XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Ma’muriy javobgarlik kodeksi · 260–264³-m.

Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning taalluqliligi (4/5)

Uchinchi Bo‘Lim

260-modda. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining organlari

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining organlariga ushbu Kodeksning 55-moddasida, 70-moddasida (yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi qismida), 97, 97¹, 98-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga quyidagilar haqli:

Davlat qo‘mitasi raisi va uning o‘rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravarigacha miqdorda;

inspeksiyalarning boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravarigacha miqdorda;

kon-texnik inspeksiyalarining va hududiy boshqarmalarning boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravarigacha miqdorda;

davlat inspektorlari — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha miqdorda.

260¹-modda. O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasiga ushbu Kodeksning 70-moddasida (bundan yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi qismi mustasno), 71-moddasida (bundan tabiatni muhofaza qilish qoidalari mustasno), 72-moddasida (yer osti suvlariga doir qismida), 74-moddasining to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga quyidagilar haqli:

inspeksiya boshlig‘i va uning o‘rinbosari — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda;

mintaqaviy inspeksiyalar boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravarigacha miqdorda;

inspektorlar — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda.

O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 70²-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni aniqlagan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi hamda ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.

260²-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga ushbu Kodeksning 101-moddasida (elektr energiyasi va gazdan foydalanish qismida mansabdor shaxslarga nisbatan) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima solish tariqasidagi ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga quyidagilar haqli:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i hamda uning o‘rinbosarlari;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalari boshliqlari.

Ushbu Kodeksning 100, 101, 102, 103, 172, 173, 198⁶-moddalarida, 228-moddasida (yoqilg‘i-energetika sohasida qo‘yilgan muhrlarga (plombalarga) taalluqli hollarda) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hamda uning hududiy boshqarmalarining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.

260²-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (davomi)

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.

261-modda. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi organlari

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi organlariga ushbu Kodeksning 63-moddasida, 65-moddasining beshinchi qismida (bundan qishloq xo‘jaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlik mustasno), 68-moddasida (tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarga, suv fondi yerlariga oid qismida), 70-moddasining birinchi qismida (bundan yer qa’ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi mustasno), 70¹-moddasining birinchi qismida, 71-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 72-moddasida (bundan yer osti suvlariga doir qismi mustasno), 74-moddasining birinchi, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida, 75-moddasida (bundan irrigatsiya tarmoqlaridan olinadigan suvlarni hisobga olish mustasno, shuningdek davlat suv kadastrini yuritishning belgilangan tartibini buzganlik uchun), 77-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 77¹-moddasida, 78-moddasida, 79-moddasining birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida, 79¹, 80, 81, 82, 83, 84-moddalarida, 85-moddasida (bundan sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish deb hisoblanuvchi, atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatish, biologik organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash mustasno), 85¹, 86, 86¹, 86², 87, 88, 89-moddalarida (bundan atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatish mustasno), 89¹-moddasida, 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida, 91¹-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 91², 91³, 91⁴, 92, 93, 95-moddalarida, 96-moddasida (davlat ekologik ekspertizasiga oid qismida), 148-moddasida (bundan ajratilgan mintaqalarda va yog‘och ko‘priklardan 100 metrgacha bo‘lgan masofada olov yoqqanlik, yog‘och ko‘priklar va taxta to‘shamali ko‘priklarda chekkanlik uchun ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar mustasno), 159-moddasining to‘rtinchi qismida (ko‘p kvartirali uyga tutash tuproqli va (yoki) yashil qoplamali yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan betonlashtirishga oid qismida), 161-moddasida, 214-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 228-moddasida (tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganda muhrlar (plombalar) qo‘yilgan hollar) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.

261-modda. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi organlari (davomi)

Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jarima solish tariqasida ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga haqlidir:

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Davlat bosh ekologiya inspektori hamda uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmalarining davlat bosh ekologiya inspektorlari hamda ularning o‘rinbosarlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch yuz baravarigacha miqdorda;

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmalarining davlat katta ekologiya inspektorlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki yuz baravarigacha miqdorda;

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmalarining, tuman (shahar) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limlarining davlat ekologiya inspektorlari, davlat qo‘riqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining, yuridik shaxs shaklidagi davlat buyurtma qo‘riqxonalari va davlat tabiiy pitomniklarining, davlat biosfera rezervatlarining qo‘riqlash xodimlari, davlat o‘rmon xo‘jaliklarining, davlat o‘rmon-ov xo‘jaliklarining, ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaliklarining, davlat o‘rmon ishlab chiqarish korxonalarining davlat inspektorlari va milliy tabiat bog‘larining xodimlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga.

262-modda. Bojxona organlari

Bojxona organlariga ushbu Kodeksning 227, 227¹, 227², 227⁵, 227⁶, 227⁷, 227¹⁰, 227¹¹, 227¹²-moddalarida, 227¹³-moddasining uchinchi qismida, 227¹⁶-moddasining birinchi qismida, 227²²-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.

Bojxona organlarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari bojxona organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima tariqasidagi ma’muriy jazo chorasini qo‘llashga haqlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishga hamda jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga bojxona organlarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshiradigan bosh inspektorlari, katta inspektorlari (inspektorlari) haqlidir.

263-modda. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi organlari

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeks 152-moddasining birinchi qismida, 153, 154-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i, shuningdek mazkur davlat inspeksiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalari boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga haqlidir.

264-modda. Davlat soliq organlari

Davlat soliq organlariga ushbu Kodeks 159¹, 168-moddalarida, 174-moddasining uchinchi qismida, 175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlarida, 215³-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.

Davlat soliq organlarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari davlat soliq organlari nomidan ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga haqlidir.

264¹-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi

Ushbu Kodeksning 61-moddasida (budjet tashkilotlarining, budjet mablag‘larini oluvchilarning, davlat maqsadli jamg‘armalarining hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamg‘armalarning mol-mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan oz miqdorda talon-toroj qilishga oid qismida), 175² va 175⁸-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.

264²-modda. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari

Ushbu Kodeksning 175⁶-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining va hududiy moliya organlarining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.

264³-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning hududiy bo‘linmalari

Ushbu Kodeks 61, 61¹, 164, 165¹, 170, 171¹-moddalarida, 174-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 175², 176, 179³, 179⁵, 186¹, 193¹ va 193²-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hamda uning hududiy bo‘linmalarining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi.

Bilimingizni sinang

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi va uning o‘rinbosarlari jarima tariqasida bazaviy hisoblash miqdorining necha baravarigacha ma’muriy jazo qo‘llay oladi?
  1. o‘n besh baravarigacha
  2. o‘n baravarigacha
  3. yetti baravarigacha
  4. yigirma baravarigacha

To‘g‘ri javob: o‘n besh baravarigacha. Davlat qo‘mitasi raisi va o‘rinbosarlari bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravarigacha jarima solishga haqli.

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi inspeksiyalarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari bazaviy hisoblash miqdorining necha baravarigacha jarima sola oladi?
  1. o‘n baravarigacha
  2. besh baravarigacha
  3. yetti baravarigacha
  4. o‘n besh baravarigacha

To‘g‘ri javob: o‘n baravarigacha. Inspeksiyalar boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari o‘n baravarigacha jarima solishga haqli.

Ma’muriy javobgarlik kodeksiga ko‘ra, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi va uning o‘rinbosarlari ma’muriy ish bo‘yicha qanchagacha miqdorda jarima solishga haqli?
  1. Bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravarigacha
  2. Bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravarigacha
  3. Bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravarigacha
  4. Bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha

To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravarigacha. 260-moddaga ko‘ra Davlat qo‘mitasi raisi va o‘rinbosarlari o‘n besh baravarigacha jarima soladi.

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining davlat inspektorlari jarima solishda qanday eng yuqori miqdor bilan cheklanadi?
  1. Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha
  2. Bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravarigacha
  3. Bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravarigacha
  4. Bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha

To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha. 260-moddada davlat inspektorlari uchun uch baravarigacha miqdor belgilangan.

Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i va uning o‘rinbosari bazaviy hisoblash miqdorining necha baravarigacha jarima sola oladi?
  1. yuz baravarigacha
  2. yetmish baravarigacha
  3. ikki yuz baravarigacha
  4. ellik baravarigacha

To‘g‘ri javob: yuz baravarigacha. Inspeksiya boshlig‘i va o‘rinbosari bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha jarima solishga haqli.

Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining mintaqaviy inspeksiyalar boshliqlari va o‘rinbosarlari bazaviy hisoblash miqdorining necha baravarigacha jarima sola oladi?
  1. sakson baravarigacha
  2. ellik baravarigacha
  3. yetmish baravarigacha
  4. yuz baravarigacha

To‘g‘ri javob: yetmish baravarigacha. Mintaqaviy inspeksiyalar boshliqlari va o‘rinbosarlari yetmish baravarigacha, inspektorlar ellik baravarigacha jarima solishga haqli.

Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining boshlig‘i va uning o‘rinbosari jarima solishda qanday miqdor chegarasiga ega?
  1. Bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha
  2. Bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravarigacha
  3. Bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravarigacha
  4. Bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha

To‘g‘ri javob: Bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha. 260¹-moddaga ko‘ra inspeksiya boshlig‘i va o‘rinbosari yuz baravarigacha jarima soladi.

Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tizimida jarima solish vakolati bo‘yicha qaysi tartib to‘g‘ri?
  1. Inspektorlar — yetmish, mintaqaviy inspeksiya boshliqlari — ellik baravarigacha
  2. Inspektorlar — ellik, mintaqaviy inspeksiya boshliqlari — yetmish baravarigacha
  3. Inspektorlar va mintaqaviy inspeksiya boshliqlari — bir xil ellik baravarigacha
  4. Inspektorlar — yuz, mintaqaviy inspeksiya boshliqlari — yetmish baravarigacha

To‘g‘ri javob: Inspektorlar — ellik, mintaqaviy inspeksiya boshliqlari — yetmish baravarigacha. 260¹-moddada mintaqaviy boshliqlar yetmish, inspektorlar ellik baravarigacha jarima soladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMa’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning taalluqliligi (3/5)Keyingi →Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning taalluqliligi (5/5)