XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Ma’muriy javobgarlik kodeksi · 227²⁵–234-m.

Boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (12/14)

Maxsus Qism

227²⁵-modda. Bojxona to‘lovlaridan g‘ayriqonuniy ozod qilishga, ularni kamaytirishga, to‘langan bojxona to‘lovlarini qaytarib olish, to‘lovlar va boshqa haqni olishga yoxud yetarli asoslarsiz ularni qaytarmaslikka qaratilgan xatti-harakatlar

Bojxona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlarda bojxona to‘lovlaridan ozod qilish yoki ularning miqdorini kamaytirish uchun asos bo‘ladigan noto‘g‘ri ma’lumotlarni ko‘rsatish, ushbu Kodeksning 227²⁰-moddasi va 227²¹-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

To‘langan bojxona to‘lovlarini qaytarib olish, to‘lovlarni va boshqa haqni olish huquqini beradigan noto‘g‘ri ma’lumotlardan iborat hujjatlarni bojxona organiga taqdim etish yoki yetarli asoslarsiz ularni qaytarmaslik yoxud bu to‘lovlarni va boshqa haqni to‘liq bo‘lmagan hajmda qaytarganlik, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

227²⁶-modda. Bojxona to‘lovlarini to‘lash muddatlarini buzish

Bojxona to‘lovlarini belgilangan muddatlarda to‘lamaslik, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

227²⁷-modda. Bojxona brokeri yoki bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyat shartlarini buzish

Bojxona brokeri yoki bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyat shartlarini buzish, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

228-modda. Muhrlar (plombalar)ni qasddan buzish yoki yulib olish

Ushbu Kodeks 146-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarni istisno etganda vakolatli mansabdor shaxs qo‘ygan muhrlar (plombalar)ni qasddan buzish yoki yulib olish —

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

229-modda. Bo‘sh ish o‘rinlarini yashirish

Bo‘sh ish o‘rinlarini (vakant lavozimlarni) yashirish, bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) yoki har bir xodim bo‘shatib olinishi kutilayotganligi to‘g‘risidagi axborotni o‘z vaqtida taqdim etmaslik, Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga ajratmalarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

230-modda. Fuqarolik holati aktlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish

Fuqarolik holati aktlarini yozish organlariga atayin yolg‘on ma’lumotlar berish yoki tegishli organlarga qonunchilikda nazarda tutilgan fuqarolik holati aktlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etmaslik —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tug‘ilganligini qayd etishni ta’minlashga doir choralarni vasiylik va homiylik organlarining yoki tibbiyot muassasasining mansabdor shaxslari, topib olingan (tashlab ketilgan) bola turgan muassasa ma’muriyati tomonidan ko‘rmaganlik, —

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Tibbiyot muassasasining mansabdor shaxslari tomonidan tug‘ilishni va o‘limni o‘z vaqtida qayd etishni ta’minlash choralarini ko‘rmaganlik, xuddi shuningdek tug‘ilganlik to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnomani yoxud o‘lim haqidagi, shu jumladan perinatal o‘lim to‘g‘risidagi tibbiy guvohnomani noto‘g‘ri va (yoki) noaniq to‘ldirganlik, —

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

231-modda. Chaqiruv uchastkalarida qayd hisobidan o‘tishi lozim bo‘lgan yoshlarning ro‘yxatlarini mudofaa ishlari organlariga taqdim etmaslik

Harbiy hisob ishlari uchun mas’ul bo‘lgan shaxslarning chaqiruv uchastkalarida qayd hisobidan o‘tishi lozim bo‘lgan yoshlarning ro‘yxatlarini tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga belgilangan muddatda taqdim etmasligi —

bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

232-modda. Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarga ular mudofaa ishlari organlariga chaqirilayotganligi to‘g‘risida xabar berishni ta’minlamaganlik

Rahbarlar yoki harbiy hisob ishlari uchun mas’ul bo‘lgan boshqa shaxslarning tuman (shahar) mudofaa ishlari organlari talabi bo‘yicha chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarga ular mudofaa ishlari organlariga chaqirilayotganligi to‘g‘risida xabar berishni tashkil etmaganliklari yoxud fuqarolarning chaqiruv uchastkalariga yoki yig‘in joylariga o‘z vaqtida borishlariga to‘sqinlik qilish —

bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

233-modda. Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning dastlabki hisobini yuritish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etmaslik

Rahbarlar yoki harbiy hisob ishlari uchun mas’ul bo‘lgan boshqa shaxslarning, shuningdek uy egalarining tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga va hokimliklarga uy daftarlarini, chaqiriluvchilar yoki harbiy xizmatga majbur hisoblangan shaxslarning qayd qilish kartochkalarini va harbiy hisob hujjatlarini harbiy hisobga olish yoki hisobdan chiqarishni rasmiylashtirish uchun o‘z vaqtida taqdim etmasligi —

bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

234-modda. Chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xabar qilmaganlik

Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining mansabdor shaxslari nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan barcha chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, nogironlik guruhidan qat’i nazar, mudofaa ishlari organlariga xabar qilmaganligi, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Fuqarolik holati aktlarini qayd qilish idoralari mansabdor shaxslarining tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning familiyasi, ismi, otasining ismidagi o‘zgarishlarga oid, ularning tug‘ilgan sanasi va joyi to‘g‘risida fuqarolik holati aktlarini yozish daftariga kiritilgan o‘zgartirishlar haqidagi, shuningdek chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarning vafotini qayd etish hollari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xabar qilmaganligi —

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Bilimingizni sinang

Bojxona to‘lovlaridan ozod qilish yoki ularni kamaytirish uchun asos bo‘ladigan noto‘g‘ri ma’lumotlarni deklaratsiyada ko‘rsatish uchun fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori qancha?
  1. Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari
  2. Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari
  3. Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari
  4. Bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari

To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari. Normada jarimaning quyi chegarasi bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari etib belgilangan.

Importyor Alisher bojxona deklaratsiyasida bojxona to‘lovlaridan ozod qilish uchun asos bo‘ladigan noto‘g‘ri ma’lumotlarni ko‘rsatdi. Fuqaro sifatida unga qanday jarima solinadi?
  1. Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha
  2. Bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha
  3. Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha
  4. Bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha

To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha. 227²⁵-moddaning birinchi qismi: fuqarolarga 5–10, mansabdor shaxslarga 7–15 baravar jarima.

Bojxona to‘lovlarini belgilangan muddatlarda to‘lamaslik uchun fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori qancha?
  1. Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari
  2. Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari
  3. Bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari
  4. Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari

To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari. Normada jarimaning quyi chegarasi bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari etib belgilangan.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 227²⁶-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalash tartibini buzish
  2. Tovarlarni qayta ishlash tartibini buzish
  3. Bojxona to‘lovlarini to‘lash muddatlarini buzish
  4. Bojxona chegarasini kesib o‘tganlik to‘g‘risida yoki tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi to‘g‘risida bojxona organiga xabar berish tartibini buzish

To‘g‘ri javob: Bojxona to‘lovlarini to‘lash muddatlarini buzish. 227²⁶-modda: Bojxona to‘lovlarini to‘lash muddatlarini buzish.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Bojxona to‘lovlarini to‘lash muddatlarini buzish» qaysi moddada belgilangan?
  1. 227¹⁴-modda
  2. 227¹⁰-modda
  3. 227¹-modda
  4. 227²⁶-modda

To‘g‘ri javob: 227²⁶-modda. 227²⁶-modda: Bojxona to‘lovlarini to‘lash muddatlarini buzish.

Bojxona to‘lovlarini belgilangan muddatlarda to‘lamaslik uchun fuqarolar va mansabdor shaxslarga qanday jarima belgilangan?
  1. Fuqarolarga 1–3 baravar, mansabdor shaxslarga 3–5 baravar
  2. Fuqarolarga 5–10 baravar, mansabdor shaxslarga 7–15 baravar
  3. Fuqarolarga 3–7 baravar, mansabdor shaxslarga 5–10 baravar
  4. Fuqarolarga 2–5 baravar, mansabdor shaxslarga 3–7 baravar

To‘g‘ri javob: Fuqarolarga 3–7 baravar, mansabdor shaxslarga 5–10 baravar. 227²⁶-modda: fuqarolarga 3–7, mansabdor shaxslarga 5–10 baravar jarima.

Bojxona brokeri yoki bojxona tashuvchisi faoliyati shartlarini buzish uchun mansabdor shaxslarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori qancha?
  1. Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari
  2. Bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari
  3. Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari
  4. Bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari

To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari. Normada jarimaning quyi chegarasi bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari etib belgilangan.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 227²⁷-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Bojxona organiga hisobotlarni taqdim etmaslik va hisob-kitob yuritish tartibiga rioya qilmaslik
  2. Tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalash tartibini buzish
  3. Bojxona brokeri yoki bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyat shartlarini buzish
  4. Tovarlarni qayta ishlash tartibini buzish

To‘g‘ri javob: Bojxona brokeri yoki bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyat shartlarini buzish. 227²⁷-modda: Bojxona brokeri yoki bojxona tashuvchisi sifatidagi faoliyat shartlarini buzish.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiBoshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (11/14)Keyingi →Boshqaruvning belgilangan tartibiga tajovuz qiluvchi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik (13/14)