Boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (10/14)
Maxsus Qism
227⁵-modda. Transport vositasini to‘xtatmaslik yoki bojxona organining ruxsatisiz jo‘natib yuborish
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o‘tayotgan transport vositasini bojxona organi tomonidan belgilanadigan joyda to‘xtatmaslik, shuningdek bojxona nazorati ostida turgan transport vositasini to‘xtab turish joyidan bojxona organining ruxsatisiz jo‘natib yuborish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
227⁶-modda. Bojxona nazorati ostida turgan kema va boshqa suzuvchi vositalar yoniga kelib to‘xtash
Kemalar va boshqa suzuvchi vositalarning bojxona nazorati ostida turgan kema va boshqa suzuvchi vositalar yoniga bojxona organining ruxsatisiz kelib to‘xtashi, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
227⁷-modda. Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini buzish
Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini buzish, ya’ni bojxona rasmiylashtiruvini boshlash va tugallash, uni o‘tkazish joyi, vaqti va taomili to‘g‘risidagi belgilangan talablarga rioya etmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
227⁸-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalari bilan g‘ayriqonuniy operatsiyalar, shuningdek bojxona organining ruxsatisiz yuk operatsiyalari va boshqa operatsiyalar o‘tkazish
Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalari bilan operatsiyalar o‘tkazish, belgilangan talablar va shartlarni buzib, ularning holatini o‘zgartirish, ulardan foydalanish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarini bojxona organining ruxsatisiz transportda tashish, ortish, tushirish, qayta ortish, buzilgan o‘rovni tuzatish, o‘rash, qayta o‘rash yoki tashish uchun qabul qilish, shunday tovarlardan namunalar va nusxalar olish, mazkur tovarlar va transport vositalari turishi mumkin bo‘lgan binolar va boshqa joylarni ochish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
227⁸-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalari bilan g‘ayriqonuniy operatsiyalar, shuningdek bojxona organining ruxsatisiz yuk operatsiyalari va boshqa operatsiyalar o‘tkazish (davomi)
Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalarini tasarruf etish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
227⁹-modda. Bojxona identifikatsiyalash vositalarini o‘zgartirish, yo‘q qilish, shikastlash yoki yo‘qotish
Bojxona identifikatsiyalash vositalarini o‘zgartirish, yo‘q qilish, shikastlash yoki yo‘qotish, shuningdek bojxona nazorati ostida turgan transport vositalarining yukxonasini, yuklangan tovarlarni qonunga xilof ravishda ochish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
227¹⁰-modda. Tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalash tartibini buzish
Tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalash tartibini buzish, ya’ni deklaratsiyalash shakli, joyi va uni amalga oshirish taomili haqidagi belgilangan talablarga rioya etmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bojxona organiga tovarlar va transport vositalari uchun bojxona deklaratsiyasini, xuddi shuningdek hujjatlar va qo‘shimcha ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
227¹¹-modda. Bojxona organi mansabdor shaxsining bojxona nazoratini o‘tkazish uchun hudud va binoga kirishiga to‘sqinlik qilish
Bojxona nazoratidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tovarlar va transport vositalari, bunday nazoratni o‘tkazish uchun kerakli hujjatlar mavjud bo‘lgan yoki nazorat etish bojxona organlari zimmasiga yuklangan faoliyat amalga oshirilayotgan hudud yoxud binoga bojxona organi mansabdor shaxsining kirishiga to‘sqinlik qilish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
227¹²-modda. Bojxona organiga hisobotlarni taqdim etmaslik va hisob-kitob yuritish tartibiga rioya qilmaslik
Bojxona nazorati ostida yoxud erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududida bo‘lib, olib kirilayotgan, olib chiqilayotgan, kelib tushayotgan, saqlanayotgan, qayta ishlanayotgan, tayyorlanayotgan, sotib olinayotgan va sotilayotgan tovarlar haqida belgilangan tartibda bojxona organiga zarur hisobotlarni taqdim etmaslik, xuddi shuningdek bunday tovarlar hisob-kitobini yuritish tartibiga rioya etmaslik, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
227¹³-modda. Tovarlarni saqlash uchun joylashtirish, ularni saqlash va ular bilan operatsiyalar o‘tkazish tartibini buzish
Tovarlarni saqlash uchun joylashtirishning belgilangan talablari va shartlariga, ularni saqlash tartibiga, xuddi shuningdek bojxona omborlarida hamda erkin omborlarda tovarlarga doir operatsiyalar o‘tkazish tartibiga rioya etmaslik, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida, ushbu Kodeksning 227⁴, 227⁸, 227⁹ va 227¹¹-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tovarlarni bojxona rejimida saqlash muddatlariga rioya etmaslik, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
227¹⁴-modda. Tovarlarni qayta ishlash tartibini buzish
Tovarlarni qayta ishlash tartibini buzish, ya’ni tovarlarni qayta ishlashda belgilangan talablarga, cheklashlar va shartlarga, shu jumladan qayta ishlash muddatlari, qayta ishlash mahsulotlarining chiqish miqdori, tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi talablar, cheklashlar va shartlarga rioya etmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qayta ishlash mahsulotlarini boshqa tovarlarga almashtirib qo‘yish —
tovarlar musodara qilinib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
tovarlar musodara qilinib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bilimingizni sinang
Transport vositasini bojxona organi belgilagan joyda to‘xtatmaslik yoki ruxsatsiz jo‘natib yuborish uchun fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori qancha?
- Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari
- Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari
- Bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari
- Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari
To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari. Normada jarimaning quyi chegarasi bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari etib belgilangan.
Haydovchi Murod bojxona chegarasi orqali o‘tayotgan transport vositasini bojxona organi belgilagan joyda to‘xtatmadi. Fuqaro sifatida unga qanday jarima solinadi?
- Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha
- Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha
- Bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha
- Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha
To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha. 227⁵-modda: fuqarolarga 1–3, mansabdor shaxslarga 3–5 baravar jarima.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 227⁶-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Tovarlarni saqlash uchun joylashtirish, ularni saqlash va ular bilan operatsiyalar o‘tkazish tartibini buzish
- Falokat yuz bergan yoki yengib bo‘lmas kuch ta’sir etgan holda chora ko‘rmaslik
- Bojxona nazorati zonasi rejimining buzilishi
- Bojxona nazorati ostida turgan kema va boshqa suzuvchi vositalar yoniga kelib to‘xtash
To‘g‘ri javob: Bojxona nazorati ostida turgan kema va boshqa suzuvchi vositalar yoniga kelib to‘xtash. 227⁶-modda: Bojxona nazorati ostida turgan kema va boshqa suzuvchi vositalar yoniga kelib to‘xtash.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Bojxona nazorati ostida turgan kema va boshqa suzuvchi vositalar yoniga kelib to‘xtash» qaysi moddada belgilangan?
- 227-modda
- 227⁶-modda
- 227¹³-modda
- 227²-modda
To‘g‘ri javob: 227⁶-modda. 227⁶-modda: Bojxona nazorati ostida turgan kema va boshqa suzuvchi vositalar yoniga kelib to‘xtash.
Kemalar bojxona nazorati ostida turgan kema yoniga bojxona organining ruxsatisiz kelib to‘xtashi uchun fuqarolar va mansabdor shaxslarga qanday jarima belgilangan?
- Fuqarolarga 1–3 baravar, mansabdor shaxslarga 3–5 baravar
- Fuqarolarga 3–5 baravar, mansabdor shaxslarga 5–10 baravar
- Fuqarolarga 3–7 baravar, mansabdor shaxslarga 7–15 baravar
- Faqat mansabdor shaxslarga 3–5 baravar
To‘g‘ri javob: Fuqarolarga 1–3 baravar, mansabdor shaxslarga 3–5 baravar. 227⁶-modda: fuqarolarga 1–3, mansabdor shaxslarga 3–5 baravar jarima.
Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini buzish uchun fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori qancha?
- Bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari
- Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari
- Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari
- Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari
To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari. Normada jarimaning quyi chegarasi bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari etib belgilangan.
Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini buzgan mansabdor shaxsga qanday jarima solinadi?
- Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha
- Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha
- Bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha
- Bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha
To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha. 227⁷-modda: fuqarolarga 3–7, mansabdor shaxslarga 7–15 baravar jarima.
Rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalari bilan operatsiyalar o‘tkazish yoki ulardan foydalanish uchun fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori qancha?
- Bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari
- Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari
- Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari
- Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari
To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari. Normada jarimaning quyi chegarasi bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari etib belgilangan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash