XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Ma’muriy javobgarlik kodeksi · 227¹⁵–227²⁴-m.

Boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (11/14)

Maxsus Qism

227¹⁵-modda. Erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda ishlab chiqarish, tijorat hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini buzish

Erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda ishlab chiqarish, tijorat hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini buzish, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

227¹⁶-modda. Tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqmaslik yoki ularni ushbu hududga qaytarib olib kirmaslik

O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga ilgari olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini bojxona hududidan tashqariga belgilangan muddatlarda olib chiqmaslik, agar ularni qaytarib olib chiqish shart bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ilgari olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini olib chiqmaganlik uchun ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin o‘ttiz kun ichida ularni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqmaslik, agar bunday olib chiqish shart bo‘lsa, —

tovarlarni va transport vositalarini musodara qilishga sabab bo‘ladi.

Ilgari olib chiqib ketilgan tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga belgilangan muddatlarda qaytarib olib kirmaslik, agar bunday qaytarib olib kirish shart bo‘lsa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —

227¹⁶-modda. Tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqmaslik yoki ularni ushbu hududga qaytarib olib kirmaslik (davomi)

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga ilgari olib kirilgan transport vositasini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga belgilangan muddatda olib chiqmagan shaxs qonunchilikda belgilangan yig‘imni o‘z ixtiyori bilan bir ish kuni ichida to‘lagan taqdirda, javobgarlikdan ozod etiladi.

227¹⁷-modda. Tovarlarni yo‘q qilish tartibini buzish

Tovarlarni yo‘q qilish tartibini buzish, ya’ni tovarlarni yo‘q qilishning, ularni yo‘q qilish natijasida hosil bo‘lgan chiqindilarni tegishli bojxona rejimiga joylashtirishning belgilangan talablari, cheklashlari va shartlariga rioya etmaslik, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

227¹⁸-modda. Muayyan bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar va transport vositalari bilan g‘ayriqonuniy operatsiyalarni amalga oshirganlik

Tovarlar va transport vositalari bilan g‘ayriqonuniy operatsiyalarni amalga oshirish, ularning holatini o‘zgartirish, ulardan bojxona rejimiga nomuvofiq tarzda foydalanish, xuddi shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida nazarda tutilgan hollardan tashqari, bojxona rejimining boshqa talablari, cheklashlari va shartlariga rioya qilmaslik, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Muayyan bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar va transport vositalarini ushbu bojxona rejimi talablariga muvofiq bo‘lmagan tarzda tasarruf etish, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

227¹⁹-modda. O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishda iqtisodiy siyosat choralari va boshqa cheklovlarni qo‘llanish tartibiga rioya qilmaslik

Iqtisodiy siyosat choralari va boshqa cheklovlar qo‘llaniladigan tovarlarni ana shu choralar va cheklovlarni qo‘llanishning belgilangan tartibini buzgan holda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tish, O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida nazarda tutilgan hollardan tashqari, —

tovarlar musodara qilinib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —

tovarlar musodara qilinib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

227²⁰-modda. Tijorat maqsadlari uchun mo‘ljallanmagan tovarlar niqobi ostida O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish

Ushbu Kodeks 227²⁵-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali aslida ishlab chiqarish yoki tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni tijorat maqsadlari uchun mo‘ljallanmagan tovarlar niqobi ostida olib o‘tish, —

tovarlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —

tovarlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

227²¹-modda. Tovarlar va transport vositalarini belgilangan tartibni buzgan holda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tish

Tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali bojxona nazoratini chetlab, ya’ni bojxona organlari tomonidan belgilangan joylarni chetlab yoki bojxona rasmiylashtiruvining belgilangan vaqtidan tashqari paytda olib o‘tish, —

tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarni bojxona nazoratidan yashirish, ya’ni xufyadonlardan yoki tovarlarni topishni qiyinlashtiradigan boshqa usullardan foydalanish yoxud bir tovarni boshqa tovarga o‘xshash qilib qo‘yish, —

tovarlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Hujjatlardan yoki bojxona identifikatsiyalash vositalaridan aldov yo‘li bilan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish, bundan ushbu Kodeksning 227²²-moddasida va 227²⁵-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno, —

tovarlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

227²²-modda. Tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki noto‘g‘ri deklaratsiyalash

O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki noto‘g‘ri deklaratsiyalash, ya’ni tovarlar, ularning bojxona rejimi va boshqalar haqida bojxona maqsadlari uchun zarur bo‘lgan belgilangan yozma, og‘zaki yoki boshqa shakldagi ma’lumotlarni bermaslik yoxud noto‘g‘ri ma’lumotlar berish, ushbu Kodeksning 227⁷, 227¹⁰, 227¹⁹, 227²⁰, 227²¹-moddalarida va 227²⁵-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, —

tovarlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Noto‘g‘ri ma’lumotlarni ko‘rsatish, bu ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish, ularni talab etilayotgan bojxona rejimiga joylashtirish, bojxona to‘lovlari miqdori to‘g‘risida bojxona organi tomonidan qaror qabul qilinishiga ta’sir etmagan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

227²³-modda. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga bojxona qoidalarini buzgan holda olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini tashish, saqlash, sotib olish, ulardan foydalanish yoki ularni tasarruf etish

O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga bojxona nazoratini chetlab o‘tib yoxud bojxona nazoratidan yashirib yoxud hujjatlar yoki bojxona identifikatsiyalash vositalaridan aldov yo‘li bilan foydalanib olib kirilgan yoxud deklaratsiyalanmagan yoki noto‘g‘ri deklaratsiyalangan holda olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini tashish, saqlash, sotib olish, shuningdek ushbu tovarlar va transport vositalaridan foydalanish yoki ularni tasarruf etish, xuddi shuningdek boj to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilgan, bunday imtiyozlar berilishiga sabab bo‘lganidan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan yoxud tasarrufdan chiqarilayotgan tovarlar va transport vositalarini bojxona organining ruxsatisiz tashish, saqlash va sotib olish, —

tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

227²⁴-modda. Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilgan, shartli ravishda chiqarilgan tovarlar va transport vositalaridan foydalanish hamda ularni tasarruf etish tartibini buzish

Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilgan, shartli ravishda chiqarilgan tovarlar va transport vositalaridan imtiyozlar berilishiga sabab bo‘lganidan boshqa maqsadlarda foydalanish va ularni tasarruf etish, O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bilimingizni sinang

Erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini amalga oshirish tartibini buzish uchun fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori qancha?
  1. Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari
  2. Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari
  3. Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari
  4. Bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari

To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari. Normada jarimaning quyi chegarasi bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari etib belgilangan.

Erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda ishlab chiqarish, tijorat hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini birinchi marta buzgan fuqaro va mansabdor shaxs javobgarligi qanday farqlanadi?
  1. Ikkalasi ham 3–7 baravar jarima to‘laydi
  2. Fuqaro 5–10 baravar, mansabdor shaxs 3–7 baravar jarima to‘laydi
  3. Fuqaro 3–7 baravar, mansabdor shaxs 5–10 baravar jarima to‘laydi
  4. Fuqaro 7–10 baravar, mansabdor shaxs 10–20 baravar jarima to‘laydi

To‘g‘ri javob: Fuqaro 3–7 baravar, mansabdor shaxs 5–10 baravar jarima to‘laydi. 227¹⁵-moddaning birinchi qismi: fuqarolarga 3–7, mansabdor shaxslarga 5–10 baravar jarima.

Erkin ombor mudiri erkin omborda faoliyat tartibini buzgani uchun ma’muriy jazoga tortilgach, bir yil ichida yana shunday huquqbuzarlik sodir etdi. Mansabdor shaxs sifatida unga qanday jarima solinadi?
  1. Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha
  2. Bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha
  3. Bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha
  4. Bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha

To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha. 227¹⁵-moddaning ikkinchi qismi: takror sodir etilsa fuqarolarga 7–10, mansabdor shaxslarga 10–20 baravar jarima.

Bojxona hududiga ilgari olib kirilgan tovarlarni belgilangan muddatda tashqariga olib chiqmaslik (agar olib chiqish shart bo‘lsa) uchun qancha jarima solinadi?
  1. Bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari
  2. Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari
  3. Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari
  4. Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari

To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari. Bunday huquqbuzarlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solinadi.

Tadbirkor Jamshid bojxona hududiga vaqtincha olib kirilgan tovarlarni belgilangan muddatda qaytarib olib chiqmadi, vaholanki olib chiqish shart edi (birinchi marta). Qanday jarima solinadi?
  1. Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida
  2. Bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida
  3. Bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida
  4. Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida

To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida. 227¹⁶-moddaning birinchi qismi: muddatda olib chiqmaslik besh baravar jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ilgari olib kirilgan tovarlarni olib chiqmaganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgach, ular o‘ttiz kun ichida yana olib chiqilmasa, qanday oqibat yuzaga keladi?
  1. Faqat bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solinadi
  2. Jarima ikki baravar oshiriladi, musodara qilinmaydi
  3. O‘n besh sutkagacha ma’muriy qamoq qo‘llanadi
  4. Tovarlar va transport vositalari musodara qilinadi

To‘g‘ri javob: Tovarlar va transport vositalari musodara qilinadi. 227¹⁶-moddaning uchinchi qismi: o‘ttiz kun ichida olib chiqmasa tovarlar va transport vositalari musodara qilinadi.

Fuqaro Sanjar chet elga olib chiqib ketilgan tovarlarni belgilangan muddatlarda qaytarib olib kirmadi, vaholanki bu shart edi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
  1. Sanjarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha jarima solinadi
  2. Sanjarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha jarima solinadi
  3. Sanjarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha jarima solinadi
  4. Sanjar javobgar emas, chunki tovar chet elda qolgan

To‘g‘ri javob: Sanjarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha jarima solinadi. 227¹⁶-moddaning to‘rtinchi qismi: fuqarolarga 5–10, mansabdor shaxslarga 7–15 baravar jarima solinadi.

Muayyan bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar bilan g‘ayriqonuniy operatsiyalar ma’muriy jazodan keyin bir yil ichida takror sodir etilsa, mansabdor shaxsga qanday jarima solinadi?
  1. Bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha
  2. Bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha
  3. Bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha
  4. Bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha

To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha. 227¹⁸-moddaning ikkinchi qismi: takror sodir etilsa fuqarolarga 10–15, mansabdor shaxslarga 15–30 baravar jarima.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiBoshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (10/14)Keyingi →Boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (12/14)