Boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (2/14)
Maxsus Qism
196-modda. Huquqbuzarlik sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlarining yozma taqdimnomalarini bajarish choralarini ko‘rmaslik
Huquqbuzarlikni sodir etish sabablarini hamda uni sodir etishga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlarining yozma taqdimnomalarini bajarish choralarini ko‘rmaslik —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
196¹-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisining qonuniy talablarini bajarmaslik
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisining huquqbuzarliklarni to‘xtatish, hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish, ko‘rsatilgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bo‘linmalariga (huquqni muhofaza qiluvchi organlarga) borish yoki ushbu bo‘linmalarda hozir bo‘lish to‘g‘risidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, transport vositasini to‘xtatish, jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik yoxud O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisining qonuniy talablariga boshqacha tarzda bo‘ysunmaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan o‘n ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n ikki baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
196²-modda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining o‘z xizmat burchini bajarishiga qarshilik ko‘rsatish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisining o‘z xizmat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida har qanday shaklda da’vatlar qilish, xuddi shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilariga ommaviy ravishda bo‘ysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida bila turib soxta uydirmalarni tarqatish, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
197-modda. Prokurorning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish va uning talablarini bajarmaslik
Dalolatnoma va boshqa zarur hujjatlar, materiallar va ma’lumotlar taqdim etishning tekshirishlar va taftishlar o‘tkazishni, mutaxassislar ajratishni rad etishda, prokuraturaga kelishdan, qonunni buzganlik to‘g‘risida tushuntirish berishdan bo‘yin tovlashda ifodalangan prokurorning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish va uning talablarini bajarmaslik, xuddi shuningdek prokuror fikri bildirilgan hujjatlarni ko‘rib chiqmaslik yoki ularni to‘liq hajmda bajarmaslik, shuningdek prokurorning g‘ayriqonuniy qaror qabul qilishiga erishish maqsadida unga qanday shaklda bo‘lmasin biron bir ta’sir ko‘rsatganlik —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
197¹-modda. Advokatning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilish
Advokat so‘roviga axborotni (hujjatlarni) taqdim etmaslikda, o‘z vaqtida taqdim etmaslikda yoxud bila turib yolg‘on yoki noto‘g‘ri axborot (hujjatlar) taqdim etishda ifodalangan tarzda advokatning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilish, shuningdek advokatning ishda ishtirok etishiga to‘sqinlik qilish yoki uning ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) manfaatlariga zid bo‘lgan vaziyatni majburan egallashiga erishish maqsadida advokatga qanday shaklda bo‘lmasin ta’sir o‘tkazish —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
197²-modda. Notariusning kasbiy majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilish
Notariusning kasbiy majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilish, shu jumladan notariusga notarial harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlarni taqdim etmaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
197³-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning hamda uning devoni xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish
Mansabdor shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda uning devoni xodimlari oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmaslik, ularning ishiga to‘sqinlik qilish, ularga bila turib yolg‘on axborot berish, xuddi shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan murojaatlarni, xulosalarni, taqdimnomalarni, iltimosnomalarni ko‘rib chiqmasdan qoldirish yoki ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoxud ular yuzasidan bila turib qasddan ishonchsiz ma’lumotlarni taqdim etish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
197⁴-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish
Mansabdor shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmaslik, uning ishiga to‘sqinlik qilish, unga bila turib yolg‘on axborot berish, xuddi shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan murojaatlarni, xulosalarni, taqdimnomalarni, iltimosnomalarni ko‘rib chiqmasdan qoldirish yoki ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoxud ular yuzasidan bila turib qasddan ishonchsiz ma’lumotlarni taqdim etish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
197⁵-modda. Ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish
Ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta’lim oluvchilarning bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim tashkiloti pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi;
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
197⁶-modda. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, shuningdek uning ko‘rsatmalarini bajarmaslik
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, shu jumladan uning tekshirish o‘tkazishiga to‘sqinliklarni yuzaga keltirganlik, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hududlari va inshootlarini ko‘zdan kechirish uchun ularga kiritishni rad etganlik, shuningdek ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishlarini bartaraf etishga doir ko‘rsatmalarini bajarmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Bilimingizni sinang
Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va ichki ishlar organlarining yozma taqdimnomalarini bajarish choralarini ko‘rmagan mansabdor shaxsga jarimaning eng kam miqdori qancha?
- Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari
- Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari
- Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari
- Bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari
To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari. Mansabdor shaxslarga jarima ikki baravaridan besh baravarigacha belgilangan.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 196-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Notariusning kasbiy majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilish
- Huquqbuzarlik sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlarining yozma taqdimnomalarini bajarish choralarini ko‘rmaslik
- Ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish
- Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, shuningdek uning ko‘rsatmalarini bajarmaslik
To‘g‘ri javob: Huquqbuzarlik sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlarining yozma taqdimnomalarini bajarish choralarini ko‘rmaslik. 196-modda: Huquqbuzarlik sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlarining yozma taqdimnomalarini bajarish choralarini ko‘rmaslik.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Huquqbuzarlik sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlarining yozma taqdimnomalarini bajarish choralarini ko‘rmaslik» qaysi moddada belgilangan?
- 197²-modda
- 197⁵-modda
- 197⁶-modda
- 196-modda
To‘g‘ri javob: 196-modda. 196-modda: Huquqbuzarlik sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi va ichki ishlar organlarining yozma taqdimnomalarini bajarish choralarini ko‘rmaslik.
Tuman ichki ishlar organi huquqbuzarlik sabablarini bartaraf etish haqida yozma taqdimnoma yubordi, ammo korxona direktori uni bajarish choralarini ko‘rmadi. Direktorga qanday jarima solinadi?
- BHMning bir baravaridan o‘n ikki baravarigacha
- BHMning ikki baravaridan besh baravarigacha
- BHMning uch baravaridan yetti baravarigacha
- BHMning besh baravaridan o‘n baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning ikki baravaridan besh baravarigacha. 196-moddaga ko‘ra yozma taqdimnomalarni bajarish choralarini ko‘rmagan mansabdor shaxslarga BHMning ikki baravaridan besh baravarigacha jarima solinadi.
Qaysi organlarning yozma taqdimnomalarini bajarish choralarini ko‘rmaslik 196-moddaga ko‘ra ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi?
- Prokuratura va sud organlari hamda ularning hududiy bo‘linmalari
- Adliya va notariat organlari hamda ularning hududiy bo‘linmalari
- Soliq va bojxona organlari hamda ularning hududiy bo‘linmalari
- Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari
To‘g‘ri javob: Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va ichki ishlar organlari. 196-modda Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va ichki ishlar organlarining yozma taqdimnomalari haqida.
Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisining qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaganlik uchun jarimaning eng kam miqdori qancha?
- Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari
- Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari
- Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari
- Bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari
To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari. Bunday huquqbuzarlik uchun jarima bir baravaridan o‘n ikki baravarigacha belgilangan.
Fuqaro Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisining hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish haqidagi qonuniy talabini uzrli sababsiz bajarmadi. Unga qanday jarima solinadi?
- BHMning bir baravaridan o‘n ikki baravarigacha
- BHMning o‘n ikki baravaridan o‘n besh baravarigacha
- BHMning uch baravaridan yigirma baravarigacha
- BHMning ikki baravaridan besh baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning bir baravaridan o‘n ikki baravarigacha. 196¹-moddaning birinchi qismiga ko‘ra BHMning bir baravaridan o‘n ikki baravarigacha jarima solinadi.
Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisining qonuniy talablarini bajarmaslik ma’muriy jazodan keyin bir yil ichida takror sodir etilsa, qanday javobgarlik nazarda tutilgan?
- BHMning bir baravaridan o‘n ikki baravarigacha jarima, ma’muriy qamoq esa qo‘llanilmaydi
- BHMning o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha jarima yoki o‘n sutkagacha ma’muriy qamoq
- BHMning o‘n ikki baravaridan o‘n besh baravarigacha jarima yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoq
- Faqat o‘n sutkagacha ma’muriy qamoq qo‘llanadi, jarima solinishi esa nazarda tutilmagan
To‘g‘ri javob: BHMning o‘n ikki baravaridan o‘n besh baravarigacha jarima yoki o‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoq. 196¹-moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra takror holda BHMning o‘n ikki–o‘n besh baravari jarima yoki o‘n besh sutkagacha qamoq.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash