Boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (3/14)
Maxsus Qism
197⁷-modda. Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish
Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda ta’sir o‘tkazish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
197⁸-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish
Davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
198-modda. Hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish
Hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan o‘n ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin takror sodir etganlik —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n ikki baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
198¹-modda. Qarzdorning ijro hujjatini ijro etmasligi
Bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi summani undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatining mazkur hujjatni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun davlat ijrochisi belgilagan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmasligi —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ko‘p miqdordagi summani undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatining ushbu hujjatning ixtiyoriy ravishda ijro etilishi uchun belgilangan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmasligi yoki qarzdorning zimmasiga muayyan harakatlarni bajarish yoxud bu harakatlarni bajarishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatining davlat ijrochisi belgilagan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmasligi —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaga asosan solinadigan ma’muriy jarimaning summasi ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan oshishi mumkin emas.
198²-modda. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik, ya’ni qarzdorning daromadlari va mulkiy ahvoli haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar berganlik, ijro hujjatini yo‘qotganlik, undiruvni qarzdorning ish haqidan hamda unga tenglashtirilgan to‘lovlardan ushlab qolish uchun yuborilgan ijro hujjatlarini ijro etish, ularning hisobini yuritish va ularni saqlash tartibini buzganlik, shuningdek qarzdor o‘zining yangi ish, o‘qish joyi, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi haqida ma’lum qilmaganligi, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qonunchilikda nazarda tutilgan yirik bitimlarni tuzishda, ayrim turdagi moliya-kredit xizmatlarini, xalqaro yo‘lovchi tashish xizmatlarini va davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlik mavjudligi tekshiruvini amalga oshirmaganlik, —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilguniga qadar ayrim toifadagi ijro hujjatlarining ijro etilishini ta’minlamaganlik, —
bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
198²-modda. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik (davomi)
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashish, ya’ni ijro hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilish yoki davlat ijrochisiga turli shaklda qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazish —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
198³-modda. Vazirliklar va idoralarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlarini amalga kiritish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlarni vazirliklar va idoralarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga kiritish, —
bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
198⁴-modda. Adliya organlarining bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarini bajarmaslik
Adliya organlarining bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarini bajarmaslik, shu jumladan o‘z vaqtida yoki to‘liq bajarmaslik, bundan ushbu Kodeksning 215⁵-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
198⁵-modda. O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining va uning hududiy boshqarmalarining ko‘rsatmalarini bajarmaganlik
O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining va uning hududiy boshqarmalarining ko‘rsatmalarini bajarmaganlik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
198⁶-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning hududiy boshqarmalari ko‘rsatmalarini bajarmaganlik
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning hududiy boshqarmalari ko‘rsatmalarini bajarmaganlik, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
198⁷-modda. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish natijalari bo‘yicha tayyorlangan yakuniy hujjatni ko‘rib chiqmaslik
Jamoatchilik nazorati natijalariga ko‘ra, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan shakllarda jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan tayyorlangan yakuniy hujjatni ko‘rib chiqmaslik yoki uni ko‘rib chiqish muddatini uzrli sabablarsiz buzish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bilimingizni sinang
Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilgan fuqaroga solinadigan jarimaning eng kam miqdori qancha?
- Bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari
- Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari
- Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari
- Bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari
To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari. Fuqarolarga jarima besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga yetti baravaridan o‘n baravarigacha.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 197⁷-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining o‘z xizmat burchini bajarishiga qarshilik ko‘rsatish
- Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik
- Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari davlat inspektorining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, shuningdek uning ko‘rsatmalarini bajarmaslik
- Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish
To‘g‘ri javob: Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish. 197⁷-modda: Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish» qaysi moddada belgilangan?
- 198²-modda
- 196²-modda
- 197⁶-modda
- 197⁷-modda
To‘g‘ri javob: 197⁷-modda. 197⁷-modda: Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish.
Bemorning qarindoshi shifokorning qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish maqsadida unga qonunga xilof ravishda ta’sir o‘tkazdi. Qarindoshga (fuqaro) qanday jarima solinadi?
- BHMning bir baravaridan uch baravarigacha
- BHMning besh baravaridan yetti baravarigacha
- BHMning yetti baravaridan o‘n baravarigacha
- BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning besh baravaridan yetti baravarigacha. 197⁷-moddaga ko‘ra fuqarolarga BHMning besh baravaridan yetti baravarigacha jarima solinadi.
Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik uchun jarimaga muqobil sifatida qanday ma’muriy qamoq muddati nazarda tutilgan?
- Besh sutkagacha
- O‘n sutkagacha
- Yigirma sutkagacha
- O‘n besh sutkagacha
To‘g‘ri javob: O‘n besh sutkagacha. 197⁷-moddada jarima yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq belgilangan.
Davlat organlarining mansabdor shaxslari nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga qonunga xilof aralashsa, jarimaning eng kam miqdori qancha?
- Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari
- Bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari
- Bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari
- Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari
To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari. Bunday aralashuv uchun jarima yetti baravaridan o‘n baravarigacha belgilangan.
Tuman hokimligining mansabdor shaxsi nodavlat notijorat tashkilotining faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashdi. Unga qanday jarima solinadi?
- BHMning yetti baravaridan o‘n baravarigacha
- BHMning besh baravaridan yetti baravarigacha
- BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha
- BHMning uch baravaridan besh baravarigacha
To‘g‘ri javob: BHMning yetti baravaridan o‘n baravarigacha. 197⁸-moddaning birinchi qismiga ko‘ra jarima BHMning yetti baravaridan o‘n baravarigacha.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish uchun 197⁸-moddaga ko‘ra kim javobgar bo‘ladi?
- Har qanday fuqaro
- Faqat boshqa nodavlat tashkilotlarning rahbarlari
- Davlat organlarining mansabdor shaxslari
- Faqat sud organlari xodimlari
To‘g‘ri javob: Davlat organlarining mansabdor shaxslari. 197⁸-modda sub’ekti — davlat organlarining mansabdor shaxslari.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash