XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ Ma’muriy javobgarlik kodeksi · 313³–313⁹-m.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish (3/3)

To‘Rtinchi Bo‘Lim

313³-modda. Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni sudga yuborish tartibi

Vakolatli organ (mansabdor shaxs) jabrlanuvchining yoki uning qonuniy vakilining yarashuv to‘g‘risidagi arizasini olgach, uch kundan ortiq bo‘lmagan muddatda huquqbuzarning roziligiga ko‘ra ishni taraflarning yarashuvi munosabati bilan sudga yuborish haqida qaror chiqaradi hamda ishni tegishliligi bo‘yicha sudga yuboradi.

Qarorning tavsif qismida:

ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritish uchun asos;

ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va ular tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar haqidagi ma’lumotlar;

yarashuv to‘g‘risidagi arizaning mazmuni hamda huquqbuzarning arizaga nisbatan munosabati ko‘rsatiladi.

Qarorning qaror qismida:

ishni sudga yuborish haqidagi qaror;

ashyoviy, yozma va raqamli dalillar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Agar ish bo‘yicha huquqbuzar sifatida ishtirok etish uchun bir necha shaxs jalb qilingan bo‘lib, ularning barchasi bilan yarashuvga erishilmagan bo‘lsa, yarashuvga erishilmagan huquqbuzarlarga taalluqli materiallar ajratiladi va ular bo‘yicha ish yuritish umumiy qoidalarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.

Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan holatlar vakolatli organning (mansabdor shaxsning) ishni taraflarning yarashuvi munosabati bilan sudga yuborish haqidagi qarorida ko‘rsatilishi kerak.

313⁴-modda. Sud muhokamasi

Yarashuv to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud muhokamasi ish sudga kelgan paytdan e’tiboran uch kundan kechiktirmay o‘tkazilishi kerak.

Sud majlisida: huquqbuzar, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari va, agar ishda qatnashayotgan bo‘lsa, advokat ishtirok etadi.

Yarashuv haqidagi ishlar bo‘yicha sud muhokamasi jabrlanuvchining yarashuv haqidagi arizasini o‘qib eshittirish bilan boshlanadi.

Sud huquqbuzarning va jabrlanuvchining sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi so‘zlarini eshitadi.

Sud:

yarashuvning ixtiyoriyligi va uning sabablarini;

huquqbuzar o‘z aybiga ixtiyoriy ravishda iqror bo‘lganligini;

huquqbuzar o‘zi sodir etgan qilmishning oqibatlarini anglaganligini va yetkazilgan zararni bartaraf etish choralarini ko‘rgan-ko‘rmaganligini;

jabrlanuvchiga yoki huquqbuzarga biron-bir tazyiq bo‘lgan-bo‘lmaganligini;

yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bilan bog‘liq masalalarni;

huquqbuzarning, jabrlanuvchining va ularning qonuniy vakillarining yarashuvga roziliklarini aniqlaydi.

Shundan keyin, agar sud majlisida ishtirok etayotgan bo‘lsa, advokatning fikrini eshitadi.

Agar sud majlisi davomida yarashuv, aybga iqror bo‘lish ixtiyoriy emasligi, zararning o‘rnini qoplashni rad etish hollari aniqlangudek bo‘lsa, sud taraflarning yarashuvi munosabati bilan ishni sudga yuborish to‘g‘risidagi qarorni bekor qiladi va ishni umumiy asoslarda ko‘rib chiqadi.

Biroq, sodir etilgan qilmishda boshqa turdagi ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat tarkibi belgilari mavjud bo‘lsa, sud taraflarning yarashuvi munosabati bilan ishni sudga yuborish haqidagi qarorni bekor qiladi va ishni ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani rasmiylashtirgan yoki ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi ishni qo‘zg‘atgan organga umumiy asoslarda ko‘rib chiqish uchun yoki tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish uchun yuboradi.

313⁴-modda. Sud muhokamasi (davomi)

Sud muhokamasining natijalari bo‘yicha sud qonunda belgilangan tartibda qaror chiqaradi.

Sud majlisi vaqtida ushbu Kodeksning 308-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan bayonnoma yuritiladi.

313⁵-modda. Sud qarori

Sud qarorining kirish qismida:

qaror chiqarilgan vaqt va joy;

qaror chiqargan sudning nomi, sudyaning, sud majlisi kotibining, taraflarning, agar ishda ishtirok etayotgan bo‘lsa, tarjimonning ismi, otasining ismi va familiyasi;

huquqbuzarning ismi, otasining ismi va familiyasi, tug‘ilgan yili, oyi, kuni va joyi, yashash joyi, ish joyi, mashg‘ulotining turi, ma’lumoti va ish uchun ahamiyatga molik boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

Sud qarorining tavsif-asoslash qismida yarashuv uchun asos bo‘lgan holatlar bayon etiladi, ushbu Kodeksning 313⁴-moddasida sanab o‘tilgan masalalarga javoblar ifodalanadi.

Qarorning qaror qismida sud quyidagi masalalarni hal etadi:

ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi ishni taraflarning yarashuvi munosabati bilan yoki ushbu Kodeksning 310-moddasida ko‘rsatilgan boshqa asoslar bo‘yicha tugatish haqidagi, ma’muriy jazoning qo‘llanilishi to‘g‘risida yoxud uni ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi bayonnomani rasmiylashtirgan yoki ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atgan organga yuborish haqidagi;

ashyoviy, yozma va raqamli dalillar to‘g‘risidagi;

zararning o‘rnini qoplash haqidagi.

Sudning qaroriga huquqbuzar, jabrlanuvchi, ularning qonuniy vakillari, advokat tomonidan shikoyat berilishi hamda prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin.

XXIII² bob. MUAYYAN YASHASH JOYIGA EGA BO‘LMAGAN SHAXSNI REABILITATSIYA MARKAZIGA JOYLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA ISH YURITISH

313⁶-modda. Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risida iltimosnoma berish

Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsning reabilitatsiya markaziga joylashtirilishini talab qiluvchi asoslar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organi bunday shaxs ichki ishlar organiga keltirilgan paytdan e’tiboran 48 soat ichida uni reabilitatsiya markaziga o‘ttiz sutkadan ko‘p bo‘lmagan muddatga joylashtirish to‘g‘risida sudga iltimosnoma yuborish uchun materiallarni tayyorlashi shart.

Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma va uni reabilitatsiya markaziga joylashtirish zarurligini tasdiqlovchi materiallar muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxs aniqlangan yerdagi yoki reabilitatsiya markazi joylashgan yerdagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga ichki ishlar organi tomonidan beriladi.

313⁷-modda. Iltimosnomaning shakli va mazmuni

Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma sudga yozma shaklda beriladi va ichki ishlar organining rahbari yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi.

Iltimosnomada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

Iltimosnomada ichki ishlar organining telefon, faks raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.

Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risida ushbu moddada nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan iltimosnoma ichki ishlar organiga qaytariladi.

313⁸-modda. Iltimosnomaga ilova qilinadigan hujjatlar

Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi:

Iltimosnomaga bildirilgan iltimosnomani asoslovchi boshqa hujjatlar ham ilova qilinishi mumkin.

313⁹-modda. Iltimosnomaning sud tomonidan ko‘rib chiqilishi

Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma taqdim etilgan paytdan e’tiboran 24 soat ichida sudya tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.

O‘ziga nisbatan reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma ko‘rib chiqilayotgan shaxs va ichki ishlar organining vakili sud majlisida ishtirok etishi shart. Sud majlisida advokat ishtirok etishi mumkin.

Iltimosnomani ko‘rib chiqish ichki ishlar organi vakilining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish zarurligi va joylashtirish muddati asoslab beriladigan ma’ruzasi bilan boshlanadi. So‘ngra o‘ziga nisbatan iltimosnoma ko‘rib chiqilayotgan shaxs, agar sud majlisida ishtirok etayotgan bo‘lsa, advokat, sudga kelgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi.

Qaror sudya tomonidan alohida xonada chiqariladi.

Iltimosnomani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha sud quyidagi qarorlardan birini chiqaradi:

iltimosnomani qanoatlantirish va muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risida;

iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish haqida.

Iltimosnomani qanoatlantirish va muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risida yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi qaror o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va darhol ijro etilishi lozim.

313⁹-modda. Iltimosnomaning sud tomonidan ko‘rib chiqilishi (davomi)

Qaror ijro etish uchun darhol ichki ishlar organi vakiliga, agar sud majlisida ishtirok etgan bo‘lsa, advokatga va o‘ziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxsga topshiriladi.

Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha chiqarilgan qaror ustidan ushbu qaror chiqarilgan kundan e’tiboran uch kun ichida o‘ziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxs, uning qonuniy vakili va advokat apellyatsiya tartibida shikoyat berishi, prokuror esa apellyatsiya protesti keltirishi mumkin.

Apellyatsiya instansiyasi sudining sudyasi qaror ustidan berilgan shikoyatni (protestni) u kelib tushgan kundan e’tiboran uch kun ichida yakka tartibda ko‘rib chiqib, uning natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini chiqaradi:

qarorni o‘zgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirish to‘g‘risida;

muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi qarorni bekor qilish va shaxsni reabilitatsiya markazidan ozod qilish haqida;

iltimosnomani qanoatlantirmasdan qoldirish haqidagi qarorni bekor qilish va muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risida.

Bilimingizni sinang

Vakolatli organ jabrlanuvchining yarashuv haqidagi arizasini olgach, ishni yarashuv munosabati bilan sudga yuborish haqida qaror chiqarishi uchun qancha muddat belgilangan?
  1. bir kundan ortiq bo‘lmagan
  2. o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan
  3. uch kundan ortiq bo‘lmagan
  4. o‘n kundan ortiq bo‘lmagan

To‘g‘ri javob: uch kundan ortiq bo‘lmagan. Vakolatli organ arizani olgach, uch kundan ortiq bo‘lmagan muddatda huquqbuzarning roziligiga ko‘ra ishni sudga yuborish haqida qaror chiqaradi.

Vakolatli organ (mansabdor shaxs) jabrlanuvchining yarashuv to‘g‘risidagi arizasini olgach, ishni sudga yuborish haqida qarorni qancha muddatda chiqaradi?
  1. Besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda
  2. O‘n kundan ortiq bo‘lmagan muddatda
  3. Bir oydan ortiq bo‘lmagan muddatda
  4. Uch kundan ortiq bo‘lmagan muddatda

To‘g‘ri javob: Uch kundan ortiq bo‘lmagan muddatda. 313³-moddaga ko‘ra qaror arizani olgach uch kundan ortiq bo‘lmagan muddatda chiqariladi.

Ikki huquqbuzar ishtirok etayotgan ishda faqat bittasi bilan yarashuvga erishildi. Yarashuvga erishilmagan huquqbuzarga nisbatan nima qilinadi?
  1. Ish butunlay tugatiladi va yarashmagan huquqbuzar ham javobgarlikdan ozod etiladi
  2. Unga taalluqli materiallar ajratiladi va umumiy qoidalarga rioya etilgan holda ish yuritiladi
  3. Materiallar prokurorga topshiriladi va u yarashuvga erishilgunga qadar ish yuritadi
  4. Barcha huquqbuzarlarga nisbatan ish qoldirilib, yarashmagan huquqbuzar avtomatik ozod etiladi

To‘g‘ri javob: Unga taalluqli materiallar ajratiladi va umumiy qoidalarga rioya etilgan holda ish yuritiladi. 313³-moddaga ko‘ra yarashuvga erishilmagan huquqbuzarlarga taalluqli materiallar ajratiladi va umumiy qoidalar bo‘yicha ish yuritiladi.

Yarashuv to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud muhokamasi ish sudga kelgan paytdan e’tiboran qancha muddatdan kechiktirmay o‘tkazilishi kerak?
  1. bir sutkadan
  2. o‘n kundan
  3. besh kundan
  4. uch kundan

To‘g‘ri javob: uch kundan. Yarashuv ishlari bo‘yicha sud muhokamasi ish sudga kelgan paytdan e’tiboran uch kundan kechiktirmay o‘tkaziladi.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi — 313⁴-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorni e’lon qilish va uning nusxasini berish
  2. Sud muhokamasi
  3. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorning turlari
  4. Yarashuv to‘g‘risidagi ariza

To‘g‘ri javob: Sud muhokamasi. 313⁴-modda: Sud muhokamasi.

Ma’muriy javobgarlik kodeksi: «Sud muhokamasi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 313²-modda
  2. 310-modda
  3. 311-modda
  4. 313⁴-modda

To‘g‘ri javob: 313⁴-modda. 313⁴-modda: Sud muhokamasi.

Yarashuv to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud muhokamasi ish sudga kelgan paytdan boshlab qanday muddatda o‘tkazilishi kerak?
  1. Uch kundan kechiktirmay
  2. O‘n kundan kechiktirmay
  3. Bir oydan kechiktirmay
  4. Besh kundan kechiktirmay

To‘g‘ri javob: Uch kundan kechiktirmay. 313⁴-moddaga ko‘ra muhokama uch kundan kechiktirmay o‘tkaziladi.

Yarashuv ishida sud quyidagilardan qaysi birini aniqlaydi?
  1. Jabrlanuvchiga yoki huquqbuzarga biron-bir tazyiq bo‘lgan-bo‘lmaganligini
  2. Prokuror yarashuvga qarshi fikr bildirgan-bildirmaganligini va uning sababini
  3. Huquqbuzarning daromadi zararni to‘liq qoplashga yetarli-yetmasligini
  4. Guvohlarning yoshi va ularning ko‘rsatuv berishga layoqati bor-yo‘qligini

To‘g‘ri javob: Jabrlanuvchiga yoki huquqbuzarga biron-bir tazyiq bo‘lgan-bo‘lmaganligini. 313⁴-moddada sud yarashuvning ixtiyoriyligi, aybga iqror, tazyiq bo‘lgan-bo‘lmaganligi kabilarni aniqlaydi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiMa’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish (2/3)Keyingi →Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan qaror (ajrim) ustidan shikoyat berish va protest bildirish (1/6)