Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning taalluqliligi (3/5)
Uchinchi Bo‘Lim
251-modda. Havo transporti organlari
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi ushbu Kodeksning 116, 116³, 117-moddalarida, 142-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqli bo‘lgan havo transporti organidir.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori va uning o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi boshqarmalarining va bo‘limlarining boshliqlari havo transporti organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga haqlidir.
252-modda. Suv transporti organlari
Suv transporti organlariga ushbu Kodeksning 53-moddasida, 56¹-moddasining birinchi qismida (suv transportida maxsus ajratilmagan joylarda tamaki mahsulotini iste’mol qilganlik uchun), 121, 124, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (suv transportidagi huquqbuzarlik uchun), 118, 120-moddalarida, 142-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Port boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, pristan va vokzallarning boshliqlari, port, pristan va vokzallarning navbatchi ma’murlari, port hududlari boshliqlari va shlyuz boshliqlari, kemalarning kapitanlari, ularning yordamchilari va shturmanlari, kema qatnovi inspeksiyalarining katta inspektorlari va inspektorlari, kema taftishchilari, port, pristan joylashgan yerdagi idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmasining yuqori mansabdor shaxsi (birlashgan otryad boshlig‘i, otryad boshlig‘i, komandir, yong‘indan saqlash yo‘riqchisi) suv transporti organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo‘llanishga haqlidirlar.
254-modda. Shahar va shaharlararo yo‘lovchi tashiydigan avtomobil transporti va elektr transporti organlari
Shahar va shaharlararo yo‘lovchilar tashiydigan avtomobil transporti va elektr transporti organlariga ushbu Kodeksning 56¹-moddasining birinchi qismida (shahar, shaharlararo avtomobil transportida va elektr transportida maxsus ajratilmagan joylarda tamaki mahsulotini iste’mol qilganlik uchun), 121, 123, 124-moddalarida, 142-moddasining uchinchi qismida, 143, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (shahar, shaharlararo avtomobil transportida va elektr transportida sodir etilgan huquqbuzarliklar qismi) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Shahar va shaharlararo yo‘lovchilar tashiydigan avtomobil transporti va elektr transporti nazoratchi-taftishchilari, chipta tekshiruvchilari va tegishli vakolati bo‘lgan boshqa xodimlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo‘llanishga haqlidirlar.
254¹-modda. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi organlari
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeksning 99-moddasida (yo‘l-qurilish sohasidagi qonunchilikni buzishga oid qismida), 113¹-moddasida, 123-moddasida (suv transporti sohasidagi qonunchilikni buzishga oid qismida), 125-moddasining to‘rtinchi va sakkizinchi qismlarida, 125¹-moddasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 125², 125⁴-moddalarida, 144-moddasining to‘rtinchi va beshinchi qismlarida, 145-moddasining ikkinchi qismida, 146¹-moddasida, 147-moddasining birinchi qismida (avtomobil yo‘llarini o‘zboshimchalik bilan qazish, avtomobil yo‘lida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, yo‘llarda qurilish-qazish ishlarini olib borgan shaxslar tomonidan belgilangan muddatlarda yo‘l infratuzilmasini oldingi holatiga keltirmaslikka oid qismida), 176³, 176⁴-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga quyidagilar haqli:
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari;
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining hududiy bo‘linmalari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari va inspektorlari.
254¹-modda. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi organlari (davomi)
Ushbu Kodeksning 119, 132 va 133¹-moddalarida (kemalarga oid qismida), 198⁹-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan tuziladi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.
255-modda. Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari
Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 49, 49², 49³, 50, 51 va 229-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga quyidagilar haqlidir:
mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni va aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun — mehnat bo‘yicha davlat inspektorlari, mehnat bo‘yicha davlat huquqiy inspektorlari;
mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun — mehnat bo‘yicha davlat inspektorlari, mehnat bo‘yicha davlat texnik inspektorlari, mehnat sharoitlari bo‘yicha davlat ekspertlari.
Ushbu Kodeksning 201²-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda, mehnat bo‘yicha davlat inspektorlari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi hamda uni ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
255¹-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga ushbu Kodeksning 50¹-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori va uning o‘rinbosarlari haqlidir.
256-modda. Mudofaa vazirligi organlari
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlariga ushbu Kodeksning 125, 125¹, 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128¹, 128²-moddalarida, 128³-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128⁴-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 128⁵-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 128⁶-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 135¹, 138, 139, 140-moddalarida (transport vositalarining haydovchilari — harbiy xizmatchilar va yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan) hamda 235, 236-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo qo‘llanishga haqlidirlar:
ushbu Kodeksning 235, 236-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limlari boshliqlari va tuman (shahar) muqobil xizmat bo‘limlari boshliqlari;
ushbu Kodeksning 125, 125¹, 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128¹, 128²-moddalarida, 128³-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128⁴-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 128⁵-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 128⁶-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 135¹, 138, 139, 140 -moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun — harbiy avtomobil inspeksiyasining boshlig‘i, katta inspektori.
256-modda. Mudofaa vazirligi organlari (davomi)
Transport vositalarining haydovchilari — harbiy xizmatchilar va yig‘inlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar sodir etgan huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomalar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda belgilab qo‘yadigan tartibda harbiy avtomobil inspeksiyasiga yuboriladi.
257-modda. Davlat sanitariya nazorati organlari
Davlat sanitariya nazorati organlariga ushbu Kodeksning 53, 54, 55-moddalarida, 85-moddasida (atmosfera havosiga yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori normativdan ortiq darajada zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatganlik va atmosfera havosiga biologik organizmlar chiqarib tashlaganlik, shuningdek maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatisiz atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatganlik va atmosfera havosiga biologik organizmlar chiqarib tashlaganlik uchun, agar bu huquqbuzarliklar sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish bo‘lsa), 86, 88, 89, 95-moddalarida (agar atmosfera havosiga fizikaviy ta’sir ko‘rsatilgan bo‘lsa va bu huquqbuzarliklar sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish bo‘lsa), 87-moddasida (avtomobillar, samolyotlar, kemalar va boshqa harakatlanuvchi vositalar hamda qurilmalarni ishlatish paytida shovqin darajasi belgilangan normativdan ortib ketganligi uchun), 96-moddasida (sanitariya-ekologik ekspertizasi qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Davlat sanitariya nazorati organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasi qo‘llashga quyidagilar haqlidirlar:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va uning o‘rinbosarlari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat sanitariya vrachlari hamda ularning o‘rinbosarlari;
257-modda. Davlat sanitariya nazorati organlari (davomi)
tumanlar (shaharlar) bosh davlat sanitariya vrachlari.
258-modda. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining va Milliy gvardiyasining sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi tibbiy xizmatlari
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining va Milliy gvardiyasining sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi tibbiy xizmatlariga ushbu Kodeksning 53, 54, 55-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar (shu jumladan, sanitariya-gigiyena qoidalarini va atmosfera havosini muhofaza qilish normalarini buzganlik) to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga haqli:
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining bosh sanitariya vrachi — markaziy sanitariya-epidemiologiya laboratoriyasining boshlig‘i va uning o‘rinbosari;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot boshqarmasining bosh sanitariya vrachi va uning o‘rinbosari (sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh markazining boshlig‘i), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot bo‘limining bosh sanitariya vrachi va uning o‘rinbosari (sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining boshlig‘i), Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tibbiyot bo‘limlarining bosh sanitariya vrachlari hamda ularning o‘rinbosarlari (sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining boshliqlari);
Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy-tibbiy xizmat sanitariya-epidemiologiya stansiyasi boshlig‘i;
258-modda. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining va Milliy gvardiyasining sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi tibbiy xizmatlari (davomi)
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining bosh sanitariya vrachi.
259-modda. Davlat veterinariya xizmati
Davlat veterinariya xizmatiga ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar davlat veterinariya xizmati nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga haqli:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori va uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning o‘rinbosarlari, davlat chegarasidagi va transportdagi bosh davlat veterinariya inspektori va uning o‘rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha miqdorda;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining davlat veterinariya inspektorlari, tumanlar va shaharlarning bosh davlat veterinariya inspektorlari, chegara va transport veterinariya punktlarining (uchastkalarining) davlat veterinariya inspektorlari hamda veterinariya uchastkalarining va bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalarining davlat veterinariya inspektorlari — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha miqdorda jarima solishga.
Bilimingizni sinang
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 251-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Havo transporti organlari
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari
- Temir yo‘l transporti va metropoliten organlari
- Suv transporti organlari
To‘g‘ri javob: Havo transporti organlari. 251-modda: Havo transporti organlari.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Havo transporti organlari» qaysi moddada belgilangan?
- 250-modda
- 248²-modda
- 251-modda
- 252-modda
To‘g‘ri javob: 251-modda. 251-modda: Havo transporti organlari.
Havo transporti sohasida Kodeksning 117-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik aniqlandi. Havo transporti organlari nomidan ishni ko‘rib chiqishga va jazo qo‘llashga kim haqli?
- Aeroport kassirlari, yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish xodimlari va bagajni tekshiruvchi xodimlar
- Faqat Transport vazirining kotibi hamda vazirlik devonining barcha texnik va yordamchi xodimlari
- Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori va uning o‘rinbosari, agentlik boshqarmalari va bo‘limlari boshliqlari
- Tuman hokimlarining o‘rinbosarlari hamda hokimliklarning transport va aloqa bo‘limlari boshliqlari
To‘g‘ri javob: Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori va uning o‘rinbosari, agentlik boshqarmalari va bo‘limlari boshliqlari. 251-modda: Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori, o‘rinbosari, boshqarma va bo‘limlar boshliqlari havo transporti organlari nomidan jazo qo‘llashga haqli.
Havo transporti organi sifatida Fuqaro aviatsiyasi agentligiga Kodeksning qaysi moddalarida nazarda tutilgan ishlar taalluqli?
- 99, 113¹ va 123-moddalar hamda 141-moddaning ikkinchi qismi
- 53, 121 va 124-moddalar hamda 143-moddaning birinchi qismi
- 116, 116³, 117-moddalar va 142-moddaning birinchi qismi
- 49, 50, 51-moddalar va 144-moddaning birinchi qismi
To‘g‘ri javob: 116, 116³, 117-moddalar va 142-moddaning birinchi qismi. 251-modda: Fuqaro aviatsiyasi agentligiga 116, 116³, 117-moddalar va 142-moddaning birinchi qismidagi ishlar taalluqli.
Suv transportida ma’muriy huquqbuzarlik sodir etildi. Kema kapitani suv transporti organi nomidan ishni ko‘rib chiqib, jazo qo‘lladi. Uning bunday huquqi bormi?
- Yo‘q, bunday ishlarni faqat Prezident huzuridagi vakil ko‘radi, kema kapitanlari esa bunga haqli emas
- Yo‘q, bunday ishlarni faqat sud ko‘rishi mumkin, kema kapitanlari yoki ularning yordamchilari ko‘ra olmaydi
- Ha, kemalarning kapitanlari, ularning yordamchilari va shturmanlari bunday ishlarni ko‘rib chiqishga haqli
- Ha, lekin kapitan faqat jarimasiz ogohlantirish berishi mumkin, jarima solish huquqiga ega emas
To‘g‘ri javob: Ha, kemalarning kapitanlari, ularning yordamchilari va shturmanlari bunday ishlarni ko‘rib chiqishga haqli. 252-modda: kemalarning kapitanlari, ularning yordamchilari va shturmanlari suv transporti organlari nomidan ishlarni ko‘rib chiqishga haqli.
Shahar avtobusida chipta tekshiruvchisi yo‘lovchining ma’muriy huquqbuzarligini aniqladi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
- Bunday ishni faqat prokuror ko‘radi, chipta tekshiruvchisi esa haqli emas
- Chipta tekshiruvchisi faqat og‘zaki eslatma berishi mumkin, jazo qo‘llashga haqli emas
- Chipta tekshiruvchisi bunday ishni ko‘rib chiqishga va jazo qo‘llashga haqli
- Bunday ishni faqat Chegara qo‘shinlari mansabdor shaxslari ko‘rib chiqadi
To‘g‘ri javob: Chipta tekshiruvchisi bunday ishni ko‘rib chiqishga va jazo qo‘llashga haqli. 254-modda: nazoratchi-taftishchilar, chipta tekshiruvchilari va vakolatli boshqa xodimlar ishlarni ko‘rib chiqish va jazo qo‘llashga haqli.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 254¹-modda qaysi masalani tartibga soladi?
- Davlat veterinariya xizmati
- Temir yo‘l transporti va metropoliten organlari
- Ichki ishlar organlari
- O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi organlari
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi organlari. 254¹-modda: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi organlari.
Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi organlari» qaysi moddada belgilangan?
- 254¹-modda
- 259-modda
- 248-modda
- 250-modda
To‘g‘ri javob: 254¹-modda. 254¹-modda: O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi organlari.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash