XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Ma’muriy javobgarlik kodeksi · 224–227⁴-m.

Boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (9/14)

Maxsus Qism

224-modda. Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo‘lishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish

Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo‘lishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish —

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo‘lishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirishga hamda ularda yashashga oid qoidalarni buzgan fuqarolarning bunday joylarda yashashiga yo‘l qo‘yish —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

224¹-modda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi rejimni buzish

O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi rejimni buzish, ya’ni shaxslar va transport vositalarining o‘tkazish punktlarida bo‘lishi hamda harakatlanishi tartibiga rioya etmaslik, shaxslarning o‘tkazish punktlaridagi taqiqlangan joylarga va transport vositalariga g‘ayriqonuniy kirishi —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi rejimni buzganlik uchun ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan jarimani to‘lamagan taqdirda, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqi bir yil muddatga cheklangan holda O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuboriladi.

Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridagi rejimni buzishni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etib, ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan jarimani to‘lamagan taqdirda, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqi uch yil muddatga cheklangan holda O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuboriladi.

224²-modda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasida barpo etilgan muhandislik-texnika inshootlarini va to‘siqlarni, shuningdek qo‘riqlashning texnik vositalarini yo‘q qilish yoki ularga shikast yetkazish

O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasida barpo etilgan muhandislik-texnika inshootlarini va to‘siqlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish uchun qo‘llaniladigan qo‘riqlashning texnik vositalarini yo‘q qilish yoki ularga shikast yetkazish

huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —

huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

225-modda. O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzish

Chet el fuqarosining yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzishi, ya’ni amal qilish muddati tugaganligi sababli almashtirilishi lozim bo‘lgan harakatlanish hujjatlari bilan yashashi, turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishning, ko‘chishning yoki yashash joyini tanlashning belgilangan tartibiga rioya etmaganligi, turish muddati tugagach chiqib ketishdan bo‘yin tovlashi, xuddi shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tish qoidalariga o‘n sutkagacha rioya etmaganligi.

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Chet el fuqarosining yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini o‘n sutkadan ortiq, ammo o‘ttiz sutkadan ko‘p bo‘lmagan muddatga buzishi, —

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Chet el fuqarosining yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini o‘ttiz sutkadan ortiq muddatga buzishi, —

bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi qoidalarida nazarda tutilgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni qabul qilish tartibini mansabdor shaxs tomonidan buzish, —

mansabdor shaxsga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

225-modda. O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzish (davomi)

Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni xususiy ishlar bilan O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilgan shaxs tomonidan chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishini, shuningdek ularning bu yerda bo‘lishning belgilangan muddati o‘tgach chiqib ketishini ta’minlash yuzasidan choralar ko‘rilmaganligi, xuddi shuningdek shaxs tomonidan xususiy ishlar bilan kelgan chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga uy-joy maydoni, transport vositalarini berish yoxud boshqa xizmatlar ko‘rsatish, agar bu O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalari buzilishiga olib kelishi oldindan ayon bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

O‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.

Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzganligi uchun ushbu moddaning birinchi — uchinchi qismlarida belgilangan jarimani to‘lamagan taqdirda, ular keyinchalik O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqi bir yil muddatga cheklangan holda O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuboriladi.

Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzishni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etgan taqdirda, ular keyinchalik O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqi uch yil muddatga cheklangan holda O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuboriladi.

225¹-modda. Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish to‘g‘risidagi sud qarorini bajarmaslik

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish to‘g‘risida qabul qilingan sud qarorlarini bajarmaslik —

bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

226-modda. Chet elga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini buzish

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan chet elga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishni so‘rab murojaat etishning belgilangan tartibini buzish —

qonunga xilof ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Belgilangan tartibni buzgan holda chet elga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

227-modda. Bojxona nazorati zonasi rejimining buzilishi

Bojxona organining ruxsatisiz bojxona nazorati zonasi chegarasi orqali va uning doirasida tovarlar, transport vositalari va shaxslarni olib o‘tish yoki bojxona nazorati zonasi rejimini buzuvchi boshqa xatti-harakatlar sodir etish, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi;

227¹-modda. Bojxona chegarasini kesib o‘tganlik to‘g‘risida yoki tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi to‘g‘risida bojxona organiga xabar berish tartibini buzish

Tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib o‘tganlik to‘g‘risida yoki tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi to‘g‘risida bojxona organiga xabar bermaslik, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi to‘g‘risida bojxona organiga noto‘g‘ri xabar berish, agar bunday xabar bojxona organi tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan bo‘lsa, xuddi shuningdek tovarlar va transport vositalarini belgilangan joyga hamda belgilangan vaqtda yetkazib bermaslik, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

227²-modda. Falokat yuz bergan yoki yengib bo‘lmas kuch ta’sir etgan holda chora ko‘rmaslik

Falokat yuz bergan yoki yengib bo‘lmas kuch ta’sir etgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 224-moddasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni ko‘rmaslik, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

227⁴-modda. Tovarlar, transport vositalari va ularning hujjatlarini bojxona organining ruxsatisiz berish, ularni yo‘qotish yoki yetkazib bermaslik

Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarini bojxona organining ruxsatisiz berish, ularni yo‘qotish yoki bojxona organi belgilagan joyga yetkazib bermaslik, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —

tovarlar va transport vositalari musodara qilinib yoki musodara qilinmay, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarining bojxona organiga topshirish uchun qabul qilingan bojxona hujjatlari yoki boshqa hujjatlarni yo‘qotish yoxud yetkazib bermaslik —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bilimingizni sinang

Chegara zonasiga kirish va unda yashash qoidalarini buzganlik uchun jarima bazaviy hisoblash miqdorining necha baravaridan boshlanadi?
  1. besh baravaridan
  2. yarim baravaridan
  3. uch baravaridan
  4. bir baravaridan

To‘g‘ri javob: bir baravaridan. Chegara zonasiga kirish qoidalarini buzish uchun bir baravaridan uch baravarigacha jarima solinadi.

Chegara zonasiga kirish va unda yashash qoidalarini buzganlik uchun solinadigan jarimaning eng yuqori miqdori bazaviy hisoblash miqdorining necha baravariga teng?
  1. ikki baravarigacha
  2. o‘n baravarigacha
  3. besh baravarigacha
  4. uch baravarigacha

To‘g‘ri javob: uch baravarigacha. Jarima bir baravaridan uch baravarigacha belgilangan.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 224-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo‘lishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish
  2. O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasida barpo etilgan muhandislik-texnika inshootlarini va to‘siqlarni, shuningdek qo‘riqlashning texnik vositalarini yo‘q qilish yoki ularga shikast yetkazish
  3. Chet elga chiqish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini buzish
  4. Pasportdan yoki identifikatsiyalovchi ID-kartadan g‘ayriqonuniy ravishda foydalanish

To‘g‘ri javob: Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo‘lishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish. 224-modda: Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo‘lishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo‘lishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 224²-modda
  2. 224-modda
  3. 226-modda
  4. 223¹-modda

To‘g‘ri javob: 224-modda. 224-modda: Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo‘lishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish.

Chegara zonasiga, shuningdek fuqarolarning kirishi va bo‘lishiga vaqtincha cheklov belgilangan joylarga kirish hamda ularda yashash qoidalarini buzish uchun qanday jarima solinadi?
  1. Bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha
  2. Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha
  3. Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha
  4. Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha

To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha. 224-moddaning birinchi qismi: 1–3 baravar jarima.

Mahalla rahbari qoidalarni buzgan fuqarolarning chegara zonasida yashashiga yo‘l qo‘ydi. Mansabdor shaxs sifatida unga qanday jarima solinadi?
  1. Bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha
  2. Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha
  3. Bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha
  4. Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha

To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha. 224-moddaning ikkinchi qismi: mansabdor shaxslarga 5–10, fuqarolarga 3–5 baravar jarima.

Davlat chegarasi o‘tkazish punktlaridagi rejimni buzgan fuqarolarga jarima bazaviy hisoblash miqdorining necha baravaridan boshlanadi?
  1. uch baravaridan
  2. o‘n baravaridan
  3. besh baravaridan
  4. bir baravaridan

To‘g‘ri javob: uch baravaridan. Fuqarolarga uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga besh baravaridan o‘n baravarigacha jarima solinadi.

Davlat chegarasi o‘tkazish punktlaridagi rejimni birinchi marta buzgan fuqarolarga solinadigan jarimaning eng yuqori miqdori qancha?
  1. besh baravarigacha
  2. yetti baravarigacha
  3. uch baravarigacha
  4. o‘n baravarigacha

To‘g‘ri javob: besh baravarigacha. Fuqarolarga jarima uch baravaridan besh baravarigacha belgilangan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiBoshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (8/14)Keyingi →Boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (10/14)