlar ma’lumotlarining to‘g‘riligi hamda ishonchliligini ta’minlamaganlik, shuningdek aktivlar va majburiyatlarning inventarizatsiyasini o‘tkazmaganlik, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
175²-modda. Budjet va smeta-shtat intizomini buzish
Moliya yilida budjet va smeta-shtat intizomini buzish uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa yoxud ancha miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Uncha ko‘p bo‘lmagan miqdor deganda bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha bo‘lgan miqdor tushuniladi.
175³-modda. Soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlarini qo‘llanish tartibini buzish
Soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlarini qo‘llanish tartibini buzish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
175⁴-modda. Ish haqini taqiqlangan shakllarda to‘lash
Ish haqini taqiqlangan shakllarda to‘lash —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
175⁵-modda. Xodimlar sonini yashirish
Xodimlar sonini yashirish —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bilimingizni sinang
Yonilg‘i-moylash materiallarini qabul qilish, saqlash va berish qoidalarini buzgan fuqaroga jarima bazaviy hisoblash miqdorining necha baravaridan boshlanadi?
- ikki baravaridan
- uch baravaridan
- bir baravaridan
- besh baravaridan
To‘g‘ri javob: ikki baravaridan. Qoidaga ko‘ra, bu huquqbuzarlik uchun jarima chegarasi: ikki baravaridan.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 172-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Valyuta qimmatliklarini, qimmatbaho metallar va (yoki) qimmatbaho toshlarni qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish
- Soliqlarni yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash
- Yonilg‘i-moylash materiallarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash, berish, olish qoidalarini buzish
- Ish haqini taqiqlangan shakllarda to‘lash
To‘g‘ri javob: Yonilg‘i-moylash materiallarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash, berish, olish qoidalarini buzish. 172-modda: Yonilg‘i-moylash materiallarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash, berish, olish qoidalarini buzish.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Yonilg‘i-moylash materiallarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash, berish, olish qoidalarini buzish» qaysi moddada belgilangan?
- 174-modda
- 175⁴-modda
- 170-modda
- 172-modda
To‘g‘ri javob: 172-modda. 172-modda: Yonilg‘i-moylash materiallarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash, berish, olish qoidalarini buzish.
Yonilg‘i-moylash materiallarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash, berish, olish qoidalarini buzgan fuqaroga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ko‘ra qancha jarima solinadi?
- BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha
- BHMning ikki baravaridan besh baravarigacha
- BHMning bir baravaridan uch baravarigacha
- BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning ikki baravaridan besh baravarigacha. 172-moddaga ko‘ra fuqarolarga BHMning ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga besh baravaridan o‘n baravarigacha jarima solinadi.
Texnik reglamentlarga javob bermaydigan, zaharli moddalar chiqishiga olib keladigan yonilg‘i-moylash materiallarini realizatsiya qilgan mansabdor shaxsga jarima necha baravardan boshlanadi?
- yetti baravaridan
- uch baravaridan
- o‘n baravaridan
- besh baravaridan
To‘g‘ri javob: besh baravaridan. Qoidaga ko‘ra, bu huquqbuzarlik uchun jarima chegarasi: besh baravaridan.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 173-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
- Ish haqini taqiqlangan shakllarda to‘lash
- Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
- Texnik reglamentlarga javob bermaydigan yonilg‘i-moylash materiallarini realizatsiya qilish
To‘g‘ri javob: Texnik reglamentlarga javob bermaydigan yonilg‘i-moylash materiallarini realizatsiya qilish. 173-modda: Texnik reglamentlarga javob bermaydigan yonilg‘i-moylash materiallarini realizatsiya qilish.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Texnik reglamentlarga javob bermaydigan yonilg‘i-moylash materiallarini realizatsiya qilish» qaysi moddada belgilangan?
- 175¹-modda
- 175⁴-modda
- 173-modda
- 175⁸-modda
To‘g‘ri javob: 173-modda. 173-modda: Texnik reglamentlarga javob bermaydigan yonilg‘i-moylash materiallarini realizatsiya qilish.
Yoqilg‘i quyish shoxobchasi direktori texnik reglamentlarga javob bermaydigan va ko‘plab zaharli moddalar chiqishiga olib keladigan yonilg‘i-moylash materiallarini realizatsiya qildi. Unga qanday jarima solinadi?
- BHMning ikki baravaridan besh baravarigacha
- BHMning yetti baravaridan o‘n baravarigacha
- BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha
- BHMning besh baravaridan yetti baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning besh baravaridan yetti baravarigacha. 173-moddaga ko‘ra mansabdor shaxslarga BHMning besh baravaridan yetti baravarigacha jarima solinadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash